Ommaviy onlayn ochiq kurslarning imkoniyatlari




Download 16.39 Kb.
Sana26.03.2020
Hajmi16.39 Kb.
OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARNING IMKONIYATLARI Bagbekova Laylo Kadirbergenovna – Nizomiy nomidagi TDPU Kasb-ta’limi fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi Eshmatova Shaxlo Ismailovna – Kasb-ta’limi fakulteti Kompyuter grafikasi va dizayn yo’nalishi 2-kurs Elektron ta’lim tizimining rivojlanishi ta’lim jarayoniga uning samarali tadbiq etilishi amaliyotini yanada kengaytirib, hozirgi zamon ta’lim paradigmasining rivojla­nishida asosiy vektorlarni belgilab beruvchi zamonaviy tendentsiyalar va mavjud jahon tajribasiga diqqat bilan nazar solish­ni talab etmoqda.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Bugun butun dunyoda millionlab kishilar qariyb barcha sohalar: huquq, muhandislik, dasturlash, til o‘rganish va boshqa yo‘nalishlarda masofadan ta’lim olmoqda. Onlayn ta’lim bepulligi, hammabopligi va qulayligi bilan tobora keng yoyilmoqda. Bular orasida so‘nggi yillarda elektron ta’lim rivojlanishining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri — ommaviy ochiq onlayn kurslarlarning shakllanishi bo‘ldi, ularning asosida esa ommaviy va barchaga teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan ta’lim g‘oyasi yotadi. Ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘yicha butun dunyodagi xohlagan kishida ushbu kursda bepul ta’lim olish imkoniyati mavjud Ommaviy ochiq onlayn kurs(OOOK)lar jahonning ko‘plab universitetlari tomonidan Yer sharining istalgan nuqtasida bo‘lgan har qanday insonga masofaviy texnologiyalar yordamida professor-o‘qituvchilar va yuz minglab talabalar (kurs tinglovchilari)ga erkin muloqotni tashkil qilish imkoniyatini beruvchi akademik kurslarni taqdim etadi. Bugungi kunda OOOK imkoniyatidan foydalanganlar soni bir necha million nafarni tashkil etmoqda. Dunyoning boshqa yetakchi universitetlari, ta’lim markazlari ham onlayn ta’limga katta urg‘u qaratmoqda. Onlayn muhitda qimmat darsliklarni bepul o‘qish imkoniyati ham mavjud, Hozirda internetda ma’lum bir guruhlar bo‘lib ishlash imkoniyati bor. Ta’limda ham bu muhim ahamiyatga ega. Guruh bo‘lib ishlagan ma’lumotlar onlayn saqlab qolish imkoniyatiga ega. Ulardan keyingi yilgi tinglovchilar ham foydalanishi mumkin. An’anaviy ta’limda esa bu imkoniyat cheklangan. OOOK atamasi 2008-yilda AQShda paydo bo‘lib, ammo hozirgi ta’lim OOOK yo‘nalishiga 2011-yilda Stenford shahrida yaratilgan Coursera asos solgan va u dastlab AQSHning uchta yirik universitetlarning ochiq resurslarini birlashtirdi, eng yaxshi ta’lim sayti bo‘lgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) - Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT aʼzosi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan.
Cour­sera asoschilari Endryu Ng va Dafna Koller o‘z loyihasini ommaviy onlayn o‘qitish g‘oyasida («bir dunyodan bir kurs») shakllantirib, barcha xohlovchilarga jahonning yetakchi universitetlari ma’ruzalarini tinglash imkoniyatini berdi.[2] Ommaviy ochiq onlayn kurslarning yana bir afzallik tomoni unda o`qish  muddatini tinglovchining o`zi bеlgilaydi, yani talaba ixtiyoriy paytda o`qishni boshlaydi, matеriallarni o`qituvchi nazoratida o`zlashtiradi. O`zlashtirish topshiriqlarni, tеstlarni bajarishiga qarab  aniqlanadi. Tinglovchi bеrilgan programmani qanchalik tеz o`zlashtirsa, shunchalik tеz o`qishni tugatadi va guvohnoma  oladi. Programmani o`zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga imkoniyat bеriladi.
Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
ОOOKning asosiy xususiyatlari ta’lim­ning uzluksizlik va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillarini amalga oshirish, tushunish uchun qulay bo‘lgan shaklga keltirib, zamonaviy ilmiy g‘oyalarni keng targ‘ib etish kabi vazifalar bilan bog‘liq: 1) ommaviylik, ya’ni kurs tinglovchilari soni cheksizligi; 2) ochiqlik, ya’ni istagan kishiga, unga qulay joyda va vaqtda bilimlarni bepul berishi; 3) kurslarning yaxlitligi, ya’ni kurslar nafaqat o‘quv material parchalari, balki amaliy mashg‘ulotlar, kommunikatsiya, olingan bilimlarni nazorat qiluvchi materillarni o‘z ichiga oladi; 4) kurs muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganda sertifikat olish imkoniyati. Ommaviy ochiq onlayn kurslarda о‘qitish о‘qituvchi bilan о‘quvchi ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. Bunda о‘qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun’iy yо‘ldosh aloqasi, kabelli televideniye kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi.
Televideniye (yunon. τήλε - uzoq va lot. video - koʻraman) harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimidir. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga boʻlib uzatishga asoslangan.
Ommaviy ochiq onlayn o’qitish: - ochiq ta’limning zamonaviy shaklidan iborat; - kompyuterli ta’limni foydalanishga qaratilgan; - о‘qituvchilar va boshqa о‘quvchi (talaba)lar bilan faol muloqat qilish uchun zamonaviy - kommunikatsiya texnologiyasidan foydalaniladi. Oliy ta’lim dargohlari, korporatsiyalar, davlat tashkilotlari uchun onlayn ta’lim tizimi ko‘plab imkoniyatlarni beradi. Darslardan keyin qo‘shimcha vazifalarni berish, global darajada almashinuv dasturlarini amalga oshirish mumkin. Sinf xonasida o‘quvchilar soni cheklangan bo‘lsa, onlayn ta’limda bir vaqtning o‘zida ko‘plab insonlarga ta’lim berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Onlayn ta’lim uyatchang talabalarning faolroq bilim olishlariga imkon beradi. An’anaviy darslarda berilgan ma’lumotlarni to‘liq eslab qolish qiyin bo‘lishi mumkin. Onlayn ta’limda esa bilimlarni takrorlash, ularni global miqyosda almashish, bo‘lishish imkoniyati mavjud bo‘ladi[1,236-b] Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ta’limni modernizatsiya va isloh qilish jarayonlari oliy ta’lim tizimida, ayniqsa, yaqqol namo­yon bo‘ladi. Bu yerda dars berish jarayonida yangi texnologiyalar ta’lim sifatini oshi­rish maqsadida doimiy ravishda joriy etib borilishi zarur. O‘z-o‘zidan ravshanki, ta’lim tizi­mini isloh qilish jarayoni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar­ning zaruriy omili hisoblanadi va doimiy xarakterga ega. Bu jarayonda oliy ta’lim sifatini ta’minlashda ilg‘or xorijiy tajribalar va modullarni tatbiq etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolishi juda muhimdir. Adabiyotlar 1. Begimqulov U., Sharipov Sh., Mamarajabov M., Tursunov S., To’ychiev A. Elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish va joriy etish. Metodik qo’llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2011. – 236 b. 2.
Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
Otaqoziyeva Z., Hamidov V. Oliy ta’lim muassasalarida ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalanish imkoniyatlari. 2015y.

Download 16.39 Kb.




Download 16.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ommaviy onlayn ochiq kurslarning imkoniyatlari

Download 16.39 Kb.