Ona tili ta’limi va pedagogik texnologiya




Download 19.34 Kb.
Sana02.07.2021
Hajmi19.34 Kb.

Ona tili ta’limi va pedagogik texnologiya
Darsda interfaol usullardan foydalanishning asosini o’qituvchi bilan o’quvchining hamkorligidagi faoliyati tashkil etadi. Bu o’z navbatida ta’limning sifati va samaradorligini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.Hozirgi kunda zamonaviy pedagogikada shunday ta’lim modellari yaratildiki,ular ta’limga texnologik jarayon sifatida yondashib,ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida ko’zlangan maqsadlarga erishishni kafolatlamoqda.

Pedagogik texnologiya ta’lim usuli,ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari,shakl va uslublar majmui bo’lib,ta’lim va tarbiya jarayonini optimal tashkil etishdir.O’quv materiallarini tanlash,qayta ishlash,ularni o’quvchilarning kuchiga,o’zlashtirish xususiyatlariga moslab,shakl va hajmini o’zgartirish ham ta’lim texnologiyasiga daxldor.

Ilg’or pedagogik texnologiya – tafakkurning faollashishiga,tanqidiy mushohada qilishga, so’z boyligining rivojlanishiga zamin yaratadi.Mustaqillik yillarida barcha sohalarda bo’lgani kabi ona tili ta’limida ham bir qator ijobiy natijalarga erishildi.Jumladan,ona tili fanidan davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi o’zbek tilining barcha istifoda imkoniyatlarini egallashga qaratilgan.Milliy dastur va unga mutlaqo mutanosib bo’lgan yangi avlod darsliklarining yaratilishi,darsni samarali tashkil etishga doir uslubiy qo’llanmalarni chop etilishi,ta’lim jarayoniga interfaol usullarning hamda zamonaviy o’qitish texnologiyalarining kirib kelishi ona tili ta’limi sifatini yanada oshirdi.

Ona tili ta’limida o’quvchilarning intellektual maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda mazkur fanga tegishli mavzular o’zlashtirishda pedagogik texnologiyaning turli usullaridan foydalanish yaxshi samara beradi.Bu xususiyatlar gap bo’laklar bosh va ikkinchi darajali bo’laklarni o’rganishda ham o’ziga xos ahamiyatga ega.

Gap bo’laklari sintaksisning o’ziga xos muhim va yirik bo’limi sanalishini e’tiborga olib,bu bo’limni akademik litseyda,maktabda o’qitishda kirish va yakunlovchi mashg’ulotlarni tashkil qilish mumkin.Kirish mashg’ulotida gap bo’laklari to’g’risida umumiy ma’lumotlar berilib,o’quvchilarning bu borada umumiy bilim va ko’nikmalari mustahkamlanadi,rivojlantiriladi.Bu jarayonda gap bo’laklarining grammatik xususiyatlari,bosh va ikkinchi darajali bo’laklar,sodda yig’iq va sodda yoyiq gaplar haqida bahs-munozara uyushtirish,bir bosh bo’lakli gaplarni ikkinchi darajali bo’laklar bilan kengaytirishga yo’naltirilgan topshiriqlar ustida ham ishlash mumkin.

O’qituvchi dars mavzusiga tegishli yangi ma’lumotlarni berish jarayonida muammoli vaziyatlar yaratib,ularga har xil savollar bilan murojaat qilishi, ikkinchi darajali bo’laklarning turli ko’rinishlari aks etgan gaplar tuzdirish ham o’quvchilar faolligini oshirib,ularning kommunikativ,nutqiy va lingvistik kompetensiyalarini takomillashtiradi.Xususan,”To’ldiruvchi” mavzusini o’rganish jarayonida “Klaster”usulidan foydalanish muhim ahamiyatga ega:



Ushbu tushunchalarning har biriga tegishli misollar keltirish ham o’quvchilar xotirasini mustahkamlaydi,tafakkurini kengaytiradi.

To’ldiruvchilarning ifodalanishi”Tafakkur jadvali” usulida ham o’rganish mumkin.Bunda o’quvchilar dastlab muayyan so’z turkumi bilan ifodalangan to’ldiruvchilardan namunalar keltirishadi.Misollar tanlash,gaplar tuzishda ham ularning mantiqiy mazmuniga,didaktik ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish lazim.Ayniqsa,badiiy matnlardan olingan misollar o’quvchilarning nazariy tushunchalarini mustahkamlash,lingvistik kompetensiyalarini takomillashtirish bilan bir qatorda ularning badiiy-estetik didini,dunyoqarashini kengaytirishga,nutqiy,kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga hissa qo’shadi.

Masalan:


Ot bilan ifodalangan to’ldiruvchilar:Orazin yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh,(ko’zimdin)

Olmosh bilan ifodalangan to’ldiruvchilar:Yurtim,senga she’r bitdim bu kun,(senga)

Otlashgan so’z bilan ifodalangan to’ldiruvchilar: Bu dunyoning nokaslari bor,Ezgulikni ko’rolmaydilar,(Ezgulikni)

Bunday misollarni nasriy va dramatik asarlardan tanlasa ham bo’ladi.

Shuningdek, maktabda hol mavzusini o’tishda ”Tushunchalar tahlili”,”Klaster”,”Aqliy hujum”,”Tafakkur jadvali,”Bilim bahsi” kabi usullardan foydalanish mumkin.Bu mavzular bo’yicha oxirgi darsni konferensiya darsi tarzida tashkil qilish maqsadga muofiq.O’quvchilar bu usulda gap bo’laklari bo’yicha ma’ruza tayyorlab keladilar.

Xulosa qilib aytganda maktabda ona tili ta’limi rivojlanishida pedagogik texnologiyaning turli usullaridan foydalanib,dars o’tish juda yaxshi samara beradi.


Xorazm viloyati Yangibozor tumanida-

dagi 18-son umumiy o’rta ta’lim mak-



tabning ona tili va adabiyot fani

o’qituvchisi Yusupova Yorqinoy

Download 19.34 Kb.




Download 19.34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili ta’limi va pedagogik texnologiya

Download 19.34 Kb.