Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisining kasbiy ehtiyojlari va kasbiy mahoratni rivojlantirish usullari




Download 385.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi385.6 Kb.
#34713
  1   2   3   4
Bog'liq
mfgOPWiV4NxxatdNzl2q3eP9UxXXGtiubSHdJysh
Dustmuratov 2-qism, 1141304, iEKpkyDeSsDEmEDhTaMqDgLUprNc3lwzluhMN8wf, Abdusalimova Sitora Abdukarimovna, Ergashova Nilufar, Abdullayeva Feruza Abdulla qizi, Ilmiy pedagogik ish KUNDALIGI (3), BOSHLANG’ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARGA RAHBARLIKDA O’QITUVCHI TALABLARI, Boshlang\'ich ta\'limda nafosat va ekologik tarbiya haqida tushuncha. boshlang\'ich ta\'limning umumiy metodlari, Berdiyorova Go’zal va Boymirzayeva Dildora, Avtomobil kuzovini ta’mirlash jihozlari, Ibodullayev Xo\'jaboy BMI, 10-sinf Sinf soati, хатга жавоб


Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisining kasbiy ehtiyojlari va kasbiy 
mahoratni rivojlantirish usullari. 
Davlat ta’lim standartlarining bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishi 
o‘qituvchiga kasbiy faoliyatini sezilarli o‘zgartiruvchi va yangi mazmun bilan 
to‘ldiruvchi talablarni qo‘ymoqda. Chunki mazkur standartlar kompetentli-
faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lib, ular o‘quvchilarda shunchaki bilim, 
ko‘nikma, malakalarni shakllantirish emas, balki uzluksiz ta’lim olishga, 
ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga layoqatli shaxsni tarkib toptirishga 
yo‘naltirilganligi bilan farq qiladi.
Bu o‘z navbatida o‘qituvchi kasbiy mas’uliyatining oshishi va jamiyatdagi 
o‘rnining o‘zgarishini bildiradi. Ya’ni pedagoglarni ta’lim jarayonidagi jadal 
o‘zgarishlarga tez moslashish, o‘ta faollik, doimiy o‘zini rivojlantirish, mustaqil 
bilim olishga tayyorlik, o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari, texnologiyalaridan 
xabardorlik hamda faoliyatida samarali qo‘llay olish sifatlariga ega bo‘lishi 
lozimligini anglatadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi faqatgina o‘quv dasturlari, 
darsni tashkil qilish, baholash bilan cheklanmasdan, o‘quvchilarning ichki 
salohiyatini rivojlantirishi, ularni qiziqtirishi, ergashtira olishi va doimo “bir qadam 
oldinda” yurishi lozim.
Malaka oshirish kurslari davomidagi kuzatishlar pedagog xodimlarning 
barchasi ham mustaqil ravishda kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, 
faoliyatlarini qayta qurish, o‘zaro ta’sir va kommunikativ munosabatlarga tez 
kirishish layoqatlariga yetarlicha ega emasliklari hamda ko‘p ikkilanishlarini 
ko‘rsatdi. Ular zaruriy adabiyotlar, malaka oshirish shakllarini tanlash, kasbiy 
ehtiyojlari va qiyinchiliklarini anglash, o‘zlarini namoyon qilish, pedagogik 
g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish, qanday hollarda ta’lim xizmatlarini 
ko‘rsatuvchi qaysi subyektlarga murojaat qilishlarini aniqlashlarida amaliy 
yordamga muhtojlik sezadilar. Shu sababdan pedagoglarning kasbiy ehtiyojlarini 
qoplash, muayyan muammoli vaziyatlarda maqbul yechimlarni topishda ichki 
salohiyatidan foydalanish, o‘z-o‘zini motivlashtirish, o‘z-o‘zini rag‘batlantirish, 
o‘z-o‘zini rivojlantirish strategiyalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek, pedagoglarning ijodiy qobiliyatlarini faollashtirish, innovatsion 
jarayonlarga doir ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish, muxtasar aytganda, 
kasbiy rivojlanishlarida ilmiy-metodik kuzatuvni tashkil qilishga qulay sharoitlar 
yaratishga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Ya’ni “Bir tarafdan pedagog doimiy 
o‘sib borishi, o‘z malakasini oshirishga tayyor bo‘lishi, ikkinchi tarafdan, jamiyat 
tomonidan uning doimiy o‘qishi va rivojlanishiga bo‘lgan ehtiyojini ro‘yobga 
chiqarish uchun sharoit yaratilishi lozim”. Demak, pedagoglar kasbiy 
rivojlanishida ilmiy-metodik kuzatuv modeliga shunday sharoit yaratilishining 
pedagogik kafolati sifatida qaralishi mumkin.
Ilmiy-metodik kuzatuv maqsadi, strategiyalarini belgilashda quyidagi 
yo‘nalishlarda axborotlarni to‘plash va tahlil qilish jarayonni tashkillashtirishning 
maqbulligi hamda natijadorligini ta’minlaydi:
- pedagogning kasbiy rivojlanishiga davlat va jamiyat buyurtmasi: 
pedagoglar kasbiy kompetentliligiga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim 


subyektlariga qo‘yiladigan vazifalar tez o‘zgarishining obyektiv sabablari, 
ijtimoiy-pedagogik omillari, jamiyatdagi o‘zgarishlar, tegishli muassasalarning 
ehtiyojlari, jamoat tashkilotlari, mutaxassislar, o‘quvchilar va ota-onalarining taklif 
hamda tavsiyalari;
- pedagogning kasbiy ehtiyojlari: kasbiy muvaffaqiyatlarga erishish, 
ehtiyojlari, muammolari, qiyinchiliklarini anglash, aniqlash, korreksiyalash, bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitidagi 
raqobat 
muhitida 
o‘zining o‘rnini tushunishi, 
kompetentliligini oshirishga yo‘naltirilgan shaxsiy-istiqbolli dasturini mustaqil 
shakllantirishi, o‘zini namoyon qilish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish;
- pedagoglar va o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan turli monitoring natijalari: 
maktab metodik birlashmasi faoliyati yakunlari, pedagoglar attestasiyasi, malaka 
toifalarini belgilash, pedagogik hamda metodik kengash xulosalari, malaka 
oshirishdan keyingi faoliyatni o‘rganish, turli
tanlovlar, ta’lim sifati monitoringi, o‘quvchilar yakuniy attestasiyasi, bilimlar 
bellashuvi natijalari va boshqalar.
Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy 
vositalarga boʻlgan zaruriyat. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan 
zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari 
uchun umumiy va doimiydir. 
O‘qituvchining kasbiy ehtiyoji bu - uning bozor iqtisodiyoti sharoitida 
o‘zining o‘rnini tushunishi, kompetentligini oshirishga yo‘naltirilgan shaxsiy 
istiqbolli dasturini mustaqil shakllantirishi, 
o‘zini namoyon qilishiga bo‘lgan 
zaruriyatidir, shuningdek, o‘zini o‘zi boshqarish istagi, potensial imkoniyatlarini 
anglashga urinish hamdir. O‘qituvchi o‘zidagi mavjud ehtiyojlarni qanchalik tez 
tashxislasa hamda ularni tan olsa, shunchalik kam kasbiy qiyinchiliklarga uchraydi. 
tez o‘zidagi qobiliyatlarni yuzaga chiqarishi mumkin.
Kasbiy 
qiyinchiliklar 
deganda, 
maktab 
o‘qituvchisining muayyan 
vaziyatlarda kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar yechimini aniq taqdim 
etishdagi va samarali ta’minlay oladigan hamda maqsadga yo‘naltirilgan kasbiy 
harakatni bajarishdagi qiyinchiliklari tushuniladi.
O‘z-o‘zini tarbiya – odamni o‘zini o‘zi takomillashtirish. Kasbiy o‘zini o‘zi 
tarbiyalash va o‘zini o‘zi tarbiyalashning yetakchi tarkibiy qismi o‘z-o‘zini ta’limi, 
biz o‘z-o‘zini tarbiyalash, biz universal tajriba, uslubiy bilimlarni, uslubiy bilimlar 
va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchining maqsadli, xususan, ma’rifiy-
madaniy faoliyatini tushunamiz Pedagogik jarayonni takomillashtirish uchun o‘z-
o‘zini hisoblash uchta yo‘nalish bo‘yicha professional ravishda muhim fazilatlarni 
rivojlantirish bo‘yicha ongli ishlarni o‘z ichiga oladi: 
Pedagogik faoliyat o‘qituvchilarining o‘ziga xos noyob xususiyatlarini 
moslashtirish; 
Kasbiy kompetentsiyada doimiy o‘sish; 
Doimiy 
ravishda 
ijtimoiy-axloqiy 
va 
boshqa 
shaxsning 
shaxsiy 
xususiyatlarini doimiy rivojlantirish. 
Kasbiy o‘zini o‘zi tarbiyalash, boshqa harakatlar singari, faoliyat manbalari 
va faoliyat manbalari juda murakkab tizimiga ega. 
O‘z-o‘zini tarbiyalashni rag‘batlantiruvchi tashqi omillar: 


· pedagogik jamoa, 
· maktab rahbariyati uslubi va 
· bo‘sh vaqt omili. 
O‘z-o‘zini hisoblash: 

Download 385.6 Kb.
  1   2   3   4




Download 385.6 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisining kasbiy ehtiyojlari va kasbiy mahoratni rivojlantirish usullari

Download 385.6 Kb.
Pdf ko'rish