Online ta’limda olib boriladigan saytlar




Download 107.06 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi107.06 Kb.
#109894
Bog'liq
Onlayn ta\'limda olib boriladigan saytlar
1e589652-5241-4cf4-b835-947d43cd5767 , tabiiy fan metod birlashma 2021, Презентация1, Referat..., 2-Amaliy mashg\'ulot, Маълумот14-10-2021, Sarvinoz.katalogiya, Nozanin, Bank operation 22-05-2023, Multimediyaning asosiy tushunchalari, exam table, kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish, MAQOLA №1 , Maqola SEVARA

TAYYORLADI: QARSHI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM 251 - GURUH TALABASI
TO’RAYEVA DILRABO
TEKSHIRDI: TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI O’QITUVCHISI
AHMATOVA SITORABONU

Online ta’limda olib boriladigan saytlar Reja: 1.Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etish 2.Hozirgi axborot texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan davrda masofaviy o‘qitish 3.Dunyoda interaktiv ta’limning ko‘plab bazalari


Ushbu uslubning ko‘plab afzallik tomonlari borligi ko‘pchilikka ayon. Barcha oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo‘l ochib berish bilan birga ularni muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradi.
Masofadan o‘qitishda o‘qituvchi bilan tinglovchining orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning yo‘qligi ham ba’zi muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, muammoli o‘qitish jarayonini tashkil etishda ma’lum qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Tinglovchini yetuk mutaxassis qilib tayyorlashda muammoli o‘qitishni tashkil etish muloqotni telekonferensiya orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, bu bilan muammoni to‘la hal etib bo‘lmaydi. Ushbu muammoni hal etish uchun qo‘shimcha o‘quv materiallarni ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Bular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat hosil qiluvchi ko‘rsatmalar va hokazolar bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Hozirgi axborot texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan davrda masofaviy o‘qitish katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud bo‘lgan ta’lim turlaridan o‘zining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi. MO‘ ning kunduzgi va boshqa ta’lim turlaridan farqli jihati shundaki, mazkur ta’lim turiga juda keng aholi ommasini jalb qilish mumkin. MO‘ o‘zida kunduzgi va sirtqi ta’lim turlarining ijobiy xususiyatlarini mujassam etadi. Shu jihatlariga ko‘ra MO‘ hozirgi kundagi istiqbolli ta’lim turlaridan biri hisoblanadi. MO‘ asosida ta’lim berish uchun o‘qish istagida bo‘lgan aholining muayyan qismini ta’lim muassasasi joylashgan yerga yig‘ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o‘quvchi tomonidan ortiqcha sarf – xarajat qilish zarurati bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu ta’lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. 
O‘zbekiston sharoitida MO‘ni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta’limning bu turidan keng miqyosda foydalanish lozim. Mazkur ta’lim turini joriy qilish bilan bog‘liq ayrim muammolarning kelib chiqishi tabiiy. Lekin ularni imkoniyat darajasida hal qilishga erishish mumkin. Masalan, dastlabki paytda televideniyedan foydalanish katta samara berishi mumkin. Hozirgi kunda televideniye orqali ayrim fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinib kelinyapti. Lekin ko‘rsatuvlarning samaradorligi hali yetarli darajada emas. Birinchidan, bu ko‘rsatuvlar asosan kunduzi namoyish etiladi. Ikkinchidan, uning metodikasini yanada takomillashtirish kerak. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari bazasida MO‘ tashkil qilinadigan bo‘lsa, u holda mazkur ta’lim turining tashkiliy – uslubiy tomonlarini qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘liq amalga oshishidan ko‘zlangan maqsadlarning naqadar ezgu ekanini inobatga olsak, bugungi kunga kelib o‘qitish tizimlarining har biri jabhasida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish zarurati alohida dolzarblik kasb etayotganini sezish qiyin emas. Hammamiz guvohimizki, kundalik hayotimiz va istiqbolimiz ravnaqi uchun muhim ehtiyoj sanalmish tom ma’nodagi ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarining jalb etilishi tobora oldingi o‘ringa chiqib borayapti. Buni ko‘plab maxsus ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va yetakchi oliy o‘quv yurtlari hamda akademiyalar misolida ko‘rish mumkinki, ayni kunlarda ulardagi o‘quv jarayonini, masalan, bilim olish samarasini o‘zgartirishga sarflanadigan vaqtning keskin qisqarishida va bilimlarni xotirada olib qolishning keskin ortishida namoyon etuvchi multimedia vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
1-bosqich. Bu bosqich bolalar uchun “Tanishuv bosqichi” bo‘lib hisoblanadi. Bu bosqichda asosiy muammo Respublikamizda hozirda faoliyat ko‘rsatib turayotgan maktabgacha tarbiya muassasalarini kompyuter bilan jihozlash kerak. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasasida yosh avlodni o‘yinlar, multfilmlar, kalkulyator hisoblashlari, arifmetik hisoblashlar, turli xil dasturlarni o‘rgatuvchi bolalar ensiklopediyalari, dam olishlari uchun bolalar musiqasi kabi qiziqarli dasturlar kiritib o‘rgatish kerak bo‘ladi. 2-bosqich. Bu bosqich asosan oilasida kompyuteri bo‘lgan shaxslarga taalluqlidir. Hozirgi vaqtda Respublikamiz aholisining oila hisobida oladigan bo‘lsak, ko‘pchilik xonadonlarida kompyuter bor. Shuning uchun ham bu bosqichni ” Jonlanish bosqichi” deb atash mumkin. 3-bosqich. Bu bosqichda maktab, litsey, kasb-hunar kolleji va boshqalar o‘quvchilari to‘liq kompyuter tizimiga kirib boradi. Shuning uchun ham bu bosqichni “adaptatsiya ya’ni, moslashuv” bosqichi deb atash mumkin.
4- bosqich. Bu bosqichda talaba kompyuter bilan to‘liq ishlay bilishi kerak. Talaba kompyuter avlodini tanlash, qaysi tilda yozish, qaysi dastur tilida ishlash, qaysi operatsiya tizimlari bilan ishlash, printer, skaner, modem, faks – modem, kompyuter tarmoqlari, jumladan, Internet, elektron kutubxona va elektron o‘quv qo‘llanmalari bilan ishlash darajasiga yetilib tayyor bo‘ladi. Shuning uchun ham bu bosqichni “Mustaqil ishlash va fikrlash” bosqichi deb atash mumkin.
5-bosqich. Quyidagi bosqichda mutaxassis tayyor bo‘ladi. Bu bosqichni “yetuklik” bosqichi deb atash mumkin. Yetuklik bosqichida mutaxassis kadrlar to‘g‘ridan – to‘g‘ri korxona, tashkilot, muassasa va firmalarda hech qanday ikkilanmay, o‘z sohasi bo‘yicha ish boshqarish qobilyatiga ega bo‘ladilar.
Dunyoda interaktiv ta’limning ko‘plab bazalari vujudga kelayapti, jumladan, Britaniya Ochiq Universitetiga qarashli masofaviy ta’lim Umumjahon markazining ma’lumotlar bazasini misol qilib keltirish mumkin. Distant uslubida o‘qitishning Xalqaro Kengashi faoliyat ko‘rsatyapti, “D – Learning” – masofaviy ta’lim olayotgan tinglovchilarning soni kun sayin ortib borayapti. Masofadan turib o‘qitish uslubining tafsiloti, uning ta’limdagi ijodiylik, mustaqil o‘rganish imkoniyati, ilm olish uchun vaqtni taqsimlashdagi erkinlik kabi ko‘plab afzalliklari mamlakatimizdagi yirik olimlarning pedagogik izlanishlarida aks ettirilgan, risolalarida keng yoritilganini e’tirof etish joiz.
Shunisi quvonarliki, mamlakatimizda ziyolilarning, jumladan, pedagoglarning, yangi avlodning tarbiyasiga e’tiborli barcha kishilarning, ayniqsa, tinglovchi yoshlarning zamonaviy kompyuter va telekommnikatsiya texnologiyalari vositasidagi interaktiv ta’limga, xususan, on-line ta’limiga, Internetga qiziqishi va intilishlari katta.
Yurtimiz O‘zbekiston kuchli iqtisodiyotga ega bo‘lgan, ezgu istiqbolli huquqiy davlat qurar ekan, xalqimizning axborot savodxonligini hamda huquqiy madaniyatini oshirish hayot va zamon talabidir. Bu talabni – maqsadni ro‘yobga chiqarishda asoslari endi shakllanayotgan interaktiv ta’lim xizmatga kirishishi kerak. Masofaviy o‘qish ta’lim berishda ikki asosiy yondashishni izohlab beradi – bular kengaytirish va transformatsiya modellaridir. Kengaytirish modelida o‘qitish texnologiyasi hozirgi ana’naviy usuldan deyarli, farq qilmaydi.
Transformatsiya modeli o‘qituvchi va tinglovchi hamkorligi uchun axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini o‘zida mujassam qiladi. Masofaviy ta’limning bu zamonaviy usul va texnologiyalari nazariy va amaliy ta’lim pedagogikasiga virtual sinf, o‘quv telekommunikatsiya loyihalari, koordinator, teskari aloqa, moderator, muloqot texnologiyasi, kompyuter aloqasi, telekonferensiya kabi yangi tushuncha va terminlarni olib kirdi. Bu texnologiya deyarli raqamli aloqaga asoslangan bo‘lib, o‘z ichiga multimediya dasturlari va gipermediyalarni olib, bu esa o‘quvchiga axborot massivlarini o‘zlashtirish tartibini nazorat qilish usullarini kuzatib borish imkonini beradi.
Masofaviy o‘qishning ko‘p muhitliligi o‘quv dasturlarini rejalashtirish va kurslarini ishlab chiqish tamoyillarida o‘z aksini topadi. Masofaviy ta’lim tinglovchilarni talablarini qondirishga yo‘naltirilib, texnologiyalarni turli – tumanliligiga ustivorlik beradi.
Hozirgi kunda masofaviy ta’lim AQShda mukammal shakllangan bo‘lib, uning vujudga kelishi 1970 yillar oxiriga borib taqaladi. Avvalida masofaviy ta’lim sohasida o‘quv muassasalari yakka holda faoliyat olib bordilar. 1980 yillarda yo‘ldosh teleko‘rsatuvlar rivojlanib borishi bilan, bu o‘quv kurslari ustida bir necha o‘quv muassasalari hamkorlikda ish olib bordilar. Global kompyuter tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanishi inson faoliyatining hamma sohasiga, shu jumladan, ta’lim olish sohasiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Shu tufayli ayni damdagi masofaviy ta’lim zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar, jumladan, internet tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalangan holda olib borishga asoslanadi. AQSh ta’limi tarixida masofaviy o‘qitish milliy universitetlari, masofaviy ta’lim yordamida olingan yangi mutaxassisliklar, ilmiy darajalar vujudga kelgan. Misol qilib, Kolorada shtati davlat universitetining ma’muriy ish yurituvchi magistri, Chikago davlat universiteti informatika, Jorj Vashington Universitetining ta’limni boshqarish, Penselviya davlat universitetining akustika magistri va Merilend Universitetining yadro fizikasi bakalavri darajalarini ko‘rsatish mumkin.
Masofadan o‘qitishning yangi bir usullaridan biri bu bilim dargohlarida tashkil qilinadi. Bu usulda bir ma’ruzachi yuzlab borinki minglab tinglovchilarga bir vaqtning o‘zida ma’ruza o‘qishi va shu vaqtning o‘zida tinglovchilar bilan fikr almashishi, savollarga javob berishi mumkin. Bu usul yuqori texnikalardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Ya’ni har bir o‘quv xonalari mikrofon, videokamera, video proyektor va video-audio uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bu usulda ishlash nafaqat bir bilim dargohi, nafaqat bir davlat, borinki butun bir davlatlar orasida ham qo‘l keladi. Ya’ni bir ma’ruzachini ma’ruzasini kommunikatsiya yordamida boshqa davlatlar tinglovchilari ham tinglashi mumkin bo‘ladi.
Xulosa
Zamonaviy elektron qo‘llanmalardan biri bo‘lgan elektron darslik multimediali mahsulot bo‘lib, mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni bajarishda o‘qitishni samarali tashkil etish va tinglovchilarning ijodiy fikrlash doirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday darsliklardan uzluksiz o‘qitish rejimida foydalanish tinglovchilar bilimi sifatini oshirishga yordam beradi.
Biror-bir fan bo‘yicha elektron qo‘llanma yaratilyotganda kursning ajratilgan qismi amaliy (mashqlar) va nazorat (test savollari) mashg‘uloti, kursning katta bo‘limi esa testli mashg‘ulot va sinov bilan tugashi lozim. 
Download 107.06 Kb.




Download 107.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Online ta’limda olib boriladigan saytlar

Download 107.06 Kb.