O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova




Download 0.72 Mb.
bet21/31
Sana10.04.2017
Hajmi0.72 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31

QORAMIQ

Qoramiq — virus qo'zg'atadigan, ma'lum darajada ifodalangan intoksikatsiya, ko'z va burun shilliq qavatlarining yallshilanishi, terida turli toshmalar paydo bo'lishi va tarqalgan limfadenit bilan kechadigan o'tkir yuqumli kasallik.

O'tmishda qoramiqni qizamiqdan farq qilishmagan. 1881 yildan boshlab u aloxida kasallik deb hisoblanadi.

Egiologiyasi. Qo'zg'atuvchisi virus bo'lib, u 1938 yilda kashf etilgan. Virus bemor tomog'idan kasallikning o'tkir davrida olingan surtmadan topilgan. Virusning diametri 60-70 nm. U tarkibida RNK tutgan yadro va uch qavatli lipoprotein qobiqqa ega.

Tashqi muhitda virus turg'un emas. Yorug'lik va issiqlik ta'sirida tez nobud bo'ladi. Muzlatilgan holda uzoq yillar saqlanib qoladi. Yog'larni erituvchi moddalar, efir, xloroform ta'sirida tez nobud bo'ladi. Virus homilador ayollarda yo'ldosh (platsenta) orqali xomilaga o'tishi va unda anomaliya ro'y berishi mumkin (homilaning fiziologik rivojlanishiga nisbatan kursatiladigan ta'sir teratogen ta'sir deyiladi).



Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai bemor odam hisoblanadi. u kasallik yashirin davrining oxiri va o'tkir davrining birinchi xaftasida virusni atrofga ko'p tarqatadi. Virus bemor gapirganida, yo'talganida va aksirganida havo va so'lak parchalari bilan atrofga ko'plab tarqaladi. Sog'lom kishi organizmiga havo yo'llari orqali tushadi. Lekin kasallikning yuqib qolish ehtimoli qizamiqdagidan ancha past. Odam zich yashaydigai, havosi kam almashadigan xonalar sharoitida kasallik oson tarqaladi.

Qoramiq barcha yoshdagi odamlarda uchrashi mumkin. Asosan maktabgacha va maktab yoshdagi bolalar kasallanadi. Tug'ish yoshdagi ayollar homiladorlikning dastlabki muddatlarida qoramiq bilan kasallansa, virus albatta homilaga o'tadi. Bunday holda ko'pincha bola majrux bo'lib tug'iladi. Uning ko'zi et bilan qoplangan, kulog'i kar va yurak nuqsoni (porogi) bo'ladi. Ular virus tarqatuvchi katta manba xisoblanada. Kasallikdan so'ng turg'un immunitet hosil bo'ldi.



Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 2-3 hafta. Bu davrning oxirlariga borib quloq orqasi, bo'yin va ensa sohasidagi limfa bezlari kattalashadi.

Kasallik kechishida, shuningdek, prodroma, toshma toshish va tuzalish davrlari farqalanadi. Prodroma davri qizamiqchalik yaqqol ifodalangan bo'lmaydi. Biroq noxushlik, lanj bo'lish, 37.2-37.5 S gacha isitma ko'tarilishi, burun va ko'z shilliq qavatlarining yengil yallig'lanishi kuzatiladi. Ko'p hollarda tilcha va murtaklar qizarib, yallig'langani seziladi. Periferik limfa tugunchalarining deyarli barchasi kattalashadi, paypaslaganda biroz og'riydn. Bu davr odatda 3 kungacha davom etadi.

Kasallikning o'tkir davrida tana harorati 38-38,5 S gacha ko'tariladi. Konyuktivit, rinit, angina va yo'tal zo'rayadi. Shu davrda kasallika xos bo'lgan toshmalar toshadi. Toshma dastlab yuz va boshning sochli qismida paydo bo'ladi. Bir necha soat yoki 1-2 kun o'tgach, toshma tana va oyoq-qo'llarga tarqaladi. Bunda hyech qanday tartib kuzatilmayda. Kaft va tovon terisida toshma bo'lmaydi. Toshma ko'rinishi dog'ga o'xshaydi, bazan teri yuzasidan bo'rtib turadi. Rangi och pushti yoki qizil, kattaligi turlicha: nuqtasimondan guruch donigacha bo'lada. Shakliga qarab toshma dumaloq yoki ovalsimon bo'lishi mumkin, chetlari keskin ajralib turadi. Toshma ostidagi teri ranga o'zgarmaydi, ba'zan biroz qichishadi. Bu davrda barcha periferik limfa bezlarining kattalashgani yaqqol namoyon bo'ladi. Ayniqsa bo'yinning orqa tomoni va ensa sohasi bezlari kattalashgani o'ziga xos hisoblanadi. Oradan 1-3 kuk o'tgach, toshma yo'qolada. Bu vaqti kelib isitma xam tushadi, ko'z va burundagi yallig'lanish alomatlari yo'qoladi. Bemorning axvoli yaxshilanadi.

Qoramiqda barmoqdan olingan qon tarkibining o'zgarishlari xarakterli. Prodroma davrida leykotsitlar soni deyarli o'zgarmaydi yoki biroz ko'payadi. Kasallik avj olgan davrda leykopeniya, neytropeniya, nisbiy limfotsitoz va monotsitoz kuzatiladi. Plazmatik xujayralar va Tyurk xujayralari deb atalmish elementlar paydo bo'lishi bu kasalikka xos. ECHT o'zgarmaydi yoki biroz tezlashadi.

Odatda kasallik tuzalish bilan yakunlanadi. Katta yoshdagilarda pnevmoniya, artritlar, meningoensefalit asoratlar axyonda uchrab turadi.

Tashxisi. Qoramiqni qizamiqdan farqlash ko'pincha qiyin bo'ladi. Periferik limfa bezlarining kattalishishi, toshmalarning betartib paydo bo'lishi, ular yo'qolganidan so'ng dog' va po'st tashlash kuzatilmasligi, periferik qondagi o'zgarishlarga qarab bu ikkala kasallikni farqlash mumkin.

Laboratoriya tashxisi uchun virusologik va serologik usullardan foydalaniladi. Virusologik tekshirishga taxlilni kasallikning dastlabki kunlarida olinadi. Sterillangan tampon bilan tomoq va burundan surtma olib Xenks muxitiga ekiladi. Uni laboratoriyaga muz solingan idishda olib boriladi. Shu davrda virusologik tekshirish uchun bilakdan 2-3 ml qon xam olib yuboriladi.

Amaliyotda serologik usullardan kengroq foydalaniladi. Bu maqsadda kasallik avj olgan davrda va 2-3 xaftadan so'ng 2 marta qon olib laboratoriyaga jo'natiladi. U bilan neygralizatsiya reaksiyasi, gemagglutinatsiyani to'xtatish, komplementni bog'lash va immun flyuoressensiya reaksiyalari qo'yiladi. Qayta olingan qonda antitelolar titri 4 va undan ortiq marta ortishi kasallik tashxisini tasdiqlaydi.

Davolash. Qoramiqni davolashda maxsus dorilar ishlatilmaydi. Kasallikning o'tkir davrida bemor yotib davolanishi kerak. Bemorga servitamin, to'yimli taomlar buyuriladi. Katta yoshdagi bemorlarni davolashda simptomatik dorilardan analgin, amidopirin, uyqu dorilari, allergiyaga qarshi, yurak tomirlar faoliyatini yaxshilovchi preparatlar qo'llanadi. Vitamin preparatlari kam yaxshi naf beradi. Asoratlari bo'lmasa, antibiotik buyurilmaydi.

Kasallikning oldini olish. Bemor odam atrofidagilardan 3 haftagacha aloxidalanadi. Homilador ayollar bemor bilan muloqotdan saqlanishi zarur. homiladorlarning dastlabki davrlarida qoramiq bilan og'rigan ayollarga, majruh bola tug'ish extimoli yuqori bo'lgani uchun bolani oldirib tashlash tavsiya etiladi.

Maxsus profilaktika maqsadida xozir chet elda qoramiqqa qarshi zardob mavjud. U bilan asosan tug'ish yoshidagi ayollar emlanadi.





Download 0.72 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Download 0.72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova

Download 0.72 Mb.