O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova




Download 0.72 Mb.
bet25/31
Sana10.04.2017
Hajmi0.72 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31

QUTURISH

Quturish zoonoz kasalliklardan bo'lib, univirus qo'zg'atadi va bosh miya jaroxatlanishi bilan o'tkir kechadi.

Quturish xastaligi qadim zamonlardan insoniyatga ma'lum. Ilk davrlarda itlarning quturishi, ular tishlaganda odam xam kasallanishini bilishgan. U davrda bu kasallik Tidrofobiya — suvdan qo'rqish xastaligi deyilgan.

Fransuz olimi Lui Pasterning XIX asrning 2-yarmida qilgan kashfiyoti tufayli quturish kasalligiga qarshi vaksina olingan. Shu munosbat bilan barcha mamlakatlarda quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiruvchi muassasalar Paster stansiyalari deb atalgan. Ularning faoliyati tufayli, quturgan xayvon tishlaganidan so'ng vaqtida emlangan millionlab odamlar quturish kasalligidan saqlab qolindi.



Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi neyrotrop xususiyatiga ega, ya'ni nerv xujayralarini tanlab jaroxatlaydigan virus. Odam va xayovonlarda kasallik qo'zg'otuvchi virus – quturishning yovoyi virusi deb nomlanadi. Undan farqli ravishda, quyon miyasiga Raster taklif qilgan usulda yuborib, vaksina olish uchun foydalaniladigan virus - quturishning bog'langan (fiksirlangan) virusi deb ataladi. Bu virus kuchsizlantirilab, undan quturishga qarshi vaksina olinadi.

Quturish virusi bosh miyaning asosai miyaga, hamon shoxi, uzunchoq miya qismlarida nerv xujayrasi ichida o'rnashib, mayda donachalar — Babesh-Negri tanachalarini xosil qiladi. U tashxisiy axamiyatga ega.

Bu virus sovitishga chidamli. Muzlatilgan sharoitda uzoq saqlanadi. Tashqi muxitda uncha chidamli emas va tezda nobud bo'ladi. Qaynatilganda 2 daqiqada nobud bo'ladi, 3-5 % li lizol va xloramin eritmalari, 70° spirt ta'sirida tez nobud bo'ladi.

Epidemiologiyasi. Bo'ri, tulki, shoqol va boshqa yovvoyi xayovonlar orasida kuturish kasalligi doimo uchrab turadi. Vaqti-vaqti bilan bu yovvoyi xayvonlar it va mushuklarni tishlab, kasallikni ularga yuqtiradi. Kasal xayvonning so'lagida virus juda ko'p bo'ladi. Uy xayvonlaridan ot, tuya, qoramol xam quturish bilan kasallanishi mumkin.

Odamga quturish virusi kasal xayvon, asosan it va mushuklar tishlaganida, yoki quturgan xayvonning so'lagi teri yuzasiga tushganida yuqadi. Terida doimo mayda, ilg'amas jaroxatlar mavjudligi tufayli teri yuzasiga so'lak bilan tushgan virus xam so'rilib, nerv hujayrasiga yetib boradi. Quturgan it bezovtalana beradi, g'ayri-tabiiy harakatlar qiladi. Ovqat yemay quyadi. So'lagi ko'p oqadi. Keyinroq duch kelgan xayvonni hatto, egasini tishlashga xarakat qiladi. So'ngra falajlash paydo bo'lib, tinchlanib qoladi. Quturgan it kasallik boshlangandan 10 kun ichida o'ladi.

Quturish bilan og'rigan bemordan sog'lom odamlarga kasallik yuqmaydi.

Klinikasi. Odamda quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (ko'p hollarda 20-30 kun) davom etadi. Bu davrning muddati infeksiya tananing qaysi qismi orqali tushishi, jarohatlarning xususiyati va ko'p-ozligigi bog'liq. Quturgan it oyoqni tishlaganda yashirin davr uzoqrok, bo'yin yoki yuzni tishlaganda, aksincha qisqa bo'ladi. Birdaniga tananing turli qismi jarohatlanganida xam yashirin davr qisqaradi.

Kasallik kechishida asosan 3 ta davr kuzatiladi.

1. Darakchilar davri. Odatda kasallik asta-sekin boshlanadi. Umumiy lohaslik, bosh og'rishi, subfebril isitma paydo bo'lishi kasallik bashlanayotganidan darak beradi. Dastlabki kunlardan bemorning kayfiyati o'zgaradi. Unga xech narsa yoqmaydi, ruhiyati tushib ketadi, o'zini chetga olishga xarakat qiladi, yolg'iz hayol suradi. Uyqusi buziladi. Ovqat yeyishdan voz kechadi. It tishlagan jayda, hatto yara bitib ketgan bo'lsa ham, og'riq paydo bo'lishi o'ziga xos belgi xisoblanadi. Bu davrning oxiriga kelib bemorda betoqatlik, bezovtalanish alomatlari paydo bo'ladi. Nafas olish tezlashadi. Ko'kragi qisayotgandek tuyuladi.

2. Qo'zg'olish davri. Bu davrda nafas olish chuqurlanadi, bemor qiynalib nafas olayotgani sezilib turadi. Bemor jonsarak bo'lib qoladi, halovati yo'qoladi, o'zini qo'yarga joy topa olmaydi. Muskullarda, shu jumladan, yutqun va hiqildoq muskullarida tirishish paydo bo'ladi.

Shu davrda kasallikka xos bo'lgan suvdan qo'rqish — gabrofobiya va havodan qo'rqish aerofobiya alomatlari yuzaga keladi. Bemor suv yutmoqchi bo'lganida yutqun muskullari tirishib qoladi va suvni yuta olmay qalqib ketadi. Bu bemorda vaxima uyg'otadi, ko'zlari olazarak bo'lib ketadi. Keyinroq suvni yutish emas, uni ko'rganida xam shunday xolat yuz beradi. Uni gidrofobiya deyiladi. Shu davrda biroz shamol, xatto yengil havo to'lqini ta'sirida ham nafas olish bir necha soniya to'xtab qoladi. U aerofrbiya holati bemorni battar qiynaydi. Muskullar umumiy tirishganida bemor tipirchilaydi, talvasaga tushadi, gallyutsinatsiyalar paydo bo'ladi. U atrofdagalarga tashlanishi mumkin. So'lagi ko'p oqadi. Bu davrda isitma ko'tarilib 39-40°S ga yetishi mumkin.

Qo'zg'olish davri, odatda, 3-5 kun davom etadi. Ba'zan umumiy tirishish vaqtida nafas to'xtab, bemor o'lishi mumkin.

3. Falajlanish davri. Bu davrda bemor tinchlanib qoladi, xushi to'la saqlanib turadi. Ayrim guruh muskullarda parez yoki falajlanish rivojlanadi. Ko'l, oyoq muskullari falajlanib, gemiplegiya, paraplegiya yoki titraplegaya kuzatiladi. Odatda falajlanish pastdan yuqoriga ko'tarilib boradi. Oxirida bemor yurak urishi to'xtashi, nafas markazi falajlanishi oqibatida to'satdan o'ladi. Bu davr bir necha soatdan bir kungacha davom etadi.

Quturish kasalligiga yo'lliqqan bemor tuzalmaydi. 10-12 kun ichida o'ladi.



Tashxisi. Epidemiologik malumotlarni etiborga olgan xolda, o'ziga xos klinik belgilariga qarab qo'yiladi. Ulgan hayvon yoki odamning miya to'qimasidan surtma tayyorlab Babesh- Negri tanachalarini topish mumkin.

Davolash. Maxsus davolash usullari yo'q. Bemorni tashqi qo'zg'atuvchilardan extiyot qiladigan sharoit yaratiladi. Uning axvolini biroz yengilatish maqsadida tanchlantiruvchi va narkotik preperatlardan ko'llanadi.

Oldini olish. Quturish zoonoz kasalliklaridan bo'lgani uchun uning profilaktikasi veterinarlar va shifokorlar xamkorligida amalga oshirilishi zarur. Xonadonda boqiladigan itlar ro'yxatga olinishi va profilaktik tarzda quturishga qarshi emlanishi kerak. Xizmat vazifasida foydalaniladigan itlarga nisbatan xam shu tadbirlar ko'llanadi.

Odamni tishlagan it malum bo'lganida, u veterinar nazoratida 10 kunushlab turiladi. It kuturgan bo'lsa, shu muddat ichida o'ladi.

It tishlagan odamlarga tibbiy yordam xozirgi vaqti poliklinika koshidagi travmatologiya punktida ko'rsatiladi. It qopganida xosil bo'lgan yaralar darxol sovunlab yuviladi, atrofiga yodning spirtli eritmasi surtiladi. Yarani tikilmaydi. Shundan so'ng quturishga qarshi gammaglobulin yuboriladi (asosan bo'yin, yuz, bosh soxasi jaroxatlanganida).

Immunitet emlash boshlanganidan 2 hafta keyin xosil bo'lishini e'tiborga olib, emlanishi imkon boricha erta boshlash lozim. Emlash uchun quturishga qarshi kultural vaksina qo'llanadi. Uni qorin terisi ostiga yuboriladi. Emlanayotgan odam ichimlik ichmasligi, ruxan va jismonan toliqmasliga kerak.





Download 0.72 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Download 0.72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova

Download 0.72 Mb.