Tibbiyot institutlari qoshidagi




Download 1.52 Mb.
bet27/66
Sana10.04.2017
Hajmi1.52 Mb.
#3730
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
VABO (XOLERA)
Vabo — o'ta xavfli yuqumli kasallaklardan hisoblanadi, o'tkir gastroenterit, degidratatsiya alomatlari bilan kechadigan va keng tarqalishga moyil xastalik xisoblanadi.

Vabo odamzodga qadim zamonlardan ma'lum, Hindiston va Bangladesh vaboning endemik o'chog'i xisoblanadi. Vaqti-vaqti bilan kasallik qo'shni davlatlarga, xatto turli qit'alarga tarqalib, katta epidemiya va pandemiyalar beradi. 1817 yiddan 1925 yilgacha bo'lgan davrda yer yuzida vaboning 6 ta pandemiyasi qayd etilgan.

1961 yildan boshlab vaboning yangi — VII pandemiyasi boshlandi. Hozirgi tezyurar transport vositalari orqali vabo (yengil turda kasallangan bemorlar va vibrion tashuvchilardan) qisqa muddatda juda uzoq mamlakatlarga tarqalishi mumkin. Jumladan, 1965 yilda Qoraqalporiston va Xorazmda xam vabo epidemiyasi kuzatilgan.

90 yillardan buyon vabo Amerika, Yevropa, Osiyo, Afrika Qit'asidagi 100 dan ortiq mamlakatlarga kirib borgani qayd atilgan. O'zbekistonga xam sayyox-tijoratchilar vositasida vaboning Hindiston va Pokistondan kirib kelish hollari uchrab turadi.



Etiologiyasi. Vaboning qo'zg'atuvchisi vabo vibrioni xisoblanadi. Ilgari uni faqat klassik vibrion qo'zg'atadi, deb hisoblanar edi. 1906 yilda Sinay yarim orolida Gotshlix vabo vibrionining ikkinchi biotipini aniqladi. Uni topilgan joy nomi bilan Elg'-Tor vibrioni deb ataladi. Vaboning VII pandemiyasi u bilan bog'liq. Keyingi 4-5 yil ichida vibrionning 0139 biotipi ham vabo kasalligi qo'zg'atuvchisi deb xisoblanmoqda. U juda tez tarqalish va ko'pincha og'ir kasallik qo'zg'atnshi bilan ifodalanadi. Vabo vibrionlari O-antigenining xususiyatlariga qarab 3 xil zardob guruhi mavjud. Ular ixtiro qilgan olimlar sharafiga Ogava, Inaba va Gikoshima deb ataladi. Birinchi 2 varianti ko'proq uchraydi.

Vabo vibrioni mikroskop ostida biroz egilgan grammanfiy mayda tayoqchalar vergul shaklida ko'rinadi. Spora va kapsulalar xosil qilmaydi. Bir uchida xivchini bor. Uning yordamida tez xarakat qiladi. Ishqoriy muxitli ozuqalarda tez o'sadi. rN 7.6-9.0 bo'lgan muhit vabo vibrionlari uchun qulay xisoblanadi. Kislotali muhitda vabo vibrionlari tez nobud bo'ladi. Shu tufayli xlorid kislotaning 3% li eritmasini vaboda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida qo'llash mumkin. Vabo vibrionlarining ekzo va endotoksini mavjud.

Tashqi muxitda vabo vibrionlarining turg'unligi atrofidagi muxitga bog'liq. Quyosh nurlari ta'sirida va quritilganida vabo vibrionlari tez nobud bo'ladi. Qaynatilganida o'sha zaxrti o'ladi. Xlorli ohak, xloramin, lizol kabi dezinfeksiya vositalari ta'sirida tez o'ladi. Nam sharoitda, ayniqsa, suvda vabo vibrionlari juda o'zoq saqlanadi. Past xaroratga chidamli, xatto muzlagan suvda saqlanib qolishi mumkin. Tashqi muhitda Elg'-Tor vibrionlari klassik vibrionga nisbatan turg'un xisoblanadi. Epidemiologiyasi. Vabo antroponoz xastalik hisoblanadi, Infeksiya manbai bemor va vibrion tashuvchidir. Vibrion og'iz orqali tushib, najas bilan ajraladi. Vibrioning tarqalishida suv juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, ochiq suv havzalari vabo vibrionlari bilan ifloslanganda, aholi undan kundalik maqsadlarda foydalanganida epidemiyalar kelib chiqadi. Vabo endemik o'chog'idan boshqa mamlakatlarga olib kirilgan holda, uning yangi joyda tarqalish darajasi ijtimoiy sharoit: aholining ichimlik suv va kanalizatsiya bilan ta'minlanish darajasi, turar joy va oziq-ovqat obyektlarining sanitariya xolati, aholining sanitariya madaniyati va boshqalarga bog'liq. Shu sababli Amerika, Yaponiya, ko'pgina Yevropa davlatlariga kirib qolgan vabo tarqalishi uchun sharoit bo'lmaydi va kasallik 1-2 odam bilan cheklanadi. Aksincha, rivojlanayotgan mamlakatlarda chetdan kirib kelgan vabo tez tarqalib, epidemiyalar ro'y beradi.

O'zbekistonlik olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida gidrobiontlar baqa, qisqichbaqa, baliq, chig'anoqlar organizmida vabo vibrioni o'zoq vaqt saqlanishi aniqlandi. Suv hasharotlarini xomligicha iste'mol qiladigan elatlar orasida vabo keng tarqaliish ko'pincha shu omil bilan bog'liq.

Kasallik asosan yoz oylarida tez tarqaladi. Vibrionlarni tarqalishida pashshalar ham muhim o'rin tutadi. Xastalikdan so'ng unchalik turg'un bo'lmagan immunitet yuzaga keladi.

Klinikasi. Vabo vibrioni odam organizmiga og'iz orqali tushgach, me'daning kislotali muhiti unga asosiy to'siq hisoblanadi. Shu sababli vabo me'dasida surunkali yallig'lanishi bo'lgan, spirtli ichimliklarni ko'p iste'mol qiladigan, yaxshi ovqatlanmaydigan odamlarda oson kelib chiqadi. Me'dadan o'tib olgan vibrionlar ingichka ichakda kulay sharoit topadi va tez ko'payada.

Kasallikning yashirin davri besh kungacha. U turli og'irlikda namoyon bo'lishi mumkin.

Vabo kasalligini ko'pincha ichak guruxi mikroblari qo'zg'atgan ichketar kasalligadan farqlash mumkin. Xastalik ko'p hollarda yengil va o'rtacha og'irlikda kechadi. Ba'zan og'ir kechadigan, zudlik bilan tez yordam ko'rsatilmagan hollarda birinchi kunning o'zidayoq gipovolemik shok oqibatida o'lim bilan tugaydigan hollari ham uchrab turadi.

Odatda kasallik to'satdan, darak beruvchi alomatlarsiz boshlanadi. Lekin Elg'-Tor vabosida 20-30 % bemorlarda kasallikka xos belgilar namoyon bo'lishidai oldin, bir necha soatdan bir kecha-kunduzgacha xastalikning prodromal davri belgilari tana goh sovib (uvishib), goh qizishi ro'y berib, tana xarorati 37-38°S ga ko'tariladi. Bunday hollarni bemorlar oyoq ustida o'tqazadilar.

Xastalikning bu turda boshlanishi e'tibornn jalb qilmaydi, lekin epidemiologik jihatdan o'ta xavflidir, ayniqsa kasallikning bu turda boshlanishi savdo va oziq-ovqat muassasalarida xizmat qiluvchi shaxslar o'rtasida bo'lganida axvol yanada mushkullashadi.

Odatda, vabo kasalligi bemor hojatga borib, "sababsiz" ichi surib, oyoq-qo'llaridan darmon kamayishi bilan boshlanadi. Qisqa vaqt o'tar-o'tmas (2-4 soatda) xojatga qatnash 4-5 marta va undan ham ko'p bo'lib, ichakdan chiqariladigan axlat ipir-ipir, oq loyqa suv kabi bo'ladi.

Ko'proq hollarda kasallik boshlanganidan biroz keyin (4-6 soat, ayrim hollarda 1-2 kundan so'ng), ba'zan esa ich buzilish bilan bir vaqtda qusish boshlanadi. Qayd qilish ham tez-tez takrorlanib turadi, Afg'oniston, Koraqalpog'istonda ro'y bergan epidemiyalarda 6% gacha bo'lgan bemorlarda vabo belgilari ich ketmasdan, avvalo faqat qusish bilan namoyon bo'lgan. Bunday atipik, qusish bilan boshlangan vabo, 2-4% bemorlarda bir necha soatlardan so'ng ich surish belgilari ko'shilib, tanada darmonsizlik, oyoq mushaklarining tirishib qolishi bilan rivojlanadi, bemor ahvoli og'irlasha boradi. Qusish va ich buzilishi oqibatida qisqa muddat ichida bemor organizmida degidratatsiya ro'y beradi. Xastalikning og'ir yoki yengilligi degidratatsiya darajasiga bog'liq. Shu sababli davolashda bu ahvol inobatga olinadi. Degadratatsiya 4 darajaga bo'linadi:

I darajali degidratatsiya kusish va ich surishi 4-5 martadan oshmaydi. Bemorning umumiy ahvoli 1-2 kun yomonlashadi. Bemor organizmi yo'qotgan suyuklik tana vaznining 3 foiziday oshmaydi. Bunday holdaga bemorlar ba'zan hattoki tibbiy yordam so'rab murojaat qilmaydilar. Ular epidemiologik jihatdan g'oyat xavfli hiso6lanadilar.

II darajalm degidratatsiada ich surishi va qusish tez-tez takrorlanib, kuniga 15-20 martagacha borishi mumkin. Organizm suvsizlanishi sezilarli darajaga borib, bemor og'iz qurishi, tashnalik, holsizlik, bosh aylanishidan shikoyat qiladi. Teri qurishi boshlaydi. Qon bosimi pasayada. Siydik ajralishi kamayib quyuqlashib ketadi. Ba'zan boldir muskullarida tirishish paydo bo'ladi. Organizm yo'qotgan suyuqlik tana vaznining 4-6 foiziga yetadi. Vaqtida davolanmasa, bemor og'irlashib qolishi mumkin.

III darajali degidratatsiya ro'y berishi dastlabki soatlardanoq ich surishi va qusish juda tez qaytalanib turganida kuzatiladi. Bunda qisqa muddat ichida bemor organizmi juda ko'p elektrolitlar (Na, K, S) va suyuqlik yuqotada. Shu davrda organizmdan chiqib ketgan suyuqlik hajmi tana vaznining 7-9 foizigacha borib qoladi. Bemorning tashnalik qiynaydi, teri burmalari uzoq vaqt yozilmaydi, ovozi zo'rg'a eshitiladi. Qan bosimi sezilarli darajada pasayadi. Yuz, qo'l va oyoq muskullarida kuchli og'riq beradigan tirishish kuzatilada. Siydik g'oyat kam ajraladi. Qon quyuqlasha boshlaydi, undagi kaliy va xlor mikdori kamayib ketadi, natriy miqdori esa ortadi.

IV darajali degidratatsiya organizm suv ko'qotishning eng yuqori darajasi hisoblanib, yo'qotilgan suv tana vaznining 10 foizdan va undan ortigani tashkil etganida kuzatiladi. Ba'zan kasallik dastlabki soatlardanoq shiddatli boshlanadi. To'xtovsiz ich ketishi va qusish natijasida 8-10 soat davomidayoq bemor (g'oyat suvsizlanib qoladi.

IV darajali degidratatsiya holatidagi bemorlar o'z vaqtida suyuqlik yuborib davolanmagan hollarda ham, bunday og'ir holat yuzaga xelishi mumkin. Bu davrda suvsizlanish oqibatida qon quyuqlashadi, yurak-qon tomirlari faoliyati keskin buziladi, qusish va ich surishi esa to'xtalib ham qoladi. Bemorning qo'l-oyoqlari, so'ngra tanasi soviy boshlaydi, tana harorati 35 °S gacha tushishi mumkin, teri ko'kimtir-tuproq rangada bo'ladi, burishib qoladi. Tomir urishi va qon bosimini aniqlab bo'lmaydi. Yuz, ko'z, lab atrofi ko'karib ketadi. Tananing deyarli barcha muskllarida uzoq davom etadigan tirishish va kuchli og'riq kuzatiladi. Nafas olish susayib chuqurlashadi (Cheyn-Stoks). Siydik ajralishi to'xtab qoladi, qondaga eritrotsit va leykotsitlar soni ko'payadi.



Tashhisi. Qanday ko'rinishda o'tishidan qat'iy nazar, vabo deb qo'yiladigan dastlabki tashxis bakteriologik tasdiqlangan bo'lishi kerak. Tashhis qo'yish maqsadida bemor qusuq massasi, najasidan olib 1% li peptonli suvga ekiladi. Ich ketish va (qusish taz takrorlashb turganda ketma-ket 3 ta ekma olinadi. Ekma olinganidan keyin bemorga antibiotik berish mumkin. Olingan ekma 6 soat ichida laboratoriyaga yetkazilishi shart. Vabo vibriomi topilgan hollarda laboratoriya tahlili 24 soat ichida dastlabki natijani beradi. Yakuniy xulosa 48 soatdan so'ng aniqlanadi.

Vabo kasalligiga tashxis qo'yilayotganida epidakamnezning ahamiyati katta. Ayniqsa me'da-ichak kasalliklari bilan og'rigan boshqa bemorlar bilan, vabo tarqalgan joydan kelib qolgan odamlar bilan muloqotda bo'lgani yoki bemorning o'zi keyingi 5 kun ichida shunday epidemik xavfli joylarga borib kelganini aniqlash zarur.

Diagaostika maqsadida bemordai qon olib, vibriotsid antitelolar titri ham tekshiriladi. U 2 marta o'tkaziladi. Kasallikning 5-6 kunida va oradan 10 kun oralatib qon olinadi.

Imkon bo'lsa, qondagi elektrolitlar hamda gematokrit ko'rsatkichini aniqlab, davolanishi unga muqobil ravishda tashkil etiladi.

Shuni ham aytib o'tish kerakki, ayniqsa yoz faslida vabo kasalligi bilan og'rigan bemorda bir vaqtning o'zida ichburug', samonellyoz va boshqa me'da-ichak yuqumli kasalliklari avj olishi mumkin. Bunday bemorlarda vabo belgilari tana haroratining 38- ga ko'tarilishi, qorin bo'shlig'ida vaqti-vaqti bilan og'riq bo'lishi, ichak chiqindig'ida shilliq, qon borligi bilan davom etadi. Shunday bemorlarning ichak chiqindilarini vabo vibrionlariga hamda ichak guruxi (dezinteriyaga, salmonellyozga va boshqa) mikroblariga tekshirish zarur.

Davolash. Vabo kasalligi bilan og'rigan bemorni davolash usullari quyidagilardan iborat:

1. Davolashni imkon boricha erta boshlash kerak. Buning uchun har bir shifokor yoz faslida me'da-ichak kasalliga tufayli murojaat qilgan bemorni qabul qilayotganida vabo kasalligi bo'lishi mumkinligini yodda tutishi, uning asosiy alomatlarini bilishi kerak. Kasallikka biroz bo'lsa ham shubha tug'ilganida, bemorni shifoxonada aloxida yotqizish zarur. Vabodan tashqari yengil kechayotgan ichketar kasalligida bemorga 4-6 soat davomida oral regidratatsiya punktlarida og'izdan regidron, sitroglyukosalan va boshqa eritmalardan ichirib, ahvoli yengillashsa, uyiga yuborish mumkin. Bunday bemordan bir marta vaboga tekshirish uchun ekma olish kerak. Mahalla shifokori uyga qaytarilgan bemor holidan xabardor bo'lib turishi lozim.

2. Davolashning asosi — organizm yo'qotgan tuz va suv o'rnini qoplash. Kasallik yengil kechganida, ba'zan o'rtacha og'irlikda kechayotgan hollarida ham og'izdan regidron eritmasi ichirib turish zarur. Uni har 3-5 minutda osh qoshig'ida (bolalarga choy qoshig'ida) ichiriladi. Ichiriladigan suyuqlikning umumiy hajmi bemor yo'qotgan suyuqlik mikdoriga qarab belgilanadi. Uni aniqlashning iloji bo'lmasa, qo'yidagi jadvaldan foydalaniladi (1-jadval).





Download 1.52 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Download 1.52 Mb.