O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova




Download 0.72 Mb.
bet29/31
Sana10.04.2017
Hajmi0.72 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

BRILL KASALLIGI

Brill kasalligi 60-70 /o xollarda ilgari toshmali tif bilan og'rib o'tgan odamlarda uchraydi. Binobarin, u toshmali tafning kechikkan retsidivi bo'lib, rekonvalessentlar organizmida rikketsiyalarning uzoq yillar davomida latent (faol bo'lmagan) holda saqlanishi bilan bog'liqdir. Bunda kasallik organizmda mavjud immunitet tufayli yengil kechadi.

Brill kasalligi hozirda mustaqil kasallik deb alohida ro'yxatga olinadi.

Uning boshlang'ich davri - o'rtacha intoksikatsiya, bosh og'rig'i, uyquning buzilishi, tana haroratining (38-39°S gacha) ko'tarilishi va ayrim (26%) bemorlarda enantema ko'rinishi bilan namoyon bo'ladi.

Kasallikning avj olgan davri 5-7 kun davom etadi. Bemorni isitma, bosh og'rig'i, uyqusizlik, bezovta qiladi. Ayrimlarda eyforiya holati, uyquning bezovtaligi, alahsirash kabi alomatlar ham bo'lishi mumkin. Govorov-Godelye simptomi ko'pchilikda musbat bo'ladi. Rozeolez-petexiali toshma siyrakroq bo'lib, 60-90 % bemorlarda ko'riladi. Yurak-qon tomir sistemasining zararlanish belgilari ham ko'pchilik bemorlarda kuzatiladi.

Isitma davri qisqa — o'rtacha 9-10 (7-11) kun davom etadi. Brill kasalligi deyarli har doim to'liq tuzalish bilan yakunlanadi asoratlar (pnevmoniya, tromboz, tromboflebit va b.) kam kuzatiladi.

Toshmali tifning oqibati hamisha jiddiy, o'lim 10-15 % ga yetadi. Hozirgi davrda sporadik toshmali tifni yengil kechishi hamda davo choralarini takomillashganligi tufayli o'lim kam — 0.1-0.2% dan oshmaydi.

Tashxisoti. Toshmali tifda klinik va epidemiologik xususiyatlarga asoslanib ko'yilgan birlamchi diagnoz keyinchalik albatta laboratoriya tekshiruvlari bilan tasdiqlanishi kerak.

Laboratoriya usullaridan ko'proq komplement biriktirish (KBR) va bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyalari (BGAR) dan foydalaniladi.

KBR si kasallikning 6-7 kunlarida 1:160 va undan ortiq titrda bo'lib, 12-20-kunlarda 1:640 — 1% 1280 ga yetadi. Brill kasalligida esa birinchi kunidan boshlab yuqori (1:10240 va undan ortiq) titrda bo'ladi. Shu ko'rsatkichlar rekonvalessentlar qonida ko'p yillar davomida saqlanadi. BGAR yordamida aniqlanadigan IgM kasallikning 5-7-kunida 1:100 va undan ortiq bo'lsa, 15-20-kunlarida 1:1280 ga va undan ortiq titrda aniqlanadi. Toshmali tifning 3-4-haftasidan qonda IgG ortib boradi. Brill kasalligida esa kasallikning birinchi kunlaridanoq yuqori (1:64000 va undan ortiq) titrda IgG aniqlanadi. Keyingi yillarda toshmali tif tashxisotida flyuoressensiyalanuvchi antitelolarni aniqlash va boshqa tezkor usullar keng qo'llanmoqda.

Davolash. Toshmali tifli bemorlarni davolashda tibbiyot xamshiralarining mas'uliyati juda katta. Chunki bunday bemorlarni to'g'ri parvarishlash va ovqatlantirish juda muhim ahamiyatga ega.

Bemor albatta kasalxonaga yotqizilib davolanadi. Yotish xonasi bahavo bo'lishi, o'rin-choyshablari tez-tez almashtirib turilishi kerak. Bunday bemorlarda yotoq yarasi ko'p kuzatiladi. Uni oldini olish uchun yotadigan o'rni yumshoq va tekis bo'lishi, yig'ilib qolmasligi, choyshablarda botadigan burmalar bo'lmasligini taminlash kerak. Vaqti-vaqti bilan bemorni bir yonboshdan ikkinchi yonboshiga aylantirib turish, uni rezina chambarashga yotqizish, kuraklari, tirsaklari, dumg'azasiga kamfarali muy surib turish kerak. Bu bilan faqat yotoq yaralarnigina emas, balki o'pka zotiljamining ham oldini olingan bo'ladi. Har kuni bemor og'zini, tashlarini yuvish, tilini karashdan tozalash, qaqrab qolgan lablariga sariyog' va burniga vazelin surtib turish, badan terisini ozroq spirt, yoki sirka qo'shilgan iliq suvga xo'llangan sochiq bilan ishqalab, so'ngra quruq qilib artish zarur. Ichi kelmay qolganda, kun oralatib tozalovchi xuqna, siydik to'htab qolganda qovuq sohasiga iliq suvli isitgich qo'yiladi, yoki kateter yordamida siydikni chiqarib turiladi. Isitma yuqori bo'lganda va boshi qattiq og'riganda boshga vaqti-vaqti bilan muzli xaltacha ko'yiladi.

Bemorga tez-tez turli meva sharbatlari, ma'danli suvlar va boshqa sukmushklar ichirib turish lozim. Toshmali tifda maxsus parhyez talab etilmaydi, ovqati muloyim, yengil hazm bo'ladigan, yuqori kaloriyali, vitaminlarga boy bo'lishi kerak. Ko'proq sutli (sut, qaymoq, tvorog, kefir singari) ovqatlar, kisel, sho'rva va bo'tqalar beriladi.

Toshmali tifni davolashda asosan tetrasiklin guruhiga kiruvchi dorilar, kamroq hollarda levomitsetin preparatlari qo'llanadi. Tetrasiklin (xlortetrotsillin va b.) 0.3 g. dan har 6 soatda, yoki levomitsetin 0.5 g. dan har 6 soatda butun isitma davri davomida va tana harorati normalashganidan so'ng yana 2 kun beriladi.

Angibiotiklar bilan bir vaqtda intoksikatsiya va shokka qarshi dorilar, qon tomir devorini mustahkamlovchi va yurak dorilari, vitaminlar va umumiy quvvatlantiruvchi dorilar ham beriladi.

Kasallik asoratsiz kechganida tana harorati normalashgach 12-14-kunida bemor uyga chiqariladi va 10 kunga ishga yaroqsizlik varaqasi berilib,-1-2 oy davomida og'ir jismoniy mexnatdan, sport va mehnat safarlaridan ozod etish tavsiya etiladi. Tuzalganlar dispanser kuzatuviga olinmydi.



Profilaktikasi. Bemor kasalxonaga joylashtirilgandan keyin infeksiya o'chog'ida birinchi navbatda bitlarni yo'qotishga qaratilgan ishlar ya'ni dezineyeksiya ishlari olib boriladi. Bemorning kiyim-kechagi va o'rin-choyshabi dezinfeksiya kamarlaridan o'tkaziladi. Ichki kiyim qaynatilib, so'ng 5% li sovun eritmasi bilan yuviladi. Bemor bilan yaqin bo'lgan barcha shaxslarni 23 kun davomida nazorat ostiga olib, har kuni tana harorati o'lchab turiladi. Ular hammomda yoki dushda cho'miltiriladilar, ayni paytda ularning kiyim-kechaklari va buyumlari kamerada dezinfeksiya qilinadi. Bitliqilikka qarshi kurash toshmali tifning eng muhum profilaktik chorasi ekanligini unutmaslik kerak. Hozirga nittifor preparati samarali hisoblanadi.

Kasallikka qarshi emlash ishlari epidemiologik vaziyatga ko'ra olib boriladi. Vaksina 0.5-1.0 ml dan 5 kun oralatib teri ostiga 3 marta yuboriladi. Hosil bo'lgan immuniteg 6-8 oy saqlanadi.


KU-ISITMA (PNEVMORIKKETSIOZ)
KU-isitma — intoksikatsiya, isitma va o'ziga xos pnevmoniya belgalari bilan namoyon bo'ladigan zoonoz kasallik.

Kasallik atamasi inglizcha Query so'zidan olingan bo'lib, noma'lum ma'nosini anglatadi. Uni 1937 yilda Avstraliyada Derrik kuzatgan va to'liq tariflagan. Bernet degan olim (1937 y.) bemor qoni va siydigidan kasallikni qo'zg'atuvchi rikketsiyalarni ajratib olgan.



Bu kasallik ko'pgina mamlakatlarda, shu jumladan Markaziy Osiyoda uchrab turadi. O'zbekistonda bu kasallik birnecha bor 1948-1949 yillarda "Termiz isitmasi" nomi bilan o'rganilgan.

Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi Bernet rikketsiyasi — mayda, shakli o'zgarib turadigan, hujayralar ichida (tashqarisida ham) yashaydigan mikroorganizmlar. Rikketsiyalar tovuq embrionida yaxshi o'sadi. Ular tashqi muxitda chidamli — quritilganda bir necha oygacha, ultrabinafsha nurlar ta'sirida va 90°S qizdirilganda 1 soatgacha, qaynatilganda esa 1 daqiqa saqlanadi, ular ko'pchilik dezinfeksiyalovchi moddalar ta'siriga xam ancha chidamli. Suvda uzoq saqlanadi.

Epidemiologiyasi. KU-isitma tabiiy o'choqliligi bo'lgan kasallik. Tabiiy o'choqlarda rikketsiyalarni tashib yuruvchi kanalarning 50 ga yaqin turi aniqlangan. Ular tuxumlari orqali rikketsiyalarni kelgusi avlodiga o'tqazadi, shunday qilib infeksiyaning tabiiy o'choqlari paydo bo'ladi va uzoq saqlanadi. Kanalar rikketsiyalarni o'zlariga yovvoyi va uy xayvonlaridan ham yuqtirib oladilar, keyinchalik boshqa xayvonlarga (chaqish orqali yoki najasi orqali) yuqtiradilar. Odamlarga bu kasallik asosan uy xayvonlaridan (yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot, tuya, eshak, cho'chqa, it, tovuq va b.) yuqadi. Bernet rikketsiyalari go'sht, jun va ularning mahsulotlarida uzoq vaqt tirik saqlanadi. Kasallangan sigirlar 2 oydan 2 yilgacha suti, siydigi va najasi orqali yoki tug'ish paytida homila oldi suvi orqali ko'p miqdorda rikketsiyalarni ajratib turadi. Odamga yuqish yo'llari xam turlicha bo'ladi: 1) transmessiv (kana chaqishi orqali) — kam kuzatiladi; 2) kontakt (terisi shilingan joydan infeksiya yuqishi); 3) alimentar yo'l (zararlangan go'sht va sut mahsulotlarini iste'mol qilish); 4) ingalatsiya yo'li (chang va havo orqali yuqish) — eng ko'p uchraydi. KU-isitmasi bemordan sog' odamga yuqmaydi.

Klinikasi. Yashirin davri 11 kundan 28 kungacha (8 kungacha qisqarishi mumkin). Kasallik ko'pincha et uvishib, qaltirash, tana haroratini tezlikda 39-40°S gacha ko'tarilishi bilan o'tkir boshlanadi. Bemorning boshi, butun tanasi, boldir mushaklari, ko'z soqqalari og'riydi, ishtaxasi bo'g'ilib, uyqusi buziladi. Biroq isitma yuqori bo'lishga qaramay, bemorning umumiy ahvoli unchalik yomon bo'lmayda. Ular ko'pincha oyoq ustida yuradilar, Isitaa davrida (u 2 kundan 3-6 xaftagacha davom etadi) bemorning yuzi va ko'zlari qizargan bo'ladi, toshma faqat 3% hollarda kuzatiladi. 3-5-kundan boshlab, bemorni ko'kragida sanchiqli og'riq, quruq, ba'zan biroz (qon aralashmali) balg'amli yo'tal bezovta qiladi. O'pkadagi yallig'lanish alomatlari eshitib, yoki dukillatib qo'rilganda yaxshi aniqlanmasada, renggenda yaqqol ko'rinadi. KU-isitmasida pnevmoniya 25-90 % bemorlarda kuzatiladi. Yurak-qon tomir sistemasi faoliyati biroz buziladi — nisbiy bradikardiya va gipotoniya aniqlanadi. Kasallikning 3-5-kunidan keyin jigar va taloq kattalashadi. Qonda leykotsitlar miqdori normada, yoki biroz kamaygan, neytropeniya va limfotsitoz, xamda ECHT ning ancha tezlashganliga kuzatilishi mumkin. KU-isitmaning kechishi juda xilma-xil bo'lib, uning grippsimon, pnevmonik, tifsimon, nevrolgik singari yaqqol ifodalangan kechishi bilan bir qatorda, faqat laboratoriya tekshiruvlaridagina aniqlanadigan latent kechishi ham kuzatilishi mumkin.

Tashxisoti. Kasallikning tashxisoti ko'pchilik xollarda ancha mushkul. Bu kasallik tashxisini qo'yishdan oldin uni gripp, qora oqsoq, ich terlama va toshmali termalar, zotiljam, sariqsiz leptospiroz va boshqalardan farqlab olish kerak.

Laboratoriya tekshiruvlari komplementni biriktirish reaksiyasi (KBR) va agglutinatsiya reaksiyalaridan foydalaniladi. KBR kasallikning 10-12-kunlaridan boshlab musbat natija bera boshlaydi va 3-4-xaftalarda eng yuqori titrda bo'ladi. Qushimcha tashxisiy usullar sifatida immun-flkyuressensiya usuli, biologik va teri-allergik usullaridan xam foydalanish mumkin.



Davolash. KU-isitmani davolashda antibiotiklar keng qo'llanadi. Tetrasiklin (yoki tetrasiklin preparatlari) 0.3 g, dan, yoki levomitsetin 0.5 g. dan xar 6 soatda 10-14 kun davimida beriladi. Zaruratga qarab, qo'shimcha davo choralari xam (dezintoksikatsion, simptomatik va boshqalar) o'tkaziladi.

Profilaktikasi. Tabiyatda rikketsiyalarining rezervuari va kasallik manbai bo'lgan hayvonlarni sog'lomlantirish (veterinariya xodimlari tomonidan olib boriladi) va kanalarni yo'qotish asosiy profilaktik chora hisoblanadi. Kasallik o'chog'i bo'lgan xo'jaliklarda darhol kanalarni yo'qotish bo'nicha choralar ko'rish, olinadigan sutni faqat qaynatib iste'mol qilish, shu xo'jalikda yashaydigan xodimlarga kasallik yuqtirmaslikning barcha zarur choralarini ko'rish lozim.

Yirik va mayda shohli xayvonlar va ularning mahsulotlari bilan ishlovchi hodimlar quruq tirik vaksina bilan emlanadilar.





Download 0.72 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Download 0.72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova

Download 0.72 Mb.