O‘quv dasturi (1-sinf) uqtirish xati umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning maqsadi




Download 22.08 Kb.
Sana30.12.2019
Hajmi22.08 Kb.
#6465

MUSIQA MADANIYATI FANI

O‘QUV DASTURI

(1-SINF)
UQTIRISH XATI
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning maqsadi - o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakllantirish, milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirish, o‘zbek hamda jahon kompozitorlari asarlarini tinglab tushunish va undan zavqlanishga o‘rgatishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning vazifasi - musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirish;

umumiy o‘rta ta’lim maktablari musiqa madaniyati ta’limida o‘rganiladigan eng oddiy musiqiy tushunchalar, atamalar hamda kompozitorlar, to‘rt asosiy musiqiy uslub haqidagi ma’lumotlarni oddiydan murakkabga qarab o‘rganish;

insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi va kundalik hayotda tutgan o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lashga olib keladigan musiqa sohasidagi tadqiqot yutuqlarini ko‘rsatish;

o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

O‘quvchilar tasavvurini shakllantirish, mustaqil ishlashga o‘rgatishda musiqa madaniyati ta’limi muhim omil hisoblanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati fanida berilgan qo‘shiqlar nota materiallari o‘quvchilarning imkoniyati, ovoz diapazonlari aniq va mukammal rivojlanishini hisobga olgan holda mantiqiy ketma-ketlikda berilgan. Musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi faoliyat turlarini amalga oshirish bilan birga milliy cholg‘u asboblarini, xalq kuyi namunalarini bir-biridan farqlashni o‘rganadilar. Bunda o‘quvchilarda fanga oid umumiy va tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Musiqa tinglash ta’lim mazmuning asosini tashkil etadi. Ularni kuylash tinglash faoliyatlari vositasi bilan bir qatorda cholg‘uchilik, musiqali harakatlar har tomonlama o‘rganish va o‘zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash imkoniyati yaratiladi. O‘zbek xalq musiqasi, o‘zbek bastakorlari va kompozitorlarining musiqiy asarlaridan namunalar tinglanadi.

Jamoa bo‘lib kuylash faoliyati o‘quvchilarning musiqa – o‘quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida o‘quvchi o‘z ovoz-ijrosini boshqaradi, o‘rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo‘r bo‘lib kuylashga intiladi.

Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg‘uloti (tinglash, kuylash, raqs va h.k.) qo‘llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o‘rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va h.k.) haqida yangi tushunchalar hosil bo‘ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo‘lib qolmay, balki o‘quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini (musiqa shakllari, janrlari, cholg‘uchilar ijrochiligi, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshq.) singdirib borishdan iborat.

Musiqa savodida musiqiy atamalar, an’analar, templar (sur’at), intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minorlari haqida tushuncha beradi.

Ayni bir paytda o‘quvchi dasturiga kiritilmagan, ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatdan muhim va o‘quvchilar idrok-amaliyotiga mos bo‘lgan yangi asarlardan keng foydalanish huquqiga egadir.

Ta’lim qardosh (qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, qirg‘iz, turkman va rus) tillarda olib boriladigan maktablar uchun o‘quv dasturiga o‘zining milliy qadriyatlaridan, madaniy merosidan kelib chiqib, bastakor, kompozitor, milliy cholg‘ulari, kuy va qo‘shiqlaridan 30% gacha o‘zgartirish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Kommunikativ kompetensiya:

A1

musiqa madaniyati faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay olish;

tayyorlanadigan buyum ko‘rinishini sodda bayon qilish;

mavzu bo‘yicha savollar berish hamda savollarga javob berish;

muloqotda muomala odobiga rioya qilish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish, o‘z fikrini tushuntira bilish, maktabda, ko‘chada, uydagi turli vaziyatlarda o‘zini tuta olish muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish;

olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yuritish;

yasalgan buyumlarga mustaqil ravishda munosabat bildirish mavzudan kelib chiqib savollarni to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish.

A2

mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish, suhbatdosh fikrini tahlil qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qilish va unga ishontirish;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, kelishmovchiliklar odilona, haqqoniy va ijobiy yondashgan holda munosabat bildiirish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

musiqa madaniyati faniga oid televizor, radioda berilgan eshittirishlarni ko‘rish, o‘rganilgan ish usullarini bajarish, jurnal va gazetalarda berilgan ma’lumotlarni o‘rganib borish, media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish, axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish;

fayllarni ochishda media madaniyatga rioya qilish.

A2

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlashda xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media madaniyatga rioya qilish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

musiqa madaniyati fanini o‘rganish;

amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish, kattalarni gapiga quloq tutish, to‘garaklarda fanlarni o‘qib-o‘rganish, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;

to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘rtoqlarining xatosini tushuntirish, kattalarga, kichiklarga, o‘rtoqlariga yordam berish, o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish;

turli yo‘nalishdagi kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish;

o‘zini xato va kamchiligini to‘g‘ri tushunish, xatolarini tuzatishga harakat qilish, o‘zini nazorat qilish, halollik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlash, yaxshi fazilatlarga rioya qilish.



A2

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zini-o‘zi rivojlantirish;

guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, turli muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish, sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish;

o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish, maktabdagi va maktabdan tashqari tadbirlarda ishtirok etish va muomala madaniyatga amal qilish;

kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga ega bo‘lish, oiladagi o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglay olish;

maktab binosi, sinfdagi jihozlar, mebellarni asrab-avaylash farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga amal qilish;

o‘zining yoshiga nisbatan qanday huquqlari borligini bilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash;

maktabda, oilada, turar joyida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar, shanbalik va h.k.) ishtirok etish.

A2

sog‘lom e’tiqod va dunyoqarash tushunchalarini bilish;

jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, Vatan oldidagi mas’uliyatni his qilish, kasblarning mohiyatini tushunish va ongli ravishda tanlash, mehnat hamda fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, ekologik, huquqiy madaniyatiga rioya qilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

orasta kiyinish va doimo shunga amal qilish, do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish, orasta kiyinish, yurish-turishda kattalardan o‘rnak olish, o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash;

ozodalikka rioya qilish, milliy bayramlarini bilish, o‘quvchining odob-axloq qoidalari tushunchaga ega bo‘lish, o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni bilish, san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish, san’at asarlarini tahlil qilish, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;

yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish, ziyorat qilish odobiga amal qilish, milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy an’analar, bayramlar, sayillar) bilish.



A2

xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarida ularning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, avaylab asrash, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar) bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

oilasida nechta odam borligi, kim katta-kim kichikligini bilish, maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish;

kundalik rejalarini tuza olish;

kundalik faoliyatda turli chizmalarni chiza olish, mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish;

isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish va kundalik hayotda unga amal qilish, ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi) tejab foydalanish, bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish;

texnika turlari va ularni qachon paydo bo‘lganligini bilish.



A2

mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga tutgan o‘rni va tarixiy shakllanish davri haqida aytib bera olish, mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi barcha sohalarda o‘sish sur’atlarini bilish;

kundalik faoliyatda turli formula, model, chizmalarni o‘qiy olish va foydalana olish.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.



I. TK-tayanch kompetensiya

1. TK1-kommunikativ kompetensiya

2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK-fanga oid kompetensiyalar

1. FK1- Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi.

2. FK2- Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi.

3. FK2- Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi.



1-SINF

(haftasiga 1 soatdan, 33 soat (A1))

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki bayon qila olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

axborot manbalari haqida tushunchaga ega bo‘lish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

musiqa madaniyati fanini o‘rganish, zarbli milliy cholg‘ularimiz haqida tushunchaga ega bo‘lish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

orasta kiyinish va doimo shunga amal qilish, do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish .



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

oilasida nechta odam borligi, nota yo‘lining soni hamda musiqiy tovushlar sonini bilish.


MAVZU: BIZ YOQTIRGAN KUY VA QO‘SHIQLAR

(9 soat)

1-2-mavzu: Biz yoqtirgan kuylar. (2 soat)

Musiqa tinglash: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi”. A.Oripov she’ri, M.Burhonov musiqasi. “Do‘loncha” o‘zbek xalq kuyi.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Aziz bo‘ston - O‘zbekiston” P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.

Musiqa savodi: Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish.

3-4-mavzu: Milliy cholg‘ular bilan tanishamiz. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Raqs” o‘zbek xalq kuyni tinglab, kuyga mos qo‘l harakatlarini bajarish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Olma” P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.

Musiqa savodi: Milliy cholg‘ular – doira va nog‘ora bilan tanishish.

5-6-mavzu: Tinglaymiz, o‘rganamiz. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Yurish marshi” F.Nazarov musiqasi. “Marsh” D.Omonullayeva musiqasini tinglab, marsh musiqa sadosi ostida harakatlar bajarish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “O‘qishni bilib olsang”, M.Yunusov she’ri, M.Dadaboyev musiqasi.

Musiqa savodi: Qanday tovushlarni bilasiz? Shovqinli va musiqiy tovushlar.

7-8-mavzu: Biz yoqtirgan qo‘shiqlar. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Andijon polkasi” o‘zbek xalq kuyini tinglab, milliy raqs harakatlarini bajarish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Salom bergan bolalar”, P.Mo‘min she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasi.

Musiqa savodi: Musiqiy tovushlarni past-balandligini ajratish.

9-mavzu: Musiqali o‘yinlar (1 soat)

Musiqa tinglash: “Oq terakmi, ko‘k terak” X.Qayumov she’ri, A.Mansurov musiqasini tinglab, bolalar xalq o‘yiniga mos ritmik harakatlarni bajarish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Ayiqpolvonlar bog‘chasi”, H.Muhammad she’ri, T.Toshmatov musiqasi.

Musiqa savodi: Nota yo‘li.
MAVZU: MUSIQALI RITMIK O‘YINLAR

(7 soat)

10-11-mavzu: Tinglaymiz, raqsga tushamiz. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Qari navo” o‘zbek xalq kuyi. “Ufor” o‘zbek xalq kuylarini tinglab, chapak yoki shiqildoq chalib, o‘qituvchi ijrosiga ritmik jo‘r bo‘lish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Alifbo bayrami”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.

Musiqa savodi: Skripka (sol) kaliti, uning yozilishi, skripka kalitining nota yo‘lidagi joylashuvi.

12-13-mavzu: Musiqaning sehrli olami. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Sarbozcha” o‘zbek xalq kuyi. “Polka” X.Izamov musiqasini tinglab, kuyga ritmik jo‘r bo‘lish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Alifbo bayrami”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.

Musiqa savodi: Shoir, kompozitor, xonanda va sozandalarni farqini bilish.

14-15-mavzu: Musiqali o‘yinlar va raqslar. (1 soat)

Musiqa tinglash: “Asp bo‘laman” o‘zbek xalq kuyini tinglab, chapak yordamida raqs harakatlarini bajarish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Birinchi qor” R.Tolib she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasi.

Musiqa savodi: Tovushlarning bir-biridan farqini bilish.

16-mavzu: Dars-konsert.
MAVZU: “MUSIQA OLAMIGA SAYOHAT”

(9 soat)

17-18-mavzu: Qo‘shiqlar olamiga sayohat. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Pianino” M.Zaynutdinova she’ri, J.Najmiddinov musiqasini tinglash, chapak chalib, ritmik jo‘r bo‘lish

Jamoa bo‘lib kuylash: “Nevaralar qo‘shig‘i”, S.Barnoyev she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasi.

Musiqa savodi: Yetti tovush nomi, ularning ketma-ketligda yuqori va pastga borishi.

19-20-mavzu: Raqs olamiga sayohat. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Chertmak” xalq kuyini tinglab, shiqildoq chalib, kuyga ritmik jo‘r bo‘lish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Childirma”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.

Musiqa savodi: tovushlar baland-pastligini zinachalar ifodasida tasvirlash.

21-22-mavzu: Musiqa bizning hayotimizda. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Chamanda gul” o‘zbek xalq qo‘shig‘ini tinglash hamda doirachalarda kuyga ritmik jo‘r bo‘lish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Gullola” M.Odilova she’ri, I.Akbarov musiqasi.

Musiqa savodi: Do-major tovush qatorida kuylash. Tovushlarning ritmik bo‘linishi va ularning nota vositasida belgilanish.

23-24-mavzu: Biz sevgan cholg‘ular. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Kapalak”, Z.Diyor she’ri, S.Boboyev musiqasini tinglash hamda doirachada ritmik jo‘r bo‘lish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Diloromning qo‘shig‘i”, I.Donish she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.

Musiqa savodi: Butun nota shakli.

Nazorat ishi. (1 soat)
MAVZU: XUSHNAVO MILLIY CHOLG‘ULARIMIZ

(8 soat)

25-26-mavzu: Musiqa tovushlari. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Quyonim” o‘zbek xalq o‘yinini tinglash hamda chapak chalib kuyga ritmik jo‘r bo‘lish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Sehrli dunyo”, X.Axmedova she’ri, X.Hasanova musiqasi.

Musiqa savodi: Yarim nota.

27-28-mavzu: Musiqaning sehrli olami. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Boboq xo‘roz”, P.Mo‘min she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasiga chapak va cholg‘ularda ritmik jo‘r bo‘lish.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Shudring”, Q.Ota she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasi.

Musiqa savodi: Chorak notaning yozilishi.

29-30-mavzu: “Kompozitorlar-bolalarga”. (2 soat)

Musiqa tinglash: “Lavlagi”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.

Jamoa bo‘lib kuylash: “Bug‘doy”, R.Tolib she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.

Musiqa savodi: Nimchorak notaning yozilishi. Shoir va kompozitorlar yaratgan kuy-qo‘shiqlar.

31-mavzu: Dars-konsert.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi:

tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, doira va nog‘ora milliy cholg‘ularini bir-biridan farqlay oladi, tovushlarni baland-pastligini bir-biridan farqlay oladi, tovushlarning bo‘linishini (butun nota, yarim nota, chorak nota va nimchorak nota) shakli va cho‘zimini biladi. Skripka (sol) kaliti, uning yozilishi va nota yo‘lidagi joylashuvini biladi. Musiqiy asar yaratilishida shoir, kompozitor, xonanda va sozanda kasbiy faoliyatlari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Notalarning yozilishini bir-biridan ajrata oladi. Yetti tovush nomi, ularning ketma-ketligida kuylay oladi.



Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi:

turli tuzilishdagi qo‘shiqlarni sof ohangda kuylay oladi.



Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi:

musiqani diqqat bilan tinglay oladi. Musiqaning (zarbli cholg‘ular misolida) tovush tembridan qaysi cholg‘uda ijro etilganini topa oladi. Musiqani diqqat bilan tinglash, dastlabki idrok etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.



Nazorat ishi. (1 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun - 31 soat

Nazorat ishlari uchun - 2 soat

Jami - 33 soat

Download 22.08 Kb.




Download 22.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv dasturi (1-sinf) uqtirish xati umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning maqsadi

Download 22.08 Kb.