3
I.
O`QUV FANINIG DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA`LIMDAGI O`RNI
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi
187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning
davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limning ona tili fani bo‘yicha
malaka
talablari asosida tuzilgan bo‘lib, Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3 iyundagi 190-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-4-sinflari uchun
amaliyotga joriy etiladi.
Boshlang‘ich
ta’limning
Matematika
fani
o‘quv
dasturi
o‘quvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib
chiqib tuzildi.
Boshlang‘ich ta’limda matematika
fanini
o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom
ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va
rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli
faoliyat yurita oladigan, aniq va
ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan
shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy
resurslardan oqilona
foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni
umumbashariy madaniyatning
tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
II.O`quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanning maqsadi
– bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga matematika o‘qitish
metodikasi fanidan muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va ualarni
amalda qo‘llay olishini ta’minlash.