• Toshkent shahar, 40- maktab informatika fani o‘qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi
  • A.Azamatov Toshkent shahar, 274-maktab informatika fani o‘qituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi
  • B.Boltayev RTM ta’lim jarayonini axborotlashtirish bo‘lim boshlig‘i, fizika-matematika fanlari nomzodi
  • M.Mahkamov Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari uchun Informatika fanidan o‘quv reja
  • Maktab ixtiyoridagi soatlar
  • O‘quv rejaga tushuntirish xati (5-9-sinflar)
  • Ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining Informatika fanidan o‘quv dasturlarini optimallashtirish yuzasidan sharhlar
  • “Elektron jadvallar” bobi
  • O‘quv dasturining uqtirish xati
  • O‘QUV DASTURI 5-SINF
  • Quyidagi ko‘nikmalarni egallashlari zarur
  • Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim
  • O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablar
  • Tahminiy o‘quv soatlari taqsimoti
  • O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi




    Download 314 Kb.
    bet1/7
    Sana25.03.2017
    Hajmi314 Kb.
    #2337
      1   2   3   4   5   6   7

    O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi

    Rеspublikа tа’lim mаrkаzi

    Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab, maktab-internat hamda ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar uchun informatika fanidan uzviylashtirilgan

    o‘quv reja va dastur
    (V-IX sinf)

    Toshkent-2011


    Mualliflar:

    T.Azlarov

    Toshkent shahar, 40- maktab informatika fani o‘qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi













    A.Azamatov

    Toshkent shahar, 274-maktab informatika fani o‘qituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi




    A.Daliyev

    Davlat mulk qo‘mitasi, iqtisod fanlari nomzodi




    B.Boltayev

    RTM ta’lim jarayonini axborotlashtirish bo‘lim boshlig‘i, fizika-matematika fanlari nomzodi




    M.Mahkamov


    Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari uchun Informatika fanidan o‘quv reja

    (5-9-sinflar)






    O‘quv fanlar

    5

    6

    7

    8

    9

    Haf.

    Umum.




    Davlat ixt. soatlar

    30

    32

    33

    34

    35

    164

    5576

    1.

    Ona tili va adabiyot

    8,5

    6,5

    4,5

    5

    5

    29,5

    1003

    2.

    O‘zbek tili (rus tili)

    2

    2

    2

    2

    2

    10

    340

    3.

    Xorijiy til

    3

    3

    3

    3

    3

    15

    510

    4.

    Tarix

    2

    2

    3

    3

    3

    13

    442

    5.

    Davlat va huquq asoslari










    1

    1

    2

    68

    6.

    Iqtisodiy bilim asoslari










    1

    1

    2

    68

    7.

    Matematika

    5

    5

    5

    5

    5

    25

    850


    8.


    Informatika

    1

    1

    1

    2

    3

    8


    272


    9.

    Fizika




    2

    2

    2

    2

    8

    272

    10.

    Kimyo







    2

    2

    2

    6

    204

    11.

    Biologiya

    1

    2

    2

    2

    2

    9

    306

    12.

    Tabiiyot va geografiya

    1

    2

    2

    2

    2

    9

    306

    13.

    Vatan tuyg‘usi

    1

    1










    2

    68

    14.

    Milliy istiqlol g‘oyasi va ma`naviyat asoslari







    1

    1

    1

    3

    102

    15.

    Musiqa madaniyati

    1

    1

    1







    3

    102

    16.

    Tasviriy san’at

    1

    1

    1







    3

    102

    17.

    Chizmachillik










    1

    1

    2

    68

    18.

    Mehnat

    2

    2

    2

    0*

    0*

    6

    204

    19.

    Jismoniy tarbiya

    2

    2

    2

    2

    2

    10

    340

    Maktab ixtiyoridagi soatlar

    1.

    Kons ol. sayohat

    0.5

    0.5

    0.5







    1.5

    51

    2.

    Yo‘l h. qoidalari

    0.5

    0.5

    0.5

    0.5




    2

    68

    3.

    Sog‘ asoslari

    0.5

    0.5

    0.5

    0.5

    0.5

    2.5

    85

    4.

    Dunyo dinlar t.













    1

    1

    34




    Maktab ix. s.

    1,5

    1,5

    1,5

    1

    1,5

    7

    289




    Maktab ixtiyoridagi soatlar

    1,5

    1,5

    1,5

    2

    2

    8,5

    289




    Umumiy soatlar

    32

    34

    35

    36

    37

    174

    5916




    Amaliy meh.

    6

    6

    10

    16












    O‘quv rejaga tushuntirish xati
    (5-9-sinflar)
    Ushbu oq‘uv reja O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risidagi» qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini va Vazirlar Mahkamasining1998 yil 13-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta`limni tashkil etish to‘g‘risida»gi 203-sonli, 1999-yil 16-avgustdagi «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 390-sonli, 2003-yil 29-oktabrdagi »Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga izchil o‘tishni ta`minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 473-sonli, 2004-yil 24-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 293-sonli, 2004-yil 9-iyuldagi «2004-2009-yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish Davlat Umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 321-sonli, 2008 yil 7-avgustdagi «Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 173-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarining 2009-2010 o‘quv yiliga mo‘ljallangan XTVning 2009 -yil 1-apreldagi 75-sonli buyrug‘i asosida hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Sanitariya qoidalari va me’yorlari” asosida tuzilgan.

    Maktabning o‘quv reja bilan bog‘liq (maktab ihtiyoridagi soatlarni maktab o‘quv rejasiga kiritish va h.) faoliyati XTVning amaldagi me`yoriy hujjatlari bilan amalga oshiriladi.

    O‘quv reja tarkiban davlat va maktab komponentlaridan iboratdir.

    Matematika fanining nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va amalda qo‘llay olishni o‘rgatish maqsadida amaliy mashg‘oulotlarni ko‘paytirish nazarda tutildi.

    5,6,7-sinflar uchun, ona tilidan 0,5 soat, maktab ixtiyoridan 0,5 soat;

    8, 9-sinflar uchun mehnatdan 1 soat olinib, informatika faniga qo‘shib berildi.

    Ona tili va mehnat ta`limi fanlari bo‘yicha qisqartirilgan mavzuiy rejalashtirish, ixtisoslikka yo‘naltirilgan informatika fani o‘quv dasturi Respublika ta`lim markazi tomonidan tayyorlanadi.

    Yozgi amaliy mashg‘ulotlari uchun ajratilgan 5-sinf uchun 4 soatdan 6 kunlik, 6-sinf uchun 4 soatdan 6 kunlik, 7-sinf uchun 4 soatdan 10 kunlik, 8-sinf uchun 4 soatdan 16 kunlik vaqt o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan, ota-onalar, mahalla qo‘mitalari raislari bilan kelishilgan, maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amaliy mashg‘ulotlar (Tabiat qo‘ynida rasm chizish, rassomlar ustaxonalariga, san`at muzeylariga sayohatlar uyushtirish, o‘quvchilar ishlaridan ko‘rgazmalar tayyorlash maktab lagerida dam oluvchilari uchun) va h. k. tadbirlarni o‘tkazish uchun sarflanadi.


    Ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining Informatika fanidan o‘quv dasturlarini optimallashtirish yuzasidan sharhlar:
    Oliy va o‘rta maxsus ta’limi va Xalq ta’limi vazirliklarining 2010 yil 31 martdagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi 134/62-sonli qo‘shma buyrug‘iga ko‘ra ishchi guruhlari tuzildi va 24 ta umumta’lim fanlari o‘quv dasturlari uzviyligi, uzluksizligi ta'minlandi va optimallashtirildi.

    Shunga ko‘ra, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol toptirish uchun fan yo`nalishlari bo`yicha ixtisoslikka yo`naltirilgan o`quv dasturlarini optimallashtirilgan dasturlarga moslashtirish maqsadida Respublika ta’lim markazining 2010 yil 22 sentyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini optimallashtirish to‘g‘risida”gi 62-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

    Ushbu buyruqda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan texnika fanlari doktori, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Informatika va kompyuter grafikasi kafedrasi mudiri professori Sh. Nazirov, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti dotsenti, fiz.-mat.f.n R.Boqiyev, Chilonzor tumanidagi 90-maktab o`qituvchisi B.Karimov, TATU qoshidagi akademik-litzey o‘qituvchisi M. Payziyeva, Respublika ta’lim markazi mutaxassisi M.Sodiqov kabi metodist va amaliyotchi o`qituvchilardan iborat guruh ixtisoslikka yo`naltirilgan “Informatika” o`quv dasturini optimallashtirish bo`yicha muayyan ishlarni amalga oshirdi.

    Ishchi guruhlari xulosalari asosida ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktablarining 5-9-sinflarida informatika fanidan 32 soatlik mavzular sinfdan-sinfga, 16 soatlik mavzu kasb-hunar ta’limi o‘quv dasturiga o‘tkazildi.

    Dasturdagi mavzular yuzasidan o‘zgarishlar quyidagicha:

    5- sinf bo`yicha;

    9 soat hajmidagi “Axborot haqida tushuncha”, “Axborot bizning hayotimizda”, “Atrofimizdagi axborot”(hayotiy misollar), “Axborotning turli ko‘rinishlari(rasmlar, matnlar, tovushlar) va ularni qayta ishlash usullari”, “Axborot tashuvchi vositalar”, “Axborotni qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlash”, “Axborotni kodlash” mavzulari 7-sinfdan o‘quvchi yosh xususiyatiga moslashtirib 5-sinfga o‘tkazildi.

    6- sinf bo`yicha;

    9 soat hajmidagi “Grafik axborotni kompyuterda qayta ishlash”, “Grafik muharrir”, “Grafik muharrir menyusi”, “Rasm hosil qilish va tahrirlashning asosiy imkoniyatlari”, “Rasmlarni saqlash va o‘qish” mavzulari 5-sinf mavzusining davomi bo‘lib, o‘quvchi yosh xususiyatiga moslashtirilib 6-sinfda o‘rganiladi.

    7- sinf bo`yicha;

    14 soat hajmidagi “Slaydlarni yaratish va tahrirlash, slayd shablonlaridan foydalanish”, “Slaydlarga rasm, grafik va diagrammalarni o‘rnatish”, “Windows ilovalari hujjatlaridan foydalanish”, “Slaydlarga animatsiya effektlarini o‘rnatish”, “Slaydlarga audio va video fayllarni qo‘yish”, “Taqdimot namoyish etish texnologiyasi bilan tanishtirish” mavsulari 9-sinfdan o‘quvchi yosh xususiyatiga moslashtirib 7-sinfga o‘tkazildi.

    8- sinf bo`yicha;

    16 soat hajmidagi “Axborotlar ombori” bobi murakkabligi, o‘quvchi yosh xususiyatiga mos emasli sababli kasb- hunar ta’limi dasturiga o`tkazildi va maskur soat o‘rniga 9-sinfdagi “Elektron jadvallar” bobi o‘quvchi yosh xususiyatiga moslashtirib, 8- sinfga o‘tkazildi.

    9-sinf bo`yicha;

    16 soat hajmidagi 8-sinfdagi “Web–sahifa” bobi 9-sinfga ko‘chirildi.

    Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlari Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2011 yil 4-iyuldagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 146 (27)-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlandi (shunga ko‘ra Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2008 yil 7 noyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining namunaviy o‘quv rejalari, dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 296-, 01-387 KB –sonli qo‘shma buyrug‘i bekor qilindi).

    Mazkur optimallashtirilgan o‘quv dastur 2011-2012 – o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi.
    Guruh a’zolari:


    Nazirov Shodmonqul

    Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Informatika va kompyuter grafikasi kafedrasi mudiri professori, t.f.d

    Boqiev Rahmatilla

    Nizomiy nomidagi TDPU kafedrasi mudiri “Informatika va ta’limda axborot texnologiyalari” f. m. f.n. dotsent

    Karimov Baxtiyor

    Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 90-sonli umumta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi

    Payzieva Mavlyuda

    TATU qoshidagi akademik litseyining informatika fani o‘qituvchisi

    Sodiqov Muxtor

    RTM Ta’limni axborotlashtirish bo‘limi bosh metodisti


    O‘quv dasturining uqtirish xati

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng hayotga ilk qadam qo‘yayotgan avlodga yangi talablar qo‘yildi. O‘zining ish faoliyatini rejalashtirish, qo‘yilgan masalani yechishga zarur bo‘lgan axborot topa olish, o‘rganilayotgan obyekt yoki jaroyonni informatsion modelini qura olish va yangi texnologiyalardan unumli foydalana olish kabi malakalarga ega bo‘lish zarurati tug‘ildi.

    Bunday malaka har bir yosh avlodga zarurdir. Shuning uchun, o‘rta maktab informatika kursining birinchi va muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarda aniq bir fikrlash usulini shakllantirishdir.

    O‘qitish shakli va usuli yosh o‘quvchilarning fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni shundaki, bir tomondan o‘quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg‘un ko‘rinishda berishdir.

    Boshlang‘ich informatika kursida quyidagilarga erishish nazarda tutiladi:

    1. O‘quvchilarda turli fikrlash usullarini, jumladan, algoritmik fikrlashni shakllantirish. O‘qitish jaroyoni grafik va tovushli ta’minot asosida mantiqiy va abstrakt fikrlashni o‘stirishni o‘z ichiga oladi.

    2. Axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy dasturiy ta’minot bilan tanishish. Kompyuterni o‘zlashtirish o‘quvchilarga darslarda kompyuterdan o‘quv quroli sifatida foydalanishga imkon beradi.

    3. Kompyuterdan o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrirlash, dam olish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.

    4. O‘quvchilarda hisoblash texnikasiga ijobiy munosabatlar uyg‘onishiga va rivojlanishiga asos bo‘ladi. Kompyuter informatika darsini qiziqarli o‘yinga aylantirishga imkon yaratadi.
    Kompyuter o‘quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yahshiroq tushunish, o‘z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, bunday fikrlash uyg‘unligi matematika va boshqa fanlarni o‘zlashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

    Informatika fanining boshqa fanlarga o‘xshamasligi o‘quvchilarda yoqimli o‘yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o‘z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo‘lib hizmat qiladi. O‘quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi tadqiqodchiga aylanishadi. Bunda o‘z tajribalariga tayangan holda hulosa chiqarish va umumlashtirishga o‘rganadilar.



    O‘QUV DASTURI
    5-SINF (34soat)
    (haftada 1 soatdan, jami 34 soat, bundan 2 soati nazorat uchun)
    1. Axborot va biz. (11soat)
    Mazmun. Axborot haqida tushuncha. Axborot bizning hayotimizda. Atrofimizdagi axborot (hayotiy misollar). Axborotning turli ko‘rinishlari (rasmlar, matnlar, tovushlar) va ularni qayta ishlash usullari. Axborot tashuvchi vositalar. Axborotni qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlash. Axborotni kodlash.
    Quyidagi ko‘nikmalarni egallashlari zarur:

    • axborot tushunchasi, turlarini bilish;

    • axborot tashuvchi vositalarni bilish;

    • axborotli jaroyonlarni (internet tizimida yoki lokal tarmoq yordamida axborotni qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlashlarni-maktab yoki maktablar aro telekonferensiya misolida namoyish qilish) bilish;

    • axborot va axborotli jaroyonlarga misollar keltira olish;

    • axborot tashuvchi vositalarga misollar keltira olish.

    Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim: Axborotlarni kodlash malakasiga ega bo‘lish.

    Kompyuter bilan tanishuv(21 soat)


    Mazmun. Kompyuter xonasi uchun Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari. Kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning vazifalari. Kompyuterning ba’zi qo‘shimcha qurilmalari, vazifalari. Klaviaturada ishlashning boshlang‘ich saboqlari. Sichqoncha bilan ishlash ko‘nikmalari. Kompyuter hisoblash vositasi sifatida. Grafik muharrir yordamida kompyuterda sodda rasmlar hosil qilish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan kompyuter o‘yinlari bilan tanishish.

    Maqsad. O‘quvchilarga kompyuter haqida ma’lumot berish. Klaviatura va sichqoncha bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish. Sichqoncha bilan ishlash jarayonida Windows muhitiga ilk qadam qo‘yish: Windows oynasi ustida amallar (ochish, yopish, siljitish, o‘lchamlarini o‘zgartirish…) bajarish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan kompyuter o‘yinlari orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish.

    O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablar: kompyuterda ishlashda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish. Kompyuterning asosiy qurilmalarini va ularning vazifalarini bilish. Klaviaturadan foydalana olish ( katta va kichik harflarni, sonlarni, maxsus belgilarni kirita olish). Sichqonchadan foydalana olish. Kompyuterdagi kalkulyator dasturidan foydalana olish. Grafik muharrirda sodda rasmlar hosil qila olish. O‘quv pedagogik dastur vositalaridan foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish. O‘yin dasturlaridan foydalana olish.
    Tahminiy o‘quv soatlari taqsimoti


    5- sinflar uchun yillik taqvimiy reja (34 soat)

    1.


    Download 314 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 314 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi

    Download 314 Kb.