O’rganish. Kompyuterga Arduino ide o’rnatish Arduino kontroller tо‘plami haqida umumiy ma’lumotlar




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#63832
  1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya ishi
(4-D) Yunusxonova O\'g\'ilxon 14.03.22 (2), Transformatorlar, Корхона тарихи (2), 4-amaliy ish dasturiy vositalar xavfsizligi, TTB amaliy ishalar, ADIYEVA A, document 1, BMI sample, Mavzu Funksional element. Sxema yasash usullari. Funksiyani sxe, bolg\'ali maydalagich, 3-лаб, 1-лаб, 031-20 QUVHQOROV VOHID laboratoriya ishi 2 server, Aziz Nesin. Futbol qiroli


1-Laboratoriya ishi 
Mavzu: Arduino kontroller tо‘plamining tarkibini va imkoniyatlarini 
o’rganish. Kompyuterga Arduino IDE o’rnatish
 
1. Arduino kontroller tо‘plami haqida umumiy ma’lumotlar 
Arduino – bu elektron konstruktor va elektron qurilmalarni tez yaratishning 
qulay platformasidir. Bu platforma dunyoda keng tarqalishining sababi dasturlash 
tilining qulayligi va soddaligi, shuningdek arxitekturasining hamda dasturlash 
kodlarining ochiqligidir. Arduino platasi AtmelAVR mikrokontrolleridan va 
dasturlash hamda boshqa sxemalar bilan bog‘lash elementlaridan tashkil topgan. 
Kо‘p platalarda +5 V yoki +3,3 V kuchlanishni chiziqli stabillashtiriruvchi moslama 
mavjud. 1-jadvalda Arduino tо‘plamidagi asosiy elementlar va sxema yig‘ish 
platasining tuzilishi keltirilgan.
1-jadval. 
 
 
 
 




 
Taktlash kvarsli rezonator yordamida 16 yoki 8 MGs chastotada amalga 
oshiriladi (ba’zi versiyalarida – keramik rezonator yordamida). Mikrokontrollerga 
dastlab Boot- Loader yuklovchi yoziladi, shuning uchun tashqi dasturlovchi kerak 
bо‘lmay qoladi. Qurilma USB orqali tashqi dasturlovchini ishlatmasdan 
dasturlanadi. 
Arduino platformasini bir necha versiyalari mavjud. Leonar- do versiyasi 
ATmega32u4 mikrokontrolleri asosida amalga oshirilgan. Uno, Nano, Duemi- 
lanove versiyalari esa AtmelATmega328 mikrokontrolleri asosida amalga 


oshirilgan. Diecimila platformasining eski versiyalari va Duemilanoves birinchi 
ishchi varianti AtmelATmegal68 asosida loyihalashtirilgan edi. О‘z navbatida 
ArduinoMega2560 
versiyasi 
ATmega2560 
mikrokontrollerda 
qurilgan. 
ArduinoDue sо‘nggi versiyasi Cortex mikroprotsessor asosida amalga oshirilgan. 
UNO versiyasi (1- chizma) uncha katta bо‘lmagan loyihalar uchun keng 
qо‘llanadigan, kо‘p tarqalgan eng taniqli versiyadir. 
1-chizma. ArduinoUNO platasi. 
ArduinoUNO platasining kо‘rsatgichlari 1.1 jadvalda keltirilgan. 
Mikrokontroller 
ATmega328 
Ishchi kuchlanish 
5V
Manba kuchlanishi (tavsiya etilishi)
7-12 V
Manba kuchlanishi (chegaraviy)
6-20 V
Raqamli kirish/chiqishlar
14 
(ulardan 

KIM-
chiqishlari 
sifatida 
ishlatilishi mumkin)
Uzuluksiz chiqishlar
6
Bitta chiqishining maksimal toki
40 mA
Chiqishining maksimal chiqish toki 3.3 V
50 mA


Flash-xotira
32 
KB 
(ATmega328)/ 
ulardan
0,5 
KB 
yuklovchi 
tomonidan ishlatiladi
SRAM
2 KB (ATteda328)
EEPROM
1 KB (ATteda328)
Takt chastotasi 
16 MGs 
Mikrosxemaning 14 ta raqamli oyoqchalaridan har biri kirish yoki chiqish 
bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Mikrosxemaning oyoqchalarida kuchlanish miqdori 
5 V kattalikda cheklangan. Bitta oyoqcha maksimal tok berishi yoki istemaol qilishi 
40 mA ni tashkil etadi. Barcha oyoqchalar ichki tortuvchi qarshilik bilan ulangan 
(sukut bо‘yicha о‘chirilgan) va u ning qiymati 20-50 kOm teng. Undan tashqari 
Arduinoning bazi oyoqchalari qо‘shimcha vazifani ham bajarishi mumkin: 
➢ ketma-ket interfeys: 0 (RX) va 1 (TX); 
➢ tashqi uzulish: 2 va 3 oyoqchalar; 
➢ KIM: 3,5,6,9,10 va 11 oyoqchalari KIM – signal kо‘rinishida 8-bitli 
analog qiymatni chiqarishi mumkin; 
➢ SPI interfeys: 10 (SS), 11 (MOSI), 12 (MISO), 13 (SCK) oyoqchalar; 
➢ yorug‘lik diodi: 13. 13 oyoqchaga ulangan joylashtirilgan yorug‘lik 
diodi. 
ArduinoUno da 6 ta analogli kirish (A0-A5) mavjud, ulardan har biri 10- bitli 
sonni (1024 ta turli qiymatni) analog kuchlanish kо‘rinishida ifodalashi mumkin. 
Sukut saqlash bо‘yicha kuchlanishni о‘lchash 0 dan 5 V oraliqqa nisbatan amalga 
oshiriladi. 
Shunga qaramay bu oraliqning yuqori chegarasini AREF oyoqchasidan va 
analog Referenc funksiyasidan foydalanib о‘zgartirish mumkin. Analog 
kirishlaridan ba’zilari qо‘shimcha vazifalarga ega: 
TWI: A4 ili SDA chiqishi va A5 yoki SCL chiqishi.
ArduinoUno da kompyuterning USB-portini qisqa tо‘qnashuv va ortiqcha 
yuklanishdan saqlovchi tiklovchi himoya vositasi mavjud. Kо‘pchilik kompyuterlar 
о‘zining himoyasi bо‘lishiga qaramay bunday himoya qо‘shimcha himoya 
darajasini taminlaydi. Agarda USB-portdan 500 mA dan kо‘p tok iste’mol qilinsa, 
saqlovchi vosita avtomatik ravishda ulanishni uzib qо‘yadi toki qisqa tutashuv yoki 
ortiqcha yuklama sababi bartaraf etilmaguncha. 2 va 3-chizmada ArduinoUno 
konstruksiyasi keltirilgan. 


2-chizma. 
3-chizma. 


4-chizma. ArduinoUno ning portlarining joylashishi. 
1. Manba razyomi (batareyadan) – 9 – 12 Voltli ma’nba bloklari bilan 
ishlatilishi mumkin. 
2. USB razyomi (USB port) – sxemani manbasi sifatida ishlatish mumkin, 
shuningdek kompyuter bilan aloqani tashkil qilish uchun ham ishlatish mumkin. 
3. Indikator (RX:Qabul qilish) – Axborotlarni qabul qilishni indikatsiyalashga 
ishlatiladi, agarda bu dasturda keltirilgan bо‘lsa. 
4. Indikator (TX: Uzatish) - Axborotlarni uzatishni indikatsiyalashga 
ishlatiladi, agarda bu dasturda keltirilgan bо‘lsa. 
5. Indikator (13 port: nosozliklarni qidirish) – Sketch ishlayotgan vaqtida 
hammasi tо‘g‘ri ishlayotganligini kо‘rsatadi. 
6. Portlar (ARef, Ground, Digital, Rx, Tx) – tayanch kuchlanish, yer, raqamli 
portlar, axborotlarni uzatish va qabul qilish portlari. 
7. Indikator (ma’nba indikatori) – Arduino platasiga ma’nba berilganligini 
kо‘rsatadi. 
8. Reset (sbros, tashlash, nolga о‘tqazish) - Arduino platasini qaytadan ishga 
tushirish, sizning dasturingizni takroran ishga tushirishga olib keladi. 
9. IC SP razyomi (dasturlash porti) – plataning yuklovchisining ishtirokisiz 
dasturlash imkoniyatini beradi. 
10. Portlar (Analog In, Power In, Ground, Power Out, Reset) – analogli 
(uzuluksiz), kiruvchi, chiquvchi, manba, yer. 



Download 0.53 Mb.
  1   2   3




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rganish. Kompyuterga Arduino ide o’rnatish Arduino kontroller tо‘plami haqida umumiy ma’lumotlar

Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish