• Asosiy tushunchalar
  • DAVRIY QONUN
  • O’rta maktabda d




    Download 116.5 Kb.
    bet1/2
    Sana24.05.2022
    Hajmi116.5 Kb.
    #21765
      1   2
    Bog'liq
    2 ZARNIGOR
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5)

    DAVRIY QONUN ELEMENTLARNING DAVRIU SISTEMADAGI O’RNI. ATOM TUZILISHI MAVZUSINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O’QITISH METODIKASI


    REJA:
    KIRISH
    I.BOB DAVRIY QONUNI VA DAVRIY SISTEMASI

    1. Atom tuzilishiga qarab tavsiflash

    2. Davriy qonunning ahamiyati

    II.BOB DAVRIY QONUNI VA DAVRIY SISTEMASI

    1. Kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi

    2. Davriy tizimi hamda atom tuzilishini o’rganish

    3. Davriy qonun rivodlanishini 3 etapga bo’lish mumkin

    Asosiy tushunchalar: D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi mavzusini o’rganishdagi Tayanch bilimlarga tizimi,


    davrlar, qatorlar, guruhlar, metallar va metalmaslar,

    D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tabiatining eng muhim qonuni bo’lishi bilan birga - kimyo fanini o’rganishning eng muhim metodik asosi hamdir.


    Davriy qonunning kashf etilishi katta ilmiy jasorat bo’lishi bilan birga, qator eng muhim metodologik va metodik muammolarning yechimini beradi.
    Davriy qonun asosida kimyo fanining sistematik kursi tuzildi. Bu tizimda D.I.Mendeleevning "Kimyo asoslari" darsligida o’z ifodasini topdi. Hozirgi sharoitda barcha kimyo kursi darsliklari davriy qonun asosida tuzilgan.
    Umumta’lim maktabi anorganik kimyo kursining nazariy asosini D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tashkil qiladi.
    Shu sababli anorganik kimyo kursini o’rganishni uch bosqichga bo’lamiz.
    Birinchi bosqich - o’quvchilarni D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini o’rganishga tayyorlash.
    Ikkinchi bosqich - D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nazariyasini o’rganish .
    Uchinchi bosqich - anorganik kimyo kursining sistematik kursini yoki elementlar va ular birikmalari xossalarini D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nuqtai - nazaridan o’rganish.
    Davriy qonun va davriy sistema mavzusidagi tushunchalar mohiyati mazmuni o’zaro bog’langan ma’lumotlar asosida ochib beriladi. Ular, kimyoviy elementlar va moddalar xossalarining davriy o’zgarishini, elementlar atom og’irligi ortishi, elementlar atom tuzulishi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar. Ana shu blok haqidagi ma’lumotlarning bog’lanish sabab va oqibatlarini ochib berish. Oldingi va keyingi blok ma’lumotlar mavzuning o’rganishning bosh ta’limy vazifasi bo’lib hisoblanadi.
    Umumta’lim maktabi kimyo dasturida mavzu mazmuni tarixiy - logik asosda tuzilgan. Avvalo D.I.Mendeleevning elementlar va ular xossalarining atom massasiga bog’liqligini ochib bergani bayon etilsa, keyin esa ularning sabablari elementlar atomlarining tuzilishi asosida tushuntirilgan.
    Bu usulda yo’l tutish avvalo - o’quvchilarning tatqiqot faoliyatini rag’barlantirsa ularni o’quv jarayonida faollashtirsa, ikkinchidan tarbiyaviy aspektni kuchaytirib, D.I.Mendeleevning ilmiy jasoratini yechib beradi.
    Mustahkam ko’nikmalar hosil qilish uchun o’quvchi mustaqil ish jarayonida mashqlar bajaradi.
    Mavzu mazmuni o’quvchilarni bashorat qilishga o’rgatadi. Davriy qonun va davriy sistema, atom tuzilishi va nazariyasi asosida elementlar va ular birikmalari xossalarini deduktiv metod orqali bashorat qilishi malakalariga ega bo’ladi.
    Mavzuning tarbiyaviy aspekti. D.I.Mendeleevning davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasi mavzusini o’rganish orqali o’quvchilar fan va ishlab chiqarishning rivojlanishi, miqdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishiga o’tishi, elementlar atomlari ichki tuzilishi, kimyoviy o’zgarishlarning ichki sabablarini tushinib yetadilar.
    Bu tushunchalarning mohiyati dialektik - materialistik dunyoqarash shakllanishiga olib keladi. D.I.Mendeleevning ijodiy faoliyatini o’rganish orqali o’quvchilarda mehnat qilish, vatanparvarlik milliy g’ururi kabi hislatlari qaror topadi.
    Mavzuning rivojlantiruvchi funksiyasi: O’quvchilarda elementlar xossalarining o’ziga xosligini ajrata bilish. Oddiy va murakkab moddalarning kimyoviy xossalarini davriy qonun, atom tuzilishi, davriy sistemasi asosida xarakterlash va bashorat qilish, kimyoviy bog’lanishlar turi orqali ularni tavsiflash kabi ko’nikma malakalarni rivojlantirish, mavzuni o’rganishda tayanch bilimlarni tadbiq qilish orqali o’quvchilarda fikrlash, tafakkur qirralari rivojlanadi. Bu mavzu o’quvchilarda muammoli vaziyat vujudga keltirish, uning yechilishini mavzu mohiyati orqali ochib berishni rivojlantiradi.
    Mavzuni o’rganishning metod va manbalari. Davriy qonunni o’rganishda muammoli ta’lim, muammoli metod qo’llanadi. Mavzuning rivojlantiruvchi funksiyasini amalga oshirish uchun muammoli metod dominantlik vazifasini bajarish kerak.
    Birinchi davrda bunday sabab uchun elementlarni metall va nometallga ajratish asosiy manba bo’lib, xizmat qiladi. Muammoli vaziyatlarni keltirish uchun elementlar va ular birikmalari xossalarining davriy ravishda takrorlanishi ikkinchi manba bo’ladi.
    Davriy sistemada elementlar gruppalari ichida podgruppalar hosil bo’lishi uchinchi holatda muammolar yaratishga sabab bo’ladi.
    Muammoli vaziyatlar hosil qilishning to’rtinchi bosqichi davriylik nazariyasini rivojlanishi perespektivi orqali amalga oshadi.
    Muammoli vaziyatlar atomlarning elektron tuzilishi va xossalari ularning o’zaro bog’liqligini aniqlashda o’quvchilarga beriladigan mustaqil ishlardan namoyon bo’ladi.
    Yana muammolarni har bir element haqida yozilgan ma’lumotli varaqalar, ularni joylashtirish sabablarini ochib berishi bo’yicha beriladigan topshiriqlar orqali amalga oshirish mumkin.
    Mavzuni o’rganishda nazariy umumlashtirishlar chiqarish, eksperiment diafilm D.I.Mendeleevning davriy qonuni degan kino filmlarni ko’rsatish orqali o’quvchilar bilimini oshiradi.
    D.I.Mendeelevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atomning tuzilishi mavzusi o’rta maktab noorganik kimyo kursining ilmiy asosini tashkil etadi. Bu mavzular darslarda o’quvchilar kimyoviy elementlar o’zaro davriy qonunda tasvirlanganidek, bog’liqligini, hamda elementlar xossalarining, ularning birikmalar xossalari atom tuzilishidan davriy sistemaga joylashgan o’rniga muvofiq ekanligini o’rganadilar. O’quvchilardan davriy qonun va atom tuzilishi nazariyasi asosida elementlar ularning birikmalari xossalarini oldindan ayta olishlik malakalari rivojlantiriladi.
    O’quvchilar davriy qonun va atomlar tuzilishi haqidagi bilimlar asosida keyingi o’rganiladigan kimyoviy elementlar guruhlari xossalarini, tuzilishlarini oldindan ayta biladilar va shu asosida elementlar hamda ularning birikmalari haqida umumiy xulosalar chiqara oladilar. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi umumlashtiruvchi xarakterga ega. Uni o’rganishda quyidagi Tayanch bilimlarga katta e’tibor beriladi.

    1. Kimyoviy element haqida tushuncha. Kimyoviy elementning nisbiy atom massasi, uning valentligi.

    2. Oddiy va murakkab modda haqida tushuncha.

    3. Kimyoviy elementning kislorodli birikmalari va uning valentligi haqida tushuncha.

    4. Kimyoviy elementning vodorodli birikmalari va uning valentligi haqida tushuncha.

    5. Metallar va nometallar xossalari haqidagi bilimlarni umumlashtirish.

    6. Oksidlar haqida tushuncha (Asosli va kislotali).

    7. Gidroksidlar haqida tushuncha.

    8. Metallar, asosli oksidlar, asoslar, nometallar, kislotali oksidlar, kislotalar orasidagi genetik bog’lanish haqida tushunchalar. Metallar - a). qattiq (simobdan tashqari); b). metal yaltirog’i bor; v). issiqlik va elektr tokini yaxshi o’tkazadi; g). bolg’alanadi.

    Metallmaslar - a). qattiq, (brom suyuq), gazsimon; b). metall yaltirog’i yo’q; v). izolyatorlar; g). mo’rt.
    Amfoter elementlar - (grekcha "amfoteros" - "ikkalasi" degan so’zidan ikki xil birikma namoyon qiladigan kimyoviy elementlar rux, berilliy, alyuminiy, xrom, qo’rg’oshin). Bu elementlar tarkibiga kirgan oksidlar, gidroksidlar ikki xil xossaga, ya’ni kislotali va asosli xossalarga ega. Amfoter oksid, gidroksidlarga muofiq keladigan kimyoviy elementlardir. Ularni xossalari jihatidan tipik metallarga ham tipik metalmaslarga ham kiritib bo’lmaydi.
    Davriy qonun - (D.I.Mendeleevning ta’rifi) - oddiy jismlarning xossalari, shuningdek elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom og’irliklarining qiymatiga davriy ravishda bog’liq bo’ladi. Hatto atom tuzilishi haqidagi kashfiyot asosida davriy qonun quyidagicha ta’riflanadi:
    Kimyoviy elementlarning va ular hosil qiladigan oddiy hamda murakkab moddalarning xossalari shu elementlar atom yadrolarining zaryadlari qiymati bilan davriy bog’lanishda bo’ladi.
    Davrlar - elementlarning xossalari asta - sekin o’zgarib boradigan gorizantal elementlar qatorlarini (masalan, letiydan neongacha) D.I.Mendeleev davrlar deb atagan .
    Davriylarda 1,2,3 - davrlar kichik davrlar. Keyingi davrlar katta davrlar 4 va 5 darvlarda o’n sakkiztadan, 6 - davrda o’ttiz ikkita element bor. 7 - davr (tuganlanmagan) davrdir. Hozirgi kunga qadar kimyoviy elementlarning 112 ta soni ma’lum
    Shuning uchun ham o’quvchilarga tavsif qilinishlar haqida ma’lumot berish foydalidir. O’quvchilarga kimyoviy elementlarni tavsif qilish zarurati, bu yo’ldagi dastlabki urinishlar dastlabki elemetlarni metallar va metallmaslarga bo’lishdagi xatoliklar haqidagi tushuncha berish shuningdek amfoter xossaga ega bo’lgan moddalar bilan tanishtirish ularda kimyo fani uning tarixi haqidagi tasavvurlarning boyishiga olib keladi.
    O’quvchilardagi tayanch bilimlar asosida metallar va metallmaslar xossalaridagi farqni payqash ularning birikmalari formulalarini yoza bilish malakalari shakllantiriladi.
    Darsning boshlanishida o’qituvchi diqqatini quyidagilarga qaratadi: a) dastlab D.I.Mendeleev shunday degan, (kimyodagi nazariy ma’lumotlarga qaraganda butun quruqlik elementlaridan tashkil topgan. Ularning asosiy o’xshash va farq qiluvchi xossalarini aniqlash lozim, keyin shu xossalar asosida ular hosil qilishi lozim bo’lgan moddalarning xossalarini ayta bilish mumkin.
    Bu kimyoviy elementlarning asosiy sifatlarini o’rganishga bosh yo’ldir. O’tgan asrning 70 - yillariga kelib 60 dan ortiq kimyoviy elementlar ma’lum edi. Boshqa fanlardagi kabi kimyoda ham ma’lumotlar yig’ila boshladi.
    Elementlar metallar va metallmaslarga bo’lingan. Bu o’rinda o’qituvchi tipik metallar va tipik metallmaslar o’rtasidagi farqlarni so’raydi va unga aniqlik kiritadi.
    Tipik metallar oksidi suv bilan birikib asos hosil qiladi. Masalan, oltingurgut oksidi suv bilan birikib kislota hosil qiladi.
    O’qituvchi ikki xil xossaga ega bo’lgan moddalar ham borligi haqida tushuncha beradi. Ularniing gidroksid kuchli kislotalar bilan birikkanda asos bo’lib reaksiyaga kirishadi. Masalan, kalsiy gidrokidi
    Amfoter gidroksidlar kuchli asos bilan birikkanda kislota vazifasini bajaradi. Keyin, o’qituvchi sxema asosida metallar va metallmaslarning xossalarini yuqorida keltirilgan asoslar bo’yicha chog’ishtirib chiqadi. Keyin amfoterlik hodisasini tushuntirib, xossalarni qiyoslab, ularni tipik metallar yoki tipik metallmaslarga kirib bo’lmaydi degan xulosaga keladi.
    O’xshash elementlar guruhlari haqida tushuncha berishda: a) o’quvchilarni kimyoviy elementlarning tabiiy oilasi bilan ularning kimyoviy xossalarini inert gazlar va ishqoriy metallar misolida tanishtiriladi. Ishqoriy metallar tipik metallarning tabiiy oilasi sifatida ularning atom massalari ortishi bilan kimyoviy va fizikaviy xossalaridagi o’xshashliklarning o’zgarib borishi ko’rsatiladi. Shu o’rinda bu hodisa falsafaning eng muhim qonunlaridan birining to’g’riligini yaqqol isbotlashi xususida ham ma’lumot berilsa, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashning oshishiga turtki bo’ladi.
    O’tgan darsda o’quvchilar egallagan bilimlar haqida, o’qituvchi hozirgi mavzu mazmunini bayon etishda qo’shimcha ravishda nimalarga e’tibor berishni belgilab oladi.
    Keyin xlor vodorod bilan birikib, vodorod xlorid birikmasini hosil qilishi, shunga o’xshash ftor, brom, yod ham vodorod bilan bir valentli birikmalar hosil qilishi jadval yordamida batafsil tushuntiriladi. Jadvalda litiy, berilliy, bor, uglirod, azot, kislorod, ftor, nion, ikkinchi qatorda natriy, magniy, alyuminiy, kremniy, fosfor, oltingugurt, xlor, argon elementlarining yuqori kislorodli birikmalari valentligi, yuqori vodorodli birikmalaridagi valentligi, yuqori oksidlari formulasi, asoslari, vodorod bilan hosil qilgan birikmalari tushuntiriladi. D.I.Mendeleev davriy qonuni darsida: a) o’quvchilarning davriy qonunining kashf etilishi tarixi va mazmuni bilan tanishtirish. Davriy qonunga elementlar atom massalari bilan kimyoviy xossalri uzviyligi asos qilib olinganligini aniq dalillar misolida ochib berish. Davriy qonun va davirlar haqida ma’lumot berish, o’quvchilardan ishonchli tushunchalar hosil qilish.
    b), v) o’quvchilarda elementlar va ularning birikmalari ma’lum tizimga kiritib o’rganish mumkinligi haqidagi bilimini rivojlantirish.
    O’qituvchi darsni suhbatdan boshlaydi. Nima sababdan elementlarni sistemaga solish yo’llaridagi oldingi harakatlar muvaffaqiyatsiz chiqdi? Bir oila elementlari xossalarining o’zgarishidan qanday umumiy qonuniyat mavjud?
    O’qituvchi o’quvchilar diqqatini quyidagilarga qaratadi: a). davriy qonun kashf etilishi arafasida 63 ta element ma’lum edi; b). elementlar atom massalari aniqlanishi ustida fikr yuritiladi; v). o’quvchilarga o’zlari tayyorlab kelgan kartochkalarni partada elementlarning atom og’irliklari ortib borishi tartibida quyib chiqish topshiriqlari va jadvallardan foydalanib quyidagilarni tushuntiradi:
    1). Litiydan ftorgacha bo’lgan qatorda atom og’irliklari ortib borishi bilan elementlarda metallik xossasi zaiflashib, metallmaslik xossasi kuchayib boradi. Ftordan keyin inert gaz keladi va kimyoviy xossalarda katta sakrash ro’y beradi.
    2). Atom og’irliklari ortib borishi tartibida litiydan uglerodgacha kislorodli birikmalardagi valentlik 4 dan 1gacha kamayib boradi.
    3). Natriy elementidan boshlab, elementlar xossalarini takrorlaydi masalan, litiy xuddi natriy elementiga o’xshash kuchli metallik xossasini namoyon qiladi.
    Magniy - berilliy, alyumeniy - borga, kremniy - uglerodga, fosfor - mishyakka va hokazolar tarzida tushuntiriladi.
    4). Kaliy (tartib raqami-19) tipik ishqoriy xossalaridan tipik metallmaslik xossali galogen yo’nalishida xossalar asta - sekin o’zgara boshlaydi.
    Bu qatorda 18 ta element joylashgan.
    5). D.I.Mendeleev elementlarni atom massasi ortib borishi tartibida joylashtirib, ularning xossalarida davriy o’zgarishni kuzatdi. Bu qonuniyat 1869 yilda DAVRIY QONUN sifatida ta’riflaydi, ya’ni oddiy moddalarning xossalari: shuningdek, element birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom og’irliklariga davriy ravishda bog’liqdir;
    6). Shunday qilib, litiydan neongacha va natriydan argongacha atom og’irliklari ortib borishi bilan ularning xossalari bir xilda o’zgarib boradi, ya’ni
    a). metallik xossalari zaiflashadi; b). oksidlaridagi yuqori valentligi ortadi;
    v). metallmaslik xossalari kuchayib boradi; g). vodorod bilan hosil qilgan valentligi kamayib boradi;
    7). elementlar atom og’iriliklarning ortib borishi bilan ularning kimyoviy xossalari davriy ravishda o’zgaradi yoki muayyan elementlardan keyin navbatdagi elementlarning xossalari asosan takrorlanadi.
    D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi mavzusini o’tishda,
    a). O’quvchilar davriy sistema kimyoviy elementlarning tabiat qonuniga asoslangan tizimi, davriy sistema kimyoviy elementlar davriy qonunining jadval shaklidagi ifodasi ekanligini bilib olishga doir, asosiy guruh va qo’shimcha guruh haqida tushunchalarga ega bo’lishi lozim;
    b). Davriy sistema asosida o’quvchilar elementlar va ularning birikmalari xossalarining bashorat qilish malakalarini shakllantiradi;
    v). O’quvchilarda kimyoviy elementlar davriy sistemasida har bir element va ularning birikmalari xossalari haqida xususiy xulosalar chiqara bilish qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda falsafiy umumlashmalar hosil qilish, malakalarini hosil qilish kerak.
    Yangi materiallarni o’qituvchi quyidagi reja asosida tushuntiradi:
    1). Atom og’iriliklari ortib borishi tartibida elementlarning grafik tasviri sistemasi va uning qo’llay bilishi uchun qisqa shaklga keltirish.
    2). D.I.Mendeleev "Davr" deb ishqoriy metalldan boshlanib, inert gaz bilan tugaydigan elementlar qatorini ataganligi haqida tushuncha berish, jumladan katta va kichik davrlar haqida hamda har bir davrda joylashgan elementlar va ularning soni haqida tushuncha berish.
    3). Davriy sistemadagi gorizantal va vertikal qatorlar haqida so’zlash:
    4). Davriy sistemadagi asosiy guruhlar, qo’shimcha guruhlarni izohlash;
    5). Bir guruhga kiruvchi elementlarning kislorod birikmalaridagi yuqori valentlik guruh raqamiga to’g’ri kelishi, asosiy guruhlarda nisbiy atom og’irligini ortishi bilan yuqoridan pastga metallik xossasi kuchayib, metalmaslik xossasi zaiflashib borishini tushuntirish.
    D.I.Mendeleevning ilmiy jasorati misolida o’quvchilarda fan, texnika, kasbga bo’lgan muhabbatni tarbiyalash, bilimga intilishni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog’liq pedagogik maqsadni amalga oshirish uchun mashg’ulot seminar shaklida o’tkaziladi.
    Seminar rejasi: 1. Kimyoviy elementlarni tavsiflash bo’yicha dastlabki urinishlar. 2. D.I.Mendeleevni elementlarni tavsif qilishda tayangan asoslar.
    3. Davriy qonunga D.I.Mendeleev bergan ta’rif va atom tuzilish nazariyasi asosida yaratilgan ta’rif hamda ularning mohiyati birligi. 4. D.I.Mendeleev elementlar davriy sistemasi. 6. Hali kashf qilinmagan kimyoviy elementlar borligini D.I.Mendeleev nimaga asoslanib bashorat qiladi va xossalarni ta’riflaydi?
    7. Davriy sistema va atom tuzilish uzviyligi. D.I.Mendeleev ayrim elementlari massasini to’g’ri hisoblaganligi. 8. Davriy qonunning hozirgi atom tuzilishi nazariyasini yaratishdagi ahamiyati. 9. D.I.Mendeleev ilmiy bashoratini keyingi rivojlanishi. 10. Davriy qonunning kimyoviy taraqqiyotidagi roli.
    O’qituvchi mazkur rejaga o’z imkoniyatlarini hisobga olib o’zgartirishlar kiritishi mumkin.
    D.I.Mendeleevning hayotiga bag’ishlangan darsda: a). o’quvchilar D.I.Mendeleev hayoti va ilmiy amaliy faoliyati bilan tanishtirish: b). o’quvchilar adabiyotlardan foydalanib mustaqqil tarzda ma’ruza tayyorlash so’zga chiqish malaka hosil qilish o’quvchilarni mustaqil faoliyat ko’rsatishi, ruhida tarbiyalaydi.

    Atom tuzilishini o’qitishda ehtimollik tushunchalaridan foydalanish bo’yicha fakul’tativ mashg’ulot. Hozirgi kunda halq ta’limida ta’limni sifat jihatdan yaxshilashda har bir pedagogga alohida ma’suliyat yuklanadi. Shuning uchun, fan texnika rivojlanib, fundamental fanlarga bo’lgan qiziqish ortib borayotgan bir paytda mikroob’yektlar, xususan, atom tuzilishini o’quvchi - talabalarga to’laroq tushuntirish lozimdir. Shu maqsadda uch narsani e’tiborga olish zarurligini eslatib o’tmoqchimiz: 1. Kimyo kursida atom tuzilishi 7, 8, 9-sinflarda o’rganilib, atom tuzilishi elektron bulut shaklidagi model tasavvuriga olib kelinadida va turli bog’lanishlarni o’rgatishga o’tib ketadilar. 2. O’rta maktab fizika kursida atom tuzilishi 6-sinfdan boshlab 9 sinfda Rezerford tajribalari asosida tushuntirilib, atom planetar model sifatida shakllantiriladi. 3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida atom tuzilishini o’rgatish ancha yaxshi yo’lga qo’yilgan. Ayniqsa, de-Broyl to’lqinining o’rgatilishi yuqoridagi kimyo va fizikadagi nomuvofiqlikka barham berganday bo’ladi, lekin, undan kelib chiqadigan xulosalarga e’tibor berilmagan. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda mikroob’yektlar va ularning holatlari haqida yanada yaxshiroq tasavvurga ega bo’lish uchun akademik litsey talabalari uchun fakultativ mashg’ulot tashkil etildi. Mazkur fakultativ mashg’ulot quyidagi maqsadlarni ko’zda tutadi: 49 1. Fizika kursi datsuridagi materiallarni atom sohasida erishilgan so’nggi yutuqlar asosida kengaytirish va chuqurlashtirish. 2. Maktab fizika kursida atom fizikasi yutuqlarini tadbiq qilish va fan rivojlanishida atom tuzilishining o’rnini ko’rsatish. 3. Kimyo kursida tushuntirilayotgan materialni avval fizikadagi materiallardan (maktab kursi) foydalanib o’rgatish. 4. Fizika fani yutuqlarining boshqa fanlar rivojlanishida tutayotgan o’rnini tavsiflash bilan o’qitishda predmedlararo bog’lanishni kuchaytirish. 5. O’quvchi va talabalar olgan nazariy bilimlarini tasavvurga keltira olishlariga erishish va shu asosda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Fakultativ mashg’ulot jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: -talabalarga 6-sinfda matematika fanidan o’rgangan ehtimollik tushunchalari yodga solinadi; -kimyo kursida 6-sinfdan 9-sinfgacha bo’lgan modda tuzilishi haqidagi bilimlar va amaliy mashg’ulotlar takrorlanadi; -fizika kursida ham 6-sinfdan 9-sinfgacha bo’lgan atom tuzilishi va bu haqdagi tajriba labaratoriya ishlari takrorlanadi; -fizika va kimyo fanlaridagi modda tuzilishi haqidagi bilimlar umumlashtiriladi; -atom tuzulishini to’la va aniq o’rganishda dinamik qonunlardan ehtimoliystatitsik qonuniyatlar utsuvorligi asoslanadi; - ehtimollik tushunchalari (6-sinf matematika), ularning geometrik ta’rifi, atom modeli misolida tasavvurga keltiriladi. Tashkil etilgan fakultativ kursda yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun quyida akademik litseylarning aniq fanlar (matematika-fizika) yo’nalishi III kurs talabalari uchun mo’ljallangan ish rejani keltiramiz: T/r Mavzular Soati 1. Modda tuzilishi haqida fizik va kimyoviy qarashlar. 2 50 2. Dunyoning mexanik manzarasi, Laplas determinizmi va ehtimollik. 2 3. XIX asr g’aroyibotlari-elektrodinamika, atomitsika. 2 4. Atom tuzilishi haqida ikki xil tasavvur. 2 5. Zarra va to’lqin dualizmi haqida. 2 6. Elektron nima-zarra yoki to’lqin. 2 7. Noaniqlik munosabati. 2 8. Mikroob’yekt nima va uning chegarasi. 2 Tashkil qilingan fakultativ mashg’ulot 16 soatga mo’ljallangan bo’lib, aniq fanlar yo’nalishi III kursining 2-semetsri boshidan boshlanadi. Bu vaqtda o’quv datsuri bo’yicha fizika kursining oxirgi - atom va yadro fizikasi bo’limini o’rganishga kirishiladi. Quyida fakultativ mashg’ulotda o’rganiladigan materiallar mazmuni va ularning o’qitilish uslubiga qisqacha to’xtalamiz: 1- darsda. «Modda tuzilishi haqida fizik va kimyoviy qarashlar» haqida ma’lumot beriladi. Bu darsni boshlash talabalarni IX sinf fizika kursida va akademik litsey I kursida kimyodan modda tuzilishi haqida olgan bilimlari eslatiladi. Bunda asosan o’zi yagona bo’lgan modda (atom) tuzilishidagi ikki xil qarashga urg’u beriladi va qarashlarni tarixiy rivojlanishi ko’rsatib o’tiladi. 2- darsda. Tabiatdagi fizik qonuniyatlar va ularning o’rganilishi haqida tushuncha beriladi hamda talabalarda dunyoning mexanik manzarasi haqida, tabiatda Laplas determinizmiga ko’ra, sabab va oqibat prinsiplari tushuntirib o’tiladi. Laplas determinizmiga ko’ra o’rganiladigan ob’yektlar o’lchami kichiklashib borgan sari dinamik qonuniyatdan chetlashish hollari misollar bilan ko’rsatib beriladi. Laplas determinizmiga ko’ra ob’yektning avvalgi va hozirgi holati haqida ma’lumotga ega bo’lgan holda kelajakda qaerda bo’lishi haqida aniq tasavvurga ega bo’linadi. Bu esa tabiatda ro’y beradigan har qanday jarayon sabab- 51 oqibat prinsiplariga to’la bo’ysinadi va hech qanday chetlashish sodir bo’lmaydi degan tushunchaga olib keladi. 3- darsda. XIX asrga kelganda fizikadagi ba’zi bir jarayonlarni avvalgi mexanik tasavvurlar orqali tushuntirib bo’lmasligi namoyon bo’lib qoldi. Chunki bu davrda fizikada faqat o’lchash va hisoblash orqali biror jarayon tushuntiriladigan bo’lib qoldi. Ammo o’rganiladigan ob’yekt o’lchamlari kichiklashgan sari bu uslub talabga to’la javob bermay qoldi. Shuning uchun statitsikaga (o’rtachalashtirish, ehtimollik) asoslangan uslublar yuzaga keldi, buning natijasida elektrodinamika va atomitsikaga oid yangi qarashlar yuzaga kelishi tushuntiriladi. 4- darsda. Atom tuzilishi haqida fizik va kimyoviy tushunchalar haqida ma’lumot beriladi. Bunda atom tuzilishini Tomson, Rezerford va unga oid Bor potsulatlari keltirilib, bu g’oyalarning yutuq va kamchiliklari ko’rsatiladi. Atom tuzilishini o’rganishda spektral analiz, Frank-Gerts tajribalari yordamida tsatsionar orbitalar borligi ko’rsatiladi. Kimyoviy nuqtai-nazardan esa, s, p, d, f- orbitallar, elektron bulutlar haqida tushuncha beriladi. 5- darsda. Talabalarga mikrozarralar ikki xil xususiyatga ega ekanligi, ya’ni zarra va to’lqin xossasini namoyon qilishi haqida tushuncha beriladi. Qachon ularni zarra sifatida qarash, qachon to’lqin sifatida qarash kerak bo’ladi va nima uchun shunday qilish kerakligi tushuntiriladi. Ehtimollik tushunchasi zarraning qaysi bir xossasiga ko’proq mos tushishi haqida tushuncha beriladi. 6- darsda. Avvalgi darsdagi tushunchalar elektron uchun tadbiq qilinadi. Bu darsda asosan atom tuzilishini namoyon qilishda ko’proq elektronning to’lqin xossasiga e’tibor berish kerakligi aytib o’tiladi va bu qarashlar atroflicha tushuntiriladi. 7- 8-darslarda. Geyzenberg noaniqlik prinsipi haqida tushuncha berilib, ehtimollik qonuniyatlari mikroob’yektlar uchun shu prinsip bo’yicha yanada to’laroq namoyon bo’lishi aytib o’tiladi. Bundan tashqari, shu prinsipga asosan, mikroob’yekt va uning chegarasi haqida o’quvchilarga tushuncha beriladi. 52 Tajriba-sinovlarimiz natijalari shuni ko’rsatdiki, talabalar (o’quvchilar) ongida atom tuzilishini elektron bulut modeli ko’rinishida shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’tkazilgan fakultativ mashg’ulotlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, akedemik litsey talabalari atom tizilishi haqidagi bilimlari fizika va kimyo fanlari bilan aloqadorlik asosida ehtimoliy-statitsik g’oyalarni qo’llab olib borilishi, ularning bir fandan olgan bilimlarini ikkinchi fanda mutsahkamlab, ijodiy fikrlash qobiliyatlari hamda ilmiy dunyoqarashlarini o’stirar ekan. Xulosa. 1. Fizika fanining har bir mavzusiga oid tayanch iboralarning dars jarayonida chet tilida o’rgatilib borilishi va qo’llanilishi o’quvchining nafaqat faolligini oshiradi, balki uning fizika va chet tili fanlarini o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini o’stiradi, fizik atamalarning ingliz tilida qanday ifodalanishi, talaffuz qilinishi ustida izlanishga harakat qiladi. 2. Fanlararо bоg’lanish elementlaridan fоydalanib elektrоtexnika kursining mustaqil ish mavzulari asоslandi. 3. Fizika va elektrоtexnika fanlarining tayanch so’z va atamalari bo’yicha bоg’lanish asoslandi. 4. Didaktik (illyustrativ) materiallar bo’yicha fanlararо bоg’lanish tuzilmasi ishlab chiqildi. 53 XOTIMA. 1. DTS talablari darajasida AL va KHK larida dars berish va dars jarayonida fanlararo bog’liqlik prinstiplaridan foydalanib dars samaradorligini oshirish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi. 2. O’qituvchi fanlarda bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlardan doimo xabardor bo’lib turish va uni to’g’ri baholay olish, o’zi o’zlashtirgan bilimlar ko’lamini unutmaslik, aksincha uni kengaytirib borish va ijro malakasini oshiib borishi uchun to’xtovsiz o’z ustida ishlash kerakligi aniqlandi. 3. Dars mavzusiga ko’ra metod va usullarni to’g’ri tanlash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish bu metodlarning to’g’ri tanlanganligi va mavzuni yoritishdagi o’rni belgilandi. 4. Dars mavzusiga ko’ra faoliyat turlarini to’g’ri tanlash va bu faoliyat turlari darsning mazmunini tashkil qilishning ketma-ketligi belgilandi (dars strukturasi). 5. Dars mavzusi mazmuniga ko’ra, qaysi fan bilan bog’liqlik holda dars o’tish hamda bu darsda qaysi faoliyat turlaridan foydalanish samarali natija berishi ishlab chiqildi va har bir faoliyat turiga bog’liq bo’lgan fanni aniqlab faoliyat jarayonida qo’llanildi. 6. Har bir o’quvchining O’rta Osiyodan yetishib chiqqan ilm hamda uning amaliyotida muvaffaqiyatli ijod qilib, tariximizda iz qoldirgan alloma olimlar hayoti, ijodiy faoliyati va qoldirgan ilmiy merosi to’g’risida chuqur bilimga ega bo’lishiga erishish uchun ular to’g’risida qisqa va mazmunli ma’lumotlar keltirildi.


    Atom qobiqchalarining elekronlar biln bo’lib borishidagi o’ziga xoslik va davrlarning shakllanishi s, p-, d-, f- elementlar va ularning davriy sistemadagi o’rni. Guruhlar, Davrlar, Asosiy va yonaki guruhchalar. Davriy sistemaning chegaralari.
    Atom xossalarining davriyligi. Orbital va effektiv radiuslar. Van-der-vals, metallik va ion radiuslar. Atom va ion radiuslarning davr va guruhlar boyicha o’zgarishi s- va p- siqilishning effektlari. Kaynosimmetrik elementlar.
    Kimyoviy elementlarni sistemalashtirish uchun kadidan turli xil izlanishlar olib borilgan. (I.Debereyner, A.Shankurtua, Ch.Odling, Dj.Nyulendes va boshqa izlanishlarni misol keltirish mumkin). 1829 yilda I.Debereyner birinchi bo’lib, kimyoviy elementlarning xossalari bilan elementlarning atom og’irliklari orasidagi bog’liqlikni o’rganib o’xshash bo’lgan ko’pgina elementlarni uchtadan gruppalarga joylshtirib turadilar qonunini yaratdi bu 21 ta elementdan iborat edi:

    1. cI, Br, I;

    2. S, Se, Te;

    3. Li, Na, K;

    4. Ca, Si, Ba;

    5. Fe, Co, Ni;

    6. Os, Ir, Pt;


    1862 yilda esa frantsuz kimyogari A.Shankurtua kimyoviy elementlarning atom massalarining spiralsimon tartibda ortib borishiga ko’ra joylashtirdi. Bu yerda xossalari bir-biriga o’xshash bo’lgan elementlar gruppalari hosil bo’lishi kuzatildi. 1857 yilda Ch.Odling atom massalarining ortib borish tartibida 57 ta elementdan iborat bo’lgan sistemani yaratdi. 1866 yilda Dj.Nyulendes tomonidan oktava qonuni yaratildi. U kimyoviy elementlarning xossalari bilan atom og’irliklari orasidagi bog’lanishlarga o’rindi va har 8 ta element orasida o’xshashlik borligini aniqladi va quyidagi jadvalni yaratdi:
    H – 1 F - 8 cI – 15
    Li – 2 Na – 9 K – 16
    Be – 3 Mg – 10 Ca – 17
    B – 4 Al – 11 Ti – 18
    C – 7 Si – 12 Cr – 19
    N – 6 P – 13 Mn – 20
    O – 7 S – 14 Te – 21
    Shunday keyin 1864 yilda nemis olimlaridan Odling va Lotar – Meyerlar ham davriy sistema tuzishga harakat qildilar, ammo ular ham o’z izlanishlaridan aniq bir ilmiy xulosaga kela olmadilar.
    1869 yilda D.I.Mendeleev tomonidan davriy qonun asosida yaratilgan elementlar dvriy sistemasi olamshumul ahamiyatga ega bo’ldi. D.I.Mendeleev elementlar davriy sistemasini yaratgan paytda dastlab 63 ta element ma‘lum edi. u elementlarning yuqori oksidlanish darajalariga qarab so’zi tuzgan sistemaga joylashtirdi noma‘lum bo’lgan elementlarni xossalarini oldindan aytib ularga hayot davrida topildi. Bu elementlar 10 yil ichida D.I.Mendeleev hayot davrida topildi, ya‘ni 1875 yilda Lokok de-Buabodran tomonidan eka alyuminiy (galliy), 1879 yilda Shvetsariyalik olim Nilson Kleve tomonidan ekabor (skandiy), 1885 yilda esa Vinkler tomonidan ekasilitsiy (Germaniy) elementlarining ochilishi va ularning xossalari D.I.Mendeleev bashorat qilgan xossalarga juda yaqinligi D.I.Mendeleevning yanada sistemani to’g’ri tuzganligini ko’rsatdi.
    1869 yil D.I.Mendeleev tomonidan ochilgan davriy qonun horzirgi zamon tabiatshunosligida eng asosiy qonunlardan biri hisoblanadi. U dunyoning materil birligini bildirgani uchun nafaqat kimyoda balki butun tabiatshunoslikda juda katta ahamiyatga ega. und kimyoning fan sifatidagi mohiyati, ya‘ni tarkibning miqdor o’zgarishlari ta‘sirida, sifat o’zgarishlari ekanligi mujassamlashgan. Boshqa tabiiy fanlar fizika, geoximiya, kosmoximiyalarning rivojlanishida ham davriy qonunning roli katta. Uning ahamiyati elementlarni faqatgina bir atom og’irlik bilan klassifikatsiyalanmaydi. U har bir element xossasini sistemada joylashgan o’rniga qarab bashorat qiladi. Bu faqat oddiy moddalarning fizik xossalariga emas, balki butun kimyoviy xossalariga ham taaluqlidir. Boshqa elementlar bilan o’zaro ta‘sirini, tuzilishini, binar va ancha murakkab moddalarning hosil bo’lishini, tarkibi va xossalarini, elementlarning kislota-asos, oksidlanish-qaytarilish va boshqa xossalarini bilish imkonini beradi. Davriy qonundan foydalanib Mendeleev hali noma‘lum bo’lgan elementlarni xossalarini bashorat qildi. Ma‘lumki haqiqiy ilmiy nazariyaning kuchi u sosda olingan faktlarni tushintirishgina emas, balki yangi faktlarni ko’ra bilishdadir. Elementlarning xossalarini bir xil tartibda tavsiflash, davriy sistemada har bir elementni aniq, qat‘iyan, doimiy ravishda turishini nazarda tutadi. Bu o’rinlarning (holat) intervalligi (o’zgarmaslik) deyiladi. Ma‘lumki D.I.Mendeleev sistemasida elementlarning holati faqatgina uning tartib nomeri bilan emas, balki u turgan davr nomeri (qator) va gruppasi bilan ham aniqlanadi.
    Doimo eng ko’p tarqalgan zamonaviy davriy sistema formasida ham elementning variantlik holati tartibi hamma vaqt ham saqlanmaydi. Shu sababli elementning o’rnini (holatini) bir xilda belgilaydigan umumiy kriteriya zarurdir. Mendeleevning o’zi shunday kriteriya sifatida elementlarning kimyoviy xossasini tanladi. U atom massalari qiymatiga nisbatan, kimyoviy xossalarini asosiy xarakteriyatika deb hisobladi. Shuning uchun u elementlarning joylarini almashtirdi (18Ar – 19K, 27Co – 28Ni, 52Te – 53I) ya‘ni gruppalardagi o’xshashlik kimyoviy xossalarini namoyon qilishini ko’rsatdi. Keyinchalik har xil olimlar sistemaning har xil variantlarini taklif qildilar, bularga har xil, ayrim hollarda xususiy kriteriyalar asos qilib olindiyu hozirgi paytda 400 dan ortiq sistema varianti mavjuddir. Atom tuzilishining elekton nazariyasi rivojlanishi asosida, elementlarning kimyoviy xossalari ularning atom elektron strukturalarning funktsiyalari ekanligi aniqlandi. Shu asosda elementning davriy sistemadagi holatini aniqlashning ob‘ektiv kriteriysi qilib atomning elektron tuzilishini tanlash maqsadga muvofiq ekanligi isbotlandi.
    Davriy qonun rivodlanishini 3 etapga bo’lish mumkin.
    Birinchi etapda Elementlarning xossalarini aniqlovchi asosiy argument sifatida atom massasi tanlangan bo’lib, Mendelev davriy qonuni shu asosda quyidagicha ta‘riflanadi:
    «Oddiy moddalarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari, elementlar atom og’irliklarining ortib borishiga davriy muratda bog’liqdir».
    Ikkinchi etap atom nomeri – atom yadro zaryadini aniqlashi isbotlandi. Izotop va izobarlarning ochilishi element tabiatini aniqlovchihaqiqiy argement uning atom massasi emas, balki yadro zaryadi ekanligi ko’rsatildi.
    Haqiqatdan ham bir atom massasi izobarlar (40Ar, 40K, 40Ca) – har xil element atomlariga talluqli ekanligi va shu bilan birga yadro zaryadlari bir xil atomlar – izotoplar (160, 170, 180) atom massalari har xil bo’lishiga qaramay birgina elementga mansub ekanligi isbotlandi. Shu sababli davriy qonun yangicha ta‘riflandi:
    «Oddiy moddalarning, shuningdek, elementlarning shakl va xossalari ular atomlari yadrolarining zaryadiga davriy ravishda bog’liqdir».
    Bu o’zgarish printsipial harakterga ega bo’lib, element tabiatini tushunishda yangi sifatiy darajasidan dalolat beradi, shunga qaramasdan davriylikning fizikaviy ma‘nosi ya‘ni nima uchun atom nomerining monoton ortib borishi bilan, elementning xossalari monoton (bir tekisda) o’zgarmasdan davriy o’zgarishining sababi noaniq edi.
    Faqat uchinchi etapda elektron tuzilishining kvantomexanik nazariyasining rivojlanishi asosida davriy qonunning fizik ma‘nosi ochildi.
    Davriylikning mohiyati yuqori energetik darajada o’xshash valent elektronlar konfiguratsiyalarining davriy takrorlanishi va elektron qavatlarning nisbiy sig’imi mavjudligiga asoslangan.
    Davriy sistemaning strukturasi va rivojlanishi quyidagi tartibda amalga oshirildi.
    Elementlar davriy sistemasi 7 ta davr, 8 ta ruppa va 10 qatorni o’z ichiga oladi.
    Ishqoriy metallar bilan boshlanib inert gazlar bilan tugallangan elementlarnin gorizontal qatoriga davr deyiladi. Davrlar elementlarning elektron qavatlari sonini bildiradi.
    I, II, III –chi davrlar bitta qatordan iborat bo’lib, kichik davrlar deyiladi. IV, V va VI davrlar ikkita qatorni o’z ichiga olgan bo’lib, katta davrlar deyiladi. VII – chi davr ishqoriy metallar bilan boshlanib, inert gazlargacha yetib kelmaganligi uchun tugallanmagan davr deyiladi.
    Kimyoviy xossalari bir-biriga o’xshash, tashqi elektron qavatidagi elektronlar soni bir xil bo’lgan elementlarning vertikal qatoriga gruppa deyiladi. Element qaysi gruppada joylashgan bo’lsa uning eng yuqoi oksidlanish darajasi gruppa nomeriga teng bo’ladi, ya‘ni tashqi elektron qavatidagi elektronlari soni shu guru nomeriga teng bo’ladi. Gruppalar bosh gruppa (asosiy) va qo’shimcha (yonaki) gruppachaga bo’linadi. Bosh gruppa elementlari faqat s va p elementlardir, qo’shimcha gruppa elementlarini esa d va f – elementlar tashkil qiladi. Qo’shimcha gruppa elementlarida faqat tashqi elektron qavatdagi elektronlardan tashqari, tashqaridan ichki elektron qavatdagi elektronlar ham valent elektron hisoblanadi. Shuning uchun ular bir-biridan farq qiladi.
    Davriy qonun tabiatning asosiy qonunlaridan biri bo’lib, elementlarning miqdor (yadro zaryadi, elektronlar soni va atom massalari) va sifat (elektronlarning taqsimlanishi, xossalar to’plami) xarakteristikalari birligini ko’rsatadi.
    Atom tuzilishi hozirgi zamon tasavvurlari asosida, element aniq davrga mansubligi atomning normal, oyg’onmagan holatdagi elektron qavatlari soni bilan aniqlanadi.
    Dvr nomeri, tashqi elektron qavat nomeriga teng bo’ladi, u tugallanmagan elektronlar bilan to’ladi.
    Elementing u yoki bu gruppaga mansubligi tashqi va tashqaridan ichki qavatdagi umumiy valent elektronlar soni bilan aniqlanadi.
    Masalan: 24Cr – [Ar] 183d 54s 1 va 16S – [Ne] 103s 23p 4.
    Oltinchi gruppa elementlri bo’lib, ikkala atom 6 tadan valent elektronlarga ega. davrlar va gruppalarga bo’linish Mendeleev tomonidan kiritilgan bo’lib, elementning aniq gruppaga mansubligi uning kimyoviy xossasiga, yuqori valentli oksid va gidrooksidlarining forma va harakteriga asoslanib aniqlangan. Haqiqatdan ham bir-biriga o’xshash bo’lmagan metallik xrom va metallmas oltingugurt gruppa nomeriga to’g’ri keladigan yuqori oksidlanish darajasidagi bir xil tarkibli CrO3, SO3 oksidlarini hosil qiladi, ularning xossalari ham o’xshash (kislotali). Ularga to’g’ri keladigan gidroksidlar yorqin ifodalangan kislota xossasiga ega H2 CrO4 – xromat va H2 SO4 – sulfat kislotalaridir. Shunday qilib, davriy sistema gruppalarida tiplariga bog’liq bo’lmagan holda qavatlarida to’lishi mumkin bo’lgan bir xil sondagi elektronlari bo’lgan elementlarni birlashtiradi. Shunday qilib birlashtirish ko’pgina o’xshash (analog)turlarni ajratish imkonini beradi. Elementlarning bunday umumiy o’xshashlik turlariga gruppa analoglari (o’xshash gruppalar) deyiladi va ular gruppa nomeriga muvofiq faqat yuqori oksidlanish darajalarida namoyon bo’ladi. Shu belgisiga nisbatan bosh va yordamchi gruppachlar (A-gruppa va V-gruppa) bitta gruppaga birlashtiriladi.
    III- gruppaga – B, Al, Ga, In, Tl (ns2np1) va skandiy podgruppachasi [ns2 (n-1) d1] ya‘ni bir xil valent elektronlari (3) ga ega bo’lgan elementlarni birlashtiradi. Xuddi shunday holat sistemaning boshqa guppalari uchun ham xarakterlidir.
    Gruppaviy o’xshashlik – ushbu gruppaga kirgan elementlarning hamma xos xususiyatlarini bildirmaydi, chunki u ko’pincha umumiy belgi, valent elektronlar soniga asoslanib, valent orbitallar tipini hisobga olmagan holda yuzaga keladi.
    Bu o’xshashlik elementlarning quyi oksidlanish darajalarida ayniqsa erkin holatda o’z kuchini yo’qotadi. Ammo har bir gruppada bir-biriga chuqur o’xshashlikni namoyon qiladigan elementlarni ajratish mumkin. Bunday o’xshashlik nafaqat yuqori oksidlanish darajalarida namoyon bo’lmasdan, hamma oraliq oksidlashish darajalarida, nafaqat bir xil valent elektronlarida, elektronlar joylashgan bir xil tipdagi orbitallarda namoyon bo’ladi. Bu belgiga asoslanib bir gruppada podgruppachalarga ajratiladi. Bir podgruppachada joylashgan elementlar xossalarida juda yaqin o’xshashlikkga ega, bular elektronlar bilan to’ladigan bir xil valent orbitallar tipiga ega bo’lishiga asoslangan. Ancha chuqur o’xshashlikka ega bo’lgan bunday analogiyaga tipaviy o’xshashlik deyiladi.
    Shunday qilib, bir podgruppada – bir xil valent orbitallar tipiga ega bo’lgan bu gruppaga mnsub elementlarga o’xshash tip (analog tip) deyiladi.
    Masalan: yuqorida misol qilimb olingan III – gruppaga o’xshash tip deyiladi, chunki hamma elementlar uchun bir xil valent elektron orbitallar (ns2 np1) ga ega. Skandiy podgruppasi elementlari ham qo’shimcha III B – gruppa – o’xshash tiplarni hosil qiladi, chunki bular uchun ham ns2 (n-1) d1 bir xildir.
    Atom tuzilishining elektron nuqtai-nazaridan davr nomeri yorqin fizik ma‘noga egadir. U bosh kvant son qiymatiga mos keladi va to’ldiradigan yoki tugallangan s va p qavatchalar bilan xarakterlanadi.
    Har bir davr valent elektron konfiguratsiyasi ns1 bilan boshlanib, ns2np6 stabil (barqaror) konfiguratsiya bilan tugallanadi.
    Atomlarida faqat s va p qavatchalar bilan to’ladigan davrlarga kichik davrlar deyiladi. Bularga birichi 3 ta davr misol bo’ladi. Ularga 2, 8, 8 ta elementlar muvofiq keladi. Birinchi va ikkinchi davrdagi elementlar soni, elektro qavatlarning maksimal sig’imiga mos keladi (π=1, π=2). Uchinchi elektron qavat sig’imi, elektronlar sonidan yuqori (ortiq). Bu 3d-orbitalning mavjudligi bilan bog’liq bo’lib, u bo’sh, uni elektronlar bilan tulishi faqat to’rtinchi davrdagina energetik qlaydir. Shunday qilib, to’rtinchi davrdn boshlab elektron qavatlarning elektronlar bilan to’lish tartibi buziladi va ns, np – elementlar oralig’ida. d- elementlardekadasi paydo bo’ladi, ularda tashqaridan ichki (n-1) d qavatcha to’ladi. Shunday strukturaa to’rtinchi va beshinchi davrlar ega bo’ladi va ular 18tadan elementga ega. oltinchi va yettinchi davrlarda d-elementlar dekadasidan tashqari, (n-2)f – qavatchasi to’ladigan elementlar oilasi mavjuddir. Bu davrlar 32 ta elementdan tashkil topgan.
    s va p elementlardan tashqari d - elementlar dekadasi va f – elementlar oilasidan tashkil topgan davrlarda katta davrlar deyiladi.
    Katta davrlardagi atomlarda s va p tashqi qavatlardan tashqari ichki (n-1)d va (n-2)f – qavatchalar ham bo’ladi va ular ham valent elektronlar hisoblanadi.
    Elementlarning kimyoviy xossasi, ma‘lumki atom orbitallarining to’lishini o’ziga xos xususiyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun kichik davrlarda, qatorda hammasi bo’lib 8 ta element bor, ularning atomlarida eng tashqi qavatlari elektronlar bilan to’lib boradi va biridan ikkinchisiga o’tganda ishqoriy metalldan to inert gazgacha element xossasi keskin o’zgaradi.
    Katta davrlarda s va p elementlar shu qonuniyatga boy sinadi, d-elementlarda esa tashqi qavat o’zgarishsiz (ns2) qoladi, tashqaridan ichki ikkinchi qavat elektronlar bilan to’lib borganligi sababli xossalari ancha bir tekisda (plavnoe) o’zgarishi xarakterlidir. Hamma d-elementlar metallardir. Yanada ko’proq darajada bu xususiyat f-elementlar uchun xarakterlidir, chunki ularda tashqaridan ichki uchinchi qavat to’ladi. f- elementlarning hammasini kimyoviy xossalari bir-biriga yaqin.


    XULOSA

    1. DTS talablari darajasida AL va KHK larida dars berish va dars jarayonida fanlararo bog’liqlik prinstiplaridan foydalanib dars samaradorligini oshirish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.

    2. 2. O’qituvchi fanlarda bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlardan doimo xabardor bo’lib turish va uni to’g’ri baholay olish, o’zi o’zlashtirgan bilimlar ko’lamini unutmaslik, aksincha uni kengaytirib borish va ijro malakasini oshiib borishi uchun to’xtovsiz o’z ustida ishlash kerakligi aniqlandi.

    3. 3. Dars mavzusiga ko’ra metod va usullarni to’g’ri tanlash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish bu metodlarning to’g’ri tanlanganligi va mavzuni yoritishdagi o’rni belgilandi.

    4. 4. Dars mavzusiga ko’ra faoliyat turlarini to’g’ri tanlash va bu faoliyat turlari darsning mazmunini tashkil qilishning ketma-ketligi belgilandi (dars strukturasi).

    5. 5. Dars mavzusi mazmuniga ko’ra, qaysi fan bilan bog’liqlik holda dars o’tish hamda bu darsda qaysi faoliyat turlaridan foydalanish samarali natija berishi ishlab chiqildi va har bir faoliyat turiga bog’liq bo’lgan fanni aniqlab faoliyat jarayonida qo’llanildi.

    6. 6. Har bir o’quvchining O’rta Osiyodan yetishib chiqqan ilm hamda uning amaliyotida muvaffaqiyatli ijod qilib, tariximizda iz qoldirgan alloma olimlar hayoti, ijodiy faoliyati va qoldirgan ilmiy merosi to’g’risida chuqur bilimga ega bo’lishiga erishish uchun ular to’g’risida qisqa va mazmunli ma’lumotlar keltirildi



    Download 116.5 Kb.
      1   2




    Download 116.5 Kb.