O‘rta ta’limning 10-sinf uchun o‘quv dasturi 68 soat Uqtirish xati




Download 17.98 Kb.
Sana25.12.2019
Hajmi17.98 Kb.
#4928
O‘RTA TA’LIMNING 10-SINF UChUN O‘QUV DASTURI 68 soat Uqtirish xati 10-sinf Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K.
Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Shu bilan birga mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar talimining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari asosida tayyorlangan. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Globallashuv sharoitida inson ongi uchun kurash tobora kuchayib borayotgan davrda, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish masalalari kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi Shu ma’noda mustaqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning matniqiy davomi sifatida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoiyl sifatida 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z aksini topdi.
Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
Huquqshunoshlik o‘quv fanini o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir. Konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat mazkur masalani amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayonida davlat va huquq asoslari fani mazmuniga oid huquqiy ong hamda huquqiy mananiyatga ega bo‘lish kompetensiyalarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Fanga oid kompetensiyalar orqali o‘quvchilarda kommunikativlik, axborot bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi. Davlat va huquq asoslari fani 10-sinf: “Huquqshunoslik” fani (34 soat)ni o‘z ichiga oladi. Uzviylik va uzluksizlik tamoyiliga asosan o‘quvchilarning quyi sinflarda olgan bilimlari asosida huquq sohalariga oid bilimlar beriladi. 10-SINF (B1 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va sanat asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumtalim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi. I BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO HUQUQ SUBEKTI 1-mavzu. Kirish. Huquq – shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. (B1 1 soat) Huquq – shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining asosi sifatida. Shaxsning huquqiy madaniyati. 2-mavzu. Qonunning ustuvorligi. (B1 1 soat) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning asosiy qonuni. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida xalqaro huquqning umumetirof etgan prinsiplari. 3-mavzu. Xalqaro huquq (B1 1 soat) Xalqaro huquqiy munosabatlar va ularning prinsiplari. Xalqaro huquq manbalari. Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi. Jahonning huquqiy xaritasi. 4-mavzu. Birlashgan millatlar tashkilotnining maqsad va vazifasi (B1 1 soat) Birlashgan Millatlar tashkilotining tashkil topishi, maqsad va vazifalari. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Bola huquqlari himoya qilishda BMTning faoliyati 5-mavzu. Inson huquq va erkinliklarning himoya qilish mexanizmi. (B1 1 soat) Inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquqiy hujjatlar. Milliy qonunchiligimizda inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining himoya qilinishi. Apatritlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari. Amaliy mashg‘ulot (B1 1 soat) II BO‘LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ – HUQUQNING BOSH SOHASI 6-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari. (B1 1 soat) Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibi. Konstitutsiyaviy tuzum va konstitutsiyaviy tamoyillar. Konstitutsiyaviy tuzum va huquq tartibot. 7-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi sifatida insonparvarlik tamoyili. (B1 1 soat) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarining belgilanishi. Xalq hokimiyatchiligi. Shaxsiy huquq va erkinliklar. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burch va majburiyatlari. III BO‘LIM. MA’MURIY HUQUQ 8-mavzu. Mamuriy huquq sohasining Konstitutsiyaviy asoslari. (B1 1 soat) Mamuriy huquq sohasining konstitutsiyaviy asosi. Mamuriy huquq tizimi va manbalari. Mamuriy huquqning subektlari. Davlat xizmati tushunchasi va o‘ziga xosxususiyatlari. 9-mavzu. Ma’muriy huquqbuzarlik va mamuriy javobgarlik. (B1 1 soat) Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Mamuriy huquqbuzarlik. O‘zbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi. Mamuriyjavobgarlikvauningxususiyatlari. 10-mavzu. Ma’muriy jazo va uning turlari. (B1 1 soat) Mamuriy jazo belgilashning huquqiy asoslari. Jarima, musodara qilish, berilgan maxsus huquqdan mahrum etish tartiblari. Amaliy mashg‘ulot. (B1 1 soat) IV BO‘LIM. FUQAROLIK HUQUQI 11-mavzu. Fuqarolik huquqi manbalari. (B1 1 soat) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolik huquqining asosi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Fuqarolik huquqining obyekti. 12-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi. (B1 1 soat) O‘zbekiston Respublikasi Fuqaroligiga ega bo‘lish va uni yo‘qotishning huquqiy asoslari. Fuqarolik qonun hujjatlari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonuni. 13-mavzu. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar. (B1 1 soat) Mulk huquqining Konstitutsiyaviy asoslari. O‘zbekiston Respublikasida mulk shaklari. Mulk huquqining subyektlari va obyektlari. Mulk huquqining amalga oshirish shartlari. 14-mavzu. Bitimlar va vakillik. (B1 1 soat) Bitimlar tushunchasi, turlari va shakllari. Bitimning haqiqiy emasligi. Vakillik va ishonchnoma tushunchasi. Ishonchnomaning shakli, muddati, bekor bo‘lishi. Ishonchnomani qaytarish majburiyati. 15-mavzu. Shartnoma tushunchasi va shartlari. (B1 1 soat) Shartnomalarning asosiy shartlari. Shartnoma tuzish erkinligi. Shartnomaning amal qilishi. Shartnomaning namunaviy shartlari. Sharnoma tuzish haqidagi asosiy qoidalar. 16-mavzu. Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari. (B1 1 soat) Istemolchi. Tovar haqida ma’lumot olish va sertifikatini so‘rash huquqi. Sotib olingan tovarni qaytarish yoki almashtirish huquqi. Iste’molchilarning majburiyatlari. O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘risidagi qonuni. 17-mavzu. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatini kafolati. (B1 1 soat) Tovarning kafolat, yaroqlilik muddati. Sotib oluvchining tovarni qabul qilish majburiyati. Tovarning bahosi. Tovarni sug‘urtalash. 18-mavzu. Intelektual mulk huquqi. (B1 1 soat) Intelektual mulk obektlari. mualliflik huquqi.mualliflik huquqi obektlarining turlari. Mualliflik huqquqining amal qilish muddati. mualliflik huquqi manbalari. mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlik. 19-mavzu. Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish bosqichlari. (B1 1 soat) Fuqarolik sudida ko‘riladigan ishlar. Fuqarolik ishini sudda ko‘rish tartibi. Sud protsessi ishtirokchilari. Sudning hal qiluv qarori. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi. Amaliy mashg‘ulot. (B1 1 soat) V BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI 20-mavzu. Mehnatga oid munosabatlar. (B1 1 soat) Mehnatga oid munosabatlarning Konstitutsiyaviy asoslari. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari. Mehnat huquqining subektlari. Mehnatni muhofaza qilish. 21- mavzu. Ishga qabul qilish va mehnat shartnomasi. (B1 1 soat) Ishga joylashish huquqi. Ishga joylashishga davlat yo‘li bilan ko‘maklashish. Ishsiz deb etirof etish. Ishsizlik nafasini to‘lash. mehnat shartnomasi tushunchasi va talablari. Mehnat shartnomasining shakli. Mehnat shartnomasining muddati. 22-mavzu. Mehnat shartnomasini tuzish. (B1 1 soat) Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh. Mehnat daftarchasi. Dastlabki sinov muddati. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi. 23-mavzu. Ish vaqti va dam olish vaqti. (B1 1 soat) Ish vaqti tushunchasi. Ish vaqtining normal va qisqartirilgan muddati. to‘liqsiz ish vaqti. Ish vaqtini jamlab hisoblash. Tanafusslar, dam olish va bayram kunlari. Tatillar. 24-mavzu. Mehnatga haq to‘lash. Mehnat intizomi. (B1 1 soat) Mehnat haqi miqdorini belgilash. Ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi, tungi vaqtdagi ishlar uchun haq to‘lash. Mehnatga haq to‘lash muddatlari. Ish haqidan ushlab qolish. Mehnat intizomi. Mehnat uchun rag‘batlantirish. Intizomiy jazolar va ularning amal qilish tartibi. 25-mavzu. Mehnatni muhofaza qilish. Qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar. (B1 1 soat) Mehnatni muhofaza qilish talablari. Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan ko‘shimcha kafolat va imtiyozlar. Yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlar. 26-mavzu. Mehnat nizolari. (B1 1 soat) Yakka mehnat nizolarining taraflari va mazmuni. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi. Mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlar va komissiyalari va ularning qarorlari. Amaliy mashg‘ulot (B1soat) Takrorlash (B1soat) Nazoratishi (B1soat) Jami mavzular 26 soat Amaliy mashg‘ulot 4 soat Takrorlash 3 soat Nazorat ishi 1 soat O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi: B1 jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi; xalqaro umumetirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi; davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi; tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida malumot bera oladi; o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi. Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi B1 fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi; huquq manbalaridan foydalana oladi; o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi; huquqiy voqya va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi; korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;
Korrupsiya (lot. corrumpō - „buzish“, „aynish“) biror mansabdor shaxsning qonunchilikka va axloqqa zid ravishda oʻzining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir.
jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi; huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.

Download 17.98 Kb.




Download 17.98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rta ta’limning 10-sinf uchun o‘quv dasturi 68 soat Uqtirish xati

Download 17.98 Kb.