• 200000 - Gumanitar fanlar va fanlar ta’lim sohasi 5220200 -Tarix bakalavr yo’nalishlari uchun
  • Taqrizchilar : Raxmonov K.J. – BuxDU Tarix kafedrasi mudiri, t.f.n. Shukrullayev Y.A – BMTI Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i, t.f.n.
  • Osiyo va afrika mamlakatlari yangi tarixi




    Download 97.92 Kb.
    bet1/19
    Sana08.04.2021
    Hajmi97.92 Kb.
    #14194
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    BUXORO DAVLAT UNIVYERSITETI

    TARIX KAFEDRASI

    OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI YANGI TARIXI



    fanidan
    O’q u v – u s l u b i y

    qo’llanma


    200000 - Gumanitar fanlar va fanlar ta’lim sohasi

    5220200 -Tarix bakalavr yo’nalishlari uchun



    BUXORO – 2016

    Tuzuvchilar :

    Hayitov Sh. A. – BuxDU Tarix kafedrasi professori, tarix fanlari doktori.

    Saidov I.M. – SamDU Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi professori, tarix fanlari doktori.
    Taqrizchilar :

    Raxmonov K.J. – BuxDU Tarix kafedrasi mudiri, t.f.n.

    Shukrullayev Y.A – BMTI Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i, t.f.n.


    Ushbu o’quv – uslubiy qo’llanma oliy ta’lim muassasalari tarix yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
    Ushbu o’quv – uslubiy qo’llanma BuxDU Tarix kafedrasi 2 – son bayonnomasi ( -noyabr, 2016 yil), Ijtimoiy – iqtisodiy fakultet ilmiy kengashining 2 – son bayonnomasi ( -noyabr, 2016 yil) bilan chop etishga tavsiya eyilgan.

    Kirish.
    Sharq tarixi umumjahon tarixining ajralmas bir qismidir, shuning uchun umumjahon tarixi jarayonidan tashqarida emas. Yangi zamon boshlarida Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar hukmron edi, haqiqatdan ham taraqqiyot notekis borgan:

    A) Yaponiya, Hindiston, Xitoy feodal munosabatlar rivojlagan davlatlar bo`lsa.

    B) Yaqin va O`rta Sharqdagi davlatlar qoloq feodal patriarxal holda edi.

    V) Afrika qit`asi davlatlari urug’ - qabilanchilik bosqichida edi.

    Bu o`lkalar jahon sivilizasiyasiga o`z hissasini qo`shgan qulay iqlim sharoitlari tufayli madaniy o`simliklarning ko`pchiligi kelib chiqqan jahon manbaidir. Yuqorida aytib o`tilganidek, yangi zamon boshlarida Sharq mamlakatlari feodal bosqichda bo`lib, taraqqiyotdan orqada qolayotgan va rivojlangan mamlakatlar ta`sir doirasiga tushib, xom ashyo bazasi rolili o`ynayotgan edi.

    Barcha mamlakatlar ibtidoiy jamoat tuzumini boshdan kechirganlar, ammo ularning hammalari ham quldorlik tuzimini boshdan kechirmaganlar. Ba`zi xalqlar ibtidoiy jamoa tuzumida feodal tuzumga o`tganlar. Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichida kishilar mukammalroq mehnat qurollari yaratganlar, ularning unumdorligini oshirganlar. Feodal tuzum davrida garchi juda sekinlik bilan bo`lsada, mehnat qurollari rivojlangan va kishilarning mehnat qilish mahorati oshib borgan. Feodalizm yuqoriga suv chiqaradigan charpalak qo`llana boshlagan, shamol tegirmonlari va kuchli damlari bo`lgan domna pechlari qurilgan. Qo`l bilan aylantiriladigan urchuq yaratilgan va to`quvchilik dastgohi takomillashtirilgan. Kishilar porox, qoqoz tayyorlashni o`rganganlar. Kompasni, soatni, kitob chop etishni ixtiro qilganlar.

    Biroq vaqti kelib, feodal tuzum ham ishlab chiqarishning rivojiga to`sqinlik qila boshlagan. Bu hol uni halokatga olib kelgan va kapitalizmga o`tishga sabab bo`lgan. XVI - asrda Yevropaning bir qator davlatlarida manufakturalar yirik korxonalar paydo bo`lib, ularda mehnat taqsimoti qo`llanilgan. Bu tufayli mehnat uumdorligi oshgan. Sharqda esa Osiyocha ishlab chiharish usuli - bir jamiyat ichida yetakchi tuzum bilan birgalikda oldingi jamiyat xususiyatlarining bir davrda namoyon bo`lishidir.

    Sharq davlatlarining orqada qolish sabablari quyidagilardan iborat:

    1. Sharqda xo`jalik asosan sun`iy sug’orishga asoslanadi. Sun`iy sug’urishni irrigatsiya inshootlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Feodal tarqoqlik davrida o`zaro urushlar kuchayib irrigatsiya islohotlari buzilgan.

    2. Qishloq jamoasi tartibining uzoq vaqt saqlanib qolishi. Savdo munosabatlari sust bo`lib, mehnat taqsimoti va pul munosabatlari rivojlanishiga to`sqinlik qilib keldi.

    3. Sudxo`rlik uzoq vaqt saqlab qolingan bo`lib, uning asosi iqtisodni yiqitish, siyosiy uyushgan jinoyatgà aylandi.

    4. Sharqda qul savdosining uzoq vaqt saqlanib qolganligi mamlakatlar taraqqiyotiga ta`sir qilgan. Amyerikalik olim Dyubua. XVII - XVIII asrlarda 2 mln. qul Afrikadan Amyerikaga olib ketilgan deb yozadi.

    5. Yevropa davlatlari bu mamlakatlarni asosiy mustamlaka va yarim mustamlakaga aylantirish, mustamlakachilikka zo`r byerdi, bu Sharq tarixiy taraqqiyotining asosiy to`sig’i bo`ldi. Sharqda yuzdan ortiq davlat bor. Shularning hammasi (Ikkitasidan tashhari, Yaponiya va Efiopiya) mustamlaka va yarim mustamlaka edi.

    6. Bu davlatlar (Sharq mamlakatlari) da feodal munosabatlar uzoq saqlanib qolingaligi, lekin asosiy omil mustamlakachilik tartibi edi.

    Jahon tarixi uchun ingliz burjua inqiloi voqealari yangi zamon tarixini boshlanishiga asos qilib olingan. Sharq mamlakatlari yangi tarixini davrlashtirish masalasida oldingi sobiq sho`ro olimlari 2 guruhga bo`linadi: 1) Galperin va Guber tarafdorlari.

    1) Guber - Sharq tarixini ingliz burjua inqilobidan boshlash kerak.

    2) Resnyer - bu Sharq yangi davrini XVIII asr oxirida boshlash kerak.

    bundan tashqari aniq fanlar to`la barqarorlashmagan XV asr oxiri XVI asr boshlari davridan boshlash to`g’risidagi qarashlar ham mavjud.

    Osiyo va Afrika xalqlari yangi zamon tarixi kursining maqsadlari:

    Alohida olingan Sharq mamlakatlari tarixi misolida osiyo va Afrikada kechgan ijtimoiy, siyosiy, ma`naviy, iqtisodiy jarayonlar tarixini o`rganishdan iborat. Kurs ikki tarixiy davrga bo`linib o`rganiladi.

    1) XVII asrning o`rtalaridan to monopoliyalar hukmroligiga asoslangan kamitalizmga qadar (XIX- asrning 70 yillarigacha)

    2) 1870 yildan 1918 yilgacha.

    Ushbu o’quv – uslubiy qo’llanmada ayrim Osiyo mamlakatlarining XVII asr o’rtalaridan - XX asr boshlariga qadar taraqqiyoti masalalari bir qator mavzular misolida o’rganiladi.



    Download 97.92 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 97.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Osiyo va afrika mamlakatlari yangi tarixi

    Download 97.92 Kb.