• Qora dori urushi
  • Osiyo va afrika mamlakatlari yangi tarixi




    Download 278.81 Kb.
    bet6/19
    Sana08.04.2021
    Hajmi278.81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Tayanch atamalar:

    Poytaxt xabarchisi - Xitoy poytaxti Pekinda chiqarilgan 1 - gazeta.

    Shenshi - Xitoyda olimlar tabaqasi.

    Manjurlar - Xitoy Shimolida yashagan qabilalar 1644-1911 yillarda sulolaviy hukmron qabilalar.

    Qora dori urushi - 1839-1842 yillarda Xitoy-Angliya urushi, Xitoyning yarim mustamlakaga aylantirilishi.

    Qizil yo’lli kiyimlilar - imperator qarindoshi bo’lgan 2-tabaqa vakillari.
    Xitoy qadimdan jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biridir. Insoniyat tarixida 1 - feodal jamiyat Xitoyda boshlangan edi. Xitoy yyer yuzi aholisi foydalanib yo’rgan ko’pchilik kashfiyotlar vatanidir. Xitoy yuksak madaniyatga ega bo’lgan qadimiy mamlakat bo’lib, xususan yozuv, til, adabiyot, din va siyosiy ta`sirini Osiyoning juda ko’p xalqlari va davlatlarida uchratish mumkin. XVI asrda Xitoyda kitob nashr qilish joriy qilindi. O’rta asrlarning oxirida Xitoy 1 - ro’znomani nashr qildirgan. Bu "Poytaxt xabarchisi" ro’znomasi edi. XV-XVI asrlardayoq Xitoy shaharlarida savdo kengaygan, hunarmandchilik yuksalgan, manifakturalar keng yoyila boshlagan edi. Xitoy uzoq asrlik tarixi davomida o’zining Shimoliy chegaralari yaqinida yashagan ko’chmanchi qabila va xalqlarning bosqinlariga uchradi. Yangi zamon boshlarida Xitoyda Min sulolasining krizisi kuchayib, soliqlar zulmiga qarshi juda katta qo’zg’olon kelib chiqdi. Qo’zg’olonchilar mamlakat poytaxti Pekinni egalladilar. Ko’pgina pomeshchik va feodallarning yer mulklari musodara qilindi. Shundan keyin Xitoy feodallari o’z xalqiga xiyonat qilib, ko’chmanchi manjurlarni yordamga chaqirdilar.

    Manjurlar Xitoyga bostirib kirib 1644 yilda xalq qo’zg’olonini bostirdilar. Ammo feodal manjurlar qo’zg’olonni bostirgach Xitoydan chiqib ketmadilar. Manjurlar mamlakatda hukmronlik qilayotgan Min sulolasini ag’darib, o’zlarining Chin sulolasiga asos soldilar. Bu sulola 1644 yildan 1911 yilgacha Xitoyda hukmronlik qildi. Manjurlar iqtisodiy jihatdan qoloq edilar. Ular mahalliy aholiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo’lib, Xitoyning Shimolidagi aholiga va Min sulolasi vakillariga nisbatan qirg’in uyushtirdi. Manjur feodallari eng yaxshi ekin yerlarini bosib oldilar va Xitoy aholisidan o’lpon va soliqlar yig’dilar. Manjurlar jangovor qabilalar edi. Ular o’zlarining avvalo yetti bayroqli armiyasiga asos soldi. Mamlakatni harbiy tartiblar asosida boshqarishni joriy qildilar. Xitoyda imperator hokimiyati sira cheklanmagan hokimiyat edi. Manjurlar aholini bir necha tabaqaga bo’ldilar. Imperator va uning xonadonidagilar birinchi tabaqa bo’lib, "Sariq yo’lli kiyimlilar" deb atalgan. Imperator "osmon o’g’li" degan unvonga ega edi. Imperator o’zini qo’yoshga o’xshatish uchun boshdan oyoq sariq kiyim kiyar, sariq rangli chopon va kiyim kiyish, sariq choyshab va sariq parda to’tishga faqat imperatorgina haqli edi. Imperator qo’yosh farzandi, u qo’yoshdan ham ulug’’. Imperator o’z xalqiga doimo nur sochib turadi degan g’oyani shu sariq yo’lli kiyim ramzi bo’lgan. Xitoyda imperator xonadonidan boshqa hech kim sariq kiyim kiyishga haqqi bo’lmagan. Boshqa hech kimning kiyimida hatto sariq ham bo’lishi mumkin emas edi.

    Ikkinchi tabaqa “shenshe” tabaqasi bo’lib, shenshe - olim degan ma`noni bildiradi. XVIII asr boshlarida hamma fanlardan yaratilgan ilmlarni shenshe bulmoqchi bo’lgan kishilar o’qib o’rgangan. Ma`lum bir kunda komissiya tuzilgan va shenshelikka davogar odamlardan imtixon olingan. Shuning uchun shenshe tabaqasiga o’tish juda qiyin bo’lgan. Shenshe tabaqasining o’zi ikkiga bo’lingan:

    1. Katta shenshe

    2. Kichik shenshe

    Katta she'she lavozimini olganlar viloyatlarda sudya, hokim, hujjat yurituvchi va markaziy davlat idoralarida ishlash huquqiga ega bo’lgan. Katta shenshening 1 yillik daromadi ming yanni tashkil qilgan.

    Kichik shen'she tabaqasi Kichik sudya, oqsoqol, jamoa maktablarida o’qituvchi kabi lavozimlarda ishlagan. Ularning bir yillik daromadi 100 yanni tashkil etgan. Shenshe past tabaqadan o’zini ustun qo’yardi. Ularnin o’z kiyimi bo’lgan. Senshelar uzun qirrali keng ayvonli shlyapa va qora plashch kiyganlar. Kambag’allar qo’yi tabaqani tashkil etib, ular soliq to’lashga mahkum etilgan.

    Manjurlar davlatining siyosiy negizi konfutsiychilik ta`limotiga asoslangan. Bu ta`limot asosida qo’yidagi qoida yotadi: "Davlat boshlig’i davlat boshlig’idek bo’lishi kerak, ota-otadek, o’g’il-o’g’ildek bo’lishi kerak", ya`ni har bir tabaqa o’z vazifasini qat`iy bajarishi lozim: davlat boshlig’i davlatni boshqarishi, fuqarolar davlat boshlig’iga va yuqori amaldorlarga bo’ysunishi kerak. Bundan tashqari manjurlar davlatining ideologiyasi Daochilik ta`limotiga ham asoslangan. "Dao" - ulug’, "daochilik" "ulug’ yo’l" degan ma`noni bildiradi. Daochilik ta`limotiga ko’ra imperatorga yo’lni xudo ko’rsatadi. Bu ulug’ yo’lning boshida imperator turadi. Hamma imperator ortidan ergashishi kerak.

    Ijtimoiy taraqqiyot darajasi jihatidan xitoyliklardan keyinda turgan manjurlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumiga sezilarli yangilik kirita olmadilar. Manjurlar qishloqda eski feodal tartiblarni tiklab, ularni zo’r berib himoya qildilar. Bu davrda Xitoyda mavjud bo’lgan feodal yer egaligi imperator qishloqlari, davlat yerlari, dindorlar yerlari va harbiylar yerlaridan iborat turt kategoriyaga bo’linar edi. Bu yerlarning har biriga dehqonlar biriktirib qo’yilar edi. Agar Hindistonda yerga feodal egaligining formasi davlat - feodal mulki bo’lsa, Xitoyda yerga pomeshchik mulki hukmronlik qilgan. Pomeshchiklar o’zlari uchun ekin ektiradigan yerlariga ega bo’lmay, odatda dehqonlardan barshchina talab qilmasalar ham dehqonlar aslida pomeshchiklarning krepostnoylari edilar. Dehqon o’zi tug’ilgan joydagina, ya`ni suh urug’idagi odamlar ko’milgan kabriston bor joydagina aholii ruyxatiga yozila olardi. Dehqonlar o’zi tug’ilib o’sgan qishloqdan chetga keta olmas edilar. Dehqonlarning yerlari bo’lmaganligi sababli ular pomeshchik yerini ijaraga olishga majbur edilar va buning uchun pomeshchiklarning asosiy qismida yer u yoqda tursin ot-ulov ham yo’q edi. Dehqonlar yerni qo’l kuchi bilan, motiga yoki suka bilan ishlar edilar, ba`zida ular o’zlarini sukaga qo’shar edilar. Hukmronlik qilgan feodal manjurlar dehqonlarni davlatga qarashli yuklarni tashishga, yo’llarni tuzatishga, boshqa majburiyatlarni o’tashga majbur qildilar. Dehqonlarning ko’pi ochlikdan o’lardi. Dehqonlarning o’z bolalarini qullikka sotishlari oddiy bir hol bo’lib qolgan edi. Xitoy shaharlarida gadoy ko’p edi. Xitoy shaharlarida (dengiz bo’yidagi) esa kambag’allar ko’pincha umr bo’yi qayiqlarda yashardi. Manjurlar Xitoy shaharlarini o’z tayanch nuqtalariga aylantirgan edilar. Feodal hukmronligi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarga qaramay mamlakatda savdo-sotiq va hunarmandchilik ma`lum darajada rivojlanib bordi. XVII asr oxiriga kelib tashqi savdoning o’sishi ko’zga tashlanadi. Angliya, Gollandiya, Fransiyaga choy, chini idishlar, xom ipak, gazmollar, badiiy hunarmandchilik buyumlari yuborilib turilardi. Shimolda esa Rossiya, Mo’g’uliston, O’rta Osiyo bilan savdo-sotiq ishlari olib borilardi. Chin davlati Xitoydagi eski davlat tuzumidan andoza olib tuzilgan bo’lsada, lekin istilochilarning xalq ommasini ezish formalari turlicha edi. Xitoydagi asosiy ekspluatator tabaqalar imperator qarindoshlari bo’lgan shenshelar - olimlar, xitoy feodallari (jentrilar) va amaldorlar (mandarinlar) o’zlarini dehqonlarga ijaraga byerardilar. Manjurlar va Xitoy dvoryanlari dehqonlarni ekspluatatsiya qilish evaziga juda boyib ketgan edilar. Xitoyning turli rayonlarida stixiyali tarzda ko’tarilib turgan dehqon qo’zg’olonlari manjur imperiyasini larzaga soldi. Feodal zulmi va manjur zolimlariga qarshi kurashish maqsadida "Triada", "Oq nilufar" kabi bir qancha yashirin tashkilotlar vujudga keldi.

    XVII asrning 80-yillarida Xitoy hukumati boshqa davlatlar bilan mumkin qadar yaqinlashmaslikka harakat qildi. Rus podshosi Aleksey Mixaylovich 1654 yil o’zining elchisi Baykovni Pekinga yubordi. Xitoyliklar uni qabul qilmadi, 1664 yillarda buxorolik savdogar Saidqul Rossiya podshosi nomidan Xitoy bilan diplomatik aloqalar o’rnatdi. Uzoq Sharq masalasida Xitoy va Rossiya munosabatlari keskinlashdi. Ruslar chegaralarni aniqlash uchun 1689 yil Venyuqov va Favorov boshchiligidagi elchilarni Albazin vovodaligiga yuboradi. 1689 yil 7 avgustda Nyerchinsk shaxrida Rus - Xitoy muzokaralari boshlandi. Bu muzokara 3 bosqichda o’tdi. Xitoy imperatori Di edi. Chegara masalalarida kelisholmaydilar. Buning sababi Uzoq Sharqdagi joylarni xitoyliklar ham, ruslar ham bilmas edilar.

    23 avgustda muzokaralarning 2-bosqichi boshlandi. Kelisholmagach har bir davlat Uzoq Sharqdagi joylarning xaritasini chizsinlar va o’z da`volarini belgilasinlar degan fikrga keldilar.

    1689 yil 23 avgustda shartnoma imzolandi va bu shartnoma Nyerchinsk shartnomasi deb ataladi. Shartnomaga ko’ra Albazin vovodaligining yerlari Xitoyga beriladi. Rossiya elchilari 2 yil deganda Moskvaga yetib boradilar. Podsho Petr I ularning faoliyati natijasidan norozi edi. Chunki bu shartnomada Xitoy tomonining qo’li baland kelgan va Rossiya chegaralarining ayrim qismlari Albazin vovodaligi Xitoyga berib qo’yilgan edi. Rossiya-Xitoy muzokaralari 1728 y Kaxtin buxtasida yana qaytadan boshlandi. Shartnomaga muvofiq Xitoy savdogarlari Rossiyada, Rossiya savdogarlari Xitoyda 5 foizli boj bilan savdo qilish vakolatini oladi. 100 ta rus yoshlari Xitoyga xitoy tilini o’rganish uchun yuboriladi. XVIII asrning oxirida Xitoyda manjur sulolasidan norozilik kuchayadi va bir paytning o’zida mamlakat atrofida ko’plab chet el harbiy va savdo kemalari paydo buladi. Ularning asosiy maqsadi Xitoy portlarini o’z mamlakatlari savdosi uchun ochish edi. Ingliz, fransuz, golland kemalari Xitoyning Shanxay, Syaomin, Guanchjou kabi portlarida tuplanadi. Mamlakatning ichkarisida manjurlarga qarshi yashirin tashkilotlar paydo bo’ldi. Bunday tashkilotlardan "Triada" Uch nuqta, "Oq nilufar", "Osmon va yer" kabi tashkilotlar faoliyati kuchaydi. Bu tashkilotlarga badavlat kishilar ko’plab a`zo bo’lib kirdi.

    1813 yil "Oq nilufar" tashkilotining tashabbusi bilan Xitoyda katta qo’zg’olon yuz byerdi. Bu qo’zg’olon Xitoyning Shimoliga va markaziga yoyiladi. 1821 yilga kelib yangidan qo’zg’olonlar boshlandi. Dehqonlarning ahvoli og’irlashdi. Shu paytda Xitoy bozori chet mamlakatlar uchun ochiladi. Yevropaliklarning Xitoyga suqilib kirishi buyuk geografik kashfiyotlardan boshlangan edi.

    G’arbiy Yevropa mamlakatlarining Xitoy bilan aloqalarida missionyerlar katta rol o’ynadi. Xitoydagi missionyerlar xristian dinini targ’ib etishdan ham ko’proq G’arbiy Yevropa ta`sirini o’tkazishga harakat qilardilar. Yevropaliklar Xitoyda savdo-sotiq qilishdan ham ko’ra ko’proq talonchilik bilan shug’ullanardilar.

    1757 yil Xitoy hukumati Yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishini ta`qiqladi va faqat gollandlargagina Kanton portida savdo-sotiq qilishga ruxsat byerdi. Quruqlikda Rossiya bilan bo’lgan savdo-sotiq ishlari davom etdi. Xitoyliklar mamlakatga mustamlakachilarning suqilib kirishini istamas edilar.

    Oqibatda XIX asrning o’rtalaridan boshlab Yevropa mamlakatlari va AQSH Xitoyga bostirib kira boshladilar. Shu davrdan boshlab garchi mustakil davlat deb hisoblansada, Xitoy asta-sekin qaram mamlakatga aylana bordi. Angliyaning Xitoyga nisbatan o’tkazgan siyosatidan boshqa kapitalistik mamlakatlar tezda o’rnak oldilar. AQSH vakili 1844 yil 3 iyo’lda harbiy eskadra bilan qo’rqitib Xitoy hukmdorlarini talonchilik haraktyeridagi shartnomani imzolashga majbur etdi. Shundan keyin 1844 yil 24 oktyabrda Fransiya Xitoyga teng huquqli bo’lmagan shartnomani qabul qildirdi. Bu shartnomalarning qoidalari Xitoy tyerritoriyasidan istagancha foydalanish mamlakatni boj sohasidagi huquqlardan mahrum etishni ko’zda tutardi, aholini kamsitardi. Ular mamlakat iqtisodiy rivojiga jiddiy tug’anoq ham bo’ldi. Xitoyning chet elliklar tomonidan asoratga solina boshlashi Xitoy dehqonlarining ahvolini yanada og’irlashtirib yubordi. Yevropadan texnika yordamida ishlab chiqarilgan arzon mollar konkurentsiyasi Xitoy hunarmandlarini xonavayron qildi, Xitoy manufakturalariga putur etkazdi. Xitoy yigiruvchilari va to’quvchilari Hindistonning bo’z to’quvchilari kabi qirila boshladilar.

    XVIII asr 2 yarmida Angliya Hindistonni bo’ysundirgandan so’ng Uzoq Sharq regionida savdo yo’llari kesishgan nuqtada joylashgan Xitoyni ham bo’ysundirishga harakat qildi. Xitoy Angliya uchun juda katta xom-ashyo bazasi bo’lishi mumkin edi.

    1793 yil inglizlar katta sovg’a-salomlar bilan Makartney ekspeditsiyasini Xitoyga yubordi. Makartney general bo’lib, unga Xitoyning portlariga etadigan savdo va harbiy yo’nalish xaritasini tushirish vazifasi yuklatilgan edi.

    Ekspeditsiyaning maqsadi:

    1. Ingliz savdogarlariga Xitoyda eng past boj bilan savdo qilish huquqini olish.

    2. Inglizlar savdo ombori va bazalarini vujudga keltirish.

    3. Xitoyning ba`zi portlarini ijaraga olish.

    4. Xitoyshaharlarida ingliz vakillarini yoki konsulliklarini vujudga keltirish.

    Xitoy imperatori Georgiy III yorlig’ini va sovga-salomlarini qabul qildi. Angliya qiroliga sovga salomlar yubordi, ammo shartlarni qabul qilmadi. Ekspeditsiya natijasiz tugaganidan so’ng inglizlar kontrabanda yo’li bilan Xitoyga kira boshladilar. 1816 yil inglizlar Xitoyga 2 ekspeditsiyani yubordilar. Lekin ekspeditsiya ham natijasiz tugadi. Shundan so’ng inglizlar o’z sanoat maxsulotlari bilan Xitoy bozorini kasodga uchratish yo’lini tutdilar.

    Angliya o’z mollarini Hindiston bozoriga eksport qildi. Hindistondan Xitoyga yana qayta eksport kilinadi. Bu fanda reeksport deyiladi.

    XVIII asr oxiridan boshlab inglizlar Bengaliya qora dorisi yoki nashasi kontrabanda yo’li bilan Xitoyga kirita boshladi. Bengaliya qora dorisi inglizlar mustamlakalardan olinadigan daromadining 1/7 foizini tashkil etar edi. Bu davrda Xitoyda qora doriga talab kuchli bo’lgan. Zamondosh yilnomachilarning yozishicha, XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida xitoylik oddiy kishidan tortib imperatorgacha yonida qora dori chekish uchun trubka olib yurardi. Shu davrda Xitoyda - 2 xil tanga muomalada bo’lgan. Pul birligi lyan bo’lib, kumush lyan va miss lyan yuritilgan. Mis lyan kumush lyanga nisbatan 4,7 marta past qadrga ega edi. Xitoy dehqonlari miss lyan bilan soliq tulaydi. Qora dori esa kumush lyanga sotiladi. Natijada Xitoy xazinasidagi katta mikdordagi kumush tangalar Angliyaga chiqib ketdi. Hukumat a`zolari o’rtasida qora dori savdosidan norozi kishilar guruhi paydo bo’ldi. Xitoyga qora dori kiritish geometrik progressiya bilan ko’paygan. XVIII asr oxirida Xitoyga 2000 yashik qora dori kiritilgan bo’lsa, 1824 yilga kelib 12000 yashik qora dori kiritilgan.

    1837 yil 39000 yashik, 1840 yil 40 000 yashik qora dori Xitoyga kiritilgan. Bu qora dori kiritilgan yashiklarning har birida 4 pud - 64 kilogramm mikdorda qora dori bo’lgan. Imperator saroyida 2 gurux paydo bo’ldi.

    1. Tsi-Shan tarafdorlari.

    2. Lin Tszi Chen tarafdorlari.

    Tsi-Shan tarafdorlari qora dori kiritilishiga xayrixox bo’lgan va ular bundan juda katta manfaat ko’rganlar. Tsi-Shanning mol-mulki musodara qilingan vaqtda uyidan 30 kg oltin plitasi, 1000 dona brilliant chiqgan.

    Lin Tszi Chen tarafdorlari inglizlar kiritgan qora dorini dengizga uloqtirganlar. Bu ikki gurux o’rtasidagi kurashda Lin Tszi Chen tarafdorlari g’alaba qilgan. Natijada 1836 yil imperator Daugan maxsus edikt qabul qildi. Ediktga binoan qora dori kiritish ta`qiqlangan. Inglizlar ingliz fuqarolarining huquqlari poymol kilingani uchun Xitoy suv chegaralariga harbiy kemalarni kiritadi. Bu voqea 1840 yil iyunda bo’lgan va aslida ingliz-xitoy urushi boshlangan edi.

    Zamonaviy qurollarga ega inglizlarga qarshi kurashishga imperatorning yuragi dov byermaydi va Tsi-Shanning undashi bilan 1836 yilgi ediktini bekor kiladi. 1840 yil iyunidan 1842 yil avgustiga qadar xitoy-ingliz tuknashuvi bo’ldi. Bu tarixga "I-qoradori urushi" degan nom bilan kirgan. Urush jarayonida xitoyliklar o’zlarining harbiy jihatdan sustligini ko’rsatdi. Xitoy harbiy qo’mondonligi Kim jangda o’lsa, uning o’limidan so’ng mukofotlash haqida qaror chiqargan. Urushda inglizlardan o’lgan va yaradorlar soni bor yo’g’i 520 kishini tashkil etgan bo’lsa, xitoyliklarda 20 ming kishini tashkil etgan. 1842 yil 29 avgustda ingliz korabli Korevallisda xitoy-ingliz shartnomasi imzolandi. Bu tarixga Nankin shartnomasi bo’lib kirdi. Shartnomaga ko’ra Xitoy portlari Angliya tashqi savdosi uchun ochib qo’yildi. Nankin shartnomasining shartlari:

    1. Xitoy yengilganligini tan oldi.

    2. Ingliz savdogarlariga Xitoyda eng past boj, 5 foizlik boj bilan savdo qilish huquqi berildi.

    3. Ingliz savdo kemalari uchun Xitoyning 5 ta porti ochib qo’yildi. Bular: Syaomin, Amoy, Fudjou, Ninbo, Shanxay, Guanchjou.

    4. Xitoy yengilganligi uchun Angliyaga 21 million lyan tovon to’ladi.

    5. Gonkong , Syangan, xitoyliklarning tasarrufidan chiqdi.

    Angliya Xitoyni anneksiya qildi, ya`ni Xitoy hududiga xujayinlik kila boshladi. Nankin shartnomasida qora dori haqida hech kanday gap yo’q edi.

    1843yilgi qo’shimcha shartnomaga ko’ra ingliz savdosi uchun ochib qo’yilgan portlardagi settementlar yani yirik kapitalistik davlatlarning yarim mustamlaka mamlakatdagi alohida ajratib olingan rayon va shaharlari, hamda kontsessiyalarning ya`ni yirik kapitalistik mamlakatlarning qoloq mamlakatlar tyerritoriyasidagi konlarni ijaraga olish roli kuchaydi. Umuman 1-qora dori urushining yakuni Xitoy yarim mustamlakaga aylandi.

    1843-1844 yillarda 2-qora dori urushi ham bo’lib o’tdi. Garchi Xitoy yarim mustamlaka davlatiga aylantirilgan, Angliya Xitoyga suqilib kira olgan bo’lsada, Xitoy urushdan voz kechgan bo’lsada, Angliya o’zini kuch-quvvatini yana bir bor namoyish etish uchun, Xitoyga mustahkam o’rnashib olish uchun 2 - qora dori urushini boshlab yubordi va yengilishi aniq bo’lgan Xitoy ustidan yana bir bor galaba kozondi. Biroq bu urush unchalik katta siyosiy ahamiyatga ega emas edi. 1 va 2 - qora dori urushidan so’ng Xitoy rivojlangan kapitalistik mamlakatlarning yarim mustamlakasiga aylandi. Xitoyda Angliya, AQSH, Fransiya singari davlatlar o’zlarining firmalari va korporatsiyalarini tashkil etdilar. Ayniksa Angliyaning ta`siri kuchli bo’lib mamlakatda eng imtiyozli boj, 5 foizlik boj hisobidan savdo-sotiq olib borardi. Kapitalistik mamlakatlar Xitoy imperatoriga Xitoy uchun noteng hisoblangan shartlarni qabul qildirdilar. Ular quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ldi.

    a) Ijaraga olingan hududlar: bunda strategik jihatdan qulay bo’lgan ba`zi bir viloyatlar va provintsiyalarni ajnabiylar o’z hisobiga tortib oldi.

    b) "Ochiq portlar siyosati" joriy qilindi.

    Unga asosan Xitoyning dengizda joylashgan shaharlari barcha g’arb mamlakatlari savdo kemalari uchun ochib qo’yildi. Ishchilarni yo’llash ularga haq to’lash portlarni boshqarish va savdo kemalari to’xtaydigan joylarni aniqlash chet elliklarning o’z ixtiyorida edi. Natijada XIX asr oxirida kapitalistik mamlakatlar Angliya, Fransiya, Gyermaniya, AQSH, Rossiya, Yaponiya Xitoyda "Ochiq eshiklar doktrinasi"ni o’rnatdilar.



    Download 278.81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 278.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Osiyo va afrika mamlakatlari yangi tarixi

    Download 278.81 Kb.