• MUSTAQIL O ‘ZBEKISTON O ‘ZBEK TILI YOZUVI TARIXI. LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN YANGI ALIFBO VA IMLO QOIDALARI MUSTAQIL O ‘ZBEKISTON
  • O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)




    Download 0.81 Mb.
    bet1/68
    Sana02.03.2022
    Hajmi0.81 Mb.
    #3940
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68

    O’ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    O’zbek va rus tillari kafedrasi
    O’ZBEK TILIDAN USLUBIY QO’LLANMA
    (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi
    talabalar uchun)
    TOSHKENT 2008
    Kirish
    Mazkur qo’llanma bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalarga mo’ljallangan bo’lib, o’zbek tilida mavjud barcha grammatik mavzularni qamrab olgan. Mavzular topshiriqlar bilan mustahkamlangan. Leksik mavzularga lug’atlar berilgan.
    Mustaqil ishlash uchun berilgan matnlar talabalarning o’zbek tilidagi so’zlarni to’g’ri yozish, talaffuz qilishlariga yordam berib, ularda o’zbek tilidan ko’nikmalar hosil qilishga ko’mak berishga mo’ljallangan.
    MUSTAQIL OZBEKISTON
    OZBEK TILI YOZUVI TARIXI. LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN YANGI

    ALIFBO VA IMLO QOIDALARI


    MUSTAQIL OZBEKISTON
    1991 yil O‘zbekistonda ulkan tarixiy voqea sodir bo‘ldi – Mustaqillik e’lon qilindi. Shu palladan boshlab bu muhim sana Respublika tarixi yilnomasiga kirdi. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “O‘zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” qaror, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6 sessiyasi 1991 yil 31 avgustda qabul qilgan Bayonotda, jumladan, bunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasining o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, hududi bo‘linmas va daxlsizdir. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy da’volari bo‘lmay, u o‘z hududi va uning tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqqa egadir”.
    Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 martda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Respublikamizni o‘zining tarkibiga qabul qilinganligi haqida qaror qabul qildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kirgan boshqa davlatlar singari O‘zbekiston ham jahonning ana shu eng mo’tabar tashkilotining to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi.
    Juda boy tabiiy resurslarga, katta iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik e’lon qilganidan keyin tabiiy boyliklarini o‘zgalarning zug‘umisiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish yo‘lida xizmat qildirishga haqli bo‘lib qoldi.


    Download 0.81 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




    Download 0.81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)

    Download 0.81 Mb.