Erishgan yutuqlar fakt va raqamlarda




Download 55 Kb.
Sana24.03.2017
Hajmi55 Kb.
#1237
paxta yetishtirishni ta’minlash bilan bir vaqtda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi tarkibida paxtaning ulushi 47,7 foizdan 11,1 foizga kamaydi, g‘alla yetishtirish hajmi 3,7, go‘sht yetishtirish 1,9 barobar o‘sdi.
Paxta, chigitli paxta - gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot - tola (uz. 20 mm dan uzun)
 
To‘plamda istiqlol yillarida O‘zbekistonda mutlaqo yangi bank-moliya tizimi yaratilgani aks ettirilgan. Soliq yukini izchil kamaytirish, erkin tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga qaratilgan soliq siyosatining amalga oshirilishi 2005 yildan boshlab defitsitsiz davlat budjetini shakllantirishni ta’minlash bilan birga iqtisodiyotni barqaror va jadal rivojlantirish, xo‘jalik subyektlari daromadini oshirish hamda ularning investitsiya jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Shu yillar mobaynida ko‘plab soliq stavkalari 1,5-2 barobarga kamaytirildi, davlat budjeti tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadigan xarajatlar ulushi mustaqillik yillarida 31,5 foizdan 59 foizgacha ko‘paydi. 
To‘plamda mamlakatimiz bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha keltirilgan ko‘rsatkichlar yigirma yil ichida keng tarmoqli tijorat banklari tashkil etilgani, ularning kapitali va resurs bazasi uzluksiz ko‘payib borayotgani, investitsiya faoliyatida bank tizimining ishtiroki kengayayotgani, aholining banklarga bo‘lgan ishonchi ortayotgani natijasida banklarda depozitlar o‘sayotganidan yorqin dalolat beradi. Ayni paytda barcha kreditlarning 75 foizdan ortig‘ini yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari tashkil qiladi. O‘zbekiston banklariga yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan barqarorlik reytinglari ularning yuqori darajada moliyaviy mustahkamligini tasdiqlaydi. 
Qulay investitsiya muhitini yaratish va faol investitsiya siyosatini amalga oshirish mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishning muhim omiliga aylandi. Bu esa, o‘z navbatida, istiqlol yillarida har yili o‘zlashtirilayotgan kapital qo‘yilmalar hajmini 11,6 barobar oshirish, moliyalash manbalari va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ularning tarkibini sifat jihatidan o‘zgartirish imkonini berdi. 1990 yilda barcha investitsiyalarning 46,3 foizini davlat budjeti mablag‘lari tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda jami kapital qo‘yilmalarning 57,9 foizini markazlashtirilmagan manbalar, 29,1 foizini esa xorijiy investitsiyalar ta’minladi. Bundan tashqari, shu davr mobaynida ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 58,3 foizdan 73,5 foizgacha ko‘paydi. Mustaqillik yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Asaka va Samarqand shaharlaridagi avtomobil zavodlari kabi yirik sanoat obyektlari, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yigirmadan ortiq korxona, o‘nlab zamonaviy to‘qimachilik komplekslari va ko‘plab boshqa korxonalar foydalanishga topshirildi.
Samarqand Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
 
To‘plamga kiritilgan materiallarda istiqlol yillarida respublikamiz jahon xo‘jalik aloqalari tizimiga bosqichma-bosqich borgani aks etgan. Shuni unutmaslik kerakki, so‘nggi yigirma yil ichida jahon iqtisodiyoti qator tanazullar, jumladan, 1997-1998 yillardagi jahon moliyaviy inqirozi, fond va tovar bozorlaridagi ko‘plab keskin pasayishlar, shuningdek, 2008 yilda boshlangan va ayni paytgacha davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini boshdan kechirdi. Biroq ushbu murakkab sharoitlarda ham bizning yosh iqtisodiyotimiz tashqi ta’sirlarga nisbatan o‘zining mustahkamligi va barqarorligini namoyish qildi, Inqirozga qarshi choralar dasturining o‘z vaqtida va aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarzda amalga oshirilishi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish hamda eksportchi korxonalar raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi 27,1, shu jumladan, eksport hajmi 29,6 barobar oshdi, shu davr ichida tashqi savdo aylanmasi hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 foizdan 56,1 foizgacha o‘sdi. O‘zbekiston asosan xomashyo yetkazib berib, tayyor mahsulot olib kelinadigan mamlakatdan ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik modernizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yuqori texnologik asbob-uskunalarni chetdan olib kelib, eksportga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar chiqaradigan davlatga aylandi. 
To‘plamda keltirilgan mustaqillik yillarida respublikani iqtisodiy rivojlantirish sur’atlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki yillarida ilgari surilgan va bozor iqtisodiyotining asosi hisoblangan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlab bergan xususiy mulk tuzilmasidagi tub o‘zgarishlar mamlakat iqtisodiy salohiyatini ochib berish, aholi keng qatlamlarining iqtisodiy faolligini oshirishda muhim omil bo‘ldi. Keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayonining amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotning nodavlat sektori yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarishda, iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari va aholi bandligini ta’minlashda muhim o‘rin egalladi. Yalpi ichki mahsulotning 52,5 foizini ishlab chiqarayotgan va jadal rivojlanib borayotgan kichik biznes haqli ravishda mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishda yetakchi rol o‘ynamoqda. 
To‘plamda keltirilgan statistik ko‘rsatkichlar, raqam va faktlar tahlili ijtimoiy soha, aholining o‘rtacha umr ko‘rishi va turmush darajasidagi ijobiy o‘zgarishlar istiqlol yillarida mamlakatimizni tubdan isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha har tomonlama puxta hamda chuqur o‘ylangan dasturni amalga oshirish samaralari ekanini ifodalaydi. 
Mustaqillik yillarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, sog‘liqni saqlash tizimini kompleks isloh qilish va uning infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 67,2 yoshdan 73,1 yoshga uzaydi, onalar va chaqaloqlar o‘limining barqaror ravishda uch baravardan ortiq kamayishiga erishildi. Shu davrda aholi jon boshiga real pul daromadlarini, avvalo, xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar evaziga 3,7 barobar oshirish ta’minlandi. Ayni paytda xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar aholi umumiy daromadining 47 foizini tashkil etmoqda. Daromadlarning oshishi bilan bir qatorda aholining iste’mol xarajatlari tarkibida ham sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi, jon boshiga o‘rtacha go‘sht, sut, sabzavotlar, kartoshka, mevalar kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish ko‘paydi. Sifatli nooziq-ovqat tovarlaridan foydalanish, ayniqsa, murakkab maishiy texnika, kompyuterlar, avtomobillar, shuningdek, turli xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham o‘sdi.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Bunga o‘tgan yillar davomida keng turdagi iste’mol tovarlarini o‘zimizda ishlab chiqarish va maishiy xizmatlarni tashkil etish, ya’ni ularni tegishli ravishda 4,7 va 8,3 barobarga oshirish hisobiga erishildi. 
Mustaqillik yillarida ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilish imkonini bergan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishiga aylandi. 12 yillik majburiy ta’limga o‘tish, 1,5 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni barpo etish iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlamoqda. 
To‘plamda istiqlol yillarida qo‘lga kiritilgan yakunlar va natijalar tahlili bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan mamlakatimizni yanada isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha strategik vazifalardan kelib chiqqan holda, 2011-2015 yillarda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda prognoz ko‘rsatkichlari ham batafsil bayon etilgani muhim ahamiyatga egadir. 
Iqtisodiyotimizni jadal va muvozanatli rivojlantirishni ta’minlash, chuqur tarkibiy tub o‘zgarishlarni, iqtisodiyot yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya hamda diversifikatsiya qilishni davom ettirish, biznes yuritish uchun yanada qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega yuqori texnologik, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni, avvalambor, mamlakatimizdagi mavjud tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash hamda iqtisodiyotimizning raqobat borasidagi boshqa ustunliklaridan foydalanish asosida eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish O‘zbekistonni zamonaviy taraqqiy ettirishning strategik ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. 2011-2015 yillarda jami investitsiya hajmi 77,4 milliard dollar bo‘lgan sanoat, infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan to‘rtta bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq strategik dasturning amalga oshirilishi, bank-moliya tizimini isloh qilish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi va yalpi ichki mahsulotni 1,5 barobar ko‘paytirishni ta’minlaydi. 
Iqtisodiyotda tarkibiy tub o‘zgarishlarni faol davom ettirish yaqin yillarda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushini, birinchi navbatda, energetika, neft-gaz-kimyo, kimyo, to‘qimachilik va yengil sanoat, rangli metallurgiya, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika, zamonaviy qurilish hamda pardozlash materiallari ishlab chiqarish kabi ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish hisobiga 24 foizdan 28 foizga oshirish imkonini beradi.
Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.
Bundan tashqari, kelgusi yillarda ijtimoiy soha va xizmat ko‘rsatish sektori yanada ravnaq topadi, infratuzilma loyihalari amalga oshirilib, turar-joy obyektlari, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishga topshiriladi. 
To‘plamda qayd etilganidek, keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, mavjud resurslar va imkoniyatlarni jalb etish, islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish, aholi hayot sifati va jami daromadini bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish, pirovard natijada, o‘z oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadimizga erishish – iqtisodiy jihatdan rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish hamda jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash imkonini beradi. 
Mamlakatimizning yetakchi iqtisodchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari ishtirokida tayyorlangan ushbu to‘plam, birinchi navbatda, yoshlarda, ya’ni kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalarida katta qiziqish uyg‘otishi, keng doiradagi mutaxassislar, olimlar, o‘qituvchilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari uchun foydali qo‘llanma bo‘lishi shubhasiz. 
O‘zA
Download 55 Kb.




Download 55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Erishgan yutuqlar fakt va raqamlarda

Download 55 Kb.