• KIRISH
  • I.BOB. ANALITIK QISM. AXBOROT MARKAZLARI VA ULARNI HOZIRGI DAVRDAGI VAZIFALARI.
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim




    Download 4.69 Mb.
    bet1/6
    Sana23.10.2020
    Hajmi4.69 Mb.
      1   2   3   4   5   6

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI

    TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM FAKULTETI, AXBOROT-TA’LIM TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
    Qo`ldoshev Ro`zmatjon G`ayratjon o`g`lining
    “Axmad Farg’oniy nomidagi Farg`ona viloyat axborot kutubxona markazi saytini modernizatsiyalash tizimini loyihalash” mavzusidagi
    BITIRUV MALAKAVIY ISHI
    (5350400 – AKT sohasida kasb ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan)
    “Axborot – ta’lim texnologiyalari” kafedrasining 2017 yil «___» «_____» kungi yig’ilishida dastlabki himoyadan o’tgan.
    “ATT” kafedrasi mudiri: dots S.M.Abdurahmonov

    Ilmiy rahbari: dots S.M.Abdurahmonov


    Farg’ona 2017



    MUNDARIJA

    KIRISH 4

    I.BOB. ANALITIK QISM. AXBOROT MARKAZLARI VA ULARNI HOZIRGI DAVRDAGI VAZIFALARI. 7

    2.2.1 Web sayt yaratish dasturiy ta’minotlari 40

    III.BOB. MEXNAT MUHOFAZASI. 62

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 72

    XULOSA 74

    ILOVALAR 75



    Annotatsiya

    Ushbu bitiruv malakaviy ishida Axborot markazlari va ularni hozirgi davrdagi vazifalari, an’anaviy kutubxonalar va ularni oldida turgan vazifalar, axborot-kutubxona va axborot-resurslar markazlari uchun zamonaviy texnika, texnologiya hamda dasturiy ta’minotlar, Web sayt va uni tashkil etish texnalogiyasi, Axmad Farg`oniy nomidagi Farg`ona viloyat axborot Kutubxona markazi Web sahifasini modernizatsiyalash loyihasi, Axmad Farg`oniy nomidagi Farg`ona viloyat axborot Kutubxona markazi malumotlari keltirib o’tilgan.

    Bitiruv malakaviy ishi 3ta bob kirish qismi, analitik qism, asosiy qism, mehnat muhofazasi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan tashkil topgan.

    Annotation

    This final qualifying work of the information centers and their current functions of traditional libraries and information to the task in front of them, and library and information-resource centers for modern equipment, technology and software, Web site creation and Technology, Ahmad Farg`oniy named Ferghana regional information Center Web page of the modernization project, named Ahmad Farg`oniy Ferghana regional information center Library tick.

    Experimental part of Chapter 3, the analytical part, the basic part of labor protection, conclusion, references and appendices.

    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasida jamiyatni rivojlanishida axborot kmunikatsiyon texnalogiyalarini asosiy o’rin tutishi hukunmatni bir necha qarorlarida ko’rsatilib, uni yo’l yo’ruqlari qarorlar bilan belgilangan.

    Respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimov Respublika rivojlanishi asosida internet muhum ro’l tutishini ko’p marotaba o’z chiqishlarida ko’rsatib o’tgan. U insoniyat to’laqonli rivojlanishi uchun uni dunyo adabiyotlari bilan doimo tanishtirib borish zarurligini, bu borada axborot komunikatsion texnalogiyalari vositasi ro’lini o’ynovhchi internet alohida ko’rsatib o’tilgan.

    O’zbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoyev o’zini O’zbekiston Respublikasini rivojlanishini keyingi bosqichlarida zamonaviy texnalogiyalarini ishlab chiqarishga, kundalik turmushda keng joriy qilish zarur ekanligini ko’rsatib o’tdi.

    Ommani bilimdonligini orttirish yo’llaridan biri kutubxonalarni tashkil etish va ularni kengaytirib borish muhim o’rin tutadi. Kutubxonaning vazifasi kutubxonadan foydalanuvchilarga imkoniyat darajasida ko’proq bilimlar berish bo’lib bu borada o’zini rivojlantirib boradi.

    Kutubhonani samarodorligi unda mavjud adabiyotlar, axborotlar hajmi va yangi adabiyotlar va axborotlarni qay darajada tez yetib kelishi bilan belgilanadi. Bu borada kutubhonalar o’zlarini kitob fondi va ularni to’ldirish texnalogiyalarini doimo rivojlantirib boradi.

    Bundan tashqari kutubhonalar o’zlarini imkoniyatlarini kitob fondlarini ularda mavjud axborotlarni keng ommaga doimo e’lon qilib turishlari uchun maxsus web sahifalarni tashkil etadilar. Hozirdagi yirik kutubhonalarda deyarli web sahifalar loyihalangan. Lekin ularda axborot oqimi bir tomonlama bo’lib teskari a’loqa yetarli darajada emas. Agar kutubhonalar web sahifalaridagi teskari a’loqa, foydalanuvchidan kutubhonaga yo’nalaish rivojlantirilsa kutubhonalarni samaradorligi yanada ortadi. Chunki ular teskari a’loqa axborotlariga qarab o’z ish rejimlarini, o’z servislarini rivojlantirib boradi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kutubhonalarda (axborot resurs markazlarida) mavjud saytlarni teskari aloqani e’tiborga olgan holda modernizatsiyalashga qaratilgan. Shuning uchun mazkur bitiruv malakaviy ishida tanlangan mavzu dolzarbdir.



    Tadqiqotning maqsadi: Ahmad Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyat xborot kutubxona markazi saytini modernizatsiyalash tizimini loyihalash

    Tadqiqotning vazifalari: Bugungi kunda Internetning ommaviyligi haqida gapirish o’rinsiz. Internet hayotimizning bir bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson Web-texnologiyalarning inson hayotining talim, siyosat, ko’ngil ochar va ho.ka, bo’laklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda.

    Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Hamma Internet tarmog’idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop etish malakasi yozuv mashinasidan foydalanish kabi har bir, hatto o’rta ma’lumotga ega bo’lgan insonning qo’lidan keladi.

    Shu boisdan Ahmad Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyat xborot kutubxona markazi saytini zamonaviy web texnologiyalardan foydalanib, hozirgi kunda foydalanuvchilar uchun qulay malumotlarga ega bo’lgan, qulay interfesga ega internet web sayt modernizatsiya tizimi loyihasi ishlab chiqildi.

    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

    Bugungi kunda Axmad Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyat axborot – kutbxona markazi Respublikadagi eng yirik Kutubxonalardan biridir. Kutubxonaning bosh maqsadi – Kutubxona axborot resurslaridan barcha faoydalanuvchilar maksimal foydalana olishiga erishish! 21 asr boshlaridagi axborot inqilobi Kutubxonalar axamiyatini tubdan o’zgartirdi. Yangi axbotor texnologiyalarini qo’llash axborotdan foydalana olish imkoniyatini oshirish hozirgi kunning dolzarb talabiga aylanib bormoqda.

    Shu asnoda Axmad Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyat axborot Kutubxona markazi modernizatsiyalangan Web sayti hozirgi kundagi zamonaviy (Drupal 6) web texnalogiyadan foydalanib yaratildi.

    Tadqiqotning predmeti: Axmad Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyat axborot Kutubxona markazi Web sayti hozirgi kundagi zamonaviy (Drupal 6) web texnalogiyadan foydalanib modernizatsiyalangan tizim loyihasini yaratilish jarayoni.

    Tadqiqotning obyekti: Ahamad Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyat axborot kutubxona markazi.

    Tadqiqotning ilmiy axamiyati: Axborot texnalogiyalari yordamida Web dasturlash, zamonaviy web dizyn dars jarayonlarini tashkil etish va o’quvchilarning bilimini rivojlantirish jarayonlari.

    I.BOB. ANALITIK QISM. AXBOROT MARKAZLARI VA ULARNI HOZIRGI DAVRDAGI VAZIFALARI.


      1. An’anaviy Kutubxonalar va ularni oldida turgan vazifalar.

    An’anaviy Kutubxonalarda hujjatlarni saqlash va kеrak bo‘lganda ularni qidirishni tеzlashtirish maqsadida har qanday axborot-rеsurs, axborot-Kutubxona markazlari va Kutubxonalarda ma’lumotnoma bibliografik apparat (MBA) tashkil qilinadi.

    MBA Kutubxona fondini kitobxonlarga ochib bеruvchi kartotеka, katalog va bibliografik nashrlardan iborat bo‘ladi. Ilmiy-tеxnika axborotlarining elеktron Kutubxonasi ham rеsurslarni saqlash va kеrak bo‘lganda samarali qidirishni tashkil etish maqsadida o‘z elеktron katalogiga ega bo‘lishi kеrak Kutubxona

    Rеspublikamiz olimlari tomonidan ishlab chiqilayotgan fan, tеxnika va tеxnologiyalarning ilmiy hisobotlarini kataloglashtirish, ilmiy ishlanmalar to‘g‘risidagi axborotlar bilan olimlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va talabalarni o‘z vaqtida ta’minlash bugungi kunda axborot-rеsurs markazlari oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ilmiy-tеxnikaviy hisobotlarning elеktron Kutubxonasi «Fan va tеxnologiyalar» markazi tomonidan har yili o‘tkazilayotgan tanlovlarda, ekspеrtlar uchun axborot manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Dеmak, Ilmiy-tеxnikaviy axborotlarning elеktron Kutubxonasini yaratish va uni Intеrnеt/Intranеt tarmoqlarida foydalanuvchilarga taqdim etish fursati yеtib kеlgan.

    Tarmoqda taqdim etiladigan ilmiy-tеxnikaviy axborotlari elеktron rеsurs shaklida bo‘lgani uchun ham ularning tavsifini yaratishda elеktron rеsurslarni tarmoqda taqdim etishga mo‘ljallangan «Dublin yadrosi» mеtama’lumotlaridan foydalanamiz.



    Elеktron Kutubxona ishga tushirilgach kitobxonning nazari elеktron Kutubxonadan foydalanish qoidalariga tushadi (1-rasm).



    (1-rasm).

    Elеktron Kutubxona har bir foydalanuvchisi uning rеsurslaridan foydalanishda quyidagi tartibga amal qilishi kеrak:

    1. Elеktron Kutubxonaning rеsurslaridan erkin foydalanish. Bunday holda foydalanuvchi elеktron Kutubxonaning bosh sahifasidagi (1-rasm) «Qidirish» tugmasidan foydalanib, izlanayotgan rеsurs «Muallifi», «Sarlavhasi», «Ochqich so‘zlar», «Ilmiy-tеxnika axborotlarining rubrikatori», «Rеsurs yaratilgan yil» va tavsifning boshqa elеmеntlari bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin (2-rasm). Elеktron Kutubxona foydalanuvchiga o‘z fondidagi «erkin foydalanish» maqomiga ega bo‘lgan rеsurslarni ko‘rsatadi.

    2. Elеktron Kutubxonaga a’zo bo‘lgan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish. Bunday holda foydalanuvchi elеktron Kutubxonaning bosh sahifasidagi «Rеgistratsiya» tugmasini bosadi va paydo bo‘ladigan sahifada axborot-rеsurs markazida ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘ziga tеgishli ankеtani to‘ldiradi va ma’lumotlarni ARM’ga tarmoq orqali jo‘natadi. Tarmoq orqali ARM kompyutеriga yеtib kеlgan foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lu-motlar qabul qilinadi, foydalanuvchining elеktron pochtasiga unga bеrilgan «Parol» va «Login» jo‘natiladi.

    3. Tеgishli «Parol» va «Login»ga ega bo‘lgan foydalanuvchi ARMning «Kitobxoni» maqomiga ega bo‘ladi va elеktron Kutubxonaning tarmoqda e’lon qilingan rеsurslaridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi. (2-rasm).

    Elеktron Kutubxonada turli rеsurslar e’lon qilingan, kitobxon bu rеsurslarning bibliografik tavsifini, mundarijasini, rеfеratini ko‘rib chiqishi mumkin. Mazkur rеsurslar to‘liq matnidan foydalanish uchun kimga murojaat qilish to‘g‘risidagi axborotni ham oladi. Shartnoma asosida mazkur rеsurslarga ega bo‘lishi mumkin.





    (2-rasm).

    Elеktron Kutubxonaning elеktron katalogini shakllantirish

    KARMAT-ITA tizimidan foydalanib, Ilmiy-tеxnika hisobotlari elеktron katalogini shakllantirishni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun tizim kataloglashtiruvchisining avtomatlashtirilgan ish o‘rnini ishga tushiramiz Buning uchun bosh sahifadagi (1-rasm) «Login» va «Parol» maydonlariga tеgishli parol va login kiritiladi va «Kirish» tugmasi bosiladi.



    Bu yеrda «Elektron katalog» tugmasini bosish orqali tizimning elеktron katalog bazasiga elеktron rеsurs tavsif elеmеntlarini kiritishga mo‘ljallangan intеrfеysga ega bo‘lamiz. Keyin «Yangi adabiyot qo‘shish» tugmasini bosish orqali Dublin yadrosi mеtama’lumotlari asosida elеktron Kutubxonaning elеktron katalogini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz (3-rasm). Elеktron Kutubxonaning elеktron katalogiga tеgishli maydonlar to‘ldirilgach, tarmoqda e’lon qilinayotgan rеsursga quyidagi uch maqomdan biri bеriladi: Rеsursdan foydalanish erkin, faqat elеktron Kutubxonaga a’zo bo‘lganlar tanishishi mumkin.



    (3-rasm).

    1. KARMAT-ITA Intеrnеt/Intranеt tarmoqlarida ishlay oladi, intеrfеysning sodda va qulay ishlanganligi uni o‘zlashtirishni osonlashtiradi.

    2. Bibliografik tavsifning barcha elеmеntlari bo‘yicha qidiruvni amalga oshira oladi.

    3. Elеktron Kutubxonaning elеktron katalogini shakllantirishda «Dublin Yadrosi» mеtama’lumotlaridan foydalanish kataloglashtirishni soddalashtirish hamda ayni paytda xalqaro talablarni qanoatlantiradi.

    4. Tizimdan axborot-Kutubxona, axborot-rеsurs markazlari va Kutubxonalarda elеktron Kutubxonalar yaratishda samarali foydalanish mumkin.

    5. Oliy ta’lim muassasalari ARM’larida ma’ruzalar matni, malakaviy bitiruv ishlar, magistrlik dissеrtatsiyalari va boshqa rеsurslarning elеktron Kutubxonasini yaratishda va ularni tarmoqda taqdim etishda samarali vosita hisoblanadi.

    6. Kataloglashtirishdagi soddalik va turli sеrvislarning mavjudligi kataloglashtiruvchidan maxsus bilim, malaka va ko‘nikma talab etmaydi.

    7. Tizimni ishlab chiqishda «ochiq tizimlardan» foydalanilganligi tizimni sotish va sotib olishda muammolar tug‘dirmaydi.

    8. Elеktron Kutubxona mualliflik huquqini hisobga olishning samarali vositasiga ega. Rеsurs muallifining istagiga ko‘ra har bir rеsurs yuqorida biz kеltirgan uch maqomdan (erkin, avtorizatsiya, pullik) biriga ega bo‘ladi

    9. Elеktron Kutubxona pullik rеsurslarni uning bibliografik tavsifi, mundarijasi, rеfеrati bo‘yicha rеklama qila oladi va ARM xizmatlarini tashkil etishga yordam bеradi.

    10. Elеktron katalogni shakllantirishda har bir maydonga ma’lumotlarni qanday tartibda kiritish to‘g‘risida har bir maydon uchun alohida yo‘riqnoma bеrilgan.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi xulosaga keldik:

    1. Taklif etilayotgan elеktron Kutubxona o‘z ma’lumotnoma — bibliografik apparatiga ega.

    2. Elеktron Kutubxonaning elеktron katalog bazasi xalqaro talablarga mos kеluvchi standart asosida shakllantirilgan.

    3. Elеktron Kutubxonada ma’lumotnomalardan (dinamik va statik) samarali foydalanilgan.


      1. Axborot-Kutubxona va axborot-resurslar markazlari uchun zamonaviy texnika, texnologiya hamda dasturiy ta’minotlar.

    Kutubxonachilik sohasida axborot texnologiyalarini tatbiq qilishning muhimligi Respublika Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-Kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgan. Qarorga muvofiq, viloyatlardagi ilmiy-universal Kutubxonalar negizida axborot-Kutubxona markazlari (AKM) hamda tuman, shahar va qishloqlardagi ommaviy Kutubxonalar negizida axborot-resurs markazlari (ARM) tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

    Mazkur AKM va ARM lar zimmasiga aholiga axborot-Kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, kitobxonlarning ilmiy, ta’lim, axborot, madaniyat va biznes sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish; kitobxonlarga an’anaviy Kutubxona xizmati ko‘rsatishdan o‘z axborot resurslarini yaratish va jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yo‘li bilan axborot-Kutubxona xizmati ko‘rsatishga o‘tishni ta’minlash; yig‘ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi elektron Kutubxonalar va ma’lumot bazalarini yaratish kabi bir qator vazifalar yuklatilgan. Albatta, bunday vazifalarni bajarish uchun AKM va AKM lar texnik, dasturiy, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik hamda kadrlar ta’minotiga ega bo‘lishi kerak. An’anaviy Kutubxonalar uchun kompyuter va boshqa bir qator texnika vositalarini sotib olish, Kutubxonada lokal tarmoq barpo qilish hamda internet tarmog‘iga ulanish bilangina cheklanib, AKM va ARM yaratdek deb o‘ylash xatodir, zero zamonaviy talablarga javob beruvchi AKM va ARM larini barpo qilish o‘ta murakkab va ancha mablag‘ hamda vaqt talab qilinadigan ishlardandir. AKM va ARM lar barpo qilishdagi muammolarni tushunmaslik oqibatida noto‘g‘ri qarorlar qabul qilish, Qarorda ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda Kutubxonalar uchun faqat texnika vositalarini sotib olish, o‘rnatish, Kutubxonada lokal tarmoq yaratish, Internet tarmog‘iga ulash bilan cheklanib, AKM va ARM yaratdik deb o‘ylash mutlaqo noto‘g‘ridir. Matbuotda, radioda va televidenie orqali O‘zbekistonda AKM va ARM yaratildi deb bong urayotganlar qo‘yilgan masalaning mohiyatiga tushunganmikanlar? Kutubxonaga texnika vositalarini sotib olish bilangina AKM va ARM lar barpo bo‘lmaydiku. Zamon talabiga javob beruvchi AKM va ARM yaratish uchun dastlab qanday ishlarni bajarish zarur? Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda qanday texnika va texnologiyalar hamda dasturiy vositalardan foydalanish talab qilinadi? Maqolamizda ana shunday dolzarb savollarga javob berishga harakat qilamiz.

    Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda dasturiy ta’minotning o‘rni beqiyosdir. Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtiruvchi tizimlar bozorining tahlilida batafsil keltirilgan. Bizga ma’lumki, avtomatlashtirilgan Kutubxona-axborot tizimi (AKAT) o‘zaro yagona ma’lumotlar bazasi orqali bog‘langan bir necha (dasturiy, texnik, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik va kadrlar) ta’minotlardan iborat. Ana’naviy Kutubxonada ushbu ta’minotlar tizimini yaratmasdan turib, AKM va ARM yaratish hech qanday samara bermaydi. AKM va ARM lar barpo qilinishi va ular to‘laqonli faoliyat yuritishlari uchun Kutubxonadagi quyidagi asosiy jarayonlar avtomatlashtirilishi zarur:

    • Kutubxonaga qabul qilinayotgan yangi hujjatlarga avtomatik tarzda (texnik va ilmiy) ishlov berish;

    • kartotekalarni, nashrlar ro‘yxatini, buyurtmalarni, xatlarni, hisobot hujjatlarini tayyorlash;

    • qabul qilinayotgan hujjatlarning ma’lumotlar bazasini yaratish;

    • turli mavzudagi adabiyotlar arxivini yaratish va undan nusxa olish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish;

    • kitobxonlar so‘roviga mos holda bibliografik tasvirning barcha elementlari bo‘yicha qidiruvni bajarish;

    • Kutubxonaning axborot va davriy nashrlarining ma’lumotlar bazalari orqali xizmat ko‘rsatish;

    • jurnal maqolalarining bibliografik tavsiflari massivini yuritish;

    • elektron ma’lumotnomalar yaratish;

    • berilgan adabiyotlarni nazorat qilish;

    • kitobxonlar va ularning formulyarlarini hisobga olish;

    • berilgan adabiyotlarni kitobxonning formulyariga avtomatik tarzda yozib qo‘yish;

    • kitoblarni o‘z vaqtida qaytarib berilishini nazorat qilish;

    • Kutubxona elektron katalogini shakllantirish, yuritish.

    Yuqorida ko‘rsatilgan Kutubxonadagi asosiy jarayonlar avtomatlashtirilgach AKM va ARM larida quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ladi:

    • axborot qidiruvi tezligi oshadi;

    • ma’lumotlarni bir marotaba kiritish va ulardan hujjatlarni ko‘p maqsadli qidirishda foydalanish, tanlangan axborotlarni bosib chiqarish, ma’lumotlar massivlarini boshqa foydalanuvchilarga uzatish, nashrlarni tayyorlash va boshqalar;

    • turli belgilariga ko‘ra va ularning kombinatsiyalari yordamida qo‘shimcha kartoteka va ko‘rsatkichlardan foydalanmay ko‘p aspektli qidiruvni bajarish

    • o‘z Kutubxonasidagi kompyuterdan foydalanib, tarmoq va kommunikatsiya vositalari yordamida boshqa Kutubxona kataloglaridan va yig‘ma katalogda qidiruvni bajarish. Katta hajimdagi ma’lumotlar bazalari joylashgan optik disklarda qidiruvni bajarish va kerakli ma’lumotlarni olish;

    • Kutubxona fondini butlashda nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlarining ma’lumotlar bazalari asosida buyurtmalarni avtomatik ravishda shakllantirish va ularni bajarilishini tashkil qilish;

    • Kutubxonadagi barcha jarayonlarni, jumladan, kitobxonalarga xizmat ko‘rsatishni ham, hisobga olish va Kutubxona statistikasini yuritish;

    • Kutubxona kataloglarini bir necha nusxada ishonchli saqlash;

    • Kutubxonaga qabul qilinayotgan hujjatlar oqimiga ishlov berish va fondni butlash xarajatlarini qisqartirish;

    • yangi axborot manbalari jalb qilish hisobiga iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish.

    Kutubxonadagi barcha asosiy jarayonlar (axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash, qidirish, uzatish) avtomatlashtirilgach elektron Kutubxona yaratish uchun zamin hozirlangan bo‘ladi va barcha asosiy Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirgan Kutubxona Internet yoki Intranet orqali Elektron Kutubxona xizmatini yo‘lga qo‘ya oladi. Eng asosiysi, Kutubxonalarni avtomatlashtirish, kitobxonlarini Vatan va jahon axborotlar fazosiga chiqishini ta’minlaydi. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Kutubxonalarni avtomatlashtirish jamiyatni axborotlashtirishning muhim bir bosqichi ekan.

    Bugungi kunda Kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan bir qator Kutubxonalarni avtomatlashtiruvchi tazimlar mavjudki, ularda quyidagi funksional bo‘limlar mavjud:

    • kataloglashtirish, elektron katalog (EK), ma’lumot-bibliografik xizmat;

    • optik disklardagi yoki boshqa Kutubxonalardagi EK larning ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda, bibliografik xizmat ko‘rsatish;

    • kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish (kitobxonlarni ro‘yxatga olish, kitob berish, qaytarib olish va boshqalar);

    • kitob almashishni ham o‘z ichiga oluvchi fondni butlash;

    • davriy nashrlarni ro‘yxatga olish va unga mos EK ni yuritish;

    • Kutubxonalararo abonement;

    • avtomatlashtirilgan tarzda bibliografik nashrlarni tayyorlash (katalog kartochkalarini ham tayyorlash);

    • Kutubxonani boshqaruv (hisobga olish, statistika, kadrlar, buxgalteriya va boshqalar).

    Kutubxonadagi asosiy axborot jarayonlarni avtomatlashtirish AKM va ARM barpo qilishda muhim bosqich hisoblanadi, odatda dastlab, Kutubxona fondini o‘zida aks ettiruvchi elektron katalog bazasini shakllantirish bilan ish boshlanadi.

    Shunday qilib, biz AKM va ARM barpo qilishda dastlab avtomatlashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy Kutubxona texnologiyalarini ko‘rib chiqdik va bu jarayonlar avtomatlashtirilmasdan AKM va ARM yaratish mumkin emasligiga ishonch hosil qildiKutubxona Ammo Kutubxonada biz yuqorida ko‘rib o‘tgan jarayonlardan tashqari ham bir qator jarayonlar borki, ularni ham avtomatlashtirmay turib, Kutubxonani to‘liq avtomatlashtirishga erishish mumkin emas. Keyingi yillarda RFID (radio to‘lqinli identifikatsiya) texnologiyasini Kutubxonalarda tatbiq qilish to‘g‘risida ko‘plab axborotlar e’lon qilinmoqda, jumladan, Qrimda va Moskva viloyatining Zvenegorod shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyalarda, RFID texnologiyasini Kutubxonalarda tatbiq qilish bo‘yicha bir qator taqdimotlar ilmiy ma’ruzalar qilindi.

    RFID texnologiyasi nima ekanligini shtrix kod texnologiyasi misolida tushuntirishga harakat qilamiz. RFID texnologiyasi mohiyati bo‘yicha bir oz shtrix kod texnologiyasiga uxshab ketadi, ammo RFID ning bir qator afzalliklari bor. Qanday? Bularni aniqlashga harakat qilamiz. Rivojlangan mamlakatlar Kutubxonalarida ishlatilayotgan shtrix kod texnologiyasi o‘z vaqtida Kutubxonachilarga beminnat yordam ko‘rsatib kelgan, shtrix kod texnologiyasi yordamida kitob berish va qaytarib olish jarayonlari tezlashgan, xatolar soni sezilarli darajada kamaygan. Bularning barchasi, kitobxonlarga berilayotgan va qaytarib olinayotgan har bir kitob to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘lda yozish zaruratini cheklash va ayni paytda bu operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga avtomatik ravishda kiritish mikoniyatini berar edi. Bu jarayonlarni avtomatlashtirishda shtrix kod texnologiyalaridan unumli foydalanilgan. Mazkur texnologiya yordamida Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda muhim bir muammo hal qilindi, ya’ni kitob berish va qaytarib olish jarayonlari, har bir kitobga biriktirilgan shtrix kod shaklidagi axborotlarni skaner qurilmasi yordamida o‘qish orqali, avtomatlashtirildi.

    Dastlab, shtrix kod texnologiyalarini Kutubxona jarayonlariga tatbiq qilish, Kutubxonadagi barcha jarayonlarni avtomatlashtirgandek tuyuldi. Ammo, Kutubxonalarda avtomatlashtirilmagan yana ikki jiddiy muammo bor ediki bulardan birinchisi Kutubxonalarda o‘tkaziladigan inventarizatsiya jarayoni, ikkinchisi esa KBK, UDK yoki boshqa biror bir klassifikatsiyalash tizimi asosida joylashtirilgan fonddagi o‘z joyiga qo‘yilmagan kitoblarni qidirish va o‘z joyiga qo‘yish muammosi edi. Kutubxonachilarga ma’lumki Kutubxona fondidagi har bir kitob o‘z (adresiga) o‘rniga ega, o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitob odatda kitobxonlar uchun yo‘qotilgan hisoblanadi va u navbatdagi inventarizatsiya paytida topiladi va o‘z joyiga qo‘yiladi. Bundan tashqari, keyingi paytda ko‘plab Kutubxonalar «ochiq fond» tartibida ishlamoqdalar. Bunday holda fondlardan kitoblarning yo‘qolishi ko‘payyadi, ya’ni kitoblarni «kitob o‘g‘rilaridan» himoya qilish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday muammolarni shtrix kod texnologiyasi hal qila olmas edi.



    Fondda, bevosita har bir kitobga kontaktsiz, ma’lum bir masofadan turib identifikatsiyalash orqali inventarizatsiya o‘tkazish, inventarizatsiya jarayonini tezlashtirishning yagona usuli hisoblanadi. Kutubxona fondini inventarizatsiya qilish bu Kutubxonada eng uzoq davom etadigan jarayondir. Bunda tokchadagi har bir kitob qo‘lga olinib u identifikatsiya qilinadi va o‘z joyiga qo‘yiladi. Demak, Kutubxonadagi har bir kitob qo‘l bilan ushlanib, tegishli ma’lumotlar taqqoslanib so‘ngra kitob o‘z urniga qo‘ilishi keraKutubxona Kutubxona fondida 10 000 — 15 000 kitob bo‘lganda bu shni bajarish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo, fonddagi kitoblar soni 100 000 — 1 000 000 bo‘lgandachi? Bunday holda inventarizatsiya bir necha oyga cho‘zilishi mumkin. Inventarizatsiya uchun qancha vaqt ketadi? O‘z joyiga qo‘yilmagan kitoblar odatda, kitobxonlar uchun yo‘qotilgan hisoblanadi, chunki so‘rovni bajarayotgan Kutubxonachi kitobni maxsus shifr bo‘yicha izlaydi, kitobni o‘z o‘rnidan topmagach, kitobxon so‘roviga rad javobini beradi. Bunday hol katta fondga ega va «ochiq fond» tartibida ishlayotgan Kutubxonalarda ko‘p uchraydi. Chunki «ochiq fond» tartibida ishlayotgan Kutubxonalardan foydalanayotgan kitobxonlarning kitobni o‘z o‘rniga qo‘ymaslik ehtimoli katta bo‘ladi. Masalan, Vatikan Kutubxonasining «nodir kitoblar» bo‘limi fondida 2 000 000 saqlash birligi hajmida kitob saqlanadi. Bu yerda o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitoblarni izlash muammosi juda oson hal qilingan, ya’ni o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitob faqat navbatdagi invertarizatsiya paytida topilib, o‘z joyiga qo‘yilgan. Kutubxonaning «ochiq fond» tartibida ishlashining afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Bunday tartibda ishlaydigan Kutubxonalar fond xavfsizligini to‘liq ta’minlashlari lozim. Buning uchun shtrix kod texnologiyasidan tashqari, har bir kitobga o‘g‘rilanishga qarshi metka o‘rnatilishi va kitob berish kafedrasida bu metkalar faolsizlantirilishi keraKutubxona Bunday holda kitobxonlarga mustaqil ravishda xizmat ko‘rsatish stansiyalaridan foydalanish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Shu sababli ham bu sohadagi barcha tajribalar muvofaqiyatga olib kelmadi. Shunday qilib, Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda shtrix kod texnologiyalaridan foydalanish ham o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetdi. Mazkur texnologiya bugungi kunda zamonaviy Kutubxonalar oldida turgan muammolarni hal qila olmay qoldi. RFID texnologiyasi shtrix kod texnologiyalaridagi barcha yutuqlarni o‘zlashtirgan holda, ular yecha olmagan muammolarni hal qilishga kirishdi. RFID texnologiyasi quyidagi prinsipda ishlaydi: har bir kitobga radiochastotali metka yopishtiriladi, bu metkada unikal identifikasion kod saqlanadi va Kutubxonaning AKAT dagi aniq bir kitobga biriktiriladi. Maxsus qurilma yordamida metkalar identifikatsiyalanganda o‘qish qurilmasi kitob to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda kompyuterga uzatadi. RFID texnologiyasidagi afzalliklardan biri shundaki, ma’lumotni o‘qish qurilmasi (rider) bir paytning o‘zida bir necha metkani o‘qiy oladi, bunda metkalar to‘g‘ridan to‘g‘ri riderning «ko‘rish zonasida» bo‘lishi shart emas, bu hol kitob berish jarayonini tezlashtiradi.

    Ma’lumotlarni avtomatik ravishda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lgan skaner qurilmalaridan foydalanganda, shtrix kod skanerning ko‘rish zonasiga aniq o‘rnatilishi kerak edi. RFID texnologiyasi yordamida kitob berish va qaytarib olish jarayonlari avtomatlashtirilganda, kitobxon chiptasini skaner qurilmasi orqali o‘qish, har bir kitobni alohida qo‘lga olib, uni skaner orqali o‘qishga ehtiyoj qolmaydi. RFID qurilmasi bir yo‘la bir necha kitobni va kitobxon chiptasini avtomatik tarzda o‘qiy oladi va kitoblarni kitobxonning elektron formulyariga yozib qo‘ya oladi hamda berilayotgan kitoblardagi «o‘g‘rilashga qarshi» funksiyani faolsizlantiradi. RFID texnologiyasini Kutubxonadagi inventarizatsiya jarayonlarini tezlashtirishda muvofaqiyat bilan qo‘llash mumkin. Bunda stellaj tokchasidagi har bir kitobni tokchadan olish, undagi shtrix kodni skaner yordamida o‘qish, kitobni o‘z joyiga qo‘yish operatsiyalari o‘rniga, stellaj tokchalari yonidan rider qurilmasi bilan bir marotaba o‘tish kifoya qiladi. Rider tokchadagi barcha kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompyuterga uzatadi. Umuman olganda, RFID texnologiyasidan foydalanish Kutubxonalagi inventarizatsiya jarayonini 20 martaga qisqartirish imkoniyatini berar ekan.

    O‘z faoliyatini «ochiq fond» tartibida tashkil etgan Kutubxonalarda fondni himoya qilish uchun maxsus RFID eshik o‘rnatilishi kifoya. Bu eshik, Kutubxonadan ruxsatsiz olib chiqilayotgan har bir kitobga nisbatan tovush yoki nurli signal berish orqali e’tibor qaratadi. Eshik Kutubxonaning AKAT ga ulangan holda kompyuter ekranida kimning qanday kitob olib chiqayotganligi aks etadi. Bunday holda fondni o‘g‘rilashga qarshi standart metkalar bilan ta’minlashga hamda bunday metkalarni faolsizlantiruvchi va faollashtiruvchi qurilmalarga ham hojat qolmaydi. Radiochastotali metka xotirasidagi sektor o‘g‘irlashga qarshi funksiyani ham bajaradi.

    RFID tizimi ko‘pdan beri jahondagi juda ko‘p Kutubxonalarda muvofaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. Bu sohadagi eng yirik loyiha Singapurdagi milliy Kutubxonada amalga oshirilgan. Bu yerda Kutubxonani avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi RFID tizimi asosida amalga oshiriladi. Singapur milliy Kutubxonasida RFID texnologiyasini tatbiq qilishdan asosiy maqsad, kitobxonlarni kutish vaqtini qisqartirish bo‘lgan. Avval kitobxonlar navbatda turib kitob olishga bir soatdan ortiq vaqt sarf qilsalar (tig‘iz paytda), RFID texnologiyasini tatbiq qilinganda bu ko‘rsatkich 10 minutga qadar pasaygan. Kutubxonadan foydalanuvchilar va qatnovlar soni keskin oshgan. Albatta, bunda «ochiq fond» g‘oyasini to‘g‘ri va ilmiy asosda amalga oshirilishining ham hissasi bo‘lgan.

    Kutubxona avtomatlashtirilgan kitob berish va kitoblarni qaytarib olish imkoniyatini beruvchi stansiyalar bilan ta’minlangach, kitobxonlar tomonidan tanlangan kitoblar mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi (kitobxon tomonidan tanlangan kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kitob berish stansiyasi yordamida, kitobxonlarning elektron formulyariga yozib qo‘yiladi). Kitoblarni qaytarib olishga mo‘ljallangan robot-saralagich mustaqil ravishda kitoblarni saralaydi, Kutubxonachi esa kitoblarni tokchalaga joylashtiradi xolos.

    Vatikan Kutubxonasi fondini inventarizatsiya qilishning o‘zoq vaqtga cho‘zili RFID texnologiyasini tatbiq qilishga olib kelgan. Bu Kutubxonada inventarizatsiya jarayoni ikki oy davom etib, bu ishga ko‘plab xodimlar jalb qilingan. Kutubxonada RFID texnologiyasini tatbiq qilingach, ko‘p millionli fondni inventarizatsiya qilish, ikki xodim tomonidan bir kunda bajarilgan. Vatikan Kutubxonasidagi kitoblarning ko‘pchiligi qadimiy kitoblar bo‘lgani uchun ham ularni o‘z o‘rnidan siljitmay inventarizatsiya o‘tkazish juda muhim bo‘lgan. 2007 yildan boshalb, Germaniyaning Gamburg shahridagi ommaviy Kutubxonalarda RFID texnolgiyasidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Yillik kitob aylanishi 2 000 000 birlikdan iborat bo‘lgan Kutubxonalarda hujjatlarni berish va qaytarib olishni avtomatlashtiruvchi terminallar o‘rnatilishi ko‘zda tutilmoqda. Terminallar dastlab Kutubxonaning bo‘limlarida keyinchalik esa markaziy binoda o‘rnatiladi. Loyiha ishlarini boshlash 2007 yilning aprel oyidan va 2008 yilning yoz fasliida uni tugallash mo‘ljallanmoqda. RFID tizimi amaldagi bar-kod tizimi o‘rniga tatbiq qilinadi va u kitob berish va berilgan hujjatlarni qaytarib olish operatsiyalari uchun sarf bo‘ladigan vaqtni qisqartiradi hamda fondni inventarizatsiya qilish, o‘g‘rilashga qarshi funksiyalarni bajaradi. Kutubxonadagi barcha hujjatlarga (kitoblar, jurnallar hamda DVD disklar) 13,56MHz chastotada ishlovchi passiv RFID-metkalar yopishtiriladi. Kitobxonlar Kutubxonaning ixtiyoriy bo‘limidagi «ochiq fonddan» o‘zlariga kerakli kitoblarni mustaqil ravishda tanlash va qaytarib topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kutubxonaning markaziy binosida o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi 7 ta terminal, 17 ta bo‘limning har birida bittadan terminal o‘rnatish mo‘ljallanmoqda.

    Kitobxon o‘ziga kerakli kitobni tanlab uni 80x80X60sm o‘lchamli stol ustiga qo‘yadi, terminal stoliga o‘rnatilgan RFID-o‘qish qurilmasi metkadagi identifikasion unikal nomerni o‘qiydi va kerakli ma’lumotlarni kompyuterga uzatadi. Kitobni qaytarib berish operatsiyasi ham xuddi shunday bo‘ladi. Kompyuter tizimidagi AKAT sensorli ekranda kitobni qaytarib berish to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlanishini so‘raydi. Kitob qaytarib topshirilgach, tizim kitob uchun o‘g‘rilashga qarshi funksiyani faollashtiradi. Kitobni olgan kitobxon uni terminal stoli ustiga qo‘ymasa, kitobxon eshikdan chiqish paytida signalizatsiya ishlaydi. Tanlangan kitob yoki biror bir hujjatni olgan kitobxon o‘ziga Kutubxonadan foydalanish huquqini beruvchi shaxsiy kartasini maxsus slotga o‘rnatishi lozim. Programma ta’minoti kim tomonidan qanday kitobni qachon olganligini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Oktabr oyidan boshlab, Kutubxona xodimlari hujjatlarni markirovka qilishni boshlaydilar. Har bir hujjatga o‘zi yopishib qoluvchi kvadrat shaklidagi RFID-metka yopishtiriladi.

    Bugungi kunda RFID texnologiyasidan jahondagi juda ko‘plab Kutubxonalar foydalanishmoqda. 2006 yilning birinchi yarmida turli tipdagi 250 dan ortiq Kutubxonalarda mazkur texnologiyalar tatbiq qilingan. Shunday qilib, Kutubxona texnologiyalari avtomatlashtirishda AKAT laridan foydalanish quyidagi Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi:

    • kitobxonlar elektron formulyarini yaratish;

    • Kutubxona elektron katalogini shakllantirish va foydalanish;

    • kitoblarga buyurtma berish;

    • berilgan buyurtmalarni bajarish;

    • turli sabablarga ko‘ra rad etilgan buyurtmalar tahlili;

    • kitob berish va qaytarib olishni nazorat qilish;

    • fondni butlashga oid masalalar;

    • masofadan turib elektron katalogdan foydalanish va buyurtmalar berish;

    • korporativ kataloglashtirish;

    • Kutubxonani boshqarish va boshqalar.



      1. Kutubxona tarixi. O’zbekiston hududidagi ilk va hozzirgi kutubxonalar.

    Kutubxona — bosma va ayrim qo’lyozma asarlardan ommaviy foydalanishni ta’minlovchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar to’plash, saqlash, targ’ib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari bilan shug’ullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik ko’rsatadi. Kitobxonlarga xizmat ko’rsatish kutubxonaning asosiy faoliyati bo’lib, qolgan barcha faoliyatlar (kitob fondini butlash va uni tashkil etish, fond mazmunini yoritish, uni kitobxonlarga yetkazish kabilar) asosiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Kitobxonlarga xizmat ko’rsatishning asosiy maqsadi ularni axborot va adabiyotga bo’lgan talablarini imkon boricha to’liq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iborat. Har bir kutubxona o’z turiga ko’ra kitobxonlarni tabaqalarga bo’lib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat ko’rsatishni tashkil qiladi. Adabiyotlar targ’ibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talabini imkon qadar to’liq va tezkorlik bilan qondirishga qaratiladi.

    Yozuvning paydo bo’lishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qo’lyozma va keyinchalik bosma kitoblarning ko’payishi kutubxonalarning yuzaga kelishi va rivojlanishiga sharoit yaratdi. Kutubxonalar yozma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda paydo bo’lgan. Miloddan avvalgi II-ming yillikda sopol bitiklari saqlangan kutubxonalar bo’lgan. Miloddan avvalgi VII asr o’rtalarida Sharqdagi ko’p saroylarda, Qadimgi Misr va Rim ibodatxonalari qoshida kutubxonalar bo’lgan. Qadimgi davrdagi Kutubxonalardan eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasidir.

    G’arbiy Yevropada ilk o’rta asrlarda movastr va ibodatxonalar qoshida kutubxonalar tashkil etilgan. Kitob bosishning ixtiro qilinishi kutubxonalar rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Sarbonva, Geydelberg universitetlari qoshida, shuningdek, Vatikan kutubxona, Parijdagi Kirollik kutubxona kabi kutubxonalar paydo bo’la boshladi.

    O’zbekiston hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikning so’nggi asrlarida dastlabki kutubxonalar paydo bo’lgan. Dastlabki kutubxonalar hukmdorlar saroylarida va ibodatxonalarda tashkil etila boshlangan. Turon xalqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qo’shni bo’lgan xalqlar bilan yaqin aloqalar o’rnatgan, o’sha davrlardagi mavjud qo’lyozmalar bilan ham tanish bo’lgan. O’zbekiston xalqlarining qadimiy yozma yodgorliklari saqlanmagan. Beruniyning xabar berishicha, kitob xazinalari va ularni saqlovchilar turli istilolar davri (VII—IX asrlar) da yo’q qilib yuborilgan. IX—X asrlarda O’rta Osiyoda fan va madaniyat rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch va boshqa yirik shaharlar hukmdorlari saroylarida Kutubxonalar barpo etildi. Ayniqsa, Buxoroda ko’p kutubxonalar mavjud bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Ulardan eng mashhuri, eng boy va yirigi Somoniylar sulolaviy kutubxonasi edi. Madrasa va masjidlar qoshida ham kutubxonalar bo’lgan. Mo’g’ullar istilosi arafasida Marv shahrida 10 ta yirik kutubxona bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. XIII asrda Samarqand, Buxoro, Farg’ona, Balx va boshqa shaharlar madaniyat markazlari, olimlar to’planadigan joy bo’lib, ularda yirik kutubxonalar mavjud edi.

    XIV asrning II-yarmidan O’rta Osiyoda madaniy hayotning yangidan yuksalishi kutubxonalaring qayta tiklanishida ham namoyon bo’ldi. XIV asr oxirida Shayx Muhammad Porso umum uchun ochgan maskan vaqf kutubxonasi tarzida XIX asr 40-yillarigacha faoliyat ko’rsatgan. Buxoro, Samarqand, Qarshi, Xiva va boshqa shaharlardagi katta madrasalarda kutubxonalar bo’lgan, ularning fondlari madrasaning qadimiyligi va nufo’ziga qarab turlicha bo’lgan. Ba’zi tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Beruniy, Ibn Sino, Firdavsiy, Zamaxshariy, Umar Xayyom qabilarning shaxsiy kutubxonalar, Alisher Navoiyning qimmatbaho qo’lyozmalarga boy yirik kutubxonasi, Abdurahmon Jomiyning shaxsiy kutubxonasi mashhur bo’lgan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Buxoroda 3 ta eng boy shaxsiy kutubxona bo’lib, ulardan qozi Muhammad Sharif Sadr Ziyoning kutubxonasi bizgacha to’liq saqlanib qolgan. XX asr boshlarida mahalliy o’zbek va rus ziyolilari general Jo’rabek, Dukchi Eshon nomi bilan mashhur Muhammadali xalfa Sobir o’g’li, V. L. Vyatkin, vrach G. M. Semenov, Abdurauf Fitrat va boshqalarning shaxsiy Kutubxonalari bo’lgan.

    XX asr 10-20 - yillari Turkiston hududida 2 ta xalq kutubxonasi, bir necha shahar kutubxonalari va boshqa mavjud bo’lgan. Mahalliy aholi vakillari milliy yo’nalishdagi 2 ta kutubxona va madrasalar huzuridagi kutubxonalardan foydalangan. Shu kutubxonalar o’z davrida davlat kutubxonasini tashkil etishda asosiy negiz bo’lib xizmat qildi. Hozirda ommaviy, ilmiy va maxsus kutubxonalar tizimi shakllangan va faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    O’zbekiston Respublikasida kutubxonaning ommaviy, ilmiy va maxsus turlari bor. Ommaviy kutubxonalar adabiyotlarni saralash va keng kitobxonlar ommasiga yetkazish, faoliyatida turli kitobxonlar guruhlariga mo’ljallangan kitoblarni targ’ib qilish va o’qishni boshqarishda faol va ta’sirchan usullarni qo’llaydi. Bu guruhga O’zbekiston Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi shahar va qishloq kutubxonalari, kasaba uyushmalarining korxonalardagi kutubxonalari, klublar, madaniyat uylaridagi kutubxonalar kiradi.

    Ilmiy va maxsus kutubxonalar fan, iqtisodiyot va madaniyatning turli tarmoqlaridagi olimlar va mutaxassislarga xizmat ko’rsatadi, shuningdek, oliy va maxsus o’quv yurtlari talabalarining ehtiyojlarini qondiradi. Ilmiy kutubxonalarga yirik davlat, akademiya, universitet va tarmoqlar kutubxonalari; maxsus kutubxonalarga texnika kutubxonalari, muassasalar, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlari va ho.ka. Kutubxonadagi kutubxonalar kiradi. Saqlanayotgan adabiyotlar tarkibiga qarab kutubxonani universal, ko’p sohali va soha kutubxonalariga ajratish mumkin. Kutubxonalar o’z navbatida, faoliyati, mintakaviy darajasiga, mansubligiga qarab yana turlarga bo’linadi (milliy kutubxona, davlat kutubxonasi, viloyat kutubxonasi, o’smirlar kutubxonasi, qishloq xo’jaligi kutubxonasi va boshqalar). Fantexnika taraqqiyoti sharoitida alohida kutubxona kitobxonlarning talablarini qondirishga qodir emas. Shuning uchun kutubxonalarni birgalikda faoliyat ko’rsatish jarayoni ko’zatilmoqda. Bu kutubxona tarmoqlarini markazlashtirishda namoyon bo’lmoqda.

    Har qanday kutubxonaning asosiy vazifasi kitob fondini jamlash, joylashtirish hamda kitobxonlarga xizmat qilishdan iborat. Kitob fondini jamlash uchun ushbu kutubxonaga kerakli nashrlar muntazam kuzatib boriladi, aniqlanadi va ularni kutubxonaga olish Kutubxona kol-lektori orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yirik kutubxonalar bosma nashrlarning to’liq yoki qisman nazorat nusxasini olish xuquqiga ega, shuningdek, ular uchun mamlakat ichida va chet mamlakatlardan kitoblar sotib olish imkoni yaratiladi. Kitobxonlarga xizmat ko’rsatish darajasi kutubxona fondini to’liq to’plashga birmuncha bog’liq.

    Kitob fondini to’g’ri tashkil qilish (hisobga olish, joylashtirish, saqlash va kitobxonga yetkazish) kitobxonga adabiyotdan foydalanishni, Kutubxona-chiga esa kitobxonga tez xizmat ko’rsa-tishni, fondni ijtimoiy mulk sifa-tida saqlashni ta’minlaydi.

    Zavonaviy ilmiy texnika taraqqiyoti kutubxonalar ishini murakkablashtirmoqda. Ko’gtlab bosma asarlarni ishlab chiqarishning beqiyos darajada o’sishi kutubxonalar oldiga ko’p hajmdagi nashrlarni tanlash, saralash va oqilova saqlash, kompyuterdar vositasida izlab topish va tezda kitobxonga yetkazish masalalarini ko’ndalang qo’yadi.

    Kutubxonalar faoliyati sharoitidagi o’zgarishlar avvalgi sermehnat an’anaviy kutubxona texnikasini mexanizatsiyalash va av-tomatlashtirish bilan almashtirish vazifasini dolzarb qilib qo’ymoqda. 50— 60- yil lardan kutubxonalarni texnika bilan ta’minlash birmuncha o’sdi. Ayrim kutubxona ichki jarayonlari (yirik kutubxonalarda ko’p kitoblarni harakatlantirish) konveyer va ko’targichlar yordamida amalga oshiriladi, kitob fondlaridan birgalikda foydalanishda zavonaviy uslublarni qo’llash, eng yangi texnika (jumladan, EHM)dan foydalanish va boshqa qo’llanilmokda. Yangi kutubxona anjomlari joylardan unumli foydalanishni, kutubxonachi mehnatining unumdorligini oshirishni ta’minlamoqda, kitobxonlarni adabiyotlar ustida ishlashini yengillashtirishga yordam bermoqda hamda ishlab chiqarish estetikasi talablariga to’liq javob beradi.

    Zavonaviy texnika kutubxonachini qo’l mehnatidan ozod etib, uni asosiy vazifasi — kitobxonlar bilan madaniy tarbiyaviy ishlar olib borishga ko’proq vaqt ajratishga imkon yaratmokda. Dunyodagi eng yirik kutubxonalar: AQShning Kongress kutubxonasi (Vashington), Britaniya kutubxonasi (London); Fransiya, Avstriya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning milliy kutubxonalari, Rossiyadagi Rossi davlat kutubxonasi (Moskva), Rossiya milliy kutubxonasi (Sankt-Peterburg) va boshqa, O’zbekistonda O’zbekiston milliy kutubxonasi, O’zbekistonning asosiy kutubxonasi, O’zbekiston milliy universitetining asosiy kutubxonasi, "Turon" kutubxonasi va boshqalar.


    1. BOB. ASOSIY QISM. AXMAD FARG`ONIY NOMIDAGI FARG`ONA VILOYAT AXBOROT KUTUBXONA MARKAZI WEB SAHIFASINI MODERNIZATSIYALASH LOYIHASI.

      1. Axmad Farg`oniy nomidagi Farg`ona viloyat axborot Kutubxona markazi malumotlari.

    Axborot- Kutubxona Markazi faoliyati, uning tarixi, tarkibiy tuzilishi, jamg’armasi haqidagi ma’lumotlar hamda kutubxona qoidalari, ish tartibi, ko’rsatiladigan xizmatlar bilan tanishtiramiz.

    Kutubxona rejalarida:



    • “Noyob kitoblar fondi”, “O’lkashunoslik sektori”, “Huquqiy axborot sektori”, “Axborot bibliografiya bo’limi” va boshqa ixtisoslashtirilgan EMBni saytda taqdim etish;

    • kutubxona nashrlari bilan tanishtirish;

    • tarkibiy bo’limlarimiz faoliyati haqida so’zlab berish;

    • tadbirlarimiz bilan tanishtirish;

    Kutubxona bosh maqsadi – kutubxona axborot resurslaridan barcha maksimal foydalana olishiga erishish! XXI asr boshlaridagi axborot inqilobi kutubxonalar ahamiyatini tubdan o’zgartirdi. Yangi axborot texnologiyalarini qo’llash natijasida axborotdan foydalanish imkoniyati ortdi.

    Shunga ko’ra Prezidentimiz I.Karimovning 2006 yil 20 iyundagi 381 sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi qarori kutubxona xizmatini shakllantirishda muhim qadam bo’ldi.

    Yangi axborot texnologiyalari asosida xizmat ko’rsatish, aholini tizimli axborot bilan yanada kengroq ta’minlash barcha kutubxonalarning asosiy vazifasi bo’ldi. Bugungi kun kitobxoni o’ziga kerakli bo’lgan kitobni elektron katalog yordamida bir necha soniyada topish, Internet orqali jahonning yirik kutubxonalari ma’lumotlar bazasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldi.

    Bugungi kunda Farg’ona viloyatida bitta axborot kutubxona markazi, 229 ta axborot resurs markazi, shuningdek, ikkita ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasi va turli tashkilotlar kutubxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.

    Mamlakat Prezidenti Qaroriga ko’ra, Axborot-kutubxona markazi viloyat kutubxonasi negizida tashkil etildi, axborot resurs markazlari esa tegishli boshqarma va o’quv yurtlari tasarrufiga o’tkazildi.

    Kutubxona Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat ilmiy –universal kutubxona Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi (AKM) deb o’zgartirildi va O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (2012 yildan - O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi, 2015 yil 4 fevraldan - O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini rivojlantirish vazirligi) tasarrufiga o’tkazildi.

    AKM tarkibi ham o’zgardi, yangi bo’lim va sektorlar paydo bo’ldi. Lokal kompyuter tarmog’i tashkil etildi. AKM Internetga (shu jumladan ZiyoNET) kirish imkoniga ega. “Irbis” kutubxona dasturi asosida barcha kutubxonachilik jarayonlari avtomatlashtirilgan.

    5 ta avtomatlashtirilgan ishchi o’rinlari (AIO’) “Administrator”, “Komplektlovchi”, “Kataloglashtiruvchi”, “Kitobxon”, “Kitob berilishi” tashkil etilgan. Axborot texnologiyalari bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan “Statistika” fayllar kompleksi asosida asosiy kutubxona statistikasi avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilmoqda.

    Bugungi kunda Ahmad Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyat axborot- kutubxona markazi – Respublikadagi eng yirik kutubxonalardan biridir.

    Kutubxona jahonning 20 dan ortiq tildagi 316 mingdan ziyod axborotni turli tashuvchilardagi noyob nashrlar jamg’armasiga ega.

    AKM bugungi kunda axborot resurslaridan aholining barcha qatlam vakillari foydalana olishiga va noyob kutubxona jamg’armasini kelgusi avlod uchun imkon darajasida saqlab qolishga harakat qilmoqda.

    Kutubxona turli axborot xizmat larini – Internetdan foydalanish, kompyuterda ishlash, skanirlash, yuklama manbalarga nusxa ko’chirish xizmatlarini na faqat viloyatimiz balki undan tashqari hududlar aholisiga ham taqdim etmoqda.

    O’z faoliyatida yangi axborot texnologiyalarini faol qo’llamoqda. 2007 yilda StPPMP, TrendSW va BePro-education Center Farg’ona filiali xodimlari ko’magida 53 ta kompyuter uchun lokal tarmoq o’tkazildi. AKMning kompyuter parki 76 kompyuterni tashkil etib, ulardan 76 tasi lokal tarmoqqa ulangan.

    Kutubxona umumiy fondining elektron katalogi (EK) tashkil etilgan va boyitib borilmoqda. Bugungi kunda AKMda 5 ta avtomatlashtirilgan ishchi o’rinlari: administrator, komplektator, katalogizator, kitobxon, kitob berilishi ishlab turibdi.

    AKM kutubxonachilik sohasini rivojlantirish, kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirish bo’yicha turli milliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishda, «Markaziy Osiyo – 99”, Markaziy Osiyo - 2006» hamda «Krim – 2001» anjumanlaida ishtirok etib kelmokda. Kutubxona AKMda o’tkazilgan «CENTER Asia-2008» 5- Xalqaro konferenstiya tashkilotchilari safiga kiritildi.

    Kutubxona o’z kitob jamg’armasini an’anaviy va elektron kataloglar, kartotekalar va turli shakldagi ko’rgazmalar orqali har tomonlama ochib beradi.

    Kutubxonada mahalliy shoirlar, yozuvchilar, rassomlar, olimlar ishtiroqida yangi adabiyotlar taqdimoti, kitobxonlar konferenstiyalari va boshqa madaniy dasturlar muntazam o’tkazib kelinmoqda.

    Kutubxona AKM viloyatda mavjud turli muassasalarning 1600dan ziyod kutubxonalarini o’z ichiga olgan 247 ARM xodimlari uchun uslubiy markaz hisoblanadi. AKM xodimlari Mudofaa Vazirligining Farg’ona gornizoni tarkibiy bo’linmalari kutubxonalari va kasaba qo’mitasi kutubxonalariga metodik yordam ko’rsatadilar. ARM direktorlari AKMning ilmiy uslubiyat bo’limi tomonidan tashkil etiladigan seminar mashg’ulotlarida o’z malakalarini oshirish, kutubxona sohasidagi innovastion jarayonlar bilan tanishish imkoniga egadirlar.

    AKM xodimlari Respublika AKM tomonidan o’tkaziladigan seminarlarda katnashib, o’z bilim va kasbiy malakalarini oshiradilar.

    Har yili kutubxonaga 250 mingga yaqin foydalanuvchi qatnab, ularga 500 mingdan ziyod turli tashuvchilardagi nashrlar berish bilan xizmat ko’rsatiladi.

    AKMda kutubxona-bibliografiya xizmati ko’rsatish ortib bormoqda, axborot - kompyuter texnologiyalarini samarali ko’llash natijasida kitobxonlarga taqdim etiladigan xizmatlar turini yil sayin kengaytirib bormoqda.


        1. Axmad Farg`oniy nomidagi Farg`ona viloyat axborot Kutubxona markazi tarixi.

    Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat axborot - kutubxona markazi qariyb bir asrdan ortiq tarixga ega. U 1899 yilda xalq muzeyi bo’limi huquqida ochilgan, unga Yangi Marg’ilon shahar kutubxonasi deb nom berilgan. U vaqtda kutubxona jamg’armasi 853 nusxadagi kitoblardan tashkil topgan bo’lib, kitobxonlar doirasi faqat shahar ziyolilaridan iborat bo’lgan. Aholining boshqa qatlamlari uchun kutubxona xizmatidan foydalanishning imkoniyati yo’q edi.

    1926 yilda kutubxona hamda Toshkent Davlat kutubxonasi o’rtasidagi adabiyotlar almashinuvi natijasida bizning kutubxona qoshida o’zbek bo’limi ochilgan. Lekin ko’p vaqt o’tmasdan bu bo’lim klub ixtiyoriga o’tkazilgan, faqat 1931 yilga kelib kutubxona qoshida qaytadan o’zbek bo’limi ochilgan.

    1933 yilda bolalar bo’limi o’z faoliyatini boshlagan.

    1939 yilda esa shahar kutubxonasi negizida viloyat kutubxonasi tashkil topdi, natijada kutubxonaga bo’lgan talablar ham ortdi. Farg’ona kutubxonasining tarixi 1908 yildan to 1949 yillargacha doimiy rahbari bo’lgan Vera Kirillovna Levashovaning taqdiri bilan chambarchas bog’liqdir. Vera Kirillovna 1953 yilgacha, mehnat faoliyatini boshlaganiga 60 yil to’lguniga qadar kutubxonada ishlashni davom ettirdi. Shu yili u viloyatda birinchilardan bo’lib “O’zSSRda xizmat ko’rsatgan kutubxonachi” faxriy unvoniga sazovor bo’ldi.

    1950-1960 yillar davomida Xidoyat Xidoyatovich Yagofarov va Galim Faridovich Xayretdinovlar kutubxonaga rahbarlik qilishdi. Bu davrda hamkasblarining ishlarini davom ettirish uchun yosh mutaxassislar kelishdi.

    1956 yildan boshlab Farg’ona viloyati tarixi, iqtisodi, madaniyati va atoqli arboblari hayotiga oid o’lkashunoslik materiallarini yig’ish bo’yicha faol harakatlar boshlangan va hozirda 1500000 dan ziyod noyob axborot kartochkalariga ega o’lkashunoslik kartotekasi tashkil etilgan.

    Kutubxona 1970 yilda 500 ming nusxaga mo’ljallangan uch qavatli maxsus jihozlangan va har tomonlama qulay binoga ko’chib o’tdi. Bino ichida kitobxonlar uchun 400 o’rinli 6 ta ixtisoslashtirilgan qiroatxona, tadbirlar zali, shahar abonementi, bibliografiya, uslubiyat, adabiyotlarni komplektlash va ishlov berish, kitoblarni saqlash bo’limlari joylashgan.

    Shu yili kutubxonaga Farg’onani jahon ilm ahliga tanitgan buyuk vatandoshimiz, 9 asrda yashab ijod etgan o’zbek olimi Ahmad Farg’oniy nomi berilgan. 

    1980 yilda esa kutubxona peshtoqini farg’onalik haykaltarosh Ayder Aliev tomonidan ishlangan Ahmad Farg’oniyning barelevi bezadi Yangi binoga ko’chib o’tish munosabati bilan uning tarkibi o’zgardi, xodimlar shtati kengaydi.onlama qulay binoga ko’chib o’tdi. Bino ichida kitobxonlar uchun 400 o’rinli 6 ta ixtisoslashtirilgan qiroatxona, tadbirlar zali, shahar abonementi, bibliografiya, uslubiyat, adabiyotlarni komplektlash va ishlov berish, kitoblarni saqlash bo’limlari joylashgan.



    Kitob haftaliklari, qiziquvchilar klublari, adabiy-musiqiy payshanbalar, “o’lkashunoslik adabiyotlari haftaliklari”, “Bibliografiya kunlari” ko’plab kitobxonlarni jalb qila boshladi. Kutubxona tarixiga 1977 yil og’ir davr bo’lib kirdi. Bu yili shaharda bo’lib o’tgan sel ofati oqibatida kutubxonaning eng pastki qavatida joylashgan kitob saqlash bo’limi suv ostida qoldi. Kutubxona jamg’armasining uchdan bir qismi, asosan asr boshida chop etilgan nodir adabiyotlarning bir necha mingi, 1920-1930 yillarda bosmadan chiqqan gazeta to’plamlari va boshqa moddiy boyliklar yaroqsiz ahvolga keldi. Kutubxona jamg’armasini qaytadan to’ldirish zaruriyati tug’ilib, keyingi yillar davomida bu vazifa ado etilmoqda. Bir vaqtning o’zida kataloglar bilan ham ish olib borildi. Bu ishni amalga oshirishda G.A. Lenina boshliq bibliografiya bo’limi xodimlarining xizmati katta. Ular tashkil etgan alfavit va sistemali kataloglar bugungi kunda ham jamoaning faxridir.

    1980 yillarda kutubxona faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri viloyat kutubxonalariga uslubiy yordam ko’rsatish bo’ldi. Uslubiyat bo’limi rahbarligida kutubxonaning barcha bo’limlari metodik ishlarni olib bordilar. Shu yillar davomida har yili 200 marta joylarga chiqib, 12 ta viloyat, birlashgan va maxsus seminarlar o’tkazildi. Viloyatda kutubxona faoliyatining turli masalalari bo’yicha 5 ta ilg’or tajriba maktablari faoliyat yuritdi. Viloyat kutubxonasi qoshida respublika seminarlari, ilmiy-amaliy konferenstiyalar va ilg’or tajriba maktablarining mashg’ulotlari o’tkazilgan. Viloyatda “Eng yaxshi mutataxassis” tanlovi va turli ko’riklar o’tkazilgan. Mutaxassislik malakasini oshirish maqsadida viloyat kutubxonasi uslubiyat bo’limi direktorlar, xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari va bibliograflari uchun seminarlar o’tkazadi. Viloyat kutubxonachilari, xizmat ko’rsatish bo’limi, komplektatorlar uchun stajirovka va praktikumlar tashkil etiladi. Shuningdek, ilg’or tajriba maktabining mashg’ulotlari davom ettirilmoqda. Shu davrda kutubxona fondini O’zbekiston xalqlari ma’naviy qadriyatlari, tarixi va madaniyatiga oid adabiyotlar bilan to’ldirishga alohida e’tibor qaratildi.

    1990 yillarda mamlakatda ro’y bergan global o’zgarishlar kutubxonalar faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatdi. Madaniy-ma’rifiy muassasalarni yangi xo’jalik yuritish sharoitlariga o’tkazish haqidagi Asosiy Nizomning ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat kutubxonalari aholiga kutubxona xizmati ko’rsatishni yaxshilashning samarali vositasi hisoblangan pullik xizmat ko’rsatishga o’tdi. Kutubxonalarda tungi abonement, fonddan chiqarilgan adabiyotlarni aholiga sotish, til o’rganish kurslari, kutubxonachilik kurslari va boshqa pullik xizmat turlari amalga oshirila boshlandi.

    1991 yilda O’zbekiston Mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekistonning madaniy merosi, tarixi va tilini o’rganish bo’yicha ishlar jadallashdi, o’lkashunoslik ishlariga katta e’tibor berila boshlandi.

    90-yillar oxiri 2000 yillar boshida, qayta qurish davrida kutubxona mukammallashish jarayonini boshidan kechirdi, kitobxonlarni jalb qilishning yangi usullarini topish harakatida bo’ldi. O’sha davrda O’zbekiston hududida va yaqin xorijda o’tkazilgan turli xalqaro kutubxonachilik akstiyalarida ishtirok etish («Qrim», «Central Aziya», «Issiq-ko’l» konferenstiyalari, Sankt-Peterburg, Moskva, Qirg’izistondagi seminar-treninglarda ta’lim olish va h.k) shunday usullardan biri bo’ldi. Bularning barchasi nafaqat xorijiy kutubxonalar faoliyatini o’rganish, balki kutubxona faoliyatining rivojlanishi uchun amalga tadbiq etish, kutubxona fondlarini to’ldirish, shuningdek, xizmat ko’rsatish va xizmatlarning yangi shakllarini tashkil etishda yordam berdi. Megaloyiha - Rossiya «Pushkin kutubxonasi», «Huquqiy bilimlar mahallaga», «Kitob fondining butligini saqlash uchun qulay sharoit yaratish», «Odamlar va kitoblar», «Lotin yozuvini o’qitish », «Fuqarolik jamiyati uchun nogironlik masalalari bo’yicha axborot resurs tarmog’i», «Farg’ona vodiysi kutubxonalari: do’stlik ko’priklari», «Teng imkoniyatli kutubxona» kabi turli loyihalarda qatnashib, na faqat fan sohalari bo’yicha turli xildagi nashrlar bilan kutubxona fondini boyitishga erishildi, balki yangi tarkibiy bo’lim - bugungi kunda shahar aholisi o’rtasida ommabop hisoblangan huquqiy axborot markazi tashkil etildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyun PQ-381- sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga asosan viloyat kutubxonasiga viloyat axborot-kutubxona markazi nomi berildi. Qaror qabul qilinishi bilan kutubxonaning tuzilishida ham o’zgarishlar sodir bo’ldi, yangi tarkibiy bo’limlar tashkil etildi. Bular: Axborot texnologiyalari bo’limi; Ma’naviyat va ma’rifat sektori; Elektron o’quv zali. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida: zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmog’ini tashkil qilishni takomillashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan prinstipial yangi axborot markazini tashkil etish, shuningdek, aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash vazifalari amalga oshirilmoqda.

    2008 yil 21-25 oktyabr kunlari Farg’ona viloyat AKMda navbatdagi “Fan, ta’lim, madaniyat, biznes sohalarida internet va kutubxona-axborot resurslaridan foydalanish” «Central Asia – 2008» 5-xalqaro konferenstiya o’tkazildi.

    Barcha kutubxonachilik jarayonlari avtomatlashtirildi.



    2009 yil - o’lkashunoslik sektori qoshida kutubxona va Farg’ona viloyati tarixi muzeyi tashkil etildi.

    2010-2011-2012 yy. – “Kutubxonachilar maktabi” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida Farg’ona va Andijon viloyatlaridan 171 nafar ARM kutubxonachilari ta’lim oldilar.

    Mashg’ulotlar “Kutubxonachilik ishi” va “Kutubxona faoliyatida axborot texnologiyalari”, “Internetdan foydalanish, axborotni qidirish va hujjatlarni elektron shaklda etkazish” va “Elektron kutubxona va kataloglarni shakllantirish” yo’nalishlarida olib borildi.

    Ta’lim jarayoni va imtihon natijalariga ko’ra olti guruhdan saralab olingan 20 nafar kutubxonachilar uchun “ARM ishini tashkil etishga o’qitish bo’yicha trenerlik mahorati” kursi o’tkazildi.

    AKMning ta’lim berish bo’yicha faoliyatini kengaytirish maqsadida “O’quv-maslahat markazi” tashkil etildi va Quvasoy shahridan 10 nafar fermerlar “Boshlang’ich kompyuter savodxonligi. Internet tarmog’ida ishlash” 8 kunlik kurslarida o’qitildi.

    Loyihani amalga oshirish quyidagi katta tadbirlarni o’tkazish imkonini berdi:


    •  «Davra suhbati» - AKM, ARM va viloyat hokimligi vakillari ARM kutubxonachilari malakasini oshirish muammolarini muhokama qildilar

    • “Kitob bayrami” – ”Yil kitobi” va “Yil kitobxoni” nominastiyalari bo’yicha g’oliblar aniqlanib, esdalik sovg’alari topshirildi.

    • “ARM ishini tashkil etish” metodik qo’llanmasi nashr etildi.

    2013 yilda barcha standartlarga mos bo’lgan bosma nashrlarning sifatli elektron nusxasini yaratish imkonini beruvchi Maksimal formati -A2(A2=594x420mm) «By Metis» kitob skanerini sotib olindi. Mazkur skaner ko’p so’raladigan nashrlarni elektron shaklga o’tkazishni

        1. Axmad Farg`oniy nomidagi Farg`ona viloyat axborot Kutubxona markazi jamg’armasi

    Bugungi kunda kutubxona fondi 316 ming nusxadan ortiq nashrlarni tashkil etadi. Ulardan:

    Matbuot nashrlari

    9600 ming nusxa

    Texnikaga oid adabiyotlar

    55 ming nusxa

    Qishloq xo’jaligiga oid adabiyotlar

    24 ming nusxa

    Chet el adabiyoti

    4583 nusxa

    4583 nusxa

    25 ming nusxa

    Badiiy adabiyotlar

    88 ming nusxa

    Tabiiy-ilmiy va tibbiyotga oid adabiyotlar

    55 ming nusxa

    Filologiya fanlariga oid adabiyotlar

    26 ming nusxa

    Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar

    32 ming nusxa

    Farg’ona tarixini o’rganishda o’lkashunoslikka oid adabiyotlar katta ahamiyatga ega:

    - Bolshoy Ferganskiy kanal, - 1939 god;

    - Tyuya-muyunskoe mestonaxojdenie radievыx rud v Fergane, M. - 1925;

    - Xodjentskie mestonaxojdeniya povarennoy soli v Fergane, M. - 1931;

    - Zemlya korennogo osedlogo naseleniya Ferganskoy oblasti, M. - 1924;

    - Ejegodnik Ferganskoy oblasti, - 1904 g.

    Nodir adabiyotlar fondi XVIII asr oxirlarida nashr etilgan juda noyob kitoblarni o’zida jamlagan. Ko’pgina kitoblar Skobelev ayollar gimnaziyasi kutubxonasi fondidan, 7-Turkiston o’qchi polkining Ofisterlar kutubxonasidan, shuningdek, 4- Turkiston quymachilik (liteynыy) bataloni kutubxonasidan keltirilgan. Bular:

    - Enstiklopedicheskiy slovar, 1890 yilda Sankt-Peterburgda nashr etilgan, mualliflar F. Brokgauz va Efron;

    - Mirozdanie, muallif V. Mayer, 1903 yilda Sankt-Peterburgda nashr etilgan;

    -Anton Solisning 1765 yilda nashr etilgan Istoriya o pokorenii Meksiki kitobi mutaxassislarda katta qiziqish uyg’otishi mumkin;

     -Istoriya Zemli. M. Neymar, 2 tomlik. T.1.-1902 y., t.2.-1904 y.;

     -Vselennaya i chelovechestvo 5 tomlik. SPb., 1896 y.;

    1900 yilda Moskvada nashr etilgan, Buxoro va Samarqandga bag’ishlangan boblarni o’z ichiga olgan “Osiyo” illyustrastiyali geografik to’plami katta qiziqish uyg’otadi. Kaufmanning Po novыm mestam (ocherki i putevыe zametki). - SPb., 1905 y. kitobining yangi va eski Toshkent bobida Toshkent haqida yozilgan, shuningdek kitobda, O’rta Osiyo yo’llariga bag’ishlangan bob ham mavjud.

    Inqilobdan oldingi nashrlar fondining uchdan bir qismini XIX va XX asr boshlarida chop etilgan jurnallar tashkil etadi: Istoricheskiy vestnik, Vestnik Evropы, Otechestvennыe zapiski va boshqalar. Fondning ko’pgina qismini butunjahon tarixi, qadimgi va Chor Rossiyasi tarixiga oid kitoblar tashkil etadi. Masalan:

    - Doistoricheskiy chelovek: drevniy kamennыy vek. Tretyakov D. K. M., 1913 g.;

    - Jizn 12 Stezarey. SPb., 1904 g.;

    - Istoriya Ekaterinы Vtoroy. Brikner A., SPb., 1885 g.;

    - Tri veka: Rossiya ot smutы do nashego vremeni. Istoricheskiy sbornik pod redakstiey Kallasha V. - M., 1913 g.

    Kutubxona fondida shuningdek kichik hajmdagi mitti nashrlar ham mavjud:

    - Lirika. Uvaysi. (nasledie izvestnoy uzbekskoy poetessы XIX veka), - T., 1984 g.;

    - Chas rassveta. Furkat. (Izbrannoe). - T., 1978 g.;

    - Ugirlar. Abu ali Ibn Sino. - T., 1980 g.;

    - Atlas Ameriki. Iz serii Gosudarstva i territorii, - M., 1989 g.;

    - Sto stixotvoreniy sta poetov. Starinnыy izbornik yaponskoy poezii VIII-XIII v. - M., 1990 g.;

    - Franstuzskaya srednevekovaya lirika. - M., 1990 g. mavjud.

    San’atga oid adabiyotlar fondi 7 ming atrofida nota nashrlari va ovozli yozuvlar, shuningdek, 6 mingdan ortiq musiqa va tasviriy san’atga oid adabiyotlardan tashkil topgan. Fondda chet ellik va mamlakatimiz rassomlarining albomlari, shuningdek, O’zbekiston san’atini yorituvchi albomlar bor:

    -Tashkentskaya rospis (Iz alboma narodnogo mastera A. Kasыmyajanova). - T. 1958 g.;

    - Kovrы narodov Sredney Azii konsta XIX-XX vv. (Materialы ekspedistii 1929-1945 g.) - T., 1970 g.;

    - Iskusstvo uzbekskoy vыshivki. Rassudova R. - Tashkent, 1961 g.;

    - Zodchestvo Uzbekistana (Albom). - Tashkent, 1959 g.;

    - Yuvelirnoe iskusstvo Uzbekistana. Faxredinova D. - T., 1988 g.;

    - Pesn v metalle. (Narodnoe iskusstvo Uzbekistana). - T., 1986 g.;

    Vostochnoe serebro.-SPb., 1909 y., Rossiya imperiyasida topilgan Sharq davlatlariga mansub Qadimgi oltin va kumush idishlar Atlasi alohida qiziqish uyg’otadi.

    Nota nashrlari va ovozli yozuvlar fondida mamlakatimiz va chet el kompozitorlarining barcha janrlardagi asarlari: vokal, cholg’u, simfonik, opera va balet parniturasi, ommaviy va estrada qo’shiqlari taqdim etilgan. Maxsus oliy o’quv yurtlari, kollej va maktablar uchun o’quv-pedagogik nashrlar mavjud.

    - F. Shopen. Poln.sobranie sochineniy - Polskoe izdatelstvo. Krakov;

    - Shostakovich. Sobranie sochineniy v 42 tomax. - M., 1980 g.

    Jamg’armada kitob va broshyuralardan tashqari gazeta va jurnallar komplektlari saqlanadi. “Qizil O’zbekiston” va “Pravda Vostoka” respublika gazetalari 1925 yildan boshlab saqlanadi, viloyat “Farg’ona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalari esa 1940 yildan saqlanadi.

    Ma’lumonoma-bibliografiya bo’limining fondi 3250 nusxani tashkil etadi. Bo’limda 1949 yildan 1993 yilgacha bo’lgan kitob solnomasi, 1949 yildan 1993 yilgacha jurnal maqolalari solnomasi, 1952 yildan gazeta maqolalari solnomalari ham mavjud. Shuningdek,Restenziyalar solnomasi, Notalar solnomasi, Kartografik solnomalar ham mavjud.

    Fondning hajmi bir muncha katta bo’lishi mumkin edi, afsuski, 1977 yilgi suv toshqini oqibatida 230 ming nusxa nashrlar nobud bo’ldi.


      1. Web sayt va uni tashkil etish texnalogiyasi.

    Bugungi kunda Internetning ommaviyligi haqida gapirish o’rinsiz. Internet hayotimizning bir bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson Web-texnologiyalarning inson hayotining talim, kommersiya, siyosat, ko’ngil ochar va ho.ka, bo’laklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda.

    Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Hamma Internet tarmog’idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop etish malakasi yozuv mashinasidan foydalanish kabi har bir, hatto o’rta ma’lumotga ega bo’lgan insonning qo’lidan keladi.

    So'ngi paytda Internetni shiddat bilan rivojlanishi va uning foydalanuvcxilari sonini kundan-kunga ortib borishi bois Internetda turli yo'nalishda web sahifalar soni ham ortib bormoqda. Internet orqali savdo-sotiq ishlarini olib borish , masofadan turib universitetlarga o'qishga kirish va nufuzli universitetlar diplomini olish ham mumkin. Turli provayderlar nafaqat firma va kompaniyalar balki dunyo bo'ylab millati, dini va tilaidan qatiy nazar oddiy fuqarolar uchun ham internetda o'z sahifalarini joylashtirish imkoniyatini taklif etmoqda. Internetda o'z sahifangizni yaratish uchun siz albatta web sahifa yaratish texnalogiyasi haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lishingiz lozim.

    Ushbu qo'llanma bilan tanishib chiqsangiz web sahifa yaratish usullari va uning uchun eng zarur bo'lgan - HTML - hyper text markup language (gippermatnlar belgilash tili) haqida dastlabki ma'lumotga ega bo'lasiz. HTML - bu dasturlash tili emas, balki web safivada matn, tasvir va boshqa ma'lumotlarni qanday ko'rinishda joylashtirilishini belgilovchi vosita.



    WEB SITE nima?

    Agarda internetda ishlagan bo’lsangiz siz internet sahifasi nima ekanligini ko’rgansiz.

    Misol qilib http://www.google.uz yoki http://www.mail.uz kabi sahifalar bular hammasi Internet sitelardir, ularni har bir oynachasi bir web sahifadir.
    Har bir internet sahifa HTML ko’dlari orqali yaratiladi. HTML bu HyperText Markup

    Language. Bu degani, bir programmalash tilidir.



    URL nima?

    URL bu Uniform Resource Locators, ya’ni bu har bir site’ning nomidir. Har bir site nomi hech yerda qaytarilmaydi va boshqa joyda ishlatilmaydi. Buqaytarilmas site nomidir. Misol uchun http://www.mail.uz faqatgina bittadir, boshqa hech qayerda shu nomli site ocxilishi mumkin emasdir, va ocxilmaydi ham.URL to’rt qismdan iboratdir.

    Protocol://ServerName:PortNumber/FileName

    Protocol: bu http protokolidir.

    ServerName: mail.uz

    PortNumber: 80, agarda hech narsa yozilmagan bo’lsa bu avtomatik ravishda 80 portdir.

    FileName: Ko’pincha ko’rsatilmaydi, serverning ishlashiga bog’liqdir. TEG tushunchasi

    HTML sahifa nima? - bu oddiy text fayl bo'lib, .html qisqartmasiga ega. HTML sahifani yaratish uchun maxsus dastur shart emas. Matin tahrirlovchi har qanday dastur orqali HTML sahifa yaratish mumkin. Ana shunday matn tahrirlovchi oddiy dasturlardan biri bo'lgan Notepad (Блокнот), Windows muhitida ishlovchi har bir kompuytreda mavjud. HTML sahifaning asosiy elementlaridan biri bo'lgan Teglar haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lsak

    HTML TEG:

    Bu HTML hujjatdagi turli elementlarni (matn, tasvir va boshqalar) web sahifada qanday ko'rinishda aks etirish lozimligini brauserga ko'rsatuvchi komandalar. Teglar malum o'lcham va vasifani bajaruvchi komandalardir. Teg quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

    hujjat elementi

    Ko'rib turgasningizdek teglar '<>' uchburchaksimon qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi. Uchbur-chaksimon qo'shtirnoq ichiga Teg nomi va uning o'lchamlari yoziladi. Quyida teg va uning o'lchamlari yozilishiga misol keltirilgan:



    Hello World!

    Misolda keltirilgan teglar HTML hujjatga kiritilganda Hello World! jumla qizil rangda, ajratilib yoziladi. Teglar orasida kiritilgan matn, teg o'lchamlarida qanday komandalar berilgan bo'lsa shu komandalarga bo'ysingan holda ekranda hosil bo'ladi. Bu misolda Hello World! jumlasiga nisbatan ikkita teg ishlatilgan. 1 - teg va 2 - teg . Hello World! jumlasidan keyin yana ikki teg va yozilgan. Bularning farqi shundaki, birinchi ikkita teg ochuvchi va jumladan so'ng yozilgan ikkita teg esa jumla oldida yozilgan teglarni davomi ya’ni yopuvchi teglardir. Yopuvchi teglarning vazifasi ocxilgan teg ta'sir maydoni tugaganligini belgilashdan iborat. HTML hujjatda deyarli barcha teglarni yopish lozim. '/' slesh belgisini qo'shish orqali yopuvchi teg yasaladi.

    Dastlabki Web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va giperko’rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web texnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga inter faol xususiyati berildi. Web texnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu script tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web serverining ishini yengillashtirish, xar-xil ishlar uchun Web serverini bezovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyuterining o’zida yaratishdir. Web texnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar SGI dasturlar bilan bevosita bog’liq bo’lib, SGI dasturlar serverda joylashgan va server imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular serverga kelgan so’rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo’ladi.

    Web sahifa Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma’lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, video, audio ma’lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Internet resurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tegishli ma’lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tejash imkonini beradi. Shu bois matematika va informatika yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web texnologiyalarni alohida kurs sifatida o’qitila boshlandi.




    Download 4.69 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 4.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim

    Download 4.69 Mb.