• Adabiyotlar
  • O'zbekiston respublikasi




    Download 0.66 Mb.
    bet4/41
    Sana19.03.2017
    Hajmi0.66 Mb.
    #399
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Tayanch iboralar:

    1. Kimyoning asosiy tushunchalari.

    2. Atom, molekula, kimyoviy element.

    3. Oddiy va murakkab moddalar.

    4. Molekulyar va nomolekulyar moddalar.

    5. Atom, ion, metall panjaralar.

    6. Asosiy stexiometrik konunlar.
    Nazorat sovollari:

    1. Kimyo fani.

    2. Kimyo fani rivojlanishining kiskacha tarixi.

    3. M.V.Lomonosovning atom-molekulyar nazariyasi.

    4. Gey-Lyussakning xajmiy nisbatlar konuni.

    5. Ekvivalentlar konuni.

    6. Tarkibning doimiylik konuni

    7. Kristall turlari

    8. Karrali nisbatlar konuni

    9. Izotoplar

    10. Amper gipotezasi
    Adabiyotlar:

    1. 6-45 betlar

    2. 32-45 betlar

    3. 57-100 betlar

    4. 25-50 betlar

    MA'RUZA № 2
    ATOM TUZILISHI
    R E J A :

    1. Radioaktivlik

    2. Atom tuzilishining planetar modeli

    3. Atomlarning elektron formulalari

    4. Pauli prinsipi.

    5. Xund koidasi. Valentlikning kvant mexanik tabiati

    6. Atomlarda elektron bulutlarning strukturasi. Energiyaning minimumga intilish (afzallik) prinsipi.

    Atom murakkab sistema bulib, mikroolam konunlariga buysunadigan, xarakatdagi zarrachadir.

    Atom-kimyoviy elementning kichik zarrachasi bulib, uzida elementning ma'lum xossalarini mujassamlashtirgan buladi. Atom erkin yoki birikma xolatida buladi.

    XX asr boshlarigacha atom moddaning oxirgi bulinish darajasi deb kelindi. Bunday tasavvurlarning bir tomonlama va cheklanmaganligini ayrim olimlar tushunar edi. Masalan XIX asrning boshida Moskva Davlat universitetining professori G.M.Pavlov atomning tuzilishi murakkab, uning tuzilishida manfiy va musbat elektr zaryadi ishtirok etadi, degan fikrni ilgari surdi. Ulug rus olimi A.M.Butlerov 1886 yilda kuyidagicha yozgan edi: "Xozirgi vaktda ba'zi elementlarning "atomlar" deb ataladigan zarrachalari, asl moxiyati bilan aytganda, balki kimyoviy yul bilan bulinish xususiyatiga egadir, ya'ni ular uz tabiati jixatidan bulinmaydigan zarrachalar bulmay, balki xozirgi bizga ma'lum bulgan vositalar bilangina ajratib bulmaydigan zarrachalardir va ... keyin borib kashf etiladigan prosesslarda ajratish mumkin buladi."

    XX asr boshida katod nurlarining tabiatini fotoeffekt va termoemissiya, elektroliz, radioaktivlikni urganish va boshka ishlar bilan atom tuzilishining murakkab, diskret tuzilganligi isbotlandi.

    Atomning ichki tuzilishini bir-biridan massalari, ulchamlari, zaryadi, yashash vakti bilan fark kiladigan mayda zarrachalar tashkil kiladi. Bu zarrachalar elementar zarrachalar deyiladi. Xozirgi vaktda bunday zarrachalardan 200 ga yakini ma'lum.

    Katod nurlari. Atomning murakkabligini tasdiklovchi dastlabki tajriba ma'lumotini 1879 yilda, siyraklashtirilgan gazlarda elektr razryadi xosil bulish xodisasini tekshirish natijasida kulga kiritildi. Agar ichidagi xavosi surib olingan shisha nayning bir uchiga katod, ikkinchi uchiga anod kavsharlanib unga yukori chastotali tok ulansa, katoddan nur tarkala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari deyiladi. Elektr va magnit maydonida bu nurlar dastlabki yunalishdan musbat kutbga ogadi (1-rasm).

    Bu esa ularning manfiy zaryadlanganligini kursatadi. Katod nurlari katta tezlik bilan xarakat kilayotgan manfiy zarrachalar okimidir. Bu zarrachalar keyinchalik elektronlar deb ataldi.








    Download 0.66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 0.66 Mb.