O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti




Download 3.64 Mb.
bet5/18
Sana27.06.2021
Hajmi3.64 Mb.
#15201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
T a r i x i . Dastlabki geografik tasavvurlar yunon olimlari Fales (mil. av. 625—547 y.lar), Anaksimandr (mil. av. 610—347 y.lar), Miletlik Geka-tey (mil. av. 546—480 y.lar), Gerodot (mil. av. 486—425 y.lar), Platon (mil. av. 427—347 y.lar), Aristotel (mil. av. 384—322 y.lar)ning tabiat falsafasi yoki tarixga oid asarlarida uchraydi. «Geografiya» nomli birinchi ilmiy asar Eratosfen (276—194 yillar) tomonidan yaratilgan. Bu asar o’z davrigacha to’plangan geografik ma’lumotlarni tartib bilan taxlil qilishning eng dastlabki namunasi bo’lgan. Yunon olimlarining asarlarida hozirgi vaqtda ham mavjud bo’lgan matematik geografiya, mamlakatshunoslik, rayonlashtirish va tasviriy geografiya kabi yo’nalishlarga asos solingan edi. Geografik xaritalarning ilk namunalari ham ular tomonidan yaratilgan.

Ilm-fan, ma’rifat va madaniyat, shuningdek, Osiyoda, ya’ni g`arbda O’rta dengiz bo’ylaridan, sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolda Orol dengizi kengliklaridan janubda Arabiston dengizi qirg`oklarigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan Sharq olamida rivojlana boshladi. Bu davrda, ayniqsa, 9— 11-asrlarda fan va madaniyat tez sur’atlarda rivojlandi, yuzlab ilm-fan namoyandalari, olimlar etishib chikdi. Ulardan Movarounnahr va Xuroson olimlari etakchi o’rinlarni egallagan. O’sha davrda yashab, ijod qilgan va jahon fanida o’chmas iz qoldirgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Jayhoniy, Abu Zayd va Abu Ma’shar Ja’farlar, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg`ariy kabilar shunday olimlardan. Ular Er meridiani uzunligini aniklash, joylarning geografik koordinatalari jadvallarini tuzish, geografik xaritalar tuzish, ayrim geografik hodisa va jarayonlarning sabablarini izohlash, turli mamlakatlar tabiatini tasvirlab yozish ishlarini davom ettirdilar. Ko’pgina tarixiy-geografik va astronomik-geofizik asarlar yoziddi. O’rta asrlardagi Sharq olimlarining geografik merosi I.Yu.Krachkovskiy, H. Hasanovlar tomonidan taxlil qilingan.

Tabiiy geografiyaning rivojlanishi tarixida 15—16-asrlarda Evropadagi Uygonish davri bilan bog`liq bo’lgan Buyuk geografik kashfiyotlar muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O’sha vaqtda yangi erlarning evropaliklar uchun ma’lum bo’lishi tabiatshunoslikning, shu jumladan, tabiiy geografiyaning taraqkiyoti uchun ham turtki bo’ldi. Insonlarning geografik tasavvur doirasi ancha kengaydi. O’sha davrda Movarounnaxrda Hofizi Abro’, G`iyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirzo Ulug`bek, Bobur, Muhammad Haydar Mirzo kabilar o’z asarlari bilan tasviriy geografiyaning rivojiga munosib hissa qo’shdilar.

Tabiiy geografiyaning tarixidagi yana bir muhim bosqich 19-asrning 1-yarmidan 20-asrning 60-yillarigacha davom etib, yangi ilmiy tabiiy geografiyaning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Bu davrning boshlanishi nemis tabiatshunosi A. Gumboldt asarlariga borib taqaladi. Uning buyuk xizmati tabiat komponentlari orasidagi o’zaro aloqadorlikning taxlili geografiya fani uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini ochib berishda edi. Tabiiy geografiyadagi bu g`oya keyinchalik V. Dokuchaev, L. S. Berg, A. Grigorev, S. V. Kalesnik va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. Natijada Erning geografik qobig`i, tabiiy geografik kompleks va landshaft haqidagi ta’limotlar yuzaga keldi. Bir qancha tabiiy geografik qonuniyatlar aniqlandi, yangi izlanish metodlari yaratildi, ilmiy eks-pedistiyalar uyushtirildi. Joylarning tabiiy sharoiti va tabiiy boylikla-rini o’rganish ishlari jadallashdi. Sharqiy Evropa tekisligi, Kavkaz, O’rta Osiyo, Sibir va Uzok, Sharq regionlarining tabiati va tabiiy resurslari haqida yirik ilmiy asarlar yuzaga keldi. Shular qatorida O’rta Osiyoda izlanishlar olib borgan tabiatshunos olimlar N.A.Dimo, R.I. Abolin, D. N. Kashkarov, E.P.Korovin, Q. Z. Zokirov, I.A.Raykova, N.L.Korjenevskiy, V.M.Chetirkinlarning ishlari ahamiyatli bo’ldi.

20-asrning o’rtalaridan boshlab tabiiy geografiya tadqiqotlarining, geografik muassasa va ilmiy markazlarning ko’lami yana-da ortdi. Geograflar soni ham oshdi, yangi-yangi ilmiy yo’nalishlar shakllandi. Jumladan, geofizika, geokimyo, ekologik yo’nalishlar rivojlandi. Yangi ilmiy tushunchalar (geografik fazo, Erning landshaft qobig`i, landshaft-lar morfologiyasi, antropogen landshaft va h.k.) hamda geografik qonuniyatlar (landshaft qobig`ining mozaikligi, diskretligi, geografik zonallikning davriylik qonuniyatlari, qutbiy asimmetriya) vujudga keldi. Tabiiy geografik rayonlashtirish ishlari yangi bosqichga ko’tarildi. Uning nazariy asoslari, metodlari takomillashdi. Tabiiy geografiya konstruktiv bosqichga o’tdi. Tabiiy komponentlarni amaliy maqsadlarda baholash, ularning taraqqiyot yo’nalishlarini aniklab, kelajakdagi o’zgarishlarini bashoratlash tamoyil-lari va metodlari ishlab chiqildi.

O’zbekistonlik geograf olimlarning davrasi ancha kengaydi. Tanikli olimlar L. S. Babushkin, O. Yu. Poslavskaya, N. A. Kogay, M. Qoriev, N. D. Dolimov, H. Hasanovlar qatoriga P.Baratov, M.Mamatqulov, P.G`ulomov, A.Saidov, Yu.Sultonov, L.Alibekov, A.Abdulqosimov, A.Rafiqov, Sh. Zokirov, Sh.Ergashev, I.Hasanov, I.Abdug`aniev, I.Nazarov kabi olimlar kelib qo’shildi. Ular O’zbekiston va uning ayrim hududlarining tabiiy va antropogen landshaftlarini tadqiq qildilar, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik baholash, tabiiy geografik majmualarning rivojlanish yo’na-lishlarini aniklash va bashoratlash ishlarida samarali mehnat qildilar.



2-rasm. Tabiiy geografiyaning tarkibi (V.P. Maksakovskiy bo’yicha )





Download 3.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 3.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti

Download 3.64 Mb.