• Tabiiy geografiya fanidagi tarmoq fanlar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti




    Download 3.64 Mb.
    bet7/18
    Sana27.06.2021
    Hajmi3.64 Mb.
    #15201
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Regional tabiiy geografiya – aniq hudud tabiatining xususiyatlari, tabiiy resurslarining shakllanishi, rivojlanishi jarayonlarini o’rganadi. Bu erda hudud turli ko’lamdagi – materik, rayon, okrug, landshaft tipi hisoblanadi. N. A. Gvozdestkiy regional landshaftshunoslikni regional tabiiy geografiya va tabiiy geografik mamlakatshunoslikka kiritgan.

    Tabiiy geografiya fanidagi tarmoq fanlar – bularning o’rganish ob’ekti bitta, u ham bo’lsa, geografik qobiq, ammo o’rganish predmeti alohida bo’lib, geografik qobiqni tashkil etgan bitta tarkibiy qismidir.

    Mazkur tarmoq fanlar 8 ta deb qabul qilingan (2-rasm).



    3-rasm. Tabiiy geografiya fanidagi tarmoq fanlar



    Tabiiy geografiya fani mustaqil rivojlanishining to’rt sharti bor bo’lib, 1) predmeti; 2) tadqiqot uslublari; 3) nazariy asoslari; 4) vazifalarining o’ziga xosligi hisoblanadi. Tabiiy geografiyaning etakchi tamoyillari: komplekslilik (majmuali, tizimlilik), hududiylik, sababiylik (determinizm), tarixiylik, ekologizm, ko’p funkstiyalilik, xaritashunoslik va boshqalar.

    Har qanday mustaqil fan o‘z tadqiqot obyektiga ega bo‘lgani kabi tabiiy geografiya ham o‘z tadqiqot obyektiga egadir. Uning obyekti juda murakkab tuzilgan ko‘p tavsifli tabiat hosilasidir. Har bir fanning nazariyasi, metodologiyasi rivojlanib, izlanish metodlari takomillashib borgani sari uning tadqiqot obyekti, predmeti va vazifalari haqidagi tushunchalar ham aniqlashib, muayyanlashib borishi tabiiydir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tabiiy geografiya fanining hozirgi rivojlanish bosqichida uning tadqiqot obyekti haqida to‘rtta tushuncha hosil bo‘lganligini e'tirof etish mumkin.

    Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi birinchi va eng keng tarqalgan tushuncha geografik qobiq haqidagi tushunchadir. Bu tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki fikr P. I. Brounov (1910) tomonidan, uning tabiiy geografiyadan tuzgan o‘quv qo‘llanmasida bildirilgan edi. Unda yozilishicha, tabiiy geografiya Yerning qiyofasini, ya'ni Yerning turli hodisalar va organik hayotga makon bo‘lgan tashqi qobig‘ini o‘rganadi. Bu qobiq bir-biriga tutash bo‘lgan, o‘zaro ta'sir va aloqadorlikda bo‘lgan sferalar, ya'ni litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan tashkil topgandir. P. I. Brounov bu sferalarning barchasi bir-biriga kirishib, o‘zaro ta'sirlari bilan ham Yerning tashqi qobig‘ini, ham Yerdagi barcha hodisalarni keltirib chiqaradi. Shu o‘zaro ta'sirlarni o‘rganish tabiiy geografiyaning eng asosiy vazifalaridan birini tashkil qiladi, deb yozgan edi. Ushbu muallif fanda birinchi bo‘lib, tabiiy geografiyaning obyektini o‘z mazmuniga mos nom bilan, ya'ni Yerning tashqi qobig‘i deb, atagan edi. Uning fikrlari keyinchalik A. A. Grigoryev tomonidan rivojlantirildi va natijada geografik qobiq haqidagi ta'limot yuzaga keldi. Bu ta'limotning asosiy mazmuni Yerning ustki qismi sifat jihatidan boshqa sferalardan farq qiladigan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan qobiqdan tuzilganligi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, bir-biriga faol ta'sir etib turadigan turli geosferalardan tashkil topganligi hamda o‘zida organik hayot va murakkab tabiiy geografik jarayonning mavjudligi bilan ifodalanadi.

    Geosferalarning har biri moddaning u yoki bu agregat holatini aks ettirib, geografik qobiqning u yoki bu komponentini tashkil qiladi. Masalan, atmosfera moddaning gaz holatidagi ko‘rinishi bo‘lib, geografik qobiqning havo komponentini, gidrosfera esa moddaning suyuq holatidagi suv komponentini tashkil qiladi va h.k.

    Geografik qobiqni tashkil qiluvchi va uni rivojlantiruvchi komponentlarning o‘zaro ta'sir va aloqadorliklari ular orasida muttasil ro‘y berib turadigan modda va energiya almashinishining natijasi bo‘lib, bu almashinish moddaning aylanishi va energiya oqimi shaklida bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning harakati uning tarkibiy qismlarini bog‘lab turadi va bir butunligini ta'minlaydi.

    Geografik qobiqning mavjudligi va u o‘ziga xos xususiyatlari bilan tabiiy geografiyaning obyekti ekanligi ko‘pchilik geograflar tomonidan tan olingan. Ammo uning nomlanishi, uning yuqori va quyi chegaralari hamda ularga bog‘liq holda, qalinligi haqida turlicha fikrlar yuzaga kelgan. Geografik qobiq haqidagi ta'limotning asoschisi hisoblangan A. A. Grigoryevning o‘zi ham uni turlicha nom bilan atagan. Masalan, 1930-yilda "geografik muhit", 1937-yilda "tabiiy geografik qobiq" va 1964-yilda esa "geografik qobiq", - deb atagan.

    Geografik qobiq haqidagi ta'limotning ommalashtirilishida, oliy geografik ta'limga joriy qilinishida, o‘rta maktab dasturlariga kiritilishida xizmatlari beqiyos bo‘lgan S. V. Kalesnik 1940-yilda birinchi bo‘lib "geografik qobiq" atamasini ishlatgan bo‘lsa ham, keyinchalik 1955, 1970-yillarda u sinonim sifatida "landshaft qobig‘i" atamasidan foydalana boshladi.

    Yerning tashqi qobig‘ini geografik adabiyotda "landshaft qobig‘i" (Y. K. Yefremov, 1950; V. B. Sochava, 1956), "landshaft sferasi" (Y. K. Yefremov, 1959; D. L. Armand, 1975), "biogenosfera" (I.M.Zabelin, 1959, 1978), "epigeosfera" (A. G. Isachenko, 1965, 1991) yoki "geosfera" (A. M. Ryabchikov, 1978) deb nomlash hollari uchraydi. Bir vaqtlar V. I. Vernadskiy (1926) aytgan "biosfera" ham o‘z chegaralari bilan geografik qobiqqa mos keladi. Bu haqda, A. E. Krivolutskiy (1985) tomonidan tuzilgan va tabiiy geografiyaning obyektiga nisbatan bildirilgan turli qarashlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmali jadval yaxshi tasavvur hosil qilishi mumkin.

    N. A. Gvozdetskiy (1979) tabiiy geografiyaning predmeti haqida so‘z yuritar ekan, Y. K. Yefremov (1959) va S. V. Kalesnik (1970) kabi geografik qobiq atamasining o‘rniga F. N. Milkov (1970) tavsiya etganidek, alohida qobiqni landshaft sferasini ajratish to‘g‘riroq bo‘lar edi, deb hisoblaydi.

    Yerning landshaft sferasi deganda F. N. Milkov, ayrim tabiiy geograflar kabi geografik qobiqning aynan o‘zini emas, balki uning ichida mavjud bo‘lgan, nisbatan yupqa, o‘ziga xos o‘rtaliq qobiqni tushunadi. U geografik qobiqda: 1) yuqorigi havo qatlami; 2) o‘rta landshaft qatlami; 3) landshaftlararo suv qatlami; 4) quyi (litosfera) tog‘ jinslari qatlami kabi to‘rtta qatlamni farqlash mumkinligini hamda ulardan uchtasining qalinligi kilometrlab o‘lchansa, o‘rta landshaft qatlamining qalinligi esa bir necha o‘nlab metrdan bir necha yuz metrgacha borishini yozadi.

    Yerning landshaft sferasi atmosfera, litosfera va gidrosferalarning tutashgan, bir-biriga faol ta'sir etib turadigan modda va energiya almashinishi nihoyatda jadal ro‘y beradigan hamda organik hayot "qaynagan" qismida hosil bo‘ladi (2 rasm).

    F. N. Milkov ta'biri bilan aytganda, Yerning landshaft sferasi geografik qobiqning "biologik fokusi" hisoblanadi va mazmun jihatidan R. I. Abolin (1914) aytgan "epegenema" ga, V. I. Vernadskiy (1926) ajratgan biosferaning "hayot quyuqlashgan" qatlamiga yoki Y. M. Lavrenko (1949) "fitogeosfera" deb nomlagan qatlamga mos keladi.

    Geografik qobiqning aynan ana shu bir necha o‘n metrlik "o‘rtaliq" yoki "markaziy" qatlami alohida e'tiborga loyiq ekanligini A. A. Krauklis (1979) ham ta'kidlaydi. U moddaning asosiy qismi to‘plangan, jonli va jonsiz modda o‘rtasidagi eng muhim o‘zaro ta'sirlar bo‘lib turadigan bu qatlamni fatsiyalar yoki toplarning chegaralari yaxshi namoyon bo‘lishini e'tiborga olib "toplar sferasi" deb ataydi.

    Eng kichik hududiy birlikni nomlashda nemis geograflari (Neef, Xaaze va b.) "top" atamasidan ko‘proq foydalanganlar. Top – grekcha "topos" – joy, o‘rin ma'nosini anglatadi. O‘z vaqtida bu atamadan L. G. Ramenskiy (1938), M. A. Pervuxin (1938) lar keng foydalanishgan. A. A. Krauklisning fikricha, A. A. Grigoryev aytgan tabiiy geografik jarayonlarning manbalari ana shu toplar sferasida joylashgandir.

    Geografik qobiqni inkor etmagan holda, uning o‘rtaliq qismida landshaft sferasi mavjudligini ta'kidlar ekan, F.N.Milkov tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti geografik qobiq bo‘lsa, landshaftshunoslikning predmeti ana shu landshaft sferasidir, degan xulosaga keladi.

    Yerning landshaft sferasi haqidagi tushunchani hozirgi vaqtda keng tan olinayotganligi va landshaftshunoslikning nazariyasi va metodologiyasida asosiy tushunchalardan ekanligini e'tirof etgan V. A. Nikolayev (2006), Yerning landshaft qobig‘i (sferasi) geografik qobiqning yer yuzasiga yaqin, yupqa qatlami ekanligi va litosfera, atmosfera, gidrosfera hamda biosferalarning faol modda va energiya almashinib turadigan, bir-biriga bevosita tegib turadigan markaziy qismi ekanligi haqida yana bir bor ta'kidlab o‘tadi. Shu bilan birga u Yerning landshaft qobig‘ini Yerning organik-mineral "terisi" ga, ya'ni "biogeoderma"ga o‘xshatadi. Demak, adabiyotda, shu jumladan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ham keng ishlatilib kelinayotgan "geografik qobiq" atamasini saqlash va tabiiy geografiyaning obyekti haqida so`z borganda, uni boshqa atamalar bilan chalkashtirmaslik lozim bo‘ladi.

    Geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, uning komponentlari o‘zining tuzilishi va rivojlanishi bilan o‘zaro yaqin bog‘liqlikda va chuqur aloqadorlikda.



    Download 3.64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 3.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti

    Download 3.64 Mb.