• Tekislik va pastekislik.
  • O`ZBEKISTONNING UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIFI




    Download 3.64 Mb.
    bet9/18
    Sana27.06.2021
    Hajmi3.64 Mb.
    #15201
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    1.3. O`ZBEKISTONNING UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIFI

    Hozirgi zamon tabiiy geografiyasining vazifalaridan biri bu geografik majmualar geosistemalar va ularning tarkibini o’rganish orqali jamiyat taraqqiyotiga muhim hissa qo`shishdan iboratdir.

    Mustaqil O`zbekiston geograflarining ilmiy tadqiqot ishlari xususan xalq xo`jaligi taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan muammolarni hal qilish, hamda atrof muhit va yirik hududiy ishlab chiqarish majmualarini sifat jihatdan o`zgartirishning ilmiy asoslarini yaratishga qaratilgandir. Bu vazifalarni amalga oshirish O`zbekiston hududining tabiiy sharoitini chuqur bilishni taqozo qiladi. Shuning uchun geograf mutaxassislar tayyorlashda beriladigan geografik bilimlar tizimining eng muhim o`quv fanlaridan biri bu O`zbekiston tabiiy geografiyasidir. Biz bu kursni mukammal o`rganamiz. Bu o`quv fani Vatanimiz O`zbekiston tabiat komponentlari, ularning holati bir - biriga bog`liqligi, tabiiy boyliklari, ulardan omilkorlik bilan foydalanib, muhofaza ostiga olish haqida bilim berish bilan birga respublikamiz tabiatidagi tafovutlarni tushunib olishga xizmat qiladi. Bu kurs universitetlarda o`qitiladigan barcha regional fanlar orasida tabiiy Vatanshunoslik kursi sifatida ustivor o`rin tutadi.

    O`zbekiston Respublikasi shimoliy yarim sharda, Yevrosiyo materigining va O`rta Osiyo o`lkasining markazida, Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida, mo`'tadil va subtropik mintaqalarida, okeanlardan ancha uzoqda, berk havzada joylashgan. Shuning uchun O`zbekiston u bilan bir xil kengliklarda joylashgan O`rta dengiz bo`yidagi subtropik sharoitga ega bo`lgan mamlakatlardan katta farq qiladigan o`ziga xos tabiiy sharoit kompleksi vujudga kelgan. Respublikamiz shimolida va g`arbida tabiiy to`siq bo`lmagani uchun Shimoliy Muz okeanining quruq va sovuq havo massalari kirib kela oladi. Atlantika okeani va O`rta dengizi ham o`lkamiz tabiatiga ancha kuchli ta'sir ko`rsatadilar. Yuqorida keltirilgan vaziyat o`lkamiz Qishini ancha sovuq, yozi jazirama issiq bo`lishiga sababchidir. Hududning ana shunday o`ziga xos geografik o`rniga ko`ra respublika hududini cho`l, chala cho`l hamda quruq dashtlar tabiat zonasi katta maydonni egallaydi.

    O`zbekiston Respublikasi hududi 447,4 ming kv. km. bo`lib, maydonining kattaligi bo`yicha jahondagi 130 dan ortiq mamlakatlardan oldinda turadi.

    O`zbekiston chegaralari asosan quruqlikdan, tekislik va tog`lardan, biroz suvliklar (Amudaryo Orol dengizi) orqali o`tadi. Uning uzunligi 5300 km dan ortiqroq bo`lib, shundan deyarli yarmi Qozog`istonga to`g`ri keladi. O`zbekiston chegarasining asosan tekislikdan o`tganligi va u yerda baland tog`, qor va muzliklarning deyarli yo`qligi, transport va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkon beradi.

    O`zbekiston xalqaro aloqalarni yo`lga qo`yish nuqtai nazaridan va o`z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay geografik strategik mavqeiga ega. Qadim zamonlarda Sharq bilan G`arbni bog`lab turgan Buyuk Ipak yo`li O`zbekiston hududi orqali o`tgan. O`zbekiston bugungi kunda qo`shni davlatlar o`rtasida bog`lovchi xalqa vazifasini o`tamoqda.

    O`zbekiston hududining eng muhim o`ziga xos landshaft geografik xususiyatlari quyidagilardan iborat:

    1. Yevroosiyo materigining markazida joylashganligi.

    2. Yer yuzasi tuzilishining o`ziga xosligi, ya'ni tekislik va tog`lar bir-biroviga o`rnini almashishi, tog`lar tekislikni janubiy sharq va sharq tomonidan o`rab turganligi.

    3. Okeanga oqim yo`q oblastga kirganligi.

    4. Asosiy tabiiy kompleks tiplarini maydonining bir butunligi va bir-biri bilan bog`liqligi.

    5. Hududida o`ziga xos enlama tabiiy geografik mintaqa va tabiat zonalarining va ularga mos keladigan balandlik mintaqalarining mavjudligi.

    6. O`zbekiston hududining katta qismini seysmoaktivligi:


    O`zbekiston tabiiy sharoiti xilma-xil bo`lib, o`lkada yozda harorat 45 gradusdan ortib ketuvchi, eng kam yog`in tushuvchi cho`llar bilan bir qatorda, sernam va salqin tog`lari, qishda ham yanvarning o`rtacha harorati 0 gradusdan pastga tushmaydigan quruq subtropikli vodiylari mavjud.

    O`zbekiston hududining tekislik qismida cho`lga xos landshaft shakllangan bo`lsa, aksincha tog`li qismida landshaftlarning balandlik mintaqalari mavjud.

    O`zbekiston juda boy tabiiy resurslarga ega. Qulay iqlim sharoiti, ulkan mineral xom ashyo zahiralari, qishloq xo`jaligi rivojlanayotganligi haqli suratda O`zbekistonni mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqadi.

    Yer yuzasining tuzilishi jihatdan O`zbekiston hududi ikki qismdan iborat, katta qismi 78,7% tekislikdan, qolgan 21,3% qismi tog`dan va tog` oraliqlaridagi botiqlardan iborat yoki O`zbekistonni 352104 km kv. tekislikdan iborat, hamda 95296 km kv. tog`lardan iborat. Tekisliklardan eng past yeri O`zbekistonni okean yuzasidan –12 metr pastda joylashgan Mingbuloq botig`i bo`lsa, eng baland yeri Hisor tizmasidagi 4643 metrli Hazrati Sulton tog`ining Mustaqillik cho`qqisi. O`zbekistonning eng past yerlari Qizilqumning shimoliy g`arbiy qismidagi va Amudaryoning quyi qismidagi pasttekisliklardir. Ularning o`rtacha mutloq balandligi 100 metrni tashkil etadi. Qizilqum va Ustyurtning o`rtacha balandligi 200 -300 metr atrofida, tog`larning o`rtacha balandligi esa 2000 - 2500 metrni tashkil etadi.

    Jumxuriyatimiz yer yuzasi g`arb va shimoli-g`arbdan, sharq va janubi-sharqga tomon asta-sekin ko`tarilib boradi.

    1. Tekislik va pastekislik. Turon tekisligida har xil katta-kichiklikdagi orografik elementlar joylashgan. Shulardan biri shimoli-g`arbda joylashgan Ustyurt unga borib taqalgan Orol osti tekisligidan hamda janubidagi pasttekislikdan ko`tarilib turadi. Ustyurt platosi yoki baland tekislik o`rtacha 120-180 m. balandlikka ega. Eng baland nuqtasi Qorabaur qiri 292m. Platoni janubida bir necha berk havzalar uchraydi. Shimoli-sharqida Borsakelmas sho`rxogi, chekka janubi-g`arbda Asaka-ovdan, o`rtacha balandligi 30-50m, janubi-sharqida Ustyurt hududiga Sariqamish botig`i kirib keladi. Uni O`zbekiston hududidagi qismini mutloq balandligi –10m. Ustyurt baland tekisligini o`ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, uning chekka tomonlari tik jarliklar-chinklar bilan tugaydi. Chinklar uchlamchi davrning ohaktosh, mergel va gildan iborat gorizontal yotqiziqlaridan tuzilgan. Bu yotqiziqlar ochilib qolib tik yonbag`irlarni hosil qiladi. Chinklar Ustyurtning tabiiy chegarasidir. Orol dengizini g`arbiy qirg’ogi bo`yicha cho`zilgan sharqiy chinkning mutloq balandligi 256m. Janubiy chink Sariqamish botig`i va Uzboydan o`tib, devor singari ko`tarilib turadi. Ustyurt ohaktosh, gips va gilli cho`ldan iborat bo`lganligi sababli karst rivojlangan.

    Orol bo`yi pasttekisligi Amudaryo deltasiga to`g`ri keladi, bu yuzani juda ko`plab suvi oqadigan va qurib qolgan o`zanlar kesib o`tgan. Ba'zi joylarida tepaliklar va qirlar ham uchraydi, ulardan Qushxonatog`, Qiziljar va boshqalar. Bu ko`tarilmalar tub tog` jinslaridan tuzilgan, ularni har tomonida qadimgi o`zanlardan Ko`nadaryo (Daryolik) kesib o`tgan. Umuman, Amudaryo deltasining kattaligi 44 ming km. kv. dan ziyod bo`lib, Amudaryoni qadimgi (qadimgi deltada Xorazm vohasi yerlari) va hozirgi deltasida esa quruq yer joylashgan. Nukusdan boshlangan hozirgi deltasi Orol dengizining ichiga kirib bormoqda. Uning maydoni 19600 km. kv, qadimgi deltasi Pitnak yaqinidagi Tuyamo`yin bo`g’zidan to Orol dengiziga qadar bo`lgan deltani o`z ichiga oladi. Yuqoridagi maydoni bilan birga qo`shib olganda 44220 km. kv.

    Amudaryoning quyi qismi qum va gil yotqiziqlaridan iborat bo`lgan g`oyat unumdor pasttekislik.

    Ko`nadaryo deltasi Sariqamish botig`i tomon cho`zilgan pasttekislikdir. Bu yerda Ko`nadaryo, Dovdon va boshqa qo`riq o`zanlar bor, qadimgi Amudaryo suvi bu o`zanlardan oqib Sariqamishga quyilgan. Hozirgi kunda oqova suvlar bilan to`lgan Sariqamish botig`i to`g`risidagi ma'lumotlar Beruniyning «Geodeziya» asarida ham uchraydi.

    Amudaryo deltasi shimoli-g`arbga tomon salgina qiya akkumulyativ pasttekislikdir. Uning o`rtacha mutloq balandligi 100m. (Xo`jailida), Pitnak atrofida 150 m, Orol atrofida 38-40 m. Daryoning o`ng sohilidagi qismida ham daryo tarmoqlari ko`p.

    Tub jinslar granit, marmar va qadimgi ohaktoshlardan tashkil topgan yakka-yakka massiv tog`lar bor. Ular yemirilib ketgan qadimgi katta tog`larni qoldiqlaridir. Daryo bu tog`ni (Sulton-Uvays) shimoli- g`arbidan kesib o`tib tik koyalar hosil qiladi. Daryoning chap sohilida esa qattiq jinslardan Taxiatosh burni hosil bo`lgan. Bu yerda daryo o`zani ikki tomonidan siqilib bo`giz hosil qiladi.

    Xorazm pasttekisligi (Quyi Amudaryo) ning quruq qismida do`ng qumlar, qator-qator qum tepaliklari ko`p. Qumlar fitomelioratsiyasi bilan mustahkamlangan. Barxan qumlar Amudaryo va quduqlar atrofida uchraydi.





    Download 3.64 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 3.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`ZBEKISTONNING UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIFI

    Download 3.64 Mb.