• MUNDARIJA
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti “” kafedrasi




    Download 3.07 Mb.
    bet1/8
    Sana05.01.2023
    Hajmi3.07 Mb.
    #37545
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    O
    my friend, Inson havfsizligi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, 0101, o \'quv qo \'llanma, EdISAuZQFFZXF5m4R7cROlf61WRamNqG8JsOdxse, boshlangich sinf, Donyor, 2 Хонали квартира 2

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

    “”
    KAFEDRASI


    “” fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: “Elektr tokini ishlab chiqarish va uni uzatish”
    Bajardi: -guruh talabasi Erkaboyev O.
    Qabul qildi: ………..
    Farg’ona 2022 yil

    MUNDARIJA





    KIRISH 3
    FOYDALANILGAN АDABIYOTLAR 34


    KIRISH


    Bugungi kunda energetika sohasi istalgan mamlakat taraqqiyotining tagzaminidir. Iqtisodiyotni rivojlantirish, aholining qulay hayot kechirishi, taʼlim, tibbiy xizmat, ijtimoiy taʼminot, kommunal xo‘jalikning moʻtadil faoliyati uchun imkoniyatlar aynan shu sohada yaratiladi. Ammo bugun sohani bozor iqtisodiyoti yo‘liga o‘tkazmay turib, ulkan energetika infratuzilmasini ishchan holatda saqlab turish, boz ustiga, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlarini oshirish mushkul. Faqatgina elektr stansiyalar, elektr tarmoqlari va energetika infratuzilmasining o‘zga muqobillarini qurish va ishlatish borasida eng zamonaviy yutuqlarni qo‘llabgina qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkin. Bozor qonunlari asosida energetikani rivojlantirish raqobat uchun shart-sharoit yaratadi, bu esa nafaqat vositalar, balki zamonaviy tajriba va texnologiyalar sohibi bo‘lmish eng malakali muhandislarni loyihalarni amalga oshirishga jalb etishga imkon beradi. Shu asnoda yana o‘n yillarcha dolzarb ahamiyat kasb etuvchi uskuna va uslubiyatlarni O‘zbekiston energetikasiga olib kirish mumkin.
    Energiyaga bo‘lgan talabning uzluksiz ravishda ortib borishi yangi energiya resurslarini qidirib topish, energiyani bir turdan boshqa turga o‘zgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish zaruratini yaratdi. Hozirgi davrda turli xil energiyalardan – Quyosh energiyasi, organik yoqilg‘ining kimiyoviy energiyasi, daryolar, dengizlar va okeanlar suvlarining mexanik energiyasi, shamol energiyasi, og‘ir yadrolarning parchalanishida hosil bo‘luvchi yadro energiyasidan foydalanish an’anaviy hisoblanadi.
    Bugungi kunda erishilgan yutuqlarni sifat jihatidan yangi turdagi energiyadan, xususan elektr energiyasidan foydalanmasdan turib ta’minlab bo‘lmas edi. Elektr energiya hozirgi davrda insoniyat taraqqiyotida keng foydalanilmoqda. U sanoatda va qishloq xo‘jaligida turli mexanizmlarni harakatga keltirishda, bevosita texnologik jarayonlarda, transportda va madaniy-maishiy hayotda keng qo‘llaniladi. Zamonaviy aloqa vositalari – telefon, telegraf, radio, televidenie kabilarning ishlashi ham elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan. Elektr energiyasisiz kibernetika, hisoblash texnikasi, kosmik texnikasi kabilarni rivojlantirish mumkin bo‘lmas edi. Elektr energiyaning asosiy samarali xususiyati shundan iboratki, u uzoq masofaga oson uzatilishi bilan bir qatorda kam isrof bilan boshqa turdagi energiyalarga o‘zgartirilishi mumkin. Elektr energiyasi hozirgi davrda insonlar tomonidan eng ko‘p foydalaniladigan energiya turidir.
    Yuqoridagi sabablarga ko‘ra elektr energetikasining taraqqiyotiga butun jahonda, shu jumladan, bizning mamlakatimizda juda katta e’tibor qaratilgan.


    Download 3.07 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 3.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti “” kafedrasi

    Download 3.07 Mb.