• Mustaqil ishi Mavzu: Pedagogik texnika haqida tushuncha. Reja
  • Pedagogik texnika haqida tushuncha
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Texnologik ta’lim yo’nalishi




    Download 410.47 Kb.
    bet1/3
    Sana21.09.2022
    Hajmi410.47 Kb.
    #26219
      1   2   3
    Bog'liq
    Умумий педагогика


    O’zbekiston Respublikasi
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Farg’ona Davlat Universiteti
    Sirtqi bo’lim Texnologik ta’lim yo’nalishi
    3-bosqich 20.19-guruh talabasi
    Erkaboyeva Mahbubaxonning
    UMUMIY PEDAGOGIKA fanidan
    Pedagogik texnika haqida tushuncha
    mavzusida tayyorlagan
    Mustaqil ishi
    Mavzu:
    Pedagogik texnika haqida tushuncha.
    Reja:
    • Pedagogik texnika haqida tushuncha.
    • Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
    • O’qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo’llari.
    • Nutq haqida tushuncha. Nutqning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni.

    Pedagogik texnika haqida tushuncha
    Pedagogik texnika – o‘qituvchining nafaqat ta’lim–tarbiya jarayo­nida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari – bu avvalo o‘qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko‘nikmalari hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulo­hazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuy­g‘u­sini jilovlay olishi, o‘zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va panto­mimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqa­li o‘quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir.
    Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi:
    • ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mi­mi­­ka, pantomimika);
    • ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay oli­shi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;
    • mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuv­chan­lik, xayol) egaligi;
    • nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bili­shi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi.

    Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
    • o‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommu­nika­tiv qobiliyatlari;
    • ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning baja­rilishini nazorat qilishi;
    • ta’lim muassasasida va o‘quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
    • o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.

    O‘qituvchining tashqi ko‘rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o‘qituvchining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘bat­lantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo‘ladi va ular o‘qi­tuvchi-tarbi­yachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, mashg‘ulotlarni samarali va mazmunli o‘tishida puxta zamin tayyorlab beradi.

    Download 410.47 Kb.
      1   2   3




    Download 410.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Texnologik ta’lim yo’nalishi

    Download 410.47 Kb.