• Umumiy o`rta ta’lim maktablarida “Cheksiz davriy o`nli kasr” mavzusini o`qitishning innovasion texnologiyalari mavzusidagi BITIRUV ISHI
  • Umumiyta’lim MAKTABlarida matematika fani uzviyligini ta’minlash
  • 2-BOB. Umumiy o‘rta ta’limlarida davriy o`nli kasrlarni o`qitish
  • Xulosa Adabiyotlar ro‘yxati Kirish Mavzuning dolzarbligi.
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi muqumiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti kasbiy qayta tayyorlash fakulteti




    Download 448.11 Kb.
    bet1/20
    Sana10.06.2022
    Hajmi448.11 Kb.
    #23388
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    2 5192824484037397298
    Lqe6qHAViMb7MvhhoKwY0NUVmm30dbKoPTvj5efr, xrpt c9ntr8ksyp7tiegkli6k0059knm0leyncb9u9icv19e0dlkovg1ufttp97pkad1deyyd82zyz5x, 1-мавзу, 23-24 amaliy 620-19 Boboyev Muxriddin, 2-topshiq, Introduction, Taqdimot . ZARBULMASAL, pedagogika test, 1-LABORATORIYA ISHI, Elektr energetikasi hám avtomatlastiriw Kafedra ilimiy izertlew 2019 2023, N.D. 1.06. Sitologiya 2023-24, Документ Microsoft Word, A1 sozluk, B1 sözluk

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MUQUMIY NOMIDAGI QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KASBIY QAYTA TAYYORLASH FAKULTETI
    Ilmiy himoyaga tavsiya etaman kasbiy qayta tayyorlash fakulteti dekani: __________t.f.n M.M.Xoldorov


    Matematika fanini o`qitish huquqini berish bo`yicha masofaviy kasbiy qayta tayyorlash kursi 4-guruh tinglovchishi
    Jumanova Maxliyo Rauf qizining
    Umumiy o`rta ta’lim maktablarida “Cheksiz davriy o`nli kasr” mavzusini o`qitishning innovasion texnologiyalari mavzusidagi


    BITIRUV ISHI


    Ilmiy raxbar
    _______ __________


    Qo`qon 2020

    MUNDARIJA


    Kirish ……………………………………………………………..………
    1-BOB. Umumiyta’lim MAKTABlarida matematika fani uzviyligini ta’minlash
    1.1. Umumta’lim maktablarida matematika fani uzviyligining ta’minlanganlik darajasi
    1.2. Matematika fani uzviyligini ta’minlashning pedagogik va
    psixologik jihatlari
    1.3. Matematika fani uzviyligini ta’minlashning o‘qitish samaradorligini oshirishga ta’siri
    2-BOB. Umumiy o‘rta ta’limlarida davriy o`nli kasrlarni o`qitish
    2.1. Matematikani o‘qitishda uzviylikni ta’minlovchi modellar
    2.2. Matematika fanini o‘qitishda uzviylikni ta’minlovchi pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanish metodikasi
    2.3. Davriy o`nli kasrlarni o`qitish metodikasi
    Xulosa
    Adabiyotlar ro‘yxati


    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ta’lim tizimi ham o‘ziga xos rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Bu o‘ziga xoslik boy milliy tarix, madaniyat, til, yuksak ma’naviy-axloqiy mazmunga ega bo‘lgan milliy qadriyatlar, urf-odatlar asosida hamda dunyodagi rivojlangan davlatlar ta’lim tizimlarining ilg‘or jihatlariga tayangan holda ta’lim tizimining milliy modelini yaratishdan iboratdir.
    Milliy mustaqillikni mustahkamlashning birinchi sharti – har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni tarbiyalash sanaladi. Mustaqillik yillarida ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta’lim tizimi isloh qilinib, o‘ziga xos uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi. Mazkur tizimning asosi «...O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
    Ma’lumki, Davlat ta’lim standartlarida uzluksiz ta’lim tizimining har bir mustaqil ta’lim turi boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizlik va uzviylik tamoyiliga asosan bog‘lanishi ko‘zda tutilgan. Shu o‘rinda har bir ta’lim turi va bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, oldingisidan keyingisiga o‘tishda ta’lim jarayoni samarali kechishi uchun o‘qituvchi va o‘quvchidan alohida tayyorgarliklarni talab etishi aniq. Bunday muammolar asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ta’lim mazmuni va jarayonini tashkil etishdagi uzluksizlik va uzviylik masalasini hal etishda mavjuddir.
    Ma’lumki, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quvchilar tomonidan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan bir qatorda umumta’lim fanlari asoslarini o‘zlashtirishni ham nazarda tutadi. Bilimlarni puxta o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarda tanqidiy tafakkur, mantiqiy xotira va ijodiy tasavvurni muntazam rivojlantirib borish lozim. Bu borada matematika fani katta imkoniyatlarga ega. Shunday ekan, matematika fanini izchil, bosqichma-bosqich va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o‘rganish o‘quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi.
    Respublikada matematika fani asoslari turli bosqichlarda faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarining ta’lim mazmuniga mos ravishda o‘quvchilarning psixologik va pedagogik xususiyatlariga muvofiq muayyan kurslarlar doirasida o‘rgatiladi. Ta’lim turlari orasida o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik va izchillikni o‘rnatish fanlar (predmetlar), boblar, mavzular, o‘quv materiallari orasida uzviylikni ta’minlash asosida amalga oshiriladi. Binobarin, matematika fani asoslarini yorituvchi kurslar o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, o‘quv materiallarini turli bosqich ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos holda tanlash, ularning muayyan mantiqiy ketma-ketlik, fanlararo uzviylik hamda izchillik asosida joylashtirish, o‘quv jarayonida uzviylik tamoyilining yetakchi o‘rin tutishiga erishish va bu holatni pedagogik jihatdan asoslash muammosini yuzaga keltiradi.
    Mazkur muammo umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan matematika fani bo‘yicha ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlarida yetarlicha yechimini topmagan.
    Tajriba-sinov ishlarining natijalari matematika fani bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan amaldagi tayanch o‘quv dasturlari va o‘quv qo‘llanmalarida:

    • o‘quv materiallarining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mos kelmasligi;

    • mavzular ketma-ketligi, ya’ni ular o‘rtasidagi uzviylikning ta’minlanmaganligi;

    • nazariy va amaliy matematik bilimlar bilan maxsus fanlar asoslari o‘rtasidagi uzviylikning mavjud emasligi;

    • ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha invariant dasturlarning yaratilmaganligi;

    • mavzularning majmuaviy va tizimli ravishda o‘rganilmasligi, amaliy mashg‘ulotlar uchun yetarli vaqt ajratilmaganligi va boshqa shu kabi kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.

    Ushbu kamchiliklarni inobatga olish, Respublika va rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimlarida matematika kursini samarali o‘qitish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tahlil qilish asosida umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan matematika fanida mavzulararo, boblararo, predmetlararo (fanlararo), nazariya va amaliyot uzviyligini ta’minlash modelini va o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, ularni pedagogik nuqtai nazardan asoslash zarur deb topildi.
    Hozirgi kunda yangi turdagi ta’lim muassasalarining vujudga kelishi va ularning faoliyatiga qo‘yilayotgan ijtimoiy buyurtma hamda talablar asosida ta’lim mazmunining yangilanganligi; yangi ta’lim mazmunida aks etuvchi uzviylikning pedagogik, shu jumladan metodik va psixologik jihatdan asoslanmaganligi; uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarining uzviyligi yetarli darajada ta’minlanmaganligi tadqiq etilayotgan muammoning dolzarbligini belgilaydi.

    Download 448.11 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 448.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi muqumiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti kasbiy qayta tayyorlash fakulteti

    Download 448.11 Kb.