O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang`ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi kafedrasi Davletova Mavluda Rustamovna




Download 290.12 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2017
Hajmi290.12 Kb.
  1   2   3


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Boshlang`ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi

kafedrasi
Davletova Mavluda Rustamovna
Ot so`z turkumiga xos so`zlarning uslubiy xususiyatlari haqida (boshlang`ich sinf “O`qish kitobi”dagi matnlar asosida) mavzusidagi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar: ________________________




TOShKENT 2013

IV-kurs BT fakulteti talabasi DAVLETOVA MAVLUDA

MAVZU: OT TURKUMIGA XOS SO`ZLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI HAQIDA (BOSHLANG`ICH SINF “O`QISH KITOBI”DAGI MATNLAR ASOSIDA)

REJA:

Ishning umumiy tavsifi.

Kirish. Uslubiyat haqida umuumiy ma’lumot.
Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.


I BOB. OTLARDAGI KO`PLIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI.

1.1. Otlarda ko`plik ma`nosining ifodalanishi.

1.2. – lar qo`shimchasining uslubiy xususiyatlari.

II BOB. OTLARDAGI KELISHIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI.

2.1. Qaratqich kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari.

2.2. Jo`nalish kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari.

2.3. Tushum kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari.

2.4. O`rin-payt kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari.

2.5. Chiqish kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari.



III BOB.OTLARDAGI EGALIK VA MODAL SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI.

3.1. Otlardagi egalik shakllarining uslubiy xususiyatlari.

3.2. Otlardagi modal shakllarning uslubiy xususiyatlari.

3.3 Ot yasovchi qo`shimchalarning uslubiy xususiyatlari.



Xulosalar.

Foydalanilgan ababiyotlarro‘yxati.

Kirish

Inson, Umar Xayyom aytganidek, olamning gavhari hisoblanadi.

Umar Xayyom (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy) (1048.18.5, Nishopur - 1131.4.12) - matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir. Nishopurda boshlangich maʼlumotni olgach, Balx, Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan.
1 Bunday deyishimizga yetarlicha asoslar bor, albatta. Birinchidan, insonlar jamiki mavjudotlar ichida ongga ega bo`lgan yagona mavjudotdir. Uning bu jihati bir qancha ijtimoiy hodisalar orqali boshqa jonzodlardan farq qilishini ta`minlab beradi.Shu ijtimoiy hodisalarning biri shaksiz til hisoblanadi. Til – bu muomala vositasi bo`lib, jamiyatdagi insonlarni bir-biri bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishishida muhim qurol hisoblanadi.

Har bir jamiyat o`zining muomala vositasi – tiliga ega. Ma`lumotlarga ko`ra dunyoda 3000 dan ortiq til mavjud bo`lib, mos ravishda ushbu tillarda tegishli hududlarda gaplashiladi. Hattoki Markaziy Amerikadagi ayrim hududlarda bor-yo`g`i mingta yoki ikki mingta kishi uchun muomala vositasi bo`lib kelayotgan tillarni ham uchratish mumkin.2 Ko`lami jihatdan tor bo`lgan bu til nafaqat ushbu tilda so`zlashuvchilar uchun, balki boshqa tilli insonlar uchun ham insoniyatning ma`naviy me`rosi sifatida qaralishi zarur. “Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat`iy nazar, o`z ona tilini hurmat qiladi”3. Konsatitutsiyamizning 4-moddasida ham o`zbek tili davlat tili ekanligi va O`zbekistonda istiqomat qilayotgan millatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilib berilishi belgilab qo`yilgan. Yaqinda Prezidentimizning ingliz tilini o`rganish to`g`risida chiqargan farmoni yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.

Inglizlar britanlar, (oʻzlarini inglish deb ataydilar) - xalq. [[Buyuk Britaniyaning asosiy aholisi. Umumiy soni (48,5 mln. kishi, 1990-y.lar oʻrtalari), jumladan, [[Buyuk Britaniyada 44,7 mln. kishi, Kanadada 1 mln.
Shunday ekan, biz ham o`z ona tilimiz – o`zbek tilini ma`naviy merosimiz sifatida hurmat qilishimiz, uning rivoji uchun qo`ldan kelgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz zarur. Zero, prezidentimiz I.A.Karimov o`zbek tili haqida: “Biz ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitishimiz, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”4 – deb fikr bildirib o`tgan.

Hozirgi axborot globolizatsiyasi natijasida erishilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bevosita o`zbek tiliga ham ta`sir o`tkazmay qolmaydi. Ana shunday sharoitda bizning vazifamiz prezidentimiz aytganlaridek: “Ayniqsa fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o`ta muhim sohalarda ona tilimizning qo`llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug`atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushunch va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so`z balan aytganda, o`zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish...”5 bo`lmog`i lozim. Faqat shundagina biz oldimizga qo`ygan maqsadga – o`zbek tilini o`rganishga, rivojlantirishga, uni kelajak avlod uchun bekami ko`st tarzda yetkazib berishga erishishimiz mumkin. Bu vazifa o`zbek xalqining har bir farzandiga xos insoniylik burchi sifatida anglab yetilishi kerak.

Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.
“Binobarin, o`z ona tilini bilmagan odam o`zining shajarasini, o`zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo`q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to`g`ri aytishadi”6.Bu g`oya bayroqdorlari sifatida esa tilshunoslar tashabbus ko`rsatishlari talab qilinadi.



Ushbu bitiruv malakaviy ishini ham shunday tashabbuslardan biri deb hisoblasak xato bo`lmaydi. Zero, unda o`zbek tilidagi ot turkumiga xos so`zlarning uslubiy xususiyatlari haqida so`z yuritilib, ushbu mavzu doirasida mavjud muammolar tahlil qilinadi.

Ishning umumiy tavsifi
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.Boshlang`ich sinf “O`qish kitobi”dagi matnlar tarkibidagi ot turkumiga xos so`zlarning uslubiy xususiyatlarini taxlil qilinishi shu darsliklar bo`yicha dars beruvchi o`qituvchilarga matnlar mazmunini kichik yoshdagi bolalarga yetkazishda katta yordam beradi va ona tilining boyligini o`quvchilarga yana bir marta namoyish qiladi. Tanlangan mavzuning dolzarbligi ana shundadir.

Tadqiqot ishining maqsadi. Boshlang`ich sinf “O`qish kitobi” dan to`plangan materialga asoslangan holda matnlarda ot turkumidagi so`zlarning o`ziga xos uslubiy xususiyativa otlardagi ko`plik, kelishik ,egalik va modal shakillarini o`rganish ishdan ko`zlangan maqsad hisoblanadi.

Tadqiqot mavzusini yoritish davomida bajariladigan vazifalar.

  1. Ilmiy adabiyotlarni o`rganish orqali o`zbek tilidagi ot turkumidagi so`zlar haqida umumiy ma`lumot berish:

  2. Otlardagi ko`plik va kelishik shaklidagi uslubiy jihatdan aniqlab chiqish:

  3. Otlardagi egalik va modal shaklidagi uslubiy jihatidan aniqlab chiqish:

Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. Mazkur tadqiqot ishida boshlang`ich sinf “O`qish kitobi”dagi matinlar birinchi marta uslubiy jihatdan tahlil qilingan, bu ot turkumidagi so`zlarning kichik yoshdagi maktab o`quvchilari saviyasiga mosligi birinchi marta tekshirildi.

Tadqiqotning nazariy asosini. Ona tili bo`yicha nashr etilgan darslik va qo`lanmalar , tilshunos olimlarning ilmiy asarlari tashkil etadi.
Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.


Tadqiqot ob`ektlari .Boshlang` sinf “`O`qish kitobi”dagi matnlar hisoblanadi.

Tadqiqot metodlari. Sifatida tavsifiy tahlil , qiyoslash metodlari olinadi.

Tadqiqot materiali. Boshlang`ich sinf “O`qish kitobi” dan mavzu bo`yicha olingan misollar xizmat qiladi.

Tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Quyidagilarda namoyon bo`ladi:

  1. Tadqiqot yakunida chiqarilgan xulosalar boshlang`ich sinf “O`qish kitob”laridagi matnlar tanlashda mezon sifatida xizmat qilish mumkin;

  2. Boshlang`ich sinf o`qituvchilariga darslikdagi matnlarni chuqurroq tushunishga va ularni kichik yoshdagi o`quvchilarga tushuntirishda yordam berish.


Uslubiyat haqida umuumiy ma’lumot
Uslub – so`zlovchi yoki yozuvchining ifodalayotgan fikriga, hodisaga shaxsiy munosabatini ifodalashidir. So`zlovchi yoki yozuvchi biror bir narsa, harakat, holat haqida xabar beribgina qolmay, xabarga bo`lgan o`zining salbiy yoki qo`shimcha subyektiv munosabatini og`zaki nutqida ham, yozma nutqida ham ifodalashi mumkin.
Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Modal ma`nolar ohang, mimika, qo`l harakatlari bilan (og`zaki nutqda) leksik, fonetik va grammatik vositalar yordami bilan ifodalanadi (og`zaki va yozma nutqda). Masalan: Daraxt shoxlarini yam-yashil yaproqlar-u, oq, qizg`ish g`unchalar birla yasantirildi.

Hamma so`z, ibora va sintaktik qurilmalar ham ma`lum bir nutq uslubini yaratishga xizmat qilavermaydi: qalam, kitob, daftar va shunga o`xshash so`zlar o`z asl ma`nosida biror uslubga nisbatan betaraf so`zlardir. Ular nutqning biror turini tashkil etishlari uchun ko`chma ma`noda qo`llanishi kerak. So`zning tilshunos olimlar tomonidan farqlanadigan ikkita ma`nosi mavjud. 1) denotativ ma`no so`zning asl tub ma`nosi hisoblanadi. 2) konnotativ ma`no so`zning ko`chma, qo`shimcha ma`nosidir.7 Masalan: Bo`talog`im kelibdi bog`chadan.1) asl ma`nosi tuya bolasi 2) erkalash.

“Tilning ma`lum shaxslar – tilshunos va adabiyotshunoslar, badiiy ijod vakillari bo`lmish shoir va yozuvchilar tomonidan sayqal berilgan, muayyan qoidalarga bo`y sundirilgan shakli adabiy nutq deb yuritiladi.

Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)

Lug`aviy, grammatik, uslubiy me`yorlar adabiy tilning hamma ko`rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilariga oid me`yorlar adabiy tilning faqat yozma shakli uchun, to`g`ri talaffuz me`yorlari esa faqat og`zaki nutq shakli uchun xosdir”8.

O`zbek adabiy tilida quyidagi nutq uslublari bor: so`zlashuv uslubi, badiiy uslub, ilmiy uslub, ommbop uslub, rasmiy uslubi.
So’zlashuv uslubi
`Uyda, ko’chada , insonlarning o’zaro so’zlashuvida qo’llanadigan uslub so’zlashuv uslubi deb aytiladi. Bu uslubning lug’at qatlami juda boy, xilma–xil, so’zlashuvchilar uchun bir xilda tushunarli bo’ladi. So’zlashuv uslubining adabiy til me’yorlariga rioya qiladigan ko’rinishi adabiy so’zlashuv uslubi deyiladi.

Oddiy so`zlashuv uslubi ta’sirchan bo’ladi. Bunda xalq maqol va masallari , rivoyat va ertaklar, latifa va qo’shiqlar, so’z o’yinlari – pichinglar, hazil –mutoyibalar, askiya va qochirmalar muhum manba sanaladi. Jonli nutq jarayonida uslubiy bo’yoq iboralardan. (Onaginang o’rgilsin ! Qoqindig`ing bo’lay!) keng foydalaniladi . Badiiy asrlarda ham ana shunday xalq boyligidan nodir misollar keltiriladi: (O’gilchangni yangi yaslida ko’rdim ko’rdim, qo’zichoqday o’ynab yuradi .)

Ilmiy uslub
Ilmiy tilning asosiy birliklari atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Jumladan, atamalar o’zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko’rsatadi, masalan, o’zak, negiz, yasovchi qo’shimchalar, turlovchi va tuslovchi qo’shimchalar kabi atamalar – so’z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi. Aftidan, bu yerdagi tuproq organik jismlarga boy bo’lsa kerak : ular parchalanib, dastlab azotli kislota tuzi hosil bo’ladi, bu tuzlar esa suv bilan uzluksiz yer betiga ko’tariladi.(“Fan va turmush”dan)

Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, ochishga xizmat qiladigan ajiratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalanadi.


Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonida chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy–idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat , ma’lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Ibora va jumlalar bir qolipda bo`ladi. Davlat hujjatlarida, shaxsiy xatlarda so’zlar ko’chma ma’noda ishlatilmaydi.
Ommabop uslub
Bu uslub matbuot, radio, teleko’rsatuvga xos bo’lgan uslubdir. Soddalik , tushunali bo'lish, ta'sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Radio, televideniyeda ishlatiladigan ko’rinishi o’g’zaki ommabop uslub deyiladi.
Televideniye (yunon. τήλε - uzoq va lot. video - koʻraman) harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimidir. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga boʻlib uzatishga asoslangan.
Yozma ommabop uslub esa gazeta va jurnallarda ishlatiladi. Nutq tasichanligini oshirish uchun asosan tasirchan so’z va iboralardan, maqol va hikmatli so’zlardan mohirona foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va xabar mayildagi fe’llar bilan ifodalanadi, ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, darak, his –hayojon gaplardan, takroriy so’z va birikmalardan foydalaniladi: Muxbirimizning xabar berishicha, Koreyada to’fon bolgan.
Badiiy uslub
Badiiy asarlar o’ziga xos uslubda yoziladi. Badiiy uslub turlari umumiy xususiyatlarga ega bo’lishi bilan birga, uning har bir turi (ramz, nasr, hikoya, qissa, roman, novella, doston, felyeton, esse, fantastika, ertak, qo’shiq va boshqa) o’z yo’li, o’z vositalari, o’z uslubiga ega bo’ladi.
Keturdilar bir hangi bodpaymoy,

Ravon mindi shafaq gulgunida oy.

Aningdek teshadin sakrab ushoq tosh,

Ki hozir bir yog’ochdin qochirib tosh.(Navoiy).

I BOB.OTLARDAGI KO`PLIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI

1.1. Otlarda ko`plik ma`nosining ifodalanishi

Mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan “Hozirgi o`zbek adabiy tili” kitobida otlardagi ko`plik kategoriyasi haqida shunday deyilgan: “Otlarda oppozitsiya holida bo’lgan birlik va ko’plik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi formalar sistemasi gramatik son kategoriya ko’rinishini tashkil qiladi.”9

Shu darslikda ko`plik ma’nosini ifodalovchi vositalar haqida ham so`z yuritilib, bu ma’no –lar qo`shimchasi orqali ifodalanishi ta’kidlanadi. Mazkur manbada yana shunday deyiladi:

“Ko`plik ma’nosi -lar qo’shimchasidan tashqari boshqa usullar bilan ham ifodalaniladi:

1. Son orqali: o’nta kitob , beshta tuman ottizta qiz kabi

2. Takirori soz yordamida: dasta-dasta gul ,baland-baland imorat,qop-qop un kabi.”10

M.Mirzayev, S.Usmonov va I.Rasulovlar tomonidan yaratilgan “O`zbek tili” kitobida ko`plik kategoriyasi shunday yoritilgan:

“Otlarnig birlik va ko’plik formalarida ishlatilishi grammarik son kategopyasi deyiladi.

Otlarda grammatik ko’plik lar qo’shimchasi orqali ifodalaniladi .Ko’plikning bunday maxsus qo’shimcha bilan ko’rsatilishi ko’plikning morfologik usul bilan ifodalahishi deyiladi. Masalan; bolalar ,stollar kabi.

Ko’plikning morfologik usul bilan ifodalanishi ko’p predmetning ayrim –ayrim holda mavjudligini anglatishga asoslanadi.

Predmetning ko’pligi maxsus miqdor bildiradigan so’zlarni, sonlarni ot oldida keltirish usuli bilan ham ifodalanadi . Bu usul sintaktik usul deyiladi.Chunki miqdor bildiruvchi so’z otning aniqlovchisi bo’lib keladi. Masalan: bir necha odam, beshta ruchka , ko’p kishi kabi . Bunda otlar birlikda bo’ladi.

Leksik-semantik va sintaktik ko’plik ayrim so’zning morfologik tuzilishi bilan, formasi bilan bog’lanmagan; ammo morfologik ko’plik so’zning tarkibiga bevosita aloqadordir.”11

Mualliflar jamoasi esa qisqacha ma`lumotlar berilgan.

“Otlar nutqda grammatik jihatdan birlik va ko’plik shaklda qo’llanadi.

Birlik – odam, daraxt, qo’y, kitob kabi.

Ko’plik – odamlar, daraxtlar, qo’ylar,kitoblar kabi.

Ko’plik son shakildagi otlar ikki yoki undan ortiq predmetni (yoki noaniq ko’plikni) anglatadi. Otlarda grammmatik ko’plik –lar qo’shimchasi orqali ifoda qilinadi.

Masalan ; shaharlar, maktablar, daryolar, gullar kabi.12

2007-yilda yaratilgan “Ona tili” darsligida yuqoridagi fikrlardan farq qiluvchi quyidagi fikrlar bildirilgan:

“Otlarda xos morfologik xususiyatlardan biri son kategoriyasidir. Otlarda son kategoriyasibir-biriga qarama –qarshi qo’yilgan birlik son shakli va ko’plik son shakli tashkil etadi.

Ko’plik son shaklida qo’llanuvchi otlar ikki yoki undan ortiq predmetni (noaniq ko’plikni ) anglatadi : qalamlar, daftarlar, to’g’lar, uylar, talabalar kabi.

Otlarda grammatik ko’plik son shakli –lar affikisi bilan hosil qilinadi. Ko’rinadiki, otlardagi birlik ma’nosi va ko’plik ma’nosi hamda bularni ifoda etuvchi shakllar yig’indisi son kategoriyasini hosil qiladi.

Otlarda son kategoriyasini birlik va ko’plik ma’nosida qo’llana oladigan otlarga xosdir. Sanash mumkin bo’lgan ,bevosita predmetni anglatadigan kankret turdosh otlar birlik shakli bilan birga ko’plik son shaklida ham qo’llanadi: xona-uchta xona –xonalar ; bola - beshta bola - bolalar kabi.”13

Demak, otning –lar qo’shimchasini olgan shakli ko’plik (gullar, daraxtlar, yulduzlar) deyiladi.

Arabcha ko’plikni bildiruvchi –ot, -at qo’shimchasini olgan so’z ham birlik shaklida deyiladi: nabotot, muzofot, mukofot. Ba’zi so`zlarda u mavhum ot yasaydi: ma’lumot, mushkulot, zarurat, madaniyat.

Ko’plik -lar shaklisiz ham ifodalanadi:

a) son bilan : Darsda 15 ta o’quvchi qatnashdi.

b) ravish bilan: Maydonda ko’p odam yig’ilgan edi.

d) olmosh bilan: Shuncha qalamni nima qilasiz?

e) takrori hisob so’z bilan: dasta –dasta gul.

Otlar birlik yoki ko’plikda qo’lanishiga ko’ra ikkiga ajiraladi;

1) birlik va ko’plikda qo’llanadigan ot;

2) birlikda qo’lanadigan ot

Otning ba’zi turlari ko’plik shaklini olmaydi: atoqli ot, mavmum ot, yakka predmet nomini bildiruvchi, sanalmaydigan jism nomini bildiruvchi, juft predmet nomini bildiruvchi otlar.

Aytilganlar asosida ko’plik ma’nosining ifodalanishini quyidagicha tartiblash mumkin


  1. Morfologik usul: uylar,kitoblar;

  2. Sintaktik usul; ancha odam;

  3. Leksik usul: armiya , xalq;

  4. So’zni juflash usuli: qop-qop;

  5. Leksik –morfologik usuli; ancha kitoblar


1.2 lar ko`plik qo`shimchasining uslubiy xususiyatlari

Biz tahlil qilgan ilmiy adabiyotlarda –lar qo`simchsining uslubiy xususiyatlari haqida ham ayrim ma’lumotlar berilgan. M.Mirzayev, S.Usmonov va I.Rasulovlar tomonidan yaratilgan “O`zbek tili” kitobida bu haqda shunday deyilgan:

“Grammatik ko’plikni ifodalaydigan –lar qo’shimchasi ko’plikdan tashqari, ko’plikdan kelib chiqqan yana shunday ma’nolarni ham ifodalashi mumkin:

1. Donalab sanalmaydigan narsalarning nomlariga –lar qo’shilganda ,ularning ko’pligi emas, balki turli xillarni yoki navlari anglashiladi.

Nav - seleksiya natijasida yaratilgan, muayyan morfologik, fiziologik va xoʻjalik belgi hamda xususiyatlari turgʻun va nasldan oʻtib boradigan, bir turga mansub oʻsimliklar majmui; madaniy oʻsimliklar uchun eng kichik tasnif birligi.
Masalan: suvlar (gaz suvlari), yog’lar (turli yog’lar), olmalar (turli nav olmalar) va boshqalar.

2. Ma’noni kuchaytiradi:

a) abstirakt otlarga qo’shilganda: Ayamdan nax balolarga qolaman.(S.Abd)

b) konkret otning ma’nosi abstraktlashib,belgi anglatganda:

Ishqing bilan ishim ohu afg’onlarning,

Hasratingda bo’ldi rangim somonlar (S.Abd)

Hoji ona: – Hoy, hoy Rahima o’lgur qachondan beri tiling chiqib qoldi ?...Hu tillaring kesilsin !(H.H)

3. Qarindoshlik ifodalovchi otlarga egalik affikisidan keyin qo’shilganda, -lar hurmat ma’nosini anglatadi.

Masalan : “Dadamlar ham o’quvchilar”,-dedi Gulnora . (H.N)

4. Shaxs anglatadigan otlarga (olmoshlarga ham) –lar qo’shilganda ,ba’zan piching , kesatiq ma’nosi hosil bo’ladi.

Masalan: Hamidulla...Said kelayotganda ...gapirgan ham gaplarini bir og’iz so’z bilan bir pul qildi-qo’ydi... Saidaga yaqin kelib sekin so’radi: - Kechirasiz ...So’raganning aybi yo’q ... o’zlari kuyov qilganmidilar?...Kuyov qilish niyatlari bormi?..Mavsumni o’tkazmasdan kuyov qilsalar, o’zlariga ham yaxshi, bizga ham yaxshi bo’lar edi. Tojixon o’zlaridan ibrat olsa, kamina kuyovlaridan ibrat olsam, turmushimiz yaxshi bo’lib ketsa, ajab emas...(A.Q)

5. Mashhur shaxslarning (yoki asar qahramonlarining) otlariga qo’shilganda , -lar affikisi atoqli otni jamlovchi turdosh otlar ma’nosin anglatadi. Atoqli ot umumlashtiradi.

Masalan: Onaxonlar bu yil paxta planini muddatidan ilgari bajardi.(I.R)

6. Juft predmetlarning otlariga –lar qo’shilganda, ularning har birini ta’kidlash ma’nosini hosil qiladi.

Masalan : G’oza ... uning ko’zlariga ko’proq yashnab chiroyli ko’rinar.(O.)”14

Mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kitobda ham –lar qo’shimchasining faqat ko’plikni emas, balki boshqa ma’nolari borligini aytilgan.Yuqoridagidan farqi shundan iboratki, –lar qo’shimchasini beshta turdagi ma’noni anglatishi haqida shunday deyilgan:

“Ayrim otlar bildirgan narsa-predmetlar obyektiv ravishda ko’plik tushunchasiga ega bo’lmaydi. Shunga ko’ra, bunday narsa –predmetni bildiruvchi otlar birlik formada qo’lanilmaydi. Agar –lar affikisini olsa, ko’plik emas, balki turli ma’nolar ifodalanadi. Bular ma’nosiga ko’ra quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan otlardir :

1. Atoqli otlar : Nabi, Akbar, Salima, Toshkent, Mirzachol, Sirdaryo kabi. Bulardan kishi nomlari-lar affiksi bilan qo’llansa, shu nom bildirgan shaxs vau bilan birga bo’lgan kishilar guruhi (oilasi,kollektivi) ma’nosi ifodalanadi: Salimalar,Halimalar kabi. Geografik joy nomlari (geografik atoqli otlar) –lar affiksi bilan qo’llansa , shu ot bildirgan joyni ham o’z ichiga olgan kengroq (kattaroq) territoriya ma’nosi ifodalanadi: Moskvalarni tomosha qilib kelmoq.

2. Son-miqdor tushunchasiga ega bo’lmaydigan mavxum tushunchalarni bildiradigan otlar: sevgi, uyqu , kambag’allik, aql, ko’ngil kabi. Bu tipdagi otlarning –lar affiksi qo’llanishi ham mumkin. Bu holda ko’plik ifodalanmaydi, balki ma’no kuchaytiriladi:

Ko’ngillarim ozib ketdi.Uyqularim qochib ketdi.

3. Shaxs yoki narsada asli o’zi bir dona bo’ladigan predmetlarni bildiradigan so’zlar –lar affiksi bilan qo’llanganda ham ko’plik ifodalanmaydi, balki ma’no kuchaytiriladi: Boshlarim og’rib ketdi. Tillarim achishib ketdi. Bunday narsa mansub bo’lgan shaxs yoki narsa ko’p bo’lsa , aslida bir dona bo’ladigan (inson yoki narsada) predmetni bildiruvchi bosh, til kabi so’zlar –lar affiksini olganda , ko’plik ifodalanadi: Odamlarning boshlari ko’rindi yoki odam boshlari ko’rindi.

4.Donalab sanalmaydigan predmetlarni bildiruvchi otlar –lar affiksi bilan qo’llanganda, shu predmetning turlari (bir necha turi) ifodalanadi: unlar, suvlar yog’lar kabi.

5. Ma’lum kasb-hunar , fan, shu kasb hunarga, fanga oid soxani bildiruvchi otlar ko’plik formasida qo’llanmaydi: o’qituvchilik , dehqonlik, olimlik , matematika, ximiya, tilshunoslik kabi.

Tilshonoslik yoki lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi.
15

Oily o’quv yurtlari uchun yaratilgan “Ona tili” darslik kitobida –lar qo`shimchasining ko`plikdan tashqari uch turdagi ma’no ifodalanishi haqida yozilgan: a) nav, tur, b) mo’llik, jamlik d) ma’noni kuchaytirish.

“Bunday holda –lar ko’plik ma’nosini emas, balki quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:

1. Abstrakt otlar, yakka bir predmetni anglatuvchi otlar, juft predmetni anglatuvchi otlar –lar affiksi qo’shilganda ma’noni kuchaytiradi yoki ta’kidlaydi :Kumushning qoshlari chimirildi. (A.Qodiriy).

2. Donalab sanalmaydigan predmetni anglatuvchi otlarga – lar affiksi qo`shilganda, shu predmetning turi, navi, yoki mo`llik kabi ma`onlarni bildiradi: zilol suvlar, eram kabi bog`u-bo`stonlar (G`ayrati).

3. Atoqli otlarga qo`shilganda esa umumlashtirish, birgalik kabi ma`nolarni bildiradi: Saidalar kelishdi kabi.

Shuningdek, qarindosh-urug`lik munosabatini bildiruvchi(ota, ona, buvi, aka, opa kabi) otlarga egalik qo`shimchasidan – lar affiksi qo`shilganda bu otlar hurmat ma`nosini anglatadi: otamlar, opamlar, buvimlar kabi.16

Mazkur ishni yaratish davomida yig`ilgan misollardan kelib chiqqan holda -lar qo`shimchasining quyidagi uslubiy xususiyatlari borligi aniqlandi:

a) hurmat: Navoiy hazratlarining oldilaridan biri o`tdi. (2-sinf “O`qish kitobi”dan).

b) kuchaytirish: Ishonch sizlarga kuch beradi. (3-sinf “O`qish kitobi”dan).

d) chama: …keyin o`sha kun haddan tashqari qizdirib yuborgan 19-iyun kunduz soat oltilarda jon beradi. (4-sinf “O`qish kitobi”dan).

e) davomiylik: Tunlari bog`larda “to`p-to`p” qilib birovlar yurib chiqayotgandek tuyildi. (2-sinf “O`qish kitobi”dan).

f) nav, tur: Dasturxon yozib non, shirinlik va mevalarni terib qo`yibdi. (2-sinf “O`qish kitobi”dan).

g) jamlash: Kecha uyimizga Salimjonlar kelishgan. (4-sinf “O`qish kitobi”dan).

h) piching, kinoya: Bizning a`lochilarimiz ham kelibdi-da? (1-sinf “O`qish kitobi”dan).




Download 290.12 Kb.
  1   2   3




Download 290.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang`ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi kafedrasi Davletova Mavluda Rustamovna

Download 290.12 Kb.