UDK 687(075)
KBK 37.24-2
T-77
Tashpulatov S.
T-77
Keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash, modellashtirish
va badiiy bezash: kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darslik /
S. Tashpulatov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. – Toshkent:
«Faylasuflar»
nashriyoti, 2017. – 224 b.
UDK 687(075)
KBK 37.24-2ya722
Mazkur o‘quv qo‘llanmada baza asosidan foydalanib yangi kiyim-
ni konstruktiv modellashtirish usullari hamda o‘quvchilarning mustaqil
ishi uchun kiyimni badiiy bezash ma’lumotlari keltirilgan. Ushbu o‘quv
qo‘llanma kollej o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
M.Q. Rasulova — TTESI «Tikuv buyumlari texnologiyasi»
kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent.
N.S. Mirsagatova — Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kolleji
direktori.
ISBN 978-9943-4133-3-7
© «Faylasuflar» nashriyoti, 2013.
© «Faylasuflar» nashriyoti, 2014.
© «Faylasuflar» nashriyoti, 2016.
© «Faylasuflar» nashriyoti, 2017.
3
KIRISH
Xalq uchun tovarlar ishlab chiqarishning kengaytirilishi, ular
sifatining yaxshilanishi, barcha xizmat turlarining tez rivoj lanishi
aholi yashash darajasini yangi, ancha yuqori bosqichga ko‘tarishning
o‘zgarmas shartlaridan biri hisoblanadi.
Aholi uchun tovarlarni ishlab chiqarishda ilmiy-texnika taraq-
qiyotidan foydalanishga asoslanishi lozim bo‘lib, ular nafaqat tovar
sifatini yangi darajaga ko‘tarish, balki ular assortimentini kengayti-
rishga ham imkon beradi.
Yengil sanoat oldida aholining sanoat tovarlariga bo‘lgan ehti-
yojini to‘laroq
qondirish, bozorni kerakli mahsulot bilan to‘ldirish,
mahsulot sifatini yaxshilash va assortimentini kengaytirish, ular ning
iste’mol madaniyatini oshirish vazifalari turadi.
Hozirgi vaqtda mavsumaro yengillashtirilgan, isituvchi astarli ki-
yimlar, turli to‘plamlar assortimentini ishlab chiqarilishini kengay-
tirilishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Qo‘yilgan vazifalarni bajarishda sanoatda ishlab chiqarish uchun
mo‘ljallangan mahsulotlarni badiiy loyihalashni to‘g‘ri tashkil etish
muhim rol o‘ynaydi. Badiiy loyihalashtirish mahsulotlarning kelgu-
si hayotini aniqlaydi.
Badiiy loyihalashtirish (dizayn) jarayonining to‘g‘ri tashkil eti-
lish
natijasi bu uning texnologiya, tejamkorlik va estetikasi nuq-
tayi nazaridan optimal hal etilgan mahsulotidir. Mahsulotning in-
son va jamiyat uchun badiiy loyihalashtirilishi to‘g‘ri bog‘langan,
chunki jamiyat ma’lum xarakter va darajadagi mahsulotlarni ishlab
chiqarishga ijtimoiy buyurtma beradi. Ijtimoiy buyurtma esa jami-
yat ma’naviy rivojlanish darajasiga bog‘liq, shuning uchun mamlaka-
timiz aholisining estetik tarbiyasi shaxsning har tomonlama uyg‘un
rivojlanishining ajralmas qismidir.
Estetik tarbiya inson atrofidagi butun buyumlar dunyosi go‘zal-
lik va uyg‘unlikka to‘lib, xulq va kiyim madaniyati me’yorida bo‘l-
gandagina eng yuqori kuchga ega bo‘ladi.
«Madaniyat» (yaxshilash) tushunchasi muayyan tarixiy davrlar,
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, aniq jamiyat,
xalqlar va millatlar-
ning rivojlanishi moddiy va ma’naviy darajasini, shuningdek spetsi-
fik faoliyat yoki hayot sohalarini tavsiflash uchun qo‘llanadi (mehnat
madaniyati, badiiy madaniyat, kostum madaniyati).
Zamonaviy nuqtayi nazardan madaniyat alohida shaxslar va bu-
tun insoniyatning hamma sohalarda va jihatlarda shaxs ning ma’naviy
rivojlanishi va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berish darajasida barcha
yutuqlar natijasi sifatida tushuniladi.
4
Ishlab chiqarish madaniyati va kostumdan foydalanish mada-
niyati o‘zaro bog‘liq tushunchalar bo‘lib, yaxshi loyihalashtirilgan
mahsulot albatta sotib olinadi deb o‘ylashga asos bermaydi. Xari-
dor yoki iste’molchi o‘zining qator talablarini qo‘yadi-ki, ularni bu-
yum yaratishda hamma vaqt hisobga olish imkoni bo‘lmaydi. Mo-
deler-dizayner va konstruktor aholi talablarini doimiy o‘rganishi,
ular qanday o‘zgarayotganini ko‘rishi kerak, albatta. Biroq iste’mol
madaniyatini rivojlantirish, ya’ni insonda
yuqori va estetik sifatli,
zamonaviy madaniyat darajasiga javob beruvchi mahsulotlarni xarid
etish ehtiyojini tarbiyalash kerakligini esda tutish lozim. Iste’molchi
o‘z navbatida mahsulot yaratish jarayonida qatnashadi, chunki
uning talablariga muvofiq ijtimoiy buyurtma shakllanadi, ya’ni turli
aholi guruhlariga qanaqa va qanday xarakterdagi mahsulotlar zarur-
ligi aniqlanadi.
Iste’molchilarning madaniy ehtiyojlari turli guruh mahsulotlari-
ga qo‘yiluvchi talablarda muhim tarzda aks etadi, bu o‘z navbatida
iste’molchilarni yuzaga kelgan
mahalliy va milliy odatlar, ularning
buyumlarga uslub, moda xarakterli talablarini hisobga olgan holda
munosabatiga muvofiq guruhlash zaruratini shartlaydi.
Mahsulotlar ishlab chiqishning bu bosqichida turli reklama,
masalan, plakatlar, televideniya, radio orqali ma’lumot, maxsus rek-
lama, bosma nashrlar, model ko‘rsatishlari va hokazolar ishga so-
linishi kerak. Reklama
madaniy qadriyatlarga ta
yanishi, sotuvga
tayyorlanuvchi mahsulotlar estetik mazmuni va funksional xususi-
yatlarini tushuntirishi kerak.
Zamonaviy kostum madaniy rivojlanishning hamma progres siv-
gumanistik tendensiyalarini hisobga olishi shart. Buning uchun:
— o‘tmish merosini chuqur o‘rganish va eng yaxshi odatlar bilan
aloqani saqlab qolishi;
—
zamonaviy yengil sanoatdagi barcha ilg‘or, progressiv
g‘oyalarni faol va analitik o‘zlashtirilishi;
— sanoat taraqqiyotiga ko‘maklashuvchi yangi g‘oyalarning tez
amalga oshirilishi;
— kostum shakli rivojlanishini oldindan ko‘ra olishga ilmiy yon-
dashuv;
— kostumda me’morchilik, san’at, ilmiy-texnika taraqqiyoti so-
hasidagi yangi yutuqlar bilan bog‘liqlikning aks ettirilishi;
— individual kishi timsoli
kostumini shakllantirish;
— kostumning ansambl yechimi;
— kostum shaklining vazifasiga muvofiqligini ko‘zda tutish lo-
zim.