• STATISTIKA
  • KIRISH
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N




    Download 7.16 Mb.
    bet1/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7.16 Mb.
    #11452
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   275

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi
    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

    SOATOV N.M., TILLAXO‘JAYEVA G.N.

    STATISTIKA


    Toshkent-2006



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi
    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

    SOATOV N.M., TILLAXO‘JAYEVA G.N.

    STATISTIKA



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademiklari S.S.G‘ulomov va M.Sharifxo‘jayev umumiy tahriri ostida

    Toshkent-2006

    Mualliflar:



    Soatov N.M. – Iqtisod fanlari doktori, professor,

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi;



    Tillaxo‘jayeva G.N. – Katta o‘qituvchi.
    Taqrizchilar:

    iqtisod fanlari doktori,

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,

    professor Abdullayev YO.


    iqtisod fanlari doktori,

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi,

    professor Nabiyev X.N.

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademiklari S.S.G‘ulomov va M.Sharifxo‘jayev umumiy tahriri ostida

    Ushbu darslik zamon talablari darajasida yangi darsliklar avlodini yaratish konsepsiyasiga binoan 2003 yilda Abu Ali ibn Sino nomli Tibbiyot nashriyoti tomonidan chop etilgan “Statistika” darsligining qayta ishlangan ikkinchi nashridir.

    Qayta ishlash jarayonida kitob matni yaxshilab tahrir qilinishi va ikkilamchi masalalarni chiqarib tashlanishi hisobiga uning hajmi ikki barobar ixchamlashgan. Ammo, mazmuni esa ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida yangicha yondashish va talqinlarni qo‘llash natijasida boyigan. Har bir mavzu masalalarini bayon etishda dasturlangan o‘quv texnologiyasi tomoyillaridan keng foydalanilgan. Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va kategoriyalar hamda nazariy masalalar dastlab muhim mantiqiy – tuzilmaviy elementlar va xarakterli jihatlarga ajratilib, turli sxema – tarhlar, chizma va boshqa ko‘rgazmali shakllar tasvirlangan. So‘ngra ular har taraflama izohlanib, hayotiy misollar yordamida tushuntirilgan.

    Darslikda statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati kabi mavzularga bag‘ishlangan bo‘limlar muammoli ma’ruzalar tamoyili asosida yozilgan. Variatsiya ko‘rsatkichlari, trendlarni aniqlash, dispersion, korrelyatsion va regression tahlil singari ko‘p hisoblash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni yoritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish zarurati va yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.

    Darslikda fan masalalari ikki turkumga ajratilib, birinchi – «Tasviriy statistika» - qismida statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, statistik ko‘rsatkichlar, axborotlarni jadval grafiklar yordamida taqdim etish usullari, ikkinchi «Analitik statistika» qismida esa tasniflash va guruhlash, taqsimot qatorlari, o‘rtacha miqdorlar va o‘rtacha tuzilmaviy ko‘rsatkichlar, variatsiya ko‘rsatkichlari, tanlanma kuzatish, korrelyatsion va regression tahlil, dinamikani o‘rganish statistik usullari, iqtisodiy indekslar, iqtisodiy balanslar va milliy hisobchilik asoslari bayon etilgan.

    Darslik barcha iqtisodiy fakultet oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan malaka oshirish institutlarining tinglovchilari, aspirantlar, ilmiy va amaliy xodimlar statistika uslubiyatining yangicha talqin va usullarini bilib olishlari mumkin.

    Авторы:


    Соатов Н.М. – доктор экономических наук, профессор,

    Заслуженный деятель науки Республики Узбекистан;



    Тиллаходжаева Г.Н. – старший преподаватель.
    Рецензенты:

    доктор экономических наук,

    Заслуженный деятель науки Республики Узбекистан;

    профессор Абдуллаев Ё.


    доктор экономических наук,

    Заслуженный экономист Республики Узбекистан;

    профессор Набиев Х.Н.

    Под общей редакцией академиков Академии Наук Республики Узбекистан



    С.С. Гулямова и М. Шарифходжаева.
    Данный учебник является вторым, существенно переработанным изданием книги “Статистика”, опубликованной в 2003 г. медицинским издательством имени Абу Али ибн Сина (Авиценны) в соответствии с концепцией создания нового поколения учебников, отвечающих требованиям жизни.

    Общий объем книги сокращён в два с лишним раза за счет тщательного редактирования текста и изъятия материалов общего экономико-статистического и описательного характера. Учебник стал более содержательным и компактным и в результате применения передовых педагогических технологий и интерактивных методов обучения. Практически все разделы изложены с использованием средств программированного обучения: из содержания основных понятий и категорий статистической дисциплины сначала выделены составные элементы и характерные черты каждого из них, которые для наглядности представлены в форме схем, чертежей и графиков, затем они подробно объяснены на конкретных примерах. В учебнике получили также свою реализацию принципы проблемных лекции.

    Книга состоит из двух частей и 13 глав. Первая часть – “Описательная статистика” – посвящена рассмотрению предмета и метода статистики, статистических показателей, методологии статистического наблюдения, представления статистических материалов с помощью табличного и графического метода. Во второй части – “Аналитической статистике” – освящен широкий круг вопросов, связанных с разработкой статистеческих классификации и группировок, построением и анализом рядов распределения, исчислением средних величин и порядковых средних вариационного ряда, а также показателей вариации, методологией выборочного исследования, корреляционно-регрессионным анализом, методом статистического изучения динамики общественных явлений, методологией экономических индексов и балансов.

    Учебник предназначен для студентов экономических вузов и факультетов. Он может быть использован аспирантами, слушателями курсов повешения квалификации, научными и практическими работниками предприятий и организаций.


    Authors:

    Soatov N.M. – Doctor of Economic Sciences, Professor,

    State Scientist in Uzbekistan;

    Tillakhodjaeva G.N. – Senior Lecturer.


    Reviewers:

    Doctor of Economic Sciences,

    State Scientist in Uzbekistan;

    Professor Abdullaev Y.


    Doctor of Economic Sciences,

    State Economist in Uzbekistan

    Professor Nabiyev Kh.N.

    Under general editions of academicians of the Science Academy of the Republic of

    Uzbekistan S.S. Gulyamov and M. Sharifkhodjaev
    The given textbook is second, much advanced edition of the book "Statistics" published in 2003 by medical publishing house of a name Abu Ali ibn Sina (Avitsena) according to the concept of creation of new generation of the textbooks, adequate life.

    Total amount of the book is reduced in two from superfluous time at the expense of careful editing of the text and withdrawal of materials of general economic-statistical and descriptive character. The textbook became more substantial and compact and as a result applications of advanced pedagogical technologies and interactive methods of training. Practically all sections are stated with use of means programming of training: from the contents of the basic concepts and categories of statistical discipline components and characteristic features of each of them at first are allocated which for presentation are submitted in the form of the circuits, drawings and diagrams, then they are in detail explained on concrete examples. In the textbook have received also realization principles of problem lecture.

    The book consists of two parts and 13 chapters. The first part - " Descriptive statistics " - is devoted to consideration of a subject and method of statistics, statistical parameters, methodology of statistical supervision, representation of statistical materials with the help of a tabulared and graphic method. In the second part - " to Analytical statistics " - the wide circle of questions connected to development statistics of classification and groupings, construction and analysis of numbers of distribution, calculation of average sizes and serial average variational number, and also parameters of a variation, methodology of selective research, correlation-regression by the analysis, method of statistical study of dynamics of the public phenomena, methodology of economic indexes and balances is consecrated.

    The textbook is intended for the students of economic high schools and faculties. It can be used by the post-graduate students, students of courses of improvement of qualification, scientific and practical workers of the enterprises and organizations.


    KIRISH

    O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash, xususiy mulkning o‘rni va ta’sirini kengaytirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik sohalari uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratish va rag‘batlantirishni hozirgi vaqtda hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

    Prezident I.A.Karimov bundan besh yil oldin respublika Oliy Majlisida qilgan ma’ruzasida bu dolzarb masalalarni yechish uchun malakali kadrlar va mutaxassislar yetishmasligi, tafakkurimizning oqsoqligi har qadamda to‘g‘onoq bo‘lib turishi haqida eslatib o‘tgan edi.

    Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, isloh qilish bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu esa, birinchi navbatda, oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat Talablarda ko‘zlangan fanlarning mazmuni va o‘quv dasturlarini xalqaro andozalarga moslashtirib takomillashtirishni talab qiladi.

    Zamon talablari darajasida yangi darsliklar avlodini yaratish konsepsiyasiga muvofiq 2003 yilda Abu Ali ibn Sino nomli Tibbiyot nashriyoti tomonidan “Statistika” darsligi chop etilgan edi. Ushbu kitob bu darslikni qayta ishlash mahsulidir. Kuchli tahririy ishlar va ayrim ikkilamchi masalalarni chiqarib tashlash natijasida darslikning umumiy hajmi ikki marotaba ixchamlashgan. Shu bilan birga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish hisobiga uning mazmuni boyigan. Har bir mavzu masalalarini bayon etishda dasturlangan o‘quv texnologiyasi tamoyillari qo‘llanilgan. Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va kategoriyalar hamda nazariy masalalar mazmunini oydinlashtirish uchun dastlab ular muhim mantiqiy tuzilmaviy elementlar va xarekterli jihatlariga ajratilib, sxema – tarhlar, chizma va boshqa ko‘rgazmali shakllar orqali tasvirlangan. So‘ngra ular har taraflama izohlanib, hayotiy misollar yordamida tushuntirib berilgan.

    Ushbu nashrda ayrim mavzularga bag‘ishlangan bo‘limlar, masalan, statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, dinamikani statistik o‘rganish usullari, iqtisodiy indekslar va boshqalar muammoli ma’ruzalari tamoyili asosida bayon etilgan. O‘rtacha miqdorlar va tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar, variatsiya ko‘rsatkichlari, ilmiy gipotezalarni statistik tekshirish, dispersion, korrelyatsion va regression tahlil masalalari ko‘p hisoblash ishlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun axborotlar texnologiyalaridan foydalanish zaruriyati va yo‘llariga e’tibor jalb qilingan.

    Har bir bob qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, qisqacha xulosalar, asosiy atama va tushunchalar, mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar bilan yakunlangan. Shu sababli ushbu darslik talabalar statistik bilimlarni o‘zlari o‘rganishni tashkil etishda muhim qurol bo‘lib xizmat qila oladi degan umiddamiz.

    Ta’kidlash joizki, sobiq sovet tuzumining boshlang‘ich davrlaridayoq, statistikani markazlashgan totalitar boshqarish maqsadiga bo‘ysundirish, uning samarali quroliga aylantirish niyatida rejali xo‘jalik sharoitida u o‘zining nazariy asoslaridan ajralishi va statistika fani yo‘qolishi haqida «nazariya» to‘qilgan edi.

    Natijada statistika xalq xo‘jaligi hisobining bir turi sifatidagina qaraldi, uning nazariyasi esa ehtimollar nazariyasi bilan birlashtirilib, matematikaning tarkibiy qismi deb talqin etila boshlandi.

    Keyinchalik 50-yillarda yangi ijtimoiy fan sifatida statistika nazariyasi haqida kurs yaratildi va matematik statistika bilan bir qatorda u oliy o‘quv yurtlari rejalaridan o‘rin egalladi. Natijada statistika nazariyasi mustaqil ikkita o‘quv kurslari bo‘lib qoldi. Afsuski, hanuzgacha bu masalaga ayonlik kiritilgani yo‘q, vaholanki butun dunyoda yashnayotgan erkin bozor iqtisodiyoti mamlakatimizda ham bunyod etilmoqda va u tovar ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar erkin harakati uchun sharoit yaratmoqda, demak, tasodifiy jarayonlar hayotimizda kechmoqda.

    Barcha bozor iqtisodiyoti rivojlangan va taraqqiy eta boshlagan mamlakatlarda, ularning universitetlari va oliy maktablarida yagona statistika kursi o‘qitilib kelindi va hozirgi kunda o‘qitilmoqda. Ko‘p yillar davomida sinovlardan o‘tgan mazkur boy tajribani hisobga olib, universitet va institutlarimizda ham ularning yo‘nalishlaridan qat’iy nazar, yagona statistika kursini o‘quv jarayonlarida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shu bilan birga oliy ta’limning iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarda statistik tafakkur bunyod etish sohasida yurtimizda to‘plangan tajribalardan voz kechish ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Bunda statistika nazariyasi bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy statistika va tarmoq statistikalari o‘qitib kelinganligi nazarda tutilmoqda. Bu statistika sohalariga xos masalalar ham yagona statistika kursidan fan nazariyasi va uslubiyati bilan uzviy bog‘langan va izchil uyg‘unlashgan holda yoritilishi lozim.

    Moliya, buxgalteriya hisobi va auditdan tashqari barcha boshqa umumiqtisodiy yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha bakalavr darajasida yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash o‘quv rejalarida yagona «Statistika» kursi ko‘zlangan bo‘lib, uning o‘quv dasturi esa yuqorida bayon etilgan mazmunda tuzilgan. Ana shu hujjatga muvofiq ushbu darslik tayyorlandi. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ko‘p yillar davomida fanni o‘qitish jarayonida to‘plangan tajribalar umulashtirilgan. Ushbu kitob kamchiliklardan xoli emasligini mualliflar oldindan e’tirof etib, uning mazmuni bo‘yicha qilingan xolisona taklif va maslahatlarini bajonidil qabul qilishini bildiradi va sezgir kitobxonlar o‘z fikrlarini quyidagi manzilgohga yozib yuboradilar deb umid qiladi: Toshkent - 700181, Akmal Ikromov tumani, Ibragimov ko‘chasi, 98-uy.

    Mualliflar

    I QISM. TASVIRIY STATISTIKA
    I bob. Statistika predmeti va uslubi
    1.1. Statistika nima?

    Jamiyat hayoti, turmushi haqidagi ma’lumotlarga bo‘lgan amaliy ehtiyoj statistikani yaratdi.

    Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish obyektlarini belgilash zarurati tug‘ilgan. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo‘layotgan o‘zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi ho‘jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqozo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan.

    Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida o‘zaro aloqalar kengayishi bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obyektiv zaruriyat bo‘lib qoladi. Bu esa, o‘z navbatida, yangidan-yangi ma’lumotlar to‘plash, iqtisodiy hayotning hamma muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tug‘diradi. Shu bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon xo‘jaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jahon ho‘jaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisob-kitob yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Natijada milliy hisobchilik shakllandi va rivoj topmoqda.


    Ma’lumotlarda ifodalangan tartib-qoidalarni anglash ishtiyoqi, tushuntirish yo‘llarini topish zaruriyati statistikani fan sohasiga aylantirdi.

    Ammo, ilk bor statistika davlatni boshqarish muhim quroli sifatida shakllangan va rivojlanib borgan bo‘lsa ham, shu bilan bir vaqtda ko‘pdan ko‘p voqealarni, faktlarni miqdoriy jihatdan hisobga olish va ma’lum darajada tartibga solish natijasida ilmiy jihatdan juda qiziqarli materiallar ham jamg‘arildi. Bu ishning dastlabki onlaridayoq sezgir kuzatuvchi tarqoq butunlay tasodifiy tuyulgan o‘g‘il yoki qiz bola tug‘ilish soni, nikoxlanish, yoki u yo bu yoshda o‘lish soni va shularga o‘xshash hodisalarda ma’lum tartib- qoidalar borligini payqab hayratda qoldi. Natijada buning sabablarini anglash ishtiyoqi kishida uyg‘onib, ularni tushuntirish yo‘llarini izlab topish ehtiyoji tug‘ildi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun statistika xizmat qilaboshlashi bilan birga ilm-fan sohasiga aylandi.

    Amaliy faoliyatda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish yo‘li bilan dastlab davlatni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va talqin etish qoidalari, tartiblari, yo‘llari, usullari yaratildi. Statistika ana shunday fan sifatida qaralib yangi izlanishlar asosida boyib bordi. Uning mohiyati va usullarini takomillashtirishda matematika usullari, qurollari va yangi nazariyalaridan foydalanish juda qo‘l keldi, chunki statistika ham matematikaga o‘xshab sonlar, miqdorlar bilan shug‘ullanadi, ammo shunday toifalari bilan-ki, ular sifatga ega bo‘lib, ommaviy hodisalarni o‘lchash natijasida hosil bo‘ladi. Pirovard oqibatda statistik tafakkur uslubi, ya’ni statistika nazariyasi va uslubiyati (metodologiyasi) shakllandi. Endi bu uslub nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni o‘rganishda, balki boshqa sohalarni ham birin-ketin egallay boshladi. Hozirgi vaqtda u deyarlik barcha fan va texnika sohalarida, tajriba-eksperimentlarda, fizika, kimyo, biologiya, arxeologiya, agronomiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, tilshunoslik, harbiy ishlar va hatto tasviriy san’atda hamda musiqa bastalashda qo‘llanilmoqda.

    Shunday qilib, Statistika yuzaki qarashda oddiy so‘z bo‘lsa ham, lekin ko‘p qirrali mazmunga ega.


    Statistika lotincha “status” - ahvol, holat so‘zi bilan italyancha “state” - davlat so‘zidan kelib chiqib, davlat ahvoli haqidagi fan.

    Etimologiya, ya’ni so‘zlarni kelib chiqishi jihatidan bu atama bevosita qandaydir bitta klassik - grekcha yoki lotincha ildizga ega emas. U lotincha “status”, ya’ni ahvol, holat degan so‘zning italyancha “state” - davlat degan so‘z qiyofasini olishidan kelib chiqadi. Statistika so‘zi kundalik hayotga va ilm-fanga XVIII asrda kirib keldi. Dastlab, savdo va moliya kapitali hamda pul munosabatlari taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan ehtiyojni qondirish maqsadida to‘plangan mamlakat aholisi, iqtisodiy va siyosiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar statistik axborotlar deb yuritiladi.


    Dastlab davlatshunoslik fani statistika deb ataldi.

    Biroz keyinroq davlatning diqqatga sazovor tomonlarini tasvirlaydigan davlatshunoslik fani paydo bo‘lib, u statistika nomi bilan, uni yaxshi egallagan bilimdon esa statistik deb atala boshlandi. Bu fanning ko‘zga ko‘rinarli namoyondasi nemis G. Axenval (1719-1772yy) birinchi bo‘lib statistika so‘zini ot sifatida qo‘lladi va ilmiy odatga kiritdi. Uning fikricha, statistika bu davlat uchun alohida ahamiyat kasb etadigan masalalar sharhi, tasviridir. Ammo hozirgi kunda statistika atamasini bunday mazmunda talqin etish ko‘p jihatlarini yo‘qotdi. Kundalik turmushimizda mamlakat iqtsodiyoti va aholisi haqidagi ma’lumotlar to‘plami statistika deb yuritilsa ham, ammo u o‘tgan asrlardagi “davlatshunoslik” dan tubdan farq qiladi.


    Hozirgi zamon statistikasi davlatshunoslikdan axborotlarning to‘laligi, turli- tumanligi va xarakteri bilan tubdan farq qiladi.

    Bu farq nafaqat axborot turlari ko‘pligi va to‘laligida ko‘zga tashlanib qolmasdan, shu bilan birga ularning xarakterida ham yaqqol kuzatiladi. Endi statistika deganda faqat miqdoriy ifodalangan axborotlar tushuniladi. Masalan, muayyan davlatda qanday siyosiy tizim xukmronligi, qaysi til davlat tili ekanligi statistikaga hech qanday aloqasi yo‘q, ammo siyosiy firqolar soni, ularning maqsadi, a’zolar soni va boshqa belgilar bo‘yicha taqsimlanishi, yetakchi firqo tashkilotlari a’zolarining ijtimoiy holati, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha taqsimoti, qaysi tilda qancha aholi gaplashishi va hokazolar - bular statistikadir. Mamlakat hududiy bo‘linmalarining ro‘yxati yoki jo‘g‘rofiy xaritada joylanishi statistika emas, biroq aholini soni, sanoat tarmoqlari va hokazolarning hududiy kesimda taqsimoti statistikadir.

    Statistikaga oid ma’lumotlar uchun umumiy o‘ziga xos xususiyat shundan iboratki, ular ayrim yakka hodisalarga tegishli bo‘lmasdan, balki doimo ularning to‘plamini qamrab oluvchi umumlashtiruvchi miqdorlardir. Yakka hodisa, to‘plamdan farqli o‘laroq, mustaqil va bir - biriga o‘xshash tarkibiy elementlarga bo‘linmaydi. To‘plam bitta yoki bir nechta hodisaga kamayishi bilan butunlay yo‘q bo‘lmasdan, oldingi mavqeini saqlab qoladi. Masalan, agarda shahar aholisi orasida bir yoki bir nechta kishi vafot etsa yoki boshqa joyga ko‘chib ketsa, aholi to‘plamligicha qolaveradi. Qandaydir korxona yopilsa korxonalar to‘plami o‘z nomini saqlab qoladi. Ammo yakka korxonaga qarashli asosiy sex yopilsa, korxona o‘z mavqeini yo‘qotadi, ya’ni ishlamay qo‘yadi.

    Shuningdek, shaharga bir kishi ko‘chib kelishi yoki bola tug‘ilishi, yangi korxona ishga tushishi bilan mavjud to‘plam o‘rniga yangisi yoki ikkinchi boshqa to‘plam paydo bo‘lmaydi.

    Agarda hodisa yakkayu yagona bo‘lib, keyinchalik unga o‘xshash hodisa yuzaga chiqishi kutilsa, u holda bu hodisa mustaqil statistika obyektini tashkil etadi. Masalan, Asakadagi o‘zbek-quriya qo‘shma yengil mashinalar ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushishi bilan respublika xo‘jaligida yangi tarmoq shakllanishiga asos solindi. Demak, bu korxona statistika, obyekti hisoblanadi, chunki keyinchalik unga o‘xshash mashinasozlik korxonalari vujudga kelishi mumkin, haqiqatda ham paydo bo‘la boshladi.

    To‘plam tarkibidagi har bir hodisa o‘z o‘zidan statistikani qiziqtirmaydi. U to‘plam bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlarni olish uchun asos sifatida statistika diqqatini tortadi. Masalan, nikohni qayd qilish oila quruvchi ikki yosh uchun ahamiyat kasb etadi, chunki ularning oilaviy huquq va vazifalarini belgilaydi, shu jihatdan davlat tashkiloti-ZAGS larni ham qiziqtiradi, chunonchi ular huquqiy oila munosabatlari ustidan nazorat olib borish uchun tuzilgan. Bu fakt statistika uchun qayd qilingan nikohlar soni, yangi oilalar a’zolarining yoshi, yashash manbaalari va xokazolar haqidagi umumiy ko‘rsatkichlarni olish jihatidangina ahamiyatga ega.

    Garchi faktlar gung bo‘lsa ham, ularni tushunish kerak, talqin eta bilish lozim. Statistikaga ana shunday yo‘sinda yondashish natijasida bu so‘zning ma’nosi boyidi, u mazmunan yangi jihatga ega bo‘ldi.


    Statistika - bu fan tarmog‘i, amaliy faoliyat sohasi, bilim yo‘nalishi, bilish quroli.

    Statistika deganda ma’lumotlar to‘plash jarayoni ham ularni qayta ishlab, xolisona va aniq talqin etish qoidalari ham tushuniladi. Ana shu mazmunda statistika ham fan, ham faoliyat sohasi, ham kasb turidir. U uyushtirilgan bilim tarmog‘i ham, maqsadlarni amalga oshirish uchun kuchli qurol ham, kasbkorlik faoliyati sohasi ham hisoblanadi. Ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olim E.Keyn shohidlik qilishicha, ma’muriy muassasalarda ishlarni tasniflashga oid amerika ma’lumotnomasida statistika quyidagicha ta’riflanadi: “Statistika faktlarni xulosalar yasash uchun asos sifatida to‘plash, tasniflash va miqdoriy baholash haqidagi fandir”1 Shu jihatdan u tasviriy statistika nomi bilan ham yuritiladi.



    Tasviriy statistika - bu ma’lumotlar to‘p-lash, tasniflash, umum-lashtirish va talqin etish yo‘llaridir.

    Demak, tasviriy statistika deganda axborotlar to‘plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish yo‘llari nazarda tutiladi. Uning diqqat markazida ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish turadi. Tasviriy statistika ma’lumotlarni samarali to‘plash, tartibga solish va umumlashtirilgan statistik axborotlar olish usullarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Bu ishda EHMdan foydalanish muhim masala hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodchi mutaxasislar, statistiklar EHM yordamida axborotlar to‘plash, ishlash va saqlash qoidalarini chuqur bilishlari lozim.

    Shunday qilib, statistika atamasi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, hozirgi kunda u quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:

    -statistika deganda turmushimizning turli tomonlari - iqtisodiy, madaniy, siyosiy, ma’naviy, sotsial-psixologik, ijtimoiy-demografik va hokazo hodisalar hamda atrof-muhit holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Bunday mazmunda bu so‘z ko‘proq davriy matbuot sahifalarida va axborot vositalarida ishlatiladi;

    -ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayoni ham statistika deb yuritiladi;

    -statistik ko‘rsatkichlarni hisoblaydigan va saqlaydigan, axborot xizmatlarini ko‘rsatadigan maxsus tashkilotlar nazarda tutilganda ham statistika so‘zi foydalaniladi. Masalan, gazeta sahifalarida “statistika bergan ma’lumotlarga ko‘ra” degan ibora tez-tez uchrab turadi;

    -yirik korxona va idoralarda ho‘jalik faoliyat haqidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash va hisobotlar tuzish bilan shug‘ullanadigan bo‘lim nomi ham statistika deb yuritiladi;

    -statistika deb maxsus ilm-fan yo‘nalishi ham ataladi;

    -statistika deganda turli ilmiy-texnika sohalarida gipotezalar yasash, baholash va yechimlar qabul qilish jarayonida statistik uslubiyatni tatbiq qilish ham tushuniladi;



    -nihoyat, matematikada turli mezonlar va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar statistika deb yuritiladi.
    1.2. Statistika predmeti
    Predmet so‘zi bir necha lug‘aviy ma’noga ega.


    Statistika predmeti deganda statistika o‘rganadigan obyekt, ya’ni, ommaviy hodisa va jarayonlarning sifat-miqdor aniqligi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy nisbatlarda yuzaga chiqishi, o‘rganilayotgan obyekt mazmunini belgilaydigan bilimlar majmuasi nazarda tutiladi. Bu masalaga statistika qo‘llanish sohalari ham aloqadordir.


    Statistika o‘rganish obyekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir.

    Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi. Ular biror narsalar to‘plamida va o‘zaro bog‘langan to‘plamlar orasida kechadi. Bu yerda hodisa so‘zi jamiyat hayotida, turmushda, tabiatda, bir so‘z bilan aytganda, moddiy dunyoda haqiqatda bo‘lgan real voqeani bildiradi. Masalan, oilada bola tug‘ilishi, paxta hosili, ishchilar soni, yog‘ingarchilik (qor yoki yomg‘ir yog‘ishi), atrof-muhit bulg‘anishi va hokazolar. Jarayon so‘zi voqealar oqimini, ularning ma’lum makon va zamon sharoitida qanday tezlikda kyechishini, yuzaga chiqish yoki chiqmasligini, o‘zgarishini, hodisalar rivojlanishini anglatadi.




    Ommaviy hodisaning umumiy ta’rifi: biror obyektlar to‘plamida yoki murakkab obyekt elementlari majmuasida yuzaga chiqqan voqea.

    Demak, ommaviy hodisa - biror obyektlar to‘plamida sodir bo‘lgan voqea, harakat natijasi. Masalan, O‘zbekiston barcha dehqon va shirkat ho‘jaliklari tomonidan bir yilda yetishtirilgan paxta hosili, hamma oilalarda tug‘ilgan bolalar soni, yoqqan qor va yomg‘ir hajmi, hamma korxona va avtomobillar tomonidan atmosferaga chiqarilgan gazlar va hokazolar.


    Ommaviy jarayon umumiy ta’rifi: obyektlar to‘plamida yoki murakkab obyektda sodir bo‘lgan voqealar oqimi, ularning rivojlanishi.

    Ommaviy jarayon - bu obyektlar to‘plamida sodir bo‘lgan voqealar oqimi va uning xarakteri, ularning rivojlanish darajalari, to‘plama hodisalar kyechishidagi (harakatidagi) o‘zgarishlar. Masalan, O‘zbekistonda tug‘ilgan bolalar sonining ko‘payishi, tug‘ilish darajasining o‘zgarishi, umumiy ekin maydonida paxta salmog‘ining kamayishi va don ekinlari ulushining ortishi, Toshkent shahrida korxona va avtomashinalar tomonidan atmosferaga chiqarilgan gazlar ortishi, yer osti boyliklari zaxirasining o‘zgarishlari va hokazolar.


    Ommaviy hodisa va jarayonning birinchi muhim belgisi - unda bir qancha obyektlar ishtirok etib, ular o‘xshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat.

    Ommaviy hodisa va jarayon bir qator muhim belgilari bilan ajralib turadi.

    Uning muhim belgilaridan biri - ommaviy hodisa va jarayonda bir qancha mustaqil obyektlar (to‘plam birliklari) ishtirok etadi. Bu xususiyat murakkab obyektlarni ommaviy hodisa deb qaralganda ham namoyon bo‘ladi, chunki bunday obyekt bir to‘da yakka elementlardan tuziladi. To‘plam obyektlari, xuddi shuningdek murakkab obyekt elementlari o‘rganilayotgan hodisa jarayon uchun muhim bo‘lgan munosabatlar jihatidan bir biriga o‘xshaydilar.

    Ayrim obyektlar yoki elementlar uchun xos bo‘lgan o‘xshashlik alomati ular ichki izchil tub bog‘lanishlarga ega ekanligidan kelib chiqadi. Bu esa o‘rganilayotgan obyektlar, elementlar to‘plami ichki qiyofa jihatidan umumiy asosga, sifatga, mohiyatga egaligini va shu nuqtai nazardan bir jinsliligini anglatadi.

    Demak, statistikada o‘rganiladigan ommaviy hodisa va jarayon mohiyati va sifati jihatidan bir jinsli to‘plamda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga u miqdoriy jihatdan turlicha ifodalanishi mumkin.




    Ommaviy hodisa va jarayonning ikkinchi xossasi - ayrim to‘plam obyektlari, elementlari o‘ziga xoslik alomatiga ega bo‘lib, mustaqil, erkli tarzda amal qiladilar.

    Bu esa ommaviy hodisa va jarayonning yana bir muhim xususiyati hisoblanadi. U o‘rganilayotggan to‘plamning ayrim obyektlari, elementlari bir biriga o‘xshashligi bilan bir qatorda o‘ziga xoslik alomatiga egaligidan kelib chiqadi. Har bir to‘plam obyekti, elementi o‘xshashlik va o‘ziga xoslik jihatlarining yagona birligida hayotda harakat qiladi, ma’lum hodisa va jarayonning soxibi sifatida gavdalanadi. Ana shunday ayrim voqealar, jarayonlar umumlashishidan esa ommaviy hodisa va jarayon shakllanadi va u statistikani o‘rganish obyekti hisoblanadi.

    Ommaviy hodisa va jarayonning uchinchi xossasi - to‘plamning biror obyekti haqidagi tafsillarni uning barcha boshqa obyektlariga oid tafsillari asosida aniqlab bo‘lmaydi

    Ommaviy hodisa va jarayonning boshqa yana bir xossasi - uni yuzaga chiqishida ishtirok etuvchi to‘plam obyektlari, elementlaridan biri haqidagi haqiqiy tafsilotlarni (ko‘rsatkichlarni) qolgan boshqa obyektlar tafsilotlaridan to‘la holda yoki umuman aniqlab bo‘lmaydi. Ma’lum shirkat xo‘jaligi yoki sanoat korxonasining mahsuloti, meqnat va mablag‘lar sarfi, texnika vositalari kabi haqiqiy tavsilotlarini boshqa ho‘jalik va korxonalarining tegishli tavsilotlari asosida topib bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, turli obyektlarning ayrim tavsilotlari orasida to‘la yoki qisman bo‘lsa ham mustaqillik qaramsizlik mavjud. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, agarda o‘rganilayotgan obyektlarning bittasidan tashqari qolgan hammasi haqida ma’lumotlar bor desak, u holda ushbu noma’lum obyektning haqiqiy ko‘rsatkichlarini ular asosida aniqlab bo‘lmaydi, ammo chamalab baholash mumkin, xolos. Biroq olingan natija qanchalik haqiqatga mosligi jumboq bo‘ladi, chunki hatto mazkur obyekt umuman bo‘lmaganda ham, bunday chamalama hisoblash natijasi o‘z kuchida qoladi.


    Nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning to‘rtinchi eng muhim belgisi - unda ma’lum qonuniyat yuzaga chiqishi, ammo u yakka hodisada odatda kuzatilmasligi-dadir.

    Va nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning yana bir muhim xossasi - unda ma’lum qonuniyat yuzaga chiqib, ammo ayrim elementlarda, ya’ni yakka holda qaralgan hodisada ko‘p hollarda kuzatilmasligidadir. Bu qonuniyat ommaviy hodisa va jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi, uning tabiatidan ajralmas jihat hisoblanadi. Bunday qonuniyat statistik qonuniyat deb ataladi. Ammo bunday qonuniyatlarni umuman statistikaga xos, uning xususiy qonuniyatlari deb talqin etib bo‘lmaydi, chunki, bu holda ular mualloq holatdagi biror predmetga ya’ni bo‘shliqda turib qolgan narsaga o‘xshash tushuncha bo‘lib qolar edi. Ommaviy hodisa va jarayonlarda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni ochish va o‘rganish statistikaning asosiy vazifasi, statistik tekshirishda ko‘zlangan va haqiqatda erishilgan pirovard maqsad hisoblanadi. Har doim ular ayrim hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayonida olinadigan hamda butun to‘plam bo‘yicha miqdoriy nisbatlarni ta’riflaydigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar shaklida namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda statistik qonunyatlar ommaviy hodisa va jarayon tabiatining turli tomonlariga tegishli izchil bog‘lanishlarni, tartib qoidalarni ifodalaydi. Bu jihatdan ularni ma’lum darajada shart bilan ikki turga ajratish mumkin:

    birinchidan, o‘rganilayotgan hodisalar to‘plamining tuzilishidagi bog‘lanishlarni ifodalovchi qonuniyatlar, ular taqsimot qonuniyatlari deb ataladi.

    ikkinchidan, ommaviy hodisa va jarayonning dinamizmini ifodalovchi qonuniyatlar, ularni rivojlanish (taraqqiyot) qonuniyatlari deb ham atash mumkin.

    Shunday qilib, statistik qonuniyatlar ommaviy hodisa va jarayonlarda, ularning asosiy sabablari ta’siri ostida yuzaga chiqadi. Ular ayrim hodisalarda namoyon bo‘lmaydi va buning sababi shundaki, bu holda yordamchi ikkilamchi omillar, sabablar muhim rol’ o‘ynab, asosiy sabablarning ta’sir kuchini qirqadi va ulardan ustunlik ham qilishlari mumkin. Agarda jarayonni bir butunlikda, barcha harakatchan kuchlar to‘plamida qaralsa, u holda tasodifiy tafovutlar tekislanish, silliqlanish tendensiyasiga ega bo‘ladi, chunki ulardan bir qismi ijobiy, boshqalari salbiy hisoblanadi. Tekshirilayotgan to‘plam hajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ikkilamchi sabablarning oqibatlari ya’ni ularning ta’siri ostida yuzaga kelgan tasodifiy tafovutlar ko‘proq yediriladi, siyqalanadi. Natijada zaruriy sabab bog‘lanishlar, ya’ni biologiya, iqtisodiyot, fizika, kimyo va hokazo qonunlari yaqqolroq namoyon bo‘ladi.

    Ammo ayrim holatlarda to‘plam soni ko‘paysa ham katta sonlar qonuni amal qilmasligi va statistik qonuniyatlar yuzaga chiqmasligi mumkin. Turmushimizda, iqtisodiy hayotda bunday holat quyidagi hollarda kuzatiladi:

    -o‘rganilayotgan hodisalar qastdan, ataylab qilingan xatti-harakatlar natijasi bo‘lsa;

    -o‘rganilayotgan to‘plam tabiatan bir jinsli bo‘lmaganda, ya’ni u har xil sifatga ega bo‘lgan hodisalardan tashkil topsa;


    Statistik qonuniyatlar namoyon bo‘lishi uchun hodisa beg‘araz xatti-harakat natijasi, to‘plam bir jinsli bo‘lishi kerak.

    -ommaviy jarayonning turli unsurlariga ta’sir etuvchi ikkilamchi sabablar kuchli o‘zaro bog‘liq bo‘lganda.

    Shuning uchun katta sonlar qonuni amal qilishi va statistik qonuniyatlar yuzaga chiqishi uchun ma’lum shart-sharoitlar ta’minlanishi lozim. Birinchi shart - o‘rganilayotgan hodisalar beg‘araz, erkin xatti-harakatlar natijasi bo‘lishi kerak. Shu holdagina hodisa tasodif xarakterga ega bo‘ladi va to‘plam unsurlari mustaqil, erkli bo‘lishi uchun sharoit tug‘iladi, chunki ularga ta’sir etuvchi ikkilamchi sabablar ham o‘zaro kuchli bog‘lanishga ega bo‘lmaydi yoki kuchsiz bog‘langan bo‘ladi, natijada aksariyat unsurlar ham ushbu sifatga ega bo‘ladi. Ikkinchi shart - o‘rganilayotgan to‘plam bir turli (jinsli) bo‘lishi kerak. Agarda uning tarkibiy qismlari biror yoki aynan shunday asosiy sabablar ta’siri ostida bo‘lsa, o‘rganilayotgan ommaviy jarayon ham bir jinsli, bir turlidir. Unga yangi boshqa tabiatli unsurlar qo‘shib bo‘lmaydi, aks holda to‘plam har xil jinsli bo‘lib, turli asosiy sabablar ta’siri ostida bo‘lgan qismlardan shakllanadi. Bunday to‘plamlarni o‘rganish dastlab uni bir jinsli qismlarga ajratishni taqozo etadi.




    Ommaviy hodisaning aniq ta’rifi - bu har qanday hodisalar yig‘indisi bo‘lmasdan, balki, ularning bir butun to‘plami bo‘lib, unda statistik qonuniyatlar namoyon bo‘ladi.

    Yuqorida bayon etilgan fikrlar ommaviy hodisa va jarayonni aniqroq va to‘laroq ta’riflash imkoniyatini beradi. Ommaviy hodisa va jarayon har qanday voqealar (faktlar) yig‘indisi bo‘lmasdan, balki shundaylarining to‘plamiki, unda ichki izchil bog‘lanishlar va ularni ifodalovchi qonuniyatlar mavjud bo‘lib, yakka tartibda ular qaralganda kuzatilmaydi.

    Statistika fani barcha ommaviy hodisa va jarayonlarni, qaysi sohalarga ular tegishliligidan qat’iy nazar, o‘rganadi. Bu holda uning universal, umumiylik jihati namoyon bo‘ladi. Ammo, bunda qandaydir zararli unversalizm alomatlarini ko‘rish noo‘rindir. Har qanday fan ma’lum darajada umumiylikka ega.

    Ommaviy hodisa va jarayonni o‘rganayotib, statistika uni miqdoran ya’ni sonlar yordamida ta’riflaydi. Bu esa uning o‘rganish predmetidan kelib chiqadi.

    Shunday qilib, statistika fanining predmeti ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy-sifat aniqligini o‘rganish, ularda aniq makon va zamon sharoitida namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdan iborat



    Download 7.16 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   275




    Download 7.16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N

    Download 7.16 Mb.