Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




Download 1.38 Mb.
bet1/40
Sana10.04.2017
Hajmi1.38 Mb.
#3920
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

TA`LIM VAZIRLIGI




BUXORO YUQORI TEXNOLOGILAR MUXANDISLIK-TEXNIKA INSTITUTI

" TO’QIMACHILIK VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYA" KAFEDRASI


5140900 KТ "TO`QIMACHILIK SANOATI MAXSULOTLARI TEXNOLOGIYASI" YO`NALISHI BO’YICHA TA’LIM OLAYOTGAN BAKALAVRLAR UCHUN "TO’QIMACHILIK IPLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI" FANIDAN


M A ‘ R U Z A L A R M AT N I

I- QISM

Buxoro - 2013

ANNOTATSIYA:


Ma’ruza matnda yigirish sanoati xom ashyosi, paxta tolasini titish-tozalash, savash, tarash mashinalarida yarim maxsulot olish, pilta mashinalaridagi texnologik jarayonlar, shuningdek, kayta tarash tizimi va unda bajariladigan texnologik jarayonlar nazariyasi bayon kilingan. Texnologik jarayondagi mashinalarning texnologik-kinematik xisoblari keltirilgan, unga oid masalalar echimi berilgan. Ma’ruza matn 5140900- KT «Tukimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi» yunalishidagi bakalavrlar, shuningdek, tukimachilik sanoatining muxandis- texnik xodimlari xam foydalanishlari mumkin.


Mualliflar:
Tuzuvchi:

“T va KT ” kafedrasi katta o`qituvchisi Salomova R.S.

“T va KT” kafedrasi katta o`qituvchisi Giyosova D.R.

Taqrizchi:

" T va KT " kafedrasi dosenti: Nurboyev R.X.

O`zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati

Buxoro o’quv ishlab chiqarish korxonasi

etakchi mutaxassisi Raximova M.S.

Institu uslubiy kengashida

tasdiklangan______2013 y.



Ushbu ma’ruzalar matn "To`qimachilik va kimyoviy texnologiya" kafedrasi (20_ yil __________________- majlisi yigilishida) tasdiklangan chop etishga tavsiya qilingan.

MUNDARIJA






Kirish.

4



To’qimachilik sanoatining xalq xo’jaligining rivojlantirishdagi ahamiyati………………………………………………………..

5



Paxta tolasining asosiy xossalari………………………………..

9



Yigirish sanoati xom-ashyosi, paxta tolasini aralashtirish jarayoni........................................................................................

19



Paxta tolasini titish va tozalash…………………………………

25



Savash mashinasining tuzilishi va ishlashi……………………...

28



Oddiy(karda) tarash tizimidagi tarash mashinasi……………….

32



Qabul barabani ishi. Qabul barabani ishining jadalligini baxolash…………………………………………………………

39



Bosh barabandan ajratuvchi barabanga tolalarning o`tish jarayoni…………………………………………………………

45



Pilta mashinalarida bir tekis pilta tayyorlash. Pilta mashinalarining asosiy vazifalari………………………………

50



Turli xil pilta mashinalaridagi cho’zish asboblari tuzilishi taxlili……………………………………………………………

54



Pilta sifatini nazorat qilish. Pilta mashinasida paydo bo’ladigan nuqsonlar. Pilta mashinalariga xizmat ko’rsatish……………….

58



Pilta qo’shish mashinasi. «Tekstima 1576» markali pilta qo’shish mashinasi, ishlashi…………………….……………...

62



Qayta tarash mashinasi asosiy ishchi qismlari taxlili……………………………………………………………

66



Xolstchalar sifatini nazorat qilish va qayta taralgan pilta chiqindilari………………………………………………………

77

K I R I SH .


Hozirgi davrda yyengil sanoat va to’qimachilik korxonalari oldiga katta vazifalar qo’yilgan. Hozirgi zamon talablariga hamda jaxon standartlariga, bozor iqtisodiyoti talabalariga javob bera oladigan ip va gazlamalar ishlab chiqarish davr talabi bo’lib bormoqda. Mana shularni inobatga olib muxandis va olimlarimizning oldiga dasturlar va tadbirlar ishlab chiqarish qo`yilmoqda. O’zbekiston hukumati qo`llayotgan bir qator tadbirlarga muvofiq xo’jalik korxonalarini iqtisodiy boshqarishning yangi usuli hissadorlik jamiyatlarini tashkil qildi. Bu tadbirning asosiy maqsadi – xalk xo’jaligining yengil sanoat mahsulotlarga bo’lgan talablarni sifatli mahsulot bilan bozorni to`ldirishdan iborat. Ilmiy tadqiqot institutlarining loyihalovchi mutaxassislarining faoliyatida GPI-4 yangi fabrika to’qimachilik korxonalarini loyixalashda eskilarini qayta jixozlash oid ko’p ishlarini amalga oshirmoqda. Jamiyatni bosqichma-bosqich va muntazam rivojlantirish jarayonida, taraqqiyot samarasini oshirishda ilmiy texnika taraqqiyotining roli juda katta. Bunda asosiy ko`zda tutilgan maqsad - korxonalarining mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilash, qo`l mehnatini kamaytirish va hokazo.

Mamalakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish uchun ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarini kengaytirish, turli tarmoqlarini bir me`yorda rivojlanishini ta`minlash, ishlab chiqarishni boshqarishning yangi shakllarini qo`llash va shu yo`l bilan korxona samaradorligini oshirish kerak. Bu yangi iqtisodiy, tashkiliy o`zgarishlarning hammasi jamiyatimizning, shu jumladan har bir insonning extiyojlarini qondirishga ko`rsatilgan tadbirlar bo’lib, ular asosan yangi, tezkor, ixcham, qulay uskunalarini qo`llash xom ashyodan samarali foydalanish mehnatni ilgor tajriabalar asosida ilmiy tashkil qilish hisobiga bajariladi.

Yengil sanoat, shu jumladan to’qimachilik sanoati xalqning moddiy, ma`naviy va madaniy talablarini qondirishda katta rol o`ynaydi. Shuning uchun to’qimachilik mahsulotlarining yangi turlarini, bejirim kiyim- kechaklar ishlab chiqarishni borgan sari ko’paytirib borish kerak.



Download 1.38 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Download 1.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

Download 1.38 Mb.