• Urchuq- lar Maxsulot chiqaruv. organlar
  • Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




    Download 1.38 Mb.
    bet5/40
    Sana10.04.2017
    Hajmi1.38 Mb.
    #3920
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    T/r



    Mashinalar


    Maxsu-

    lotning yo’g’onli-gi

    teks (№)


    Cho’zish

    marta


    Qo’shi-

    lishlar

    soni


    Pishi-

    tish

    koef.

    1 m.ga to’g’ri

    kelad. buram.

    soni


    Tezlik min-1

    Urchuq-

    lar

    Maxsulot chiqaruv.

    organlar

    1.

    Savash mashinasi

    384,6

    (0,0026)


    -

    -

    -

    -

    -

    10(yumalatib

    urovchi val)



    2

    Tarash mashinasi

    3225

    (0,31)


    119

    1

    -

    -

    -

    31(ajratish

    barabani)



    3

    LNS markali 1-o’tim

    3225

    (0,31)


    8

    8

    -

    -

    -




    4

    II-o’tim

    3225

    (0,31)


    8

    8

    -

    -

    -




    5

    Pillik mashinasi

    3225

    (3,5)


    11,2

    1

    10,35

    61,0

    800

    192

    6

    Yigirish mashinasi

    18,5

    (54)


    15,4

    1

    41,1

    824

    10400

    161

    Fabrikada texnologik jarayon to’g`ri borishi har bir yo’g’onlikdagi ip yigirish uchun aloxida yigirish rejasi to’ziladi. U quyidagi asosiy omillarni hisobga olib tuzilishi lozim:

    - texnologik jarayon qisqa bo’lishi, kam mashinalardan o`tishi, uning tannarxi past bo’lishi kerak.

    - katta tezlik bilan ishlaydigan eng so’nggi va takomillashganligi ko’zda tutish lozim.

    - jarayonlar to’la mexanizasiyalashtirilgan va iloji boricha avtomatlashtirilgan (ayniqsa o’zilgan ipni ulash, to’lgan naychalarni chiqarish avtomatlashtirilgan) bo’lishi kerak;

    - tayyorlov bo’limi mashinalari o’lchovlari kattalashtirilgan bo’lishi lozim.

    Yigirish rejasi mana shularni hisobga olgan xolda texnikaviy jixatdan ham yaxshi samara beradi, natijada a`lo sifatli va tannarxi past mahsulot ishlab chiqariladi.

    2. Ip quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    - ma`lum yo’g’onlikda, uzunligi, ko’ndalang kesimi bo’yicha bir tekis bo’lishi;

    - pishiqligi jixatidan GOST talablariga mos kelishi;

    - ma`lum uzayish koeffisiyentiga ega bo’lishi, turli uchastkalarda bir xil uzayishi;

    - 1 metrga to’g’ri keladigan buramlar soni bir xil, bir tekis pishitilgan bo’lishi;

    - toza bo’lishi (xas-cho’plar bo’lmasligi) va saqlash vaqtida iflos lanmasligi gigiena talablariga javob berishi;

    - ip qatlamlari naychalarga zich va to’g’ri o’ralishi naychalarga iloji boricha ko’proq uzun ip ketishi, ishlatish vaqtida ip naychalardan osongina chuvalib chiqishi lozim.

    Yigiruv fabrikasida paxta tolasi va boshqa tolalar bilan aralashmasidan har xil iplar yigiriladi. Ishlatilishi, ingichka yo’g’onligi (nomeri), tayyorlanishi va bo’yalishiga qarab iplar turli xillarga bo’linadi.

    Nimaga ishlatilishiga qarab iplar :

    - gazlama to’qiladigan (tanda va arqoq iplari);

    - trikotaj to’qiladigan (bunda asosan tanda ipi ishlatiladi);

    - texnika maqsadlari uchun (avtokard, bel`ting, kirza, turt va boshqa buyumlar ishlab chiqarilishi uchun) ishlatiladigan iplarga bo’linadi.

    Tanda ipi gazlamaning bo’ylama, arqoq ipi esa ko’ndalang iplarni hosil qiladi. Tanda ipi to’quv dastgoxida tarang turishi kerak, bu taranglik to’qish jarayonida bir necha marta o’zgarib turadi, shuning uchun pishiq va qayishqoq bo’lishi zarur. Bunday ip yuqori sifatli paxta tolasidan ishlanadi, unga arqoq ipiga nisbatan ko’proq buramlar berib, yaxshiroq pishitiladi. Aks xolda to’qish jarayonida o’zilaveradi, natijada mehnat unumdorligi ancha kamayadi, gazlama sifatsiz chiqadi.

    Trikotaj to’qiladigan ip toza, bir tekis va kamroq pishitiladigan bo’lishi kerak, chunki to’qish jarayonida halqa hosil bo’lish paytida iplar ko’pincha tarang holda emas, balki bo’sh holda bo’ladi, agar ip ko’p pishitilgan bo’lsa, halqalar chigal chiqishi mumkin.

    Agar ip bir tekis bo’lmasa iflos bo’lsa chigal halqalar hosil qilsa, to’qish paytida ko’p o’ziladi va ignalarning sinishiga sabab bo’ladi.

    G`altak ip (pishitilgan ip olishi uchun yakka iplar bir tekis bo’lishi kerak, aks holda ular noto’g’ri buriladi (eshiladi), natijada ip uncha pishiq chiqmaydi, galtak ipning pishiqligi maksimal bo’lishi uchun iplarning soni unchalik bo’lmasligi, ammo iplar uzunligi bo’yicha bir tekis bo’lishi lozim.

    Texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan iplar juda pishiq va tekis buramlari soni juda aniq bo’lishi kerak. Bu iplar bir necha marta o’zilmasdan, bir oz uzayib o’zilishi lozim.

    Yigirish tizimiga qarab, paxta tolasidan yigirilgan ip:

    1. Karda tizimida yigirilgan;

    2. Qayta tarash tizimida yigirilgan;

    3. Melanj tizimida yigirilgan;

    4. Apparat tizimida yigirilgan iplarga bo’linadi.

    Iplar yakka va pishitilgan bo’ladi. Yakka ip - yigirish mashinasidan olinadigan tanda yoki arqoq iplar.

    Pishitilgan ip olish uchun bir necha yakka iplarni qo’shib buriladi. Ba`zan iplarni pishitishda ulardan o’zaro ilmoqlar, tugunchalar, spirallar hosil qilib, shakldor buramli ip olinadi.

    Tolalarning b o’yalishiga qarab iplar: 1. bo’yalmagan; 2. bo’yalgan; 3. bo’yalgan paxta tolasidan yigirilgan; 4. Melanj (har xil rangga bo’yalgan paxta tolasidan olingan; 5. gul bosilgan (nuqtalar yoki bo’yalgan uchastkalar tarzidagi rangli naqshlar, gullar bosilgan) xillariga bo’linadi. Bo’yalgan paxta tolasini yigirib ham ip olishi yoki oldin paxta tolasidan ip yigirib, keyin ipni bo’yash ham mumkin.

    Ba`zan iplar oqartirish va merserizasiya (natriy eritmasi bilan ishlov berish) jarayonida o’tkaziladi, ularning tuklari kuydiriladi. Bularning natijasida ip ko’rkamlashadi, strukturasi o’zgaradi, pishiqligi oshadi, kam kirishadigan bo’ladi, chiroyli va sifatli bo’yaladi.

    Ishlab chiqarilgan ipning sifati fabrika laboratoriyasida tekshirib boriladi. Laboratoriya ipning asosiy xossalari: yo’g’onligi (nomeri)pishiqligi, uzayishi pishitilishi muntazam ravishda sinab turiladi.

    3. Ipning xossalari yarim fabrikatning xossalari bilan chambarchas bog`liq bo’ladi. Yarim fabrikatlar (xolst, pilta, pilik)ning xossalari qanchalik yaxshi bo’lsa, ulardan shunchalik yuqori sifatli iplar olinadi.

    Ipning nomeri. Ipning yo’g’onligi va ingichkaligi uning asosiy xossalaridan biri bo’lib, teks (nomer) bilan ifodalanadi. Iplar yo’g’on, o’rtacha yo’g’onlikdagi va ingichka bo’ladi. Yo’g’onligi (500-41,7 teks bo’lgan ipning nomeri N 2-24 bo’ladi, bu ip odatda, yo’g’onligi past nomerli ip deyiladi; yo’g’onligi 41,7 -15,4 teks bo’lgan ipning nomeri N 24-65; bunday ip o’rta nomerli ip, yo’g’onligi 11,8 - 3 teks, ya`ni N 85-340 nomerligi ip esa ingichka yoki yuqori nomerli ip deb ataladi.

    Ipning nomerini (yo’g’onligini aniqlash uchun ip o’ralgan naychadan uzunligi 100 m ga teng ipning motavilada kalava qilib o’rab olinadi, so’ngra uni tarozida tortib, uzunligi og`irligiga bo’linadi (metrik o’lchov sistemasida)
    I

    N = -----;

    g

    bu yerda N - ipning nomeri



    I - uzunligi, m

    g – og`irligi, g


    Ipning nomeri kalava qilingan ipni tarozida tortmasdan kvadrat asbobi yordamida aniqlash ham mumkin. Ma`lumki to’qimachilik sanoatida mahsulotning ingichka yo’g’onligini aniqlash uchun ko’pdan beri metrik o’lchov tizimi qo’llanilib kelmoqda. Ammo bu tizimda ancha kamchiliklar bor, chunki ma`lum uzunlikdagi mahsulotni tarozida tortib, uni og`irlikka bo’linadi, ya`ni uzunlik birligiga to’g’ri kelgan og`irlik topiladi, lekin og`irlik birligiga to’g’ri kelgan uzunlik topilsa, mahsulotning nomeri aniqroq bo’ladi. Mahsulotning o’rtacha nomerini tajribalarning o’rtacha arifmetik qiymati orqali topish ingichkaligi - massasi (razvesi) orqali aniqlanadi. Mahsulot qanchalik yo’g’on bo’lsa shunchalik og`irroq bo’ladi. Yuqorida keltirilgan kamchiliklari borligi uchun metrik o’lchov tizimidan SI tizimiga, ya`ni teks (tex) tizimiga o’tildi.

    Massa birligi uchun gramm, uzunlik birligi uchun kilometr qabul qilinadi. Mana shu xarakteristika teks deb ataladi. Shunday qilib, SI tizimida ip mahsuloti yo’g’onligini quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin:


    m 1000*m

    T = ----- = --------

    L L1
    bu yyerda T - mahsulotning yo’g’onligi , teks

    m - mahsulotning massasi, g

    L 1- mahsulotning uzunligi, km

    L - mahsulotning uzunligi, m


    Ip yigiruv fabrikalarida ishlab chiqariladigan ip va yarim fabrikatlarning yo’g’onligi har xil bo’lganligi tufayli yuqorida keltirilgan GOST ga asosan teksni katta va kichik birliklarda ham keltirish mumkin bo’lsa, milliteks (mg/km) ishlatiladi, bunday yo’g’onlikdagi mahsulotlar jumlasiga eng ingichka ip, pishiq va tolalar kiradi, agar yo’g’onligi 1000 teksdan katta bo’lsa, kiloteks (kg/km) da ifodalanadi. Bunday yo’g’onlikdagi mahsulot xolst va xolstchalar hisoblanadi.

    Masalan, 1000 * Tn = T = 0,001 Tk,

    bu yyerda Tm - mahsulotning yo’g’onligi, milliteks;

    Tk - mahsulotning yo’g’onlmigi, kiloteks;

    Yigiruv fabrikalarida tolalar, iplar va yarim fabrikatlarning ingichkaligi birlik massaga bevosita to’g’ri kelgan uzunlik bilan belgilanadi, boshqacha qilib aytganda, nomer teksning teskari qiymatiga teng:
    L m

    N = ----- = -----

    m L
    bu yyerda, N - mahsulotning nomeri;

    m - uzunligi;

    Lm- bo’lgan mahsulotning massasi, g Nomer bilan teks o’rtasidagi boglanishni topamiz:
    1000 1000

    N = N yoki T = ----- N = -----

    N T
    misol: T = 25 teks

    N = 40
    1000

    T = ----- = 25 teks

    N

    1000



    N = ----- = 40

    T
    Ipning pishiqligi dinamometrda aniqlanadi. Ipning uzuvchi kuchlar ta`siriga qarshilik ko’rsatish xossasi uning pishiqligi deb ataladi. Dinamometrda sinashda ipni uzuvchi kuchning topilgan qiymati ipning pishiqlik o’lchovi qilib qabul qilingan. Ipning uzuvchi kuchlar ta`sirida uzayish xossasi uning cho’ziluvchanligi deb ataladi.

    Ipning pishiqligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun uni to’g’ri aniqlash lozim. Ipning pishiqligi ikki usulda:

    1. Yakka iplarni o’zib;

    2. Kalava iplarni o’zib aniqlanishi mumkin.

    Ipning o’zilishi uzunligining qiymati quyidagi formula bilan aniklanadi:

    P gk

    R = ----- [km -----]



    T teks
    bu yyerda R - yakka ipning o’zilish uzunligi, m,km

    R - yakka ipning pishiqligi, teks

    T - ipning yo’g’onligi, teks
    Kalava ipning pishiqligi aniqlashda puxtalik qiymatidan foydalaniladi. Puxtalik qiymati quyidagi formuladan topiladi.
    Q

    D = ----


    T
    bu yyerda, D - puxtalik

    Q - kalava ipning pishiqligi, kg

    T - ipning yo’g’onligi, teks
    Ipning puxtaligi bilan o’zilish uzunligi o’rtasida quyidagi boglanish bor:

    R = K * D


    bu yyerda, K - tajriabadan topiladigan koeffisiyent; u 6-6,5 ga teng (ipning sifati ancha yuqori bo’lsa, bu koeffisiyent shuncha katta olinadi) Yakka ipning sifat ko’rsatkichi quyidagicha aniqlanadi:

    R

    Pk = -----



    S(r)
    bu yyerda, R - yakka ipning pishiqligi bo’yicha notekisligi, % S (r) - yakka ipning pishiqligi bo’yicha notekisligi, % Kalava ipning sifat ko’rsatkichi formula bilan topiladi:

    Q

    Pk = -----



    S (N)

    bu yyerda, Q - kaava ipning pishiqligi;

    S (N)  - ipning yo’g’onligi bo’yicha noteksligi, %. Paxta tolasining asosiy xossalari undan olinadigan ipning xossalariga bevosita ta`sir qiladi. Shuning uchun paxta tolasining asosiy xossalari bilan tanishib chiqamiz.

    Paxta tolasining tuzilishi (strukturasi) uning hamma xossalarini belgilaydi va tolaning pishib yetilgan lik darajasiga bog`liq bo’ladi.

    Hamma tolalar pishib yetilgan lik jixatdan 11 guruxga bo’linadi: 0,0; 0.5; 1.0; 1.5; 2.0; 2.5; 3.0; 3.5; 4.0; 5.0

    Agar paxta tolasi butunlay pishmagan bo’lsa (o’lik tola), devorlari juda yupqa uzun naychaga o’xshaydi. Bunday tola juda notekis va bo’sh bo’lib, undan sifatli ip olib bo’lmaydi, bo’yoqni yaxshi olmaydi. Bunday tolaning devori faqat bir qavat - kutikuladan iborat, xolos, kutikuladan esa moy - mumli moddalar juda ko’p, hujayra - sellyuloza juda kam bo’ladi. O’lik tolalar bir biriga yopishqoq yaltiroq, nafis qatlamlardan iborat.

    Tolaning pishiqligi uning ichki qavatidagi yigilgan sellyuloza miqdori bilan belgilanadi. Tola ichida sellyuloza qancha ko’p bo’lsa, tola shunchalik yetilgan bo’ladi. Chanoq ochilgandan keyin tola quriydi, uning devorlari bir biriga yopishgan lentasimon shaklini oladi, hamda unda jingalaklik hosil bo’ladi. Tolaning etilish darajasi ortadi, shunchalik ko’p jingalaklanadi. Paxta tolasi pishgan sari uning tashqi diametri ichki diametriga nisbatan oshadi va u pishganlik koeffisiyenti deb ataladi.

    Ba`zan pishib o’tib ketgan tolalar ham uchrab qoladi. Bunday tolalarning devori haddan tashqari qalin, pishiq, biroz dagal bo’ladi. Bunday tolalardan jingalakliklar bo’lmaydi.

    Tolaning pishib yetilgan ligi mikrokimyoviy usulda, polyarizaciya nuri ta`sirida olinadigan rangiga qarab, shuningdek mikroskop ostida ko’rinishi etalonga solishtirib ko’rib bilish mumkin.

    Paxta tolasining uzunligi har xil bo’ladi. Chigitdagi eng uzun tola, bu modal` uzunlik deb ataladi va Lm bilan belgilanadi. Tolaning madal` uzunligidan (3-4 mm) uzunroq tolalar gruppasiga shtapel uzunlik deb ataladi va L sht  deb belgilanadi.

    Hamma tolalarning o’rtacha uzunligiga to’g’ri keladigan uzunlik, o’rtacha uzunlik deb ataladi va Lu bilan belgilanadi.

    Tolaning shtapel` uzunligi yigirish va boshqa mashinalarga oraliq (razvodka) qo’yiladi.

    Paxta tolasining asosiy xossalari uning pishib etilishi, jingalakligi, tolasining uzunligi, tolaning bir tekisligi, tolaning yo’g’onligi, tolaning pipishiqligi va cho’ziluvchanligi, paxta tolasining namligi, paxta tarkibidagi xas-cho’plari kiradi.

    Paxta tolasining uzunligi qo’l yordamida shtapelga qilib tekshirish yoki laboratoriyada V.N.Jukov asbobi yordamida aniqlash mumkin. Tolaning uzunligi bir tekisligini ifodalovchi ko’rsatkich tolaning bazasi (S%) deb ataladi.

    Odatda, ingichka paxta tolasining bazasi 27-35% ni, o’rta tolali paxta tolasining bazasi 32-38% ni tashkil qiladi.

    Har xil uzunlikdagi tolalarni o’zaro solishtirib ko’rish uchun tekislik ko’rsatgichini kiritgan, bu ko’rsatgich modal uzunlik bilan bazaning ko’paytmasiga teng.


    S = Lm * S
    Paxta tolasining yo’g’onligi, ingichkaligi asosiy xossalaridan biridir. Tola qancha ingichka bo’lsa, bir xil yo’g’onlikdagi ipning ko’ndalang kesimida shuncha ko’p tola bo’ladi. Shuning uchun, undan ingichka va pishiq ip olinadi. Tolaning ko’ndalang kesimini mikroskop orqali o’lchash mumkin. O’rta tolali paxta tolasining ko’ndalang kesimi 18-24 mikron, ingichka tolasiniki 6-12, yo’g’on-dagal tolali paxtaniki esa 40 mikrongacha bo’lishi mumkin.

    Tolaning yo’g’onligi teks yoki milliteks bilan o’lchanadi. O`rta tolali paxta tolasining yo’g’onligi 222-181 mteks (N 4500-5500) gacha, ingichka tolali paxta tolasiniki 167-125 mteks (N 6500-8000) gacha. Tola yoki ipning yo’g’onligini aniqlashda quyidagi formulalardan foydalaniladi:


    m g mg

    T = ------ ------; -----; teks

    L km m
    bu yyerda, T - tolaning yo’g’onligi, teks, m - massasi, g (yoki mg)

    L - uzunligi, km (yoki m).

    Paxta tolasining pishiqligi uning asosiy xossalaridan hisoblanib ip yigirishda katta ahamiyatga ega.

    Tolaning cho’zuvchan kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati uning pishiqligi deyiladi. Tola qanchalik pishiq bo’lsa, undan shunchalik pishiq ip olinadi. Agar tola 5 gk (gramm kuch) ta`sirida o’zilsa tolaning pishiqligi sortiga bog`liq bo’lib, u (dinomometr) yordamida aniqlanadi.

    Tolaning nisbiy pishiqligi quyidagi formuladan aniqlanadi.
    Rt

    Ri = ------[gk/teks]

    Tt
    bu yyerda, Ri - tolaning nisbiy pishiqligi, gk/teks;

    Rt - tolaning pishiqligi (uzuvchi nagruzka), gk

    Tt - tolaning yo’g’onligi, teks

    Paxta tolasining uzuvchi kuchlar ta`sirida bir oz uzayish xossasi uning cho’ziluvchanligi deb ataladi va uning miqdori 5-8% ni tashkil etadi. Tola qancha ko’p cho’zilsa (uzaysa), u shuncha elastik bo’ladi va undan shuncha pishiq ip olish mumkin:


    Rt = Rt * N
    bu yyerda, R - tolaning pishiqligi. gk;

    N - tolaning nomeri.

    SI - tizimida

    Rt = Rt [km]

    bu yyerda, T - tolaning yo’g’onligi, teks o’rta tolali paxtaning o’zilish uzunligi 24-25 km, ingichk

    Download 1.38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 1.38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

    Download 1.38 Mb.