• Takrorlash uchun savollar.
  • Tayanch iboralar
  • Foydalanilgan adabiyotlar.
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 436.79 Kb.
    bet6/9
    Sana10.04.2017
    Hajmi436.79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9

    N2  N1 E


    yoki

    1000 1000

    E

    T2 T1

    bunda,

    N2 - mahsulot (pilta)ning cho’zilishidan keyingi nomeri;



    N1 - cho’zilmasdan oldingi nomeri;

    E - cho’zish;

    T1 - cho’zilmasdan oldingi yo’g’onligi, teks;

    T2 - cho’zilgandan keyingi yo’g’onligi, teks.


    Odatda cho’zish asbobi ikki va olti juftli bo’lib, uning quvvati juftlar soniga bog`liq bo’ladi.

    Ikki juft silindr 1 va 2 hamda ularning ustida yotgan valiklardan iborat, eng oddiy cho’zish asbobi rasmda-2 ko’rsatilgan.

    Silindrlarni tishli uzatma harakatga keltiradi valiklar esa silindrlar bilan valiklar orasida hosil bo’lgan ishqalanish kuchi hisobiga aylanadi. Oldingi juft 2 keyingi juft 1 ga nisbatan tezroq aylanadi va shu tufayli mahsulot pilta cho’ziladi.

    Agar juftlar markazi o’rtasidagi oraliq piltadagi eng uzun tolalar uzunligidan kattaroq bo’lsa, quyidagi hollar ro’y beradi:




    1) keyingi juft 1 da qisilgan tolalar v1 tezlik bilan harakat qiladi;

    2) oldingi juft 2 da qisilgan tolalar v2 tezlik bilan harakat qiladi;

    3) hech qanday juftda qisishagan tolalar ketingi juftdan ajralib chiqayotgan paytda shu juft tezligida harakat qiladi.

    Cho’zish jarayonida ko’pchilik tolalarning old uchlari oldingi juft markaziga etib borgandagina, uning tezligida hakarakatlana boshlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

    1) cho’zish juftlari markazi o’rtasidagi oraliq tolalar uzunligiga qarab, tolalar uzunligidan 3-4 mm ortik o’rnatiladi;

    2) cho’zish asboblari bir necha cho’zuvchi juftli qilib tayyorlaniladi; natijada har bir juft silindr va valiklar orasidagi xususiy cho’zish uncha katta bo’lmaydi; umumiy cho’zish xususiy cho’zishlarning ko’paytmasiga teng;

    3) agar cho’zish asbobining cho’zuvchanligini oshirish kerak bo’lsa, juftlar orasida tolalarning harakatini nazorat qiluvchi qo’shimcha moslamalar (tasmachalar, valiklar) o’rnatiladi;

    4) L2-50-1M pilta mashinasida 3X3 tizimdagi asbob asosiy, oldingi va cho’zish zonasida aylanmaydigan nazorat qiluvchi planka bilan uchta silindrlar 5, 4, 2 dan iborat rasm-3 va elastik qoplamalar bilan qoplangan 6, 7, 8 valiklarga egadir. Nazorat qiluvchi planka 3 ishqalanish kuchini orttirish moyilligiga ega bo’lib, tolalarning o’rta juft tezligidan oldingi juft tezligiga o`tish joyini nazorat qiladi.

    Cho’zish asbobi 2 zonali bo’lib: oxirgi zonada cho’zish l1 1,023...2,02, oldingi zonada l1 2,49...8,3. Umumiy cho’zish E 5,03...8,5. Cho’zish asbobidan chiquvchi momiq yassilovchi vallar 1,9 ga boradi.Riflyali silindrlar esa 10 yoki 15 chi termik qayta ishlangan po’latlardan tayyorlaniladi. Pilta mashinalarida silindrlar uzunligi har xil mashina seksiyasi uzunligiga bog`liqdir. Oldingi juftdagi silindrlar spiralsimon riflyali bo’lib, ikkinchi va oxirgi liniyalardagi silindrlar esa parallel holatidagi riflyalidir. Riflyaning yuqorigi qismi yuqori kattiklikka ega bo’lib - u oldingi silindrda NKS 50 dan past bo’lmasligi kerak. U 9 chi sinf tozaligi bo’yicha ishlanadi. Silindrlarning urishi 0,03-0,04 mm dan yuqori bo’lmasligi kerak. Oldingi silindr diametrining kattaligi va spiralsimon riflyaligi valiklarning to’g’ri aylanishi, valiklarning silindr bilan bir xil harakatda bo’lishi, tolalarni kisishning effektligi, valiklar qoplamalar yeyilishining kamayishi va silindrlarga tolalar o’ralishining kamayishini ta`minlaydi.

    Oldingi silindr 2 va zichlovchi val 1 ikkita sharikli podshipniklarda har bir qatorda o’rnatilib, birta korpusga ega. Silindrlar 4 va 5 lar ham har bir qatorda sharikli podshipniklarda o’rnatilib, asosiy korpusga egadir. Podshipniklar korpusi silindrli stoykalarda boltlar bilan maxkamlanadi. Silindr riflyasi qismlari diametrlari: oxirgi - 44, o’rta - 28, oldingi - 50 mm. Qisuvchi vallar R tipdagi elastik qoplamalarga ega bo’lib, qalinligi 4 mm. Qisuvchi valiklarning qoplamalar bo’yicha diametri: oxirgi va o’rta -28, oldingi - 32 mm..

    Oraliqlar (razvodka) mashina texnik hujjatidagi jadvaldan foydalanib, shuningdek ma`lumotnomadan foydalangan holda o’rnatiladi. Qisuvchi vallardagi yuk prujinali bo’lib, prujina deformasiyasi qisuvchi kuchlarni hosil qiladi va 8, 10, 11 va 13 vtulkalarga uzatadi, rasm 2. Qisuvchi shtok 7, 9, 12, 14 va ularning prujinalari 18 stakancha 1, 2, 3 va 4 larga ta`mirlangan bo’lib, ularning har biri richag 15 ga gayka 17 bilan maxkamdangan. Har bir valik vtulkasidagi yukni gayka 19 aylanishi bilan rostlash mumkin. Richagni ishchi xolatda ilmoq 5 va ekssentrik 8 bilan saqlanadi.

    Yassilovchi vallar 11 va 12 piltani zichlagich 10 orqali o’tkazib pilta taxlovchi moslamaning yuqorigi tarelkasi kanaliga yo’naltiradi.
    Takrorlash uchun savollar.

    1. Mahsulotni cho’zishdan asosiy maqsad nimadan iborat?

    2. Pilta mashinalarida qanaqa cho’zish asboblari qo’llaniladi?

    4.Cho’zish asboblari asosiy ishchi qimslari - silindr va valiklarga qo’yilgangan asosiy talablarni aytib bering?

    5. Pilta mashinalari ishida tolalar elektrlanishi qanday ta`sir ko’rsatadi?

    6. Pilma mashinasi cho’zish asbobi farqini izohlab bering?


    Tayanch iboralar:

    Cho’zish asbobi, cho’zish, silindr, valik, umumiy cho’zish, xususiy cho’zish, mahsulotni cho’zish, yuk, moslama, tozalovchi moslama, richag, prujina.



    M A ` R U Z A 11.
    MAVZU : Pilta sifatini nazorat qilish. Pilta mashinasida paydo bo’ladigan nuqsonlar. Pilta mashinalariga xizmat ko’rsatish.
    Reja:

    1. Pilta sifatini nazorat qilish.

    2. Texnika xavfsizligi qoidalari.

    3. Pilta tayyorlash tizimlarining taraqqiyoti.

    4. Piltada uchraydigan nuqsonlarning turlari.

    5. Pilta mashinalaridan chiqadigan chiqindilar.


    Foydalanilgan adabiyotlar.


    1. Sh. R. Marasulov «Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish» , Toshkent, 1979 y. 1-qism.

    2. N. N. Milovidov, K. I Badalov «Pryadenie xlopka» M, 1972 y.1kims

    3. I. G. Borzumov, K. I Badalov «Pryadenie xlopka i ximicheskix volokon» M, 1986 y.

    4. «RIETER» tizimidagi piltalash mashinasi texnik xujjati.

    Oxirgi o’tim pilta mashinasidan chiqgan piltaning chiziqli zichligi smenada 2 marta o’nlab 5 metrli pilta qirqimlari oxirligi bo’yicha tekshiriladi. Agar piltaning yo’g’onligi berilgan yo’g’onligidan farq qilsa, oxirgi o’timdagi cho’zish qiymatini o’zgartiradigan shesternyani almashtirib, piltaning yo’g’onligini normallashga harakat qilinadi. Chiquvchi piltaning notekisligi esa haftada har bir sortirovka va piltaning chiziqli zichligi bo’yicha 1 marta aniqlanadi.

    Piltaning notekisligi hamma mashinalardan chiqqan mahsulotning umumiy notekisligiday aniqlanib, bunda bir xil sortirovka, bir xil yo’g’onlikda pilta ishlab chiqariladi. Qirqimlarning umumiy soni 100, har bir mashina uchun - 100.p bo’ladi. Agar mashinaning holati yomon bo’lsa, ish organlari (cho’zish asbobi, silindrlar) to’g’ri o’rnatilmasa, pilta notekis bo’lib chiqadi. Agar mashinani o’z-o’zidan to’xtatuvchi mexanizm yaxshi ishlamasa, "propusklar" paydo bo’ladi, ya`ni qo’shiluvchi piltalarning birortasi uzilganda hosil bo’ladigan ingichka uchastkalari bor pilta ishlab chiqariladi. Shuning uchun pilta mashinasi qimslari holati to’g’ri o’rnatilishi va mashinani o’z-o’zidan to’xtatuvchi mexanizmlarning ishini doimo sinchiklab kuzatib turish zarur.

    Notekis pilta: Yuqori sortli ip olish uchun 1 m uzunlikdagi piltaning og`irligi bo’yicha notekisligi 1,3%, II sort ip uchun 2% gacha bo’ladi. Shuning uchun pilta mashinasining oxirgi o’timida piltaning notekisligini bir xaftada bir marta tekshiriladi. Buning uchun 1 m uzunlikdagi pilta qirqimidan 200 ta olinadi va CNIXBI usuli bo’yicha hisoblab chiqiladi. Piltaning notekisligini asboblar yordamida tekshiriladi. Bunday holatda karda tizimi uchun piltaning notekisligi 7,8%, qayta tarash tizimi uchun 7,5% dan oshmasligi lozim. Bordi-yu, piltaning notekisligi yuqorida keltirilgan normadan oshsa,bulim boshligini xabardor qilish kerak.

    Ingichka va yo’g’on pilta: Pilta mashinalarida asosan qo’shilishlar soni 6 yoki 8 ta bo’ladi. Mashinadagi avtomatik to’xtatuvchi mexanizmlar va moslamalar to’g’ri ishlamasa, piltalar uzilganda mashinani to’xtatmasa ingichka yoki yo’g’on pilta hosil bo’ladi. Agar piltalar uzilib qo’shilishlar soni 5 yoki 7 ga teng bo’lib qolsa, u vaqtda ingichka pilta hosil bo’ladi, Bordi-yu, uzilgan pilta yonidagi kiruvchi organ piltalariga qo’shilib qo’shilishlar soni 7 yoki 9 ga teng bo’lib qolsa, u vaqtda yo’g’on pilta hosil bo’ladi. Qo’shilishlar soni 5, 7, 9 ta piltadan olingan yo’g’onlikdagi pilta brak hisoblanadi.

    Peresechka. Piltaning uzunasi bo’yicha ma`lum uzunlikda qayta-qayta ingichka joylar paydo bo’ladi. Bu nuqson silindr va valiklarning qiyshiq o’rnatilishidan va cho’zish asbobining yomon holatda bo’lishidan kelib chiqadi.

    Pereslejina. Piltaning uzunasi bo’yicha har xil uzunlikda qayta-qayta yo’g’on va ingichka joylar paydo bo’ladi. Buning asosiy sababi cho’zish juftlari o’rtasidagi falik va roliklarning ustiga qo’yilgan yuk noto’g’ri o’rnatilganligidir.

    Moylangan va ifloslangan pilta. Bu nuqson ko’pchilik hollarda mashinada ishlovchi piltachining noshudligidan kelib chiqadi; ba`zan, mashina organlarini ortiqcha moylashdan ham paydo bo’ladi.

    Bo’sh pilta. Ma`lum yo’g’onlikdagi pilta olish uchun ma`lum diametrli zichlagich o’rnatish kerak. Agar mashinaga o’rnatilgan zichlagichning diametri mashinadan chiqayotgan piltaning yo’g’onligiga qarab tanlanmasa, shunday nuqson paydo bo’ladi.

    PILTA MASHINALARDAGI CHIQINDILAR.

    Pilta mashinalardagi chiqindilarga pilta uzilishidan hosil bo’lgan pilta uzugi, yo’g’on va ingichka propusklar kiradi. Pilta uzugi chiqindi bo’limida qayta ishlanib, qaytim sifatida yana paxtaga aralashtirib ishlatiladi. Bundan tashqari chiqindilarga momiq va poldan yigib olingan supurindilar kiradi. Momiq pnevmatik tozalagichlar, momiq yiggichlar va mashinani tozalashdan teriladi. Supurindi-chiqindilarni polni tozalashdan hosil bo’ladi. Chiqindilar miqdori asosan xom ashyo sifati, pilta mashinalari o’timlar soniga bog`liq holda 0,3-0,5% tashkil etadi.

    Texnika xavfsizligining asosiy qoidalari. Pilta mashinasi albatta yerga ulangan bo’lishi kerak. Ishchilar texnika xavfsizligi qoidalari bo’yicha yo’riqnomadan o’tmasa mashinada ishlashga yo’l qo’yilmaydi. Mashinada ishlashdan oldin ishchi maxsus kiyimlarni kiyishi, manjetlarni o’tkazishi, sochlarini yigishtirib ro’mol bog`lashi, mashina holatini tekshirishi, ish joylarini tayyorlashi darkor. Mashinaga ishlayotgan paytda qopqoqlarni ochishi, shuningdek, pilta taxlovchi moslamaning yuqorigi tarelkasi qopqog`ini, yarim mahsulotni tuzatishda aylanuvchi silindr va valiklarga tegishi, tasmalarni echish va kiygizish, mashinani ta`mirlash, moylash, shesternyali uzatmalarni ochish, mashina aylanuvchi qismlarini tozalash qat`iyan man etiladi. Agar ishchi ish joyidan ketib qolsa, ishlab turgan mashinani qarovsiz qoldirmasligi kerak. Shuningdek mashinada shovqin hosil bo’lsa, ishchi darrov mashinani to’xtatib, usta yordamchisini chaqirmogi lozim.

    Pilta mashinalari boshqaruvchilarining huquqlari.

    Pilta mashinasi boshqaruvchilari - pilta mashinasiga xizmat ko’rsatuvchi ishchilar bo’lib, ular ishlab chiqarish normalari, pilta sifati, chiqindilar miqdori va sifati, ish joyining tozaligiga javobgar hisoblanadi. Ishchi xizmat ko’rsatadigan mashinalar soni pilta chiqishi tezligiga, pilta yo’g’onligi va toslarga pilta sigishiga bog`liqdir.

    Ikkita chiqaruvchi pilta mashinalarida piltaning chiqishi tezligi 350-400 m.min, to’lgan toslar avtomatik almashtiriladi, ishchi 4 ta mashinaga xizmat ko’rsatadi. Ishchi mashinaga marshrut bo’yicha xizmat ko’rsatadi. U to’lgan toslarni bo’sh toslar bilan almashtiradi, uzilgan piltalarni ulaydi, cho’zish asbobi valik va silindrlariga o’ralib qolgan tolalarni tozalaydi, qaytim va chiqindilarni to’playdi va topshiradi. Ishchi asosan tozalagich, ilmoq, bur, qisuvchi vallar, pilta uziqlari uchun toslar, shuningdek momiqlar uchun aloxida toslarga ega bo’lishi kerak.

    Mashinalarga xizmat ko’rsatish: Pilta mashinalariga xizmat ko’rsatish o’z ichiga kapital, o’rta, joriy ta`mirlash, tozalash, moylashni z ichiga oladi. Mashinaga qarov bo’yicha bu ishlar xajmi "Texnik ekspluatasiya qoidalari" va turlicha yo’riqnomalar bo’yicha qo’yilgan. Mashinalar vaqt-vaqti bilan maxsus mashina moyi bilan moylab turiladi. Pilta mashinasini 5-6 kunda bir marta tozalash zarur. Bu ish maxsus grafikka asosan bajariladi. Buning uchun mashina 45-60 min to’xtatib turiladi.

    O’rta ta`mirlashdan pilta mashinasi bir marta chiqariladi. Bunda mashinaning asosigacha qismlari tekshiriladi, singan va eyilgan qismlar almashtiriladi, silindrlar oraligi tekshiriladi, mexanizmlar rostlanib, moylanib, mashina yurgizib yuboriladi.

    Kapital ta`mirlash 2 yilda 1 marta qilinadi. Bunda hamma mexanizmlar ajratib olinadi, mashinaning asosi, silindr bruslari, chizgich yordamida tekshiriladi. Shundan keyin, hamma mexanizmlar detallari tekshirilib, eyilgan, singanlari almashtiriladi, mexanizmlar rostlanadi, mashina moylanib, yurgizib yuboriladi. Mashina uch smena ichida to’xtab turadi.

    Mashinani tozalash 5-6 kunga 1 marta tozalovchi brigadalar tomonidan bajariladi. Bunda ham moylanadi va eyilgan valiklar almashtiriladi. Texnologiya sharoitlari bo’yicha pilta mashinalari ishlari zonasida yoki mavsumlariga bog`liq xolda ma`lum bir temperatura va namlikni ushlash kerak. Issiq kunlarda 1 k £4...2b°S va F k 60-55%. Sovuq kunlarda I k 22-24°S va F k 60-55% bo’lishi kerak.

    Keyingi yillarda pilta tayyorlash tizimlari yanada takomillashadi. Hozir to’qimachilik mashinasozligi zavodlari ancha takomillashgan, yuqori unumli, cho’zish darajasini rostlab beruvchi rostlagichlar o’rnatilgan pilta mashinalari ishlab chiqarmoqda. Bu mashinalarda mashinani tozalash, tulgan idishlarni olish va uning o’rniga bush idishlarni qo’yish, piltali idishlzrni boshqa, mashinkalarga tashib berish ishlari avtomatlashtirilgan, bularning hammasi mashinaning ish unumini oshiradi.


    Takrorlash uchun savollar.
    1. Texnika xavfsizligi qoidalarini izohlang.

    2. Pilta mashinalardan chiqadigan chiqindilar kelib chiqishining asosiy sabablari.

    3.Mashinalarga xizmat ko’rsatish nimalarni o’z ichiga oladi va ular qanday amalga oshiriladi?

    4.Piltalovchining huquqi va talablari nimadan iborat?

    5.Pilta mashinasida chiqadigan qaytim turlarini ayting?

    6.Piltalash mashinalarini necha xil usulda ta`mirlaydilar?





    Download 436.79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 436.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 436.79 Kb.