Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




Download 1.38 Mb.
bet8/40
Sana10.04.2017
Hajmi1.38 Mb.
#3920
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Sh.R. Marasulov «Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986y, I-qism.

  2. N.N. Milovidov , K.I.Badalov «Pryadenie xlopka», M, 1972 y, I-qism.

  3. B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash», T, 1995 yil.

  4. N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov». M, 1969 y.

Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi chigitdan ajratiladi, tola presslarda toy qilinadi va to’qimachilik fabrikalariga jo`natiladi.

Odatda paxta tolasi toyini jo`natishda partiya - partiya yoki marka - marka qilib, temir yo`l vagonlarida yigiruv fabrikalariga yuboriladi.

Partiya yoki markaga kirgan hamma paxta tolasi toyining sifat ko`rsatkichlari bir-biriga yaqin bo’lishi kerak. Bu ish paxta tozalash zavodidagi markalarga ajratish sexida bajariladi.

Paxta tolasi uchun belgilangan GOSTga asosan fabrikaga keltirilgan paxta tolasi partiyasida paxta tozalash zavodining nomeri partiya - vagonning nomeri va toy paxtaning nomeri yoziladi. Masalan: 24-190-29 markada 24 - paxta tozalash zavodining nomeri, 190 - partiya vagonlari nomeri va 29 - paxta tolasi toyi nomeri. Mana shu sonlar 40*150 mm o`lchamli karton qog`ozda yozilgan bo’lib, har bir toyga yopishtirib qo`yiladi. Bundan tashqari, paxtaning asosiy fiziko- mexanikaviy sifatini ko`rsatadigan pasport (sertifikat) ham bo’ladi. Unda paxta tolasining asosiy fiziko-mexanikaviy xossalari: tolasining uzunligi, yo’g’onligi, pishiqligi, sorti, namligi va boshqa ko`rsatgichlari ko`rsatiladi.

Ip yigiruv fabrikasiga keltirilgan paxta toyi qabul qilib olinib, omborlarda shtapel holida saqlanadi. Har bir markadagi sertifikat bilan solishtirib ko`rish maqsadida qabul qilingan hamma paxta toyi son va sifat jixatidan tekshiriladi. Buning uchun partiya markada qancha paxta toyi bo’lsa, har bir paxta toyi tarozida alohida - alohida tortib olinadi, so`ngra bir necha paxta toyining simlari va paxta toyi o`ralgan qop - qanor olib tashlanadi va ular ham alohida tortiladi, sim va qop - qanor og`irligini paxta tolasining umumiy og`irligidan ayirib tashlab, paxta tolasining sof kondension massasi aniqlanadi.

Paxta tolasining kondension massasi quyidagi formulada aniqlanadi:

100 + Wn 

Qk = Qx -----------

100 + Wk

bu yyerda, Qk - paxta tolasining kondinsion massasi, kg

Qx - paxta tolasining haqiqiy massasi, kg

Wn - paxta tolasining normal namligi, %

Wk - paxta tolasining haqiqiy namligi, %


Misol: Fabrikaga keltirilgan paxta massasi 42000 kg 1 sort iflosliklar aralashmasi 3.1% ni tashkil qiladi, haqiqiy namligi esa 8%.

Paxta tolasining kondinsion massasi topilsin. Paxtaning iflosligi normadan ortik bo’lganligi uchun unga qilinadigan yigirmaning miqdorini topamiz.


42000 (3.1 - 2.1)

--------------------- = 420 kg

100
bu yyerda, 2.1 - sort paxta tolasi uchun hisoblangan nuqsonlar va iflosliklar summasi, % hisobiy massasini topamiz:
42000 - 420 = 41580 kg
Shunday qilib paxtaning kondinsion massasi.

41580 (100 + 8)

Q= ------------------- = 41968 kg

100 + 7
Paxta toy miqdor jixatidan qabul qilingandan keyin sifat jixatdan qabul qilish boshlanadi. Bunda tolaning uzunligi, yo’g’onligi- teks (nomeri), pishiqligi va boshqa xossalari aniqlanadi.

Paxta tolasini yigirish texnologik jarayon normal borishi uchun har bir yigiruv fabrikasida uch oy mobaynida uning to`xtovsiz ishlashi uchun etarli miqdordagi paxta zonasi sig`adigan omborlar bo’lishi lozim. Paxta ombori yigiruv fabrikasidan ko’pi bilan 50-150 m narida bo’lishi lozim.

Paxta yo`nadigan va o`ziga namni oladigan material bo’lganligi uchun omborlar yo`ng`inga qarshi vositalar bilan to`la ta`minlanishi, quruq bo’lishi, paxtani yomgir va qor ta`siridan saqlashi zarur. Paxtani tashib ketish qulay bo`lsin ustma-ust taxlanadi: 5-6 qator qilib ataladi. Bir xil markadagi hamma toy paxta bir joyga taxlanishi ularning oldiga borish qulay bo’lishi kerak. Paxta chirimasligi uchun toylarning ostiga taxtalar qo`yiladi, toylarni tabiiy shamollatib turishi uchun orasida tirqishlar qoldiriladi.

Gazlama to’qish uchun mo`ljallangan iplar, o`z navbatida, tanda ipi va arqoq ipiga bo`linadi.

O`rta tolali paxta uchun oltita tipaviy sortirovka belgilangan bo’lib, ularning tarkibiga sara sort paxtadan boshlab V sortgacha bo’lgan hamma paxta kiradi.







Sortirovkalar (tola sorti) GOST 3274-72

0

I

II

III

IV

V

1.

1-0

1-1

1-II

1-III







2.

2-0

2-II

2-II

2-III

2-IV




3.

3-0

3-1

3-II

3-II







4.

4-0

4-1

4-II

4-III




V

5.

5-0

5-1

5-II

5-III







6.

6-0

6-1

6-II

6-III

V-IV




7.

7-0

7-1

7-II

7-III






Ingichka tolali paxta uchun beshta tipoviy sortirovka belgilangan bo’lib, ularning tarkibiga sara sort paxtadan boshlab IV sortgacha bo’lgan hamma paxta kiradi.

Har bir tip paxta to’g’ri keladigan sortirovka tipaviy sortirovka deb ataladi.

Paxta tolasidan 31 ta tipaviy sortirovkaga bo`lingan.

Ip yigirish fabrikalarning tajribalariga asosan har bir sortirovka ikki raqam bilan belgilanadi: birinchi raqam paxtaning tipini, ikkinchisi esa paxtaning bazaviy sortini bildiradi.

Masalan, 5-1; 5- paxta tipi bo’lib, shu tipdagi 1 sortli paxtadan 65% dan kam bo`lmasligi kerak.

Ip yigirish jarayonida har xil chiqindilar, braklar hosil bo’ladi. Bular ikki guruxga : uzuq - qaytimlar va chiqindilarga bo`linadi. Chiqindilar ham yigirib bo’ladigan va yigirib bo`lmaydigan xillariga ajratiladi.

Uzuqlar quyidagilardan iborat: xolst uzug`i (savash tarash mashinalarida hosil bo’ladi), paxta uzug`i (pilta, pilik mashinalarida hosil bo’ladi), pilik uzug`i (pilik va yigirish mashinalarida hosil bo’ladi) momiq (yigirish mashinalarida hosil bo’ladi). Bunday uzuqdagi tolalar normal tola bo’lganligi uchun qayta ishlatiladi. Shuning uchun ular qaytim deyiladi.

Chiqindilar hamma mashinalarda hosil bo’lishi mumkin. Uzuqlarga chiqindi mashinalarida qayta ishlov berib, ularni yana sortirovkalarga (paxtaga) qo’shib ishlatiladi.

Chiqindilarning ma`lum qismiga qayta ishlov berib (paxtaga aralashtirib), ulardan yo’g’on ip olinadi, bir qismi esa apparatladi. Savash mashinasidan chiqqan mutlaqo yigirib bo’lmaydigan yongoqcha, momiq, valiklarga o’ralgan momiq, yyerdan supurub olingan va zararlangan chiqindilar ko’rpa - yostiq va kiyim - kechakka ishlatiladigan paxta fabrikasiga jo’natiladi.

Bunday chiqindilardan tashqari, ko’zga ko’rinmaydigan chiqindilar ham bo’ladi.

Bular ishlash jarayonida paxtadan chiqqan chang va mahsulotning qurishi natijasida yo’qotilgan namligidir.

Chiqindilar qancha kam bo’lsa, paxta yoki aralashmadan shuncha ko’p ip chiqadi, shu sababli chiqindilar uchun norma belgilanadi. Ipning chiqishi quyidagi formuladan aniqlanadi:

qi qi

V1 = ------- * 100% B2 = ------* 100%

q1 q2


bu yerda, V1 - paxtadan ip chiqishi, %

V2 - aralashmadan ip chiqishi, %

qi - olingan ip massasi, kg

q1 - ishlatilgan paxta massasi, kg, t

q2 - ishlatiladigan aralashma miqdori, t
Sarf qilingan paxta yoki aralashma massasi bilan olingan ip massasi o’rtacha ayrim chiqindilar massasini tashkil qiladi. Odatda "O`z" sortirovkasiga aralashtirib ishlatiladigan qaytimlar (uzuqlar) va ba`zi chiqindilar fabrikaning sexiga maxsus mashinalarda qayta ishlanadi va shundan keyingina sortirovkaga qo’shib ishlatiladi.

Yigiruv fabrikasida qabul qilingan yigirish tizimi, yigirish rejasi, mashinalarga qarab o’rta tolali paxtadan 85-90 % ingichka tolali paxtadan 75-80 % ip chiqadi. Ma`lumki, paxta tolasi yigiruv fabrikalariga toy qilingan xolda keltiriladi.

Paxta tolasining massasi 200-220 kg va o’lchamlari 735*980*620 mm li toylar tarzida keltiriladi. Paxta tolasi va kimyoviy tolalarni titish jarayonining birinchi bosqichida tolalar hamma titish mashinalari- agregatdan birin-ketin o’tkazib titiladi.

Tolalarni titish jarayonida titish mashinalarining ignalari ta`sirida paxta toyidan yirik paxta qatlamlari mayda- mayda bo’lakchalarga ajratiladi.

Ish organlari ta`sirida va havoning kuch bilan surishi natijasida paxta bir mashinadan ikkinchi bir mashinaga to’xtovsiz o’tadi, shu bilan birga, paxta uncha maxkam yopishmagan iflosliklardan tozalanadi, paxta tolalari mayda bo’lakchalarga ajralib, titilishi tufayli ular yaxshi aralashadi, natijada deyarli bir xil xossali, titilgan va tozalangan paxta massasi hosil bo’ladi.

Titish mashinalari uzluksiz agregatlar tarzida birlashtirilgan bo’lib, paxta mashinadan-mashinaga mexanikaviy yoki pnevmomexanikaviy usulda o’tkaziladi. Avtomatik moslamalar mashinalardan o’tayotgan paxta oqimini muntazam ravishda tekislab turadi.

Paxta titish mashinalarida zich presslangan yirik paxta bo’laklari mayda- mayda bo’lakchalarga bo’linadi; paxta xas-cho’p, yigirishga yaroqsiz tolalar va nuqsonlardan tozalanadi.

Tolali materiallar ikki xil usulda titiladi: chimdib - chimdib titish va materiallar qatlamiga qattiq va qayta-qayta zarbalar berish yo’li bilan titish.

Hozir mamlakatimizning ip yigiruv fabrikalarida paxta tolasi hamda ximiyaviy tolalar qatlamiga qattiq va qayta -qayta zarb berish yo’li bilan titish usuli keng tarqalgan. Chimdib-chimdib titish usuli esa ko’proq jun tolalarni yigirish fabrikalarida qo’llaniladi.

Avtomatik ta`minlagichlar bir necha xil markalari mavjud bo’lib, ulardan ancha sodda kam unum mashinalardan boshlab zamonaviy serunum takomillashgan mashinalarigacha mavjud. Ulardan RKA - 2x , APK-3, AP-18, AP-36, 1/2 markalari mavjuddir.

RKA - 2X mashinasi mexanik ravishda ikkita kipga xizmat ko’rsatadi. Avtomatik toy titish mashinasining ish unumdorligi 80- 100 kg/soatiga.

Titilgan paxta bo’lakchalarining massasi 0,1- 0,2 g. Paxta qatlamidagi chiqindilardan tozalanish darajasi 18-28 % gacha. RKA- 2X dan keyinligi avtomatik toy titish mashinasi APK-3X bu mashinaga bir vaqtning o’zida 6 ta toy paxtadan bir vaqtning o’zida paxta aralashtiriladi. Mashinaning ish unumdorligi 80-250 kg/soatiga. Paxta maydalangan bo’lakchalarining massasi 0,2-0,3 g. Aralashma tarkibining tozalash darajasi 5-8% gacha.

AP - 18 avtomatik ta`minlagich "Kuztekstil`mash" zavodidan ishlab chiqarilgan bo’lib, 18-24 tagacha toyga bir vaqtning o’zida xizmat ko’rsatadi. Avtomatik ta`minlagichning ishchi organi birta pichoqli baraban yordamida toy paxtalarining ustidan harakatlanib paxta qatlamini mayda bo’lakchalarga bo’lib kanal orqali surilib ventilyator yordamida keyingi jarayonni aralashma bilan ta`minlashdan iborat.

Zamonaviy avtomatik ta`minlagich 1/2 mashinasi Shveycariyada ishlab chiqarilgan bo’lib, o’zidan oldingi avtomatik ta`minlagichlarning avlodi bo’lib, komp`yuterlardan foydalanilgan, bu mashinada ogoxlantiruvchi lampalar va ogoxlantiruvchi signallar o’rnatilgan, sodir bo’lgan kamchilik va o’zgarishlar komp`yuter tablosida yozilib turadi.

Mashina ikki tomonlama harakatlana oladi.Bir vaqtning o’zida 70 ta kipga xizmat ko’rsatadi.

Mashina o’z- o’zidan to’xtagichlari va atrof muxitga chang chiqarmasdan ishlashga moslashtirilgan.

Mashinaning ish unumdorligi 750-1000 kg/soatgacha aralashma bilan ta`minlash qobiliyatiga ega.

Bulardan tashqari chiqindi bilan ta`minlagichlar ham shular jumlasiga kiradi. Chiqindi bilan ta`minlash mashinalari : P-1; PU; PU-2 va boshqalar bo’lib, bu mashinalarning vazifasi chiqindini maydalab keyingi jarayonga uzatishdan iboratdir. Mashinaning asosiy ishchi organi tasmalari kamera va bo’ylama ignali panjara yordamida maydalanib, keyingi jarayonga aralashma xolda uzatiladi.




Download 1.38 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Download 1.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

Download 1.38 Mb.