III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar




Download 235.72 Kb.
bet2/18
Sana19.03.2017
Hajmi235.72 Kb.
#394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar.


Kimyoviy analizning mohiyati
Moddani analiz qilishdan oldin analizdan ko`zga tutilgan maqsad va buyurmachining qo`ygan vazifasi aniq bo`lishi kerak.Ushbu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda analitik o`z ixtiyorida bo`lgan usullardan eng qulay, aniq, arzon, sezuvchanligi va selektivligi tekshirilayotgan moddani analiz qilish uchun yetarli bo`lgan usulni tanlaydi.

Hamma vaqt ham yuqori aniqlik bilan analiz shart emas, zarur bo`lmagan hollarda aniqlikni oshirish uchun intilish analiz vaqtini cho`zishi va uni qimmatlashtirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Hisoblashlar va tajribalarning ko`rsatishicha, xatoni 10 marta kamaytirish vaqtning 20 marta oshishiga olib keladi.

Shuning uchun ham har bir konkret analiz talablaridan kelib chiqqan holda aniqlik tanlanishi kerak.

Analizning tezkorligi xalq xo`jaligi, sanoat ishlab chiqarishi va boshqa sohalar uchun katta ahamiyatga ega.Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar qancha qisqa bo`lsa, analiz vaqti ham shuncha qisqa bo`lsa kerak, aks holda, ko`plab yaroqsiz mahsulotlar ishlab chiqarilishi mumkin.Bu esa iqtisodiyot va xalq xo`jaligiga katta zarar yetkazadi.Xuddi shunday holat tibbiyotda xam kuzatilishi mumkin. Masalan, kasallikni belgilaydigan moddalarni aniqlash qancha tez amalga oshirilsa, og`ir ahvoldagi bemorlarga tashxis qo`yish va ularni qutqarib qolish shuncha tez va oson bo`ladi. Ayrim analiz usullari jada qisqa vaqt ichida natija bera oladi.Masalan, kvantomatrlar 20-30 elementni bir necha sekundda analiz qila oladi. Zamonaviy ionomerlar yordamoda ionlarni bir minutdan qisqa vaqt ichida aniqlash mumkin. Har qanday analizni bajarganda, vaqtning talay qismi moddani analizga qulay bo`lgan holatga o`tkazish uchun sarflanadi. Shu bois, selektivroq usul tanlansa, analiz vaqti ancha qisqarishi mumkin. Bajariladigan har qanday analiz mumkin qadar arzon bo`lishi kerak. Analizning tannarxi muhin kattalik bo`lib, unga reaktiv, jihoz, asbob, analitikning ish vaqti, obyektning narxi va boshqalar ta`sir ko`rsatadi. Qimmat asbob va reaktivlar yordamida qilinadigan analiz ham qimmat bo`ladi. Gravimetriya, titrometriya, potensiometriya, kulonometriya, kolorimetriya va boshqa qator usullar arzon hisoblanadi. Voltampermetriya, spektrofotometriya, va boshqa ayrim usullarda qo`llaniladigan asboblar ancha qimmat bo`lganligi uchun bu usullar yordamida analiz ham qimmat bo`ladi.

Analiz vaqtida natijaning to`g`rib o`lishini ta`minlash uchun bir necha parallel tajribalar o`tkaziladi. Parallel tajribalarda olingan natijalar o`zaro bir-biriga to`g`ri kelsa, natijalar qayta takrorlanuvchan hisoblanadi.

Moddani analiz qilishdan oldin analizdan ko`zga tutilgan maqsad va buyurmachining qo`ygan vazifasi aniq bo`lishi kerak.Ushbu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda analitik o`z ixtiyorida bo`lgan usullardan eng qulay, aniq, arzon, sezuvchanligi va

selektivligi tekshirilayotgan moddani analiz qilish uchun yetarli bo`lgan usulni tanlaydi.



Download 235.72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 235.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Download 235.72 Kb.