• 1-chizma. Darajalash grafigi. Bu to`g`ri chiziq darajalash grafigi deyiladi.
  • Sezgirlik miqdoriy jiҳatdan sezgirlik koefficienti bilan baxolanadi




    Download 235.72 Kb.
    bet6/18
    Sana19.03.2017
    Hajmi235.72 Kb.
    #394
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Sezgirlik miqdoriy jiҳatdan sezgirlik koefficienti bilan baxolanadi.

    yoki

    S – y = f (c)

    Funksiya bo`lib, tajribada (y) ning (c) ga bog`liqligi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.

    y = ac + b


    bunda, a-sezgirlik koeffisienti, b-analiz qilinadigan komponent bo`lmagandagi (c=o) u ning qiymati b ning qiymati grafikdan topiladi. (1-chizma)

    1-chizma. Darajalash grafigi.
    Bu to`g`ri chiziq darajalash grafigi deyiladi.
    U s u l n i ng s e l e k t i v l i g i begona moddalar ishtirokida topiladigan yoki aniqlanadigan moddalarni analiz qila bilish xususiyatidir.Berilgan usul, reaksiya yoki metodika yordamida faqat bitta moddani topish (aniqlash) mumkin bo`lsa, bu o`ziga hoslik tushunchasi bilan ifodalanadi.Analiz davomida uning o`tkazilish sharoiti, reagenlar konsentratsiyasi, erituvchi, eritmaning pH qiymati, xalaqit beruvchi tarkibiy qismlarni ajratish, niqoblash va boshqa sharoitlarni o`zgartirib analizning selektivligini oshirish mumkin. Usulning selektivligi bilan bir qatorda uning murakkab tarkibli moddalarni analiz qilish uchun qo`llanilishi ko`rsatadigan umumiyligi ham ko`rsatilgan.

    Masalan, ayrim usullar 10-15, xatto 25-30 ta va undan ziyod moddalarni bir vaqtning o`zida aniqlashga imkon beradi.(xromatagrafiya, kvantometrlar). Analizning



    a n i q l i g i tushunchasi ham uning muhin kattaliklaridan hisoblanadi. Analizning aniqligi to`g`rilik va qayta takrorlanuvchanlikni o`zida aks ettiradigan kattaliklardir. Aniq natija olindi deganda, uning to`g`riligi, olingan har bir qiymatning o`zaro bir-biriga mos kelishi tushuniladi. Aniqlik, ko`pincha, foizlarda nisbiy xato tarzida ifodalanadi. Analiz natijasining aniqligi tekshirilayotgan moddaning tabiati va analizning maqsadidan kelib chiqqan holda belgilnadi.Masalan, ko`pchilik hollarda, 5-10 % xatto katta sanalmaydi, ayrim hollarda esa 0,5 % xato ham kuda katta hisoblanadi.Bu qo`yilgan vazifadan va analiz obyektlarining tabiatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Yarim o`tkazgich moddalar analizida ko`p qo`yiladigan xato 0,1 % dan kichik bo`lishi kerak, chunki juda oz miqdordagi begona jins ham uning fizikaviy xossalarini yomonlashtiradi. Agar gravimetiya usulining aniqligi 0,05-0,2 % , titrametrik analizniki 0,1-0,5 % bo`lsa, kulonometrik analizniki esa 0,001-0,01 %.

    Shuning uchun ham analizni arzonlashtirish va qisqa muddat ichida bajarish zarurati doimo analitik kimyoda kun tartibidagi vazifalardan sanalib kelgan. Sanoatda, ko`picha, ko`p sonli analizar bajariladi.Ayrim hollarda zaharli, radiaktiv moddalarni, kosmik obyektlar, okeanlar va dengizlar osti obyektlari va boshqalarni analiz qilishga to`g`ri keladi.Bunday vaqtda anlizni a v t o m a t l a s h t i r is h muhim bo`ladi. Analizni avtomatlashtirish juda o`xshash, zerikarli ishlarni bajarish uchun avtomatik rabotlardan foydalanishni taqozo etadi. Avtomatik analiz ancha arzon ham bo`ladi.Shuningdek, avtomatik analizni m a s o f a d a n t u r i b (distatsion analiz) amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ham analizni avtomatlashtirish qimmatbaho bo`lishiga qaramasdan hozirgi vaqtda analitik kimyo oldida keskin bo`lib turgan masalalardan hisoblanadi. Biz yuqorida qarab chiqqan masalalardan tashqari analiz usuli va sxemasini tanlashda san`at asarari, arxeologik obyektlar, sud ekspertizasi, turli taqnchoqlar va boshqalar analizda tashqi ko`rinishini buzmasdan (destruktiv analiz)

    tekshirish muhim hisoblanadi. Bunday maqsadlarda rentgen fyuorestsent va yadro fizikaviy usullar, lazer spektroskopiyasi va boshqalardan foydalaniladi. Ayrim hollarda lokal analizning o`rni beqiyosdir. Bunga yupqa qatlamli plyonkalarni qatlamlab tekshirish, sud ekspertizasi, qo`lyozmalarni identifikatsiyalash, turli buyumlardagi dog`larning tarkibini aniqlash, arxeologik va geologik boshqa namunalarni tekshirish kabilarni kiritish mumkin.Bunday analizga usulning fazaviy ajrata olishi, yani namunaning yaqin joylashgan sohalarini farqlashi kabi yangi talablar qo`yiladi. Hozirgi paytda zamonaviy usullar 1 mkm yuza va 1 nm chuqurlikni tekshirish imkonini beradi. Lokal analizni amalga oshirish uchun rentenospektral analizni elektron zondli mikroanalizatorlaridan, lazerli atom-emmision va mass-spektrometrik usulardan foydalanadilar. Biz yuqorida qarab chiqqan masalalar juda muhim bo`lib, ularni hal qilish ancha murakabdir. Bunday murakkab masalalarni hal etishda tajribalarni rejalashtirish va optimallash, shuningdek, zamonaiviy EHM texnikasi analitikka yordam beradi.



    Download 235.72 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 235.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sezgirlik miqdoriy jiҳatdan sezgirlik koefficienti bilan baxolanadi

    Download 235.72 Kb.