O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori




Download 58.21 Kb.
bet1/5
Sana22.03.2021
Hajmi58.21 Kb.
#13364
  1   2   3   4   5

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog`liq bo’lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida



[Ko’chirma]

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-sonli «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlashda ularning mas`uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g`risida»gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog`liq bo’lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:

1. Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog`liq bo’lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishning quyidagi asosiy yo’nalishlarini amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:

birinchidan — mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning huquqlariga so’zsiz rioya etilishini, ularning sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilinishini ta`minlash, xodimlarning xizmat vazifalarini lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni korruptsiya va mansab vakolatini suiiste`mol qilish holatlarini istisno etadigan tarzda kuchaytirish;

ikkinchidan — mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatdagi xulq-atvor qoidalariga rioya etish madaniyatini, bilim va ma`naviy-ahloqiy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratilgan qayta tarbiyalash va axloqan tuzatish jarayonini takomillashtirish;

uchinchidan — fuqarolar bilan ularni jinoiy-ijroiya sohasida tashvishga solayotgan muammolarni hal etishda samarali muloqot o’rnatish, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan uzviy hamkorlikni ta`minlash;

to’rtinchidan — malakali kadrlarni tanlash, ularni maxsus kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha samarali mexanizmlarni joriy etish;

beshinchidan — mehnat bozorida talabga ega bo’lgan kasblar bo’yicha asosiy hunar va umumta`lim dasturlarini amalga oshirish doirasida mahkumlarni, xususan voyaga etmagan va ma`lumotga ega bo’lmaganlarni o’qitish sifatini oshirish;

oltinchidan — mahkumlarning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish va ularni ish bilan ta`minlash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;

ettinchidan — qo’yilgan vazifalarni samarali bajarishni, mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarga qulay sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faoliyatda keng qo’llash.

2. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi to’g`risidagi (keyingi o’rinlarda — Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi) nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bo’linmalarini birinchi navbatda, jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobidan, tanlov va tender savdolarini o’tkazmasdan, to’g`ridan-to’g`ri shartnomalar asosida jihozlash;

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamg`armasini tashkil etib, uni shakllantirish manbalari sifatida jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining ishlab chiqarish va qishloq xo’jalik faoliyati, shuningdek ular tomonidan xizmatlar ko’rsatish evaziga olinadigan foydasi hisobidan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi ajratmalarni belgilash;

jazoni ijro etish muassasalarida davlat unitar korxonalarini tashkil etish haqidagi takliflari ma`qullansin.

6. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

a) ikki oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o’rta-maxsus ta`lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

o’quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda jazoni ijro etish tizimidagi ta`lim muassasalarining faoliyatini;

hunarga ega bo’lmagan mahkumlarni, birinchi navbatda voyaga etmaganlarni kasbiy tayyorlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutadigan takliflarni kiritsin;

b) O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning bo’linmalari va muassasalarining faoliyatiga:

hisob ma`lumotlariga o’zgartirishlar kiritish huquqini faqat prokuratura organlariga bergan holda mahkumlarga qo’llanilgan intizomiy jazolarni avtomatlashtirilgan hisobini yuritish tizimini;

mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarni nazorat qilish va tekshirish bo’yicha zamonaviy texnik vositalarini;

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning bo’linmalari va muassasalari o’rtasida, shu jumladan mahkumlarga masofali video-uchrashuv tashkil etish imkoniyatini nazarda tutgan holda himoyalangan aloqa kanali bo’yicha videokonferentsiya tizimini bosqichma-bosqich joriy etilishini ta`minlasin.

7. Jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari 2023 yil 1 yanvargacha bo’lgan muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalarni to’lashdan ozod etilsin.

8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 1 noyabrga qadar 2018 — 2022 yillarda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini rivojlantirish bo’yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlasin:

jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlarini kapital qurish va rekonstruktsiya qilish;

maqsadli parametrlar va manzilli dasturiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va texnik jihatdan qayta jihozlash;

ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarida muayyan turdagi mahsulotlar uchun buyurtmalarni joylashtirish;

jazoni ijro etish muassasalariga ajratilgan er maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash;

2019 yildan boshlab, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi jazoni ijro etish muassasalari kommunal xarajatlarning alohida moddalarini, kelgusida esa — ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi ayrim jazoni ijro etish muassasalarini bosqichma-bosqich byudjet hisobidan moliyalashtirishdan o’z mablag`lari hisobidan to’liq saqlab turishga o’tkazish.

9. Belgilansinki:

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari rahbarlari maqsadli parametrlar va manzilli dasturga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni to’liq amalga oshirilishi, shuningdek, Markazlashtirilgan jamg`armani shakllantirilishi va uning mablag`laridan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan mas`ul hisoblanadilar;

jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining moliya-xo’jalik faoliyati, shuningdek Markazlashtirilgan jamg`arma mablag`larini boshqarish va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nazorat-taftish inspektsiyasi va boshqa sohaviy xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining 2019 yil va keyingi yillarda xarajatlar smetasini tasdiqlashda majburiy tartibda Markazlashtirilgan jamg`armaning daromad va xarajatlari hisobga olinadi.

10. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta`lim vazirligi, shuningdek bo’ysunuvida oliy ta`lim muassasalari mavjud bo’lgan vazirlik va idoralar 2017/2018 o’quv yilidan boshlab davlat grantlari asosida oliy ta`lim muassasalarida tahsil olgan bitiruvchilarni keyinchalik Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning bo’linmalari va muassasalariga ishga joylashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmasi bo’yicha taqsimlashni ta`minlasin.

11. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

bir oy muddatda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining bo’linmalari va muassasalari tuzilmalarini tasdiqlasin;

ikki oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Markazlashtirilgan jamg`armasining mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to’g`risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

uch oy muddatda davlat unitar korxonalarni tashkil etish va yuqori malakali menedjerlarni keng jalb qilish orqali jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarish va qishloq xo’jalik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

uch oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning bo’linmalari va muassasalarining ishchi va xizmatchilari shtat me`yorlarini, lavozim nomlarini, razryad va bazaviy tarif stavkalarini tasdiqlasin;

2017 yil 20 noyabrga qadar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo’linmalarining moddiy-texnika ta`minotiga bo’lgan ehtiyojini tanqidiy o’rganish natijalari asosida ularni birinchi navbatda jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan jihozlash, shuningdek vazirlik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish bo’yicha kompleks choralarni ko’rsin;

2017 yil 1 dekabrga qadar jazoni ijro etish muassasalarini O’zbekiston Respublikasida jazoni o’tash hamda afv etishni amalga oshirish tartibi va shartlari bilan tanishish uchun axborot stendlari va (yoki) xuddi shu maqsadlardagi texnik vositalar bilan jihozlanishini, shuningdek ushbu ma`lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta`minlasin;

2018 yil yakuni bo’yicha jazoni ijro etish muassasalari davlat unitar korxonalarining ishlab chiqarish va qishloq xo’jalik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan, shu jumladan ularning faoliyatini tahlili hamda boshqa xo’jalik sub`ektlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini maqsadga muvofiqligini inobatga olgan holda takliflar kiritsin.

13. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jazoni ijro etish muassasalari faoliyatining qonuniyligi ustidan, mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning huquqlarini so’zsiz ta`minlanishi, ularni saqlash tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, korruptsiya va mansabni suiiste`mol qilish holatlarining, shu jumladan ishlab chiqarish faoliyatida samarali oldi olinishi va aniqlanishiga alohida e`tibor qaratgan holda, qat`iy nazorat o’rnatsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklatilsin.



Download 58.21 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 58.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Download 58.21 Kb.