Bir cho‘michli ekskovatorlar bilan kanal va kollektorlarni o’simliklardan tozalash texnologiyasi




Download 5.91 Mb.
bet11/32
Sana23.06.2021
Hajmi5.91 Mb.
#15163
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
3.3 Bir cho‘michli ekskovatorlar bilan kanal va kollektorlarni o’simliklardan tozalash texnologiyasi .

Barcha zax qochirish va sug’orish tarmoqlari kanallarida o’t-o’lanlar o’sib ketadi va ayniqsa havoning yuqori haroratida yangi kanallardan foydalanishning boshlang’ich davrida bu holga uchraydi.[5]



Zovur tubi va yonlaridan suv o’simliklarining o’sib chiqishi eng ko’p zarar keltiradi. U zovurning suv yuradigan ko’ndalang kesimini oqimi kamaytiradi, g’adir-budurlik koeffitsientini oshiradi, tezligi va o’tkazuvchanligini kamaytiradi, loyqa bosishini kuchaytiradi

3.3-rasm. Kollektor-drenaj tizimi kanallarida o’sgan, suv o’simliklari har yili qurib chirishidan ko’milish hosil bo’lgandan keyingi ko’rinishi

Zovurlardagi o’simliklarni o’sishini oldini olish va kurashish.

O’zbekistondagi sug’orish va zax qochirish tarmoqlari kanallarini tekshirganda magistral kanallarda 65-70%, xo’jalik ichki zax qochirish va sug’orish tarmoqlari kanallarida uzunligining 90-95% gacha qismi o’simliklar bilan o’sganini ko’rsatdi. Zax qochirish tarmoqlari kanallarida o’sgan o’simliklar asosan uch guruhga bo’linadi:



  • I gurux: poyalari, ildizlari va barglari suv ichida bo’ladigan suv o’simliklari (qora o’t, tuban o’simlik, yovuz o’t, zaxda o’sadigan o’t suv o’simliklari va boshqalar)3.3-rasm

  • II gurux: ildizi suvda bo’lib, bandi suvdan chiqib turadigan yarmi suvda o’sadigan o’simliklar (qamish, suv o’ti, shakar qamish (qo’g’a) va boshqalar). Ular suv ostida 30 sm dan kam chuqurlikda o’sadi va bir oyda 45 sm gacha uzunlikka o’sishi mumkin (3.4–rasm)

3.4 – rasm .Zovurlarda o’sgan dag’al poyali o’simliklarning ko’rinishi.



  • III gurux: kanal qirg’oqlari bo’ylab va ularga yondosh yerlarda o’suvchi begona o’tlar (qirg’oq o’simliklari) (3.5–rasm);

3.5– rasm. Zovur qirg’oqlari bo’ylab va ularga yondosh yerlarda o’suvchi begona o’tlar ko’rinishi.



Respublikamizda va chet ellarda zax qochirish va sug’orish tarmoqlari kanallarida o’simliklar o’sishiga qarshi kurashishning bir nechta usullari ishlab chiqilgan. Ulardan: – mexanik usullar – vaqti-vaqti bilan o’rib tashlash, zanjirlarni tortish (sudratish);

  • biologik usullar – mol boqish, baliq urchitish (boqish) (oq amur, do’ngpeshona (tolstolobik) baliqlari va boshqalar). Bu baliqlar 5kg va undan yuqori vaznga ega bo’lishi mumkin. Ular tezda ko’payadi, lekin kanallarda baliqlarni ko’paytirish uchun doimiy va yetarli suv sathi bo’lishi hamda ular suv qabul qilishga, o’tib ketishiga to’sqinlik etuvchi to’rlar va boshqa to’siq qurilmalari bilan jihozlanganligini talab qiladi. Sug’orish kanallarini o’simliklardan tozalash uchun baliqlarni qo’llash besh yillik tajribasi Turkmanistonning sug’orish tizimlarida (Qoraqum kanali va boshqalar), O’zbekistonda (Mirzacho’ldagi gidromeliorativ tarmoq kanallari) ijobiy natijalarni bergan;[14,15]

  • olovli usul – o’simliklarning suvdan tashqaridagi qismini olov purkagichlar yordamida yoqib yuborish orqali yo’q qilish va neft maxsulotlari (har xil ishlatilgan va chiqindi moylar) bilan ishlov berish. Bu usul neft maxsulotlarining qimmatligi va faqat ma’lum vaqtgagina (1 yilcha) o’simliklarning ustki qismini yo’q qilishi mumkinligi sababidan keng joriy qilinmagan;

  • ximiyaviy usul – o’simliklarning suvdan tashqaridagi qismini va ildizlarini ximiyaviy moddalar (gerbidsitlar) bilan ishlov berib yo’q qilishga asoslangan. Lekin bu moddalar suv yo’llari bilan yer osti va usti suvlari ekologik holatining keskin buzilishiga olib kelishidan (flora va fauna turlarining foydali, foydasizligiga qaramasdan yo’q qiladi) Sirdaryo va Jizzax viloyatlarda ilmiy izlanishlar dasturlari doirasidagina qo’llanilgan.

O’zbekistondagi sug’orish va zax qochirish tarmoqlari kanallaridagi o’simliklarga qarshi kurashishning mexanik usulida quyidagi ishlar alohida-alohida usul sifatida yoki kompleks ko’rinishida bajariladi: vaqti – vaqti bilan zax qochirish va sug’orish tarmoqlari kanallarining yonlarini (otkoslarini) o’simliklardan o’rib tozalash .

3.6– rasm. Kanallar yonlarini ko’p rotorli kosilka bilan ko’p o’tishlar orqali o’rib tozalash (uzluksiz harakatlanib ishlash) texnologik sxemasi; 1-baza traktor; 2-ko’p rotorli kosilka.



Uzluksiz va davriy harakatlanib ishlaydigan meliorativ mashinalar bilan kanalllardagi dag’al poyali o’simliklarni ular rivojlanish davrida suv ostidan o’rib olish .

3.7– rasm. Kanallar yonlari va ostini dag’al poyali o’simliklardan bir cho’michli gidravlik ekskavatorga ilinib ishlaydigan kovsh o’rgich bilan suv ostidan o’rib tozalash (davriy harakatlanib ishlash) texnologik sxemasi.

Chet ellarda zax qochirish tarmoqlari kanallarini o’simliklardan tozalashda rotorli, segmentli va shnekli ishchi jihozli o’t o’rgichlar keng qo’llaniladi.

Har xil davlatlarda bir turdagi ishchi jihozlarni qo’llash konstruktiv tomonidan o’xshash bo’lgani bilan uzoq muddat ishlashi va ishonchliligi bilan farqlanadi.

O’zbekistondagi kollektor drenaj tarmoqlarining texnik holati tekshirilganda ularning ko’p hollarda dag’al poyali o’simliklar (qamish, qiyoq va boshqalar) bilan o’sishi va yildan-yilga tozalash ta’mirlash ishlari hajmlari ortib borayotganligi kuzatilmoqda.

Zax qochirish tarmoqlari kanallarini o’simliklardan tozalash ishlarining mavjud texnologiyasida bir cho’michli umum qurilish ekskovatorlarini qo’llash kanal ko’rsatkichlarini (o’lchamlarini) o’zgartirib yuborishga olib keladi. Kanal tubi va yonlaridan asosan o’simliklar ildizlari bilan birga qalinligi 0,5 metrgacha bo’lgan palaxsalar (zich tomirlar bilan birikib ketgan yirik kesaklar) qazib olinadi.

Zax qochirish tarmoqlari kanallarini o’simliklardan ularning shakllari va ko’ndalang kesim o’lchamlarini o’zgartirmasdan, sifatli tozalash uchun ixtisoslashtirilgan ishchi jihozlarni ishlab chiqish talab etiladi. Bu esa zovur tozalovchi mashinalarning ish jihozlarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy – tadqiqod ishlarini hozirgi paytda rivojlantirish asosiy masala bo’lib qolmoqda.[5,15]




Download 5.91 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Download 5.91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir cho‘michli ekskovatorlar bilan kanal va kollektorlarni o’simliklardan tozalash texnologiyasi

Download 5.91 Mb.