HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI




Download 4.26 Mb.
bet12/32
Sana23.06.2021
Hajmi4.26 Mb.
#15163
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH

4.1. Mehnat xavfsizligiga oid umumiy talablar

Mashinalarni ishlatishda atrof muhitni muhofaza qilish talablariga qat’iy rioya qilish kerak. CHunonchi, turli yer inshootlarini qurishda tuproqning yuzada yoyilashgan unumdor qatlamini, keyiinchalik undan foydalanish maqsadida, alohida to‘plash kerak. Agar undan bir yo‘la foydalanish mumkin bo‘lmasa, ularni bir joyga yoyib qo‘yish lozim.[17]

Agar qurilish ishlari tufayli qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmonzorlar bo‘zilgan bo‘lsa, quruvchilar ularni qurilish bilan bir vaqtda, juda bo‘lmasa, qurilish tugagandan keyin uzog‘i bilan bir yil mobaynida tiklab berishlari lozim.

Bo‘lajak qurilish o‘rnida o‘sayotgan qimmatbaho daraxtlar yangi joyiga ko‘chirib o‘tqazilishi, qurilish bilan yonma-yon joylashganlari esa shikastlanishdan himoya qilinishi kerak. Gusenitsali mashinalarni transportirovka qilishda ularni yo‘l chetidan haydash, agar yo‘l kesib o‘tiladigan bo‘lsa, uni vaqtincha yotqizilgan to‘shama ustidan yurgizish kerak.

Dvigatellari belgilangan me’yordan ortiq darajada tutun chiqarib ishlayidigan mashinalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Dvigatelning yonilg‘i apparaturasini rostlash orqali tutunning kamayishiga erishish mumkin.

YOnilg‘isi, moyi, ish suyuqliklari va surkama moylari sizib turadigan mashinalardan foydalanish taqiqlanadi, chunki YOMM atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shu sababga ko‘ra mashinalarni ta’mirlashda YOMMning to‘qilishiga va isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mashinalarga ishlash joyining o‘zida texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish jarayonida moyini almashtirish, ish suyuqligi va surkama moylarini yangilashda ularning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Ishlatilgan neft mahsulotlarini yerga, suv havzalariga va kanalizasiya tarmoqlariga to‘qish man etiladi. Mashinadan yonilg‘i qoldig‘i sifatida to‘qib olinadigan neft mahsulotlari, texnologik ehtiyojlar uchun ishlatiladigan moylar, kerosin, benzin, dizel yonilg‘isi, eritkichlar va boshqa neft mahsulotlarini yig‘ish va neft ta’minoti tashkilotlari omboriga topshirish yoki Davlat saninspeksiyasi bilan kelishilgan usullar bilan yo‘qotish zarur.

Ekskovatorlar kanal qazish, tozalash erlarni tekislash, zovurlar qazish drenaj quvurlarini yotqizish va boshqa ishlarni mexanizatsiyalashtirish uchun qo‘llaniladi.

Atrof muhitni muhofaza qilish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi zarur:


  • mashinalardan yonilg‘i moylash mahsulotlarining oqishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • moy quvurlarini doimiy nazarat qilib turish;[17]

  • imkoniyat boricha mashinalarga suv havzalari yaqinida va ekin maydonlarida yonilg‘i moylash mahsulotlarini qo‘ymaslik va boshqalar.

Mashinalarni boshqarish, ishlatish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish ishlarini bajarish ma’lum o‘qishni o‘tgan va ma’lum malaka talab qiladigan ishlarni bajarishga huquq beruvchi hujjati bo‘lgan kishiga ruxsat etiladi. O‘ziyurar skreperlar va avtogreyiderlarning haydovchilari Davlat avtoinspeksiyasi tomonidan beriladigan avtomobil’ haydovchisi hujjatiga ham ega bo‘lishlari kerak.

Mashinalarni qat’iyi o‘z vazifasi bo‘yiicha ishlatish, loyihada ko‘rsatilgan ishlarni bajarish hamda ekspluatatsiya va remont qilish hujjatlari talablariga ko‘ra ularning ishga yaroqliligini yuqori darajada ta’minlash mashinalarni xavfsiz ishlatishning asosi hisoblanadi.

Ish boshlangunga qadar haydovchi mashinaning texnik holatini tekshirishi, aniqlangan buzuqliklarni tuzatishi hamda mashinaga texnik va texnologik xizmat ko‘rsatishi lozim. Ishga yaroqli mashinalardangina foydalanishga ruxcat etiladi. Foydalanishga ruxsat etilgan mashinaning texnik ko‘rsatkichlari texnologik jarayon va ish sharoitiga mos kelishi lozim.

Dvigatelni ishga tushirishdan oldin mashinaning ish jihozlari o‘zib qo‘yilganligiga ishonch hosil qilish kerak. Dvigatelini ishga tushirishda chilvirning uchini qo‘lga o‘rab olish yoki ishga tushirish dastasini changallab ushlash taqiqlanadi. Tirkama skreper va greyderni tortkichga tirkash past uzatmada va dvigatelning kichik aylanishlarida bajariladi. Tirkash vaqtida uni amalga oshiruvchi shaxslar tortkich bilan mashina orasida bo‘lmasliklari kerak. Mashina va tortkichning tirkash to‘zilmalari bikr va benuqson bo‘lishi lozim. Mashinani yurgizishdan oldin haydovchi bu haqda mashina yaqinida turgan odamlarni ogohlantiruvchi ishora berishi zarur.

Mashina harakati vaqtida ishga aloqasi bo‘lmagan kishilarning mashinaning ramasida, qanotida yoki tirkash to‘zilmasida tik turishi yoki o‘tirishi, tortkich bilan mashina orasidan chopib o‘tishi, mashinadan tortkichga yoki, aksincha, tortkichdan mashinaga o‘tishi, ularga sakrab chiqishi yoki tushishi taqiqlanadi.

Kechasi ishlaganda yoki harakatlanganda ish joyi va harakatlanish yo‘li yoritilishi lozim. YOritish jihozlari buzuq mashinalardan kechasi foydalanishga ruxsat etilmaydi. Mashinada ishora bo‘lmasa ham, undan foydalanish taqiqlanadi.

Mashinani qiyalikdan pastga tushirish past uzatmada va dvigatel’ tirsakli valining eng kichik aylanishlarida amalga oshirilishi kerak. Qiyalikdan pastga tushishda ilashish muftasini o‘zib qo‘yish va bir uzatmadan ikkinchisiga o‘tish taqiqlanadi. SHuni esda to‘tish lozimki, tik qiyaliklardan pastga tushishida T74, T130M turdagi gusenitsali tortkichni o‘ngga burish chap burish muftasini o‘zib, chapga burish esa o‘ng muftani o‘zish bilan amalga oshiriladi.

O‘ta qizib ketgan dvigatelni ishga tushirish, dvigatel’ ishlab turganda mashina ostida bo‘lish va gidrosilindr yoki sim arqon bilan ko‘tarib qo‘yilgan ish jihozi (ag‘dargich, cho‘mich, to‘siq) ostida bo‘lish taqiqlanadi. Ish jihozi ostida biron ishni bajarishga to‘g‘ri kelsa, dvigatelni o‘chirib, ish jihozi ostiga ishonchli tirak qo‘yish lozim.O‘zga shaxslarning mashinani boshqarishi taqiqlanadi.

Kerakli qurol va inventar mashinada belgilangan joyida saqlanishi kerak. Mashinada (kabinada, kapot ostida, ish jihozida va h.k.) begona predmetlar, ehtiyot qismlari bo‘lishga ruxsat etilmaydi, ular halokatga sababchi bo‘lishi mumkin.



Download 4.26 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Download 4.26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

Download 4.26 Mb.