O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi




Download 5.91 Mb.
bet17/32
Sana23.06.2021
Hajmi5.91 Mb.
#15163
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
4.4. Yong‘in xavfsizligi

Yonilg‘i, moy va ish suyuqtigi sizib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik; ishlatilgan latta- puttalarni, zaxiradagi moylash materiallariga yonilg‘ini mashinada saqlamaslik; chiqarish trubasini toza holda saqlash kerak. Mashinaning yonilg‘i baklari va dvigatelning ta’minlash tizimiga qarov vaqtida elektr yoritish asboblaridan foydalanish kerak.

YOz mavsumida mashinalar ishlatiladigan joylardagi vaqtincha saqlash joylari tozalab turilishi hamda yog‘och materiallar saqlanadigan omborlardan, daraxt va bo‘talar o‘tqazilgan joylar va imoratlardan kamida 10 m, neft’ mahsulotlari saqlanadigan omborlardan kamida 20 m narida bo‘lishi kerak. Mashinalar saqlanadigan joylarda o‘t o‘chirgichlar, qum solingan qutilar va yong‘inga qarshi inventar’ bo‘lishi lozim.

Mabodo neft’ mahsulotlari alangalanib qolsa, uni o‘t o‘chirgich bilan yoki qum, tuproq sepib, yoxud brezent yopib o‘chirmoq kerak. Alangaga suv sepish qat’iyan taqiqlanadi.

Mashinalarda ishlaganda, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish ishlarida benzin solingan bochkalarning tiqinini metall buyumlar bilan urib ochish man etiladi; mashinalarni yonilg‘i bilan ta’mmnlmsh joyida va baklardagi yonilg‘i sathini tekshirishda ochiq olovdan foydalanish va chekish taqiqlanadi; ma shina ta’minlanadigan va to‘xtab turadigan joy yaqi nida olov yoqish va chekish mumkin emas; mashinani ishdan keyin yoki yonilg‘i bilan ta’minlagandan so‘ng uni ta’minlash punkti yaqinida qoldirib ketish man etiladi; mashinani ishga tushirishda dvigatelni ochiq alanga bi lan isitish mumkin emas; neft’ mahsulotlari bilan to‘yingan jomakor bilan ochiq alanga oldiga borish mum kin emas.Har bir mashinada o‘t o‘chirgich bo‘lishi zarur.[20]




Download 5.91 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Download 5.91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

Download 5.91 Mb.