Buxoro viloyatining sug’oriladigan xududida tarqalgan tuproq turlari va maydoni




Download 5.91 Mb.
bet3/32
Sana23.06.2021
Hajmi5.91 Mb.
#15163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Buxoro viloyatining sug’oriladigan xududida tarqalgan tuproq turlari va maydoni

1.1-jadval.



Tuproq turi

Maydoni, ming ga

%

O’tloqi-allyuvial tuproqlar

205,5

74,7

Taqir-o’tloqi tuproqlar

49,3

17,9

Sur tusli qo’ng’ir tuproqlar

11,2

4,1

O’tloqi-qumoq tuproqlar

0,1

0,2

Keltirilgan jadval ma’lumotlarini ko’rsatishicha viloyatning sug’oriladigan yerlarini 74,7% o’tloqi-allyuvial tuproqlaridan iborat. Ushbu tuproq turlari viloyatning Vobkent, Buxoro, Peshko’, Qorako’l, Olot tumanlarida keng tarqalgan. Bu tuproqlar qadimdan sug’oriladigan, madaniylashgan unumdor tuproqlar bo’lib, haydalma qatlam (0-40 sm) tarkibidagi gumus miqdori 0,86-1,6% ni, umumiy azot 0,06-0,12% ni, umumiy fosfor 0,11-0,18% ni tashkil qiladi.

Taqir-o’tloqi tuproqlar tarqalish maydoni bo’yicha o’tloqi allyuvial tuproqlardan keyin ikkinchi o’rinda turib, maydoni 49,3 ming gektarni tashkil qiladi. Bu tuproqlar viloyatning relef bo’yicha yuqori qismlarini o’z ichiga oladi, shuningdek o’tloqi-allyuvial tuproqlar tarkibida gumus miqdori 0,50-0,80 % ni, umumiy azot 0,04-0,8% fosfor esa 0,8-0,14% ni tashkil etadi.

Viloyat tuproqlarining mexanik tarkibi har xil bo’lib, tuproq turlari bo’yicha 36,2-74,0% i o’rta mexanik tarkiblidir (asosan Buxoro, Peshko’, Romiton, G’ijduvon, Qorovulbozor tumanlari).

Mexanik tarkibi og’ir tuproqlar nisbatan ko’proq Kogon va Vobkent tumanlarida, yengil mexanik tarkibli tuproqlar esa Shofirkon, Jondor va Qorako’l tumanlarida tarqalgan.

Viloyat tuproqlari yaxshi suv-fizik xossalarga ega bo’lib, qishloq xo’jalik ekinlariga mexanik ishlov berish, suv o’tkazuvchanligi, namlikni saqlash xususiyatlari juda qulaydir.[3]

Sug’oriladigan tuproqlarni harakatchan fosfor bilan ta’minlanganlik darajasi bo’yicha 5,7% maydon juda kuchsiz, 39,5% o’rtacha, 3,4% yuqori va 0,5% maydon juda yuqori ta’minlangan.

Xarakatchan kaliy bo’yicha esa 1,1% maydon juda kuchsiz, 49,2 % kuchsiz, 40,2% o’rtacha, 8,6% kuchli va 0,9% maydon yuqori ta’minlangan. Ushbu ma’lumotlardan ma’lumki sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladigan barcha qishloq xo’jaligi ekinlaridan mo’l, sifatli va kafolatlangan hosil olish uchun mineral o’g’itlardan maksimal darajada foydalanish talab qilinadi.


Tuproqlarning tuz-suv rejimlari asosan mavjud kollektor-zovur tarmoqlari yordamida sho’r yuvish va ekinlarni sug’orish hamda ekinlarni yetishtirish texnologiyalariga amal qilish evaziga tartibga tushirilib kelinmoqda. Lekin qo’llanilayotgan tadbirlar tuproqni tuz-suv rejimlarini o’simliklar uchun talab qilinadigan darajada saqlab turishni ta’minlay olmaydi. Buning asosiy sabablari sug’oriladigan yerlarni tabiiy (tuproq turi, tuzilishi, tarkiblari, xossalari, unumdorligi, gidrogeologik sharoitlari) va suv-xo’jalik (sug’orish va kollektor-zovur tizimlari, sug’orish tartiblari, ekinlarni joylashtirish strukturasi, almashlab ekish va maxsulot etishtirish texnologiyalari) sharoitlarini etarlicha o’rganilmaganligi va takomillashtirilmaganligidir.

Ma’lumki, tuproqlar tarkibida tuzlar doimo o’zgaruvchan bo’lib, kollektor-zovur tarmoqlari mavjud joylarda sho’r va ekinlarni sug’orishlar, qator oralariga ishlov berishlar tuzlarni kamayishiga olib keladi, aksincha kollektor-zovur tarmoqlarini talab darajasida ishlamasligi, minerallashgan sizot suvlarini yer yuziga yaqin joylashishi, sho’rni yuvmaslik, ekinlarni qator oralariga va umuman yerga ishlov bermaslik tuz to’planishiga olib keladi. Natijada mavsum yoki bir yil davomida tuzlarning ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgarishiga olib keladi.

Sho’rlangan yerlarni bir toifadan boshqa toifaga o’tishining asosiy sababi kuchli va o’rtacha sho’rlangan yerlarni katta me’yorda sho’rini yuvish bilan bog’liq. Bunday toifadagi sho’rlangan yerlarning tarkibidagi tuzlar vaqtinchalik yerning tub qatlamlariga ya’ni sizot suvlarigacha cho’ktirilib, ularning bir qismi zovur tarmoqlari orqali chiqib ketsa boshqa bir qismi esa cho’kma holida tuproq tarkibida saqlanib qoladi.

1.2-jadval.





Download 5.91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Download 5.91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro viloyatining sug’oriladigan xududida tarqalgan tuproq turlari va maydoni

Download 5.91 Mb.