• Uy-joy maskanlari, hudud, binolar va kiyimlarni zararsizlantirish (dezinfeksiyalash).
  • Bemorlarni faol ravishda aniqlash




    Download 2.55 Mb.
    bet148/179
    Sana15.03.2017
    Hajmi2.55 Mb.
    #82
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   179
    6. Bemorlarni faol ravishda aniqlash:

    ayni maqsadlar, sanitar guruh vaqillari kuniga 2 marta zararlangan o'choqni uyma-uy aylanib, tana harorati ko'tarilgan odamlarni aniqlaydi. 1 ta sanitar guruhi vaqili 1500 ta odamga biriktiriladi. Ular isitmasi bor odamlarni (113-rasm) aniqlash bilan birga, ularga tezkor muhofaza vositalarini tarqatadi va tushuntirish ishlarini olib boradi. Ularning faoliyatlari samarali bo'lishi uchun aholi orasidagi faol sanitarlarga orqa qilishlari mumkin.

    Isitmalayotgan kimsa yoki yuqumli kasallikka gumon etilganlar ma'Ium bo'lgach, darrov o'zlaridagi boshliq shifokorga aytishlari lozim. Shifokor bemor oldiga borib, uni uyida ko'rib, kerakli vaziyatlarda, ularni shifoxonalarga yotqizishi va bemor istiqomat qilgan uy-joylarni dezinfeksiya muolajalaridan o'tqazishi, kiyimi, o'rin-ko'rpalarini sanitar ishloviga yuborishi shart.

    Barcha poliklinika muassasalari. bemorlarni qabul qilish jarayoniga barham berib, kunutun shu yerda yotib ishlash tartibiga (казарменное) o'tqaziladi. Har bir shifokorga sanitar guruhi biriktirilib, ularning xizmat qilish joylari belgilanadi. Sanitar guruhlari vaqillari bemorlar yoki gumon qilinganlarni uyma-uy yurib, axtarib topgach ularni poliklinika muassasalariga yuboradilar, ular u yerda to'la-to'kis sanitar ishlovidan o'tishadi.

    Poliklinikaning ro'yxatga olish xonasi boshqaruv, nazorat joyiga aylantirilib, sanitar guruhi vaqillari keltirgan ma'lumotlar asosida kasallar yoki kasallikka gumon qilinganlar uylariga shifokorlarni yo'llaydi; har bir kasallik haqida, poliklinikaning bosh shifokori va sanitar-epidemiologik muassasalariga axborot beradi.

    Faoliyatlarni ushbu tarzda amalga oshirish bemorlarni faol qatnash usulida aniqlash, ularni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish imqonini beradi. Zarur vaziyatlarda, karantin e'lon qilingan joylarda mavjud bo'lgan shifoxonalar yo'nalishlarini yuqumli kasalliklar tomon burib, kundalik faoliyatlarini mana shu yangi belgilangan sohada davom ettiradilar. Undan tashqari, yuqumli kasalliklar uchun jamoa joylarida vaqtinchalik yuqumli kasalliklar shifoxonalari ochiladi.

    7. Uy-joy maskanlari, hudud, binolar va kiyimlarni zararsizlantirish (dezinfeksiyalash).

    Yuqumli kasalliklar ma'Ium bo'lgan uy-joylarda tibbiy kuchlar tomonidan zararsizlantirish, joriy va nihoyaviy dezinfeksiyalash orqali amalga oshiriladi. Yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilarini tashqi muhitda qirish maqsadida qilingan xatti-harakatlar (dezinfeksiya) quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:



    1. mexaniq-odam tanasining tashqi qismlari va kiyimlariga o'tirib qolgan yuqumli kasallik qo'zg'otuvchilarini qoqib, supurib, artib tozalash;

    2. fizik - yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilariga ularni nobud qiladigan yuqori darajadagi harorat va bosim ta'sir ettiriladi. Ko'zda tutilgan niyatga erishish maqsadida qaynoq suv, qaynoq suv bug'i qo'llaniladi. Ifloslangan yo`zalar qaynoq suv bilan artilishi mumkin imqoniyatlari borlarini esa, kirlarni yuvgandagi kabi qaynatiladi. Kiyimlar yuqori haroratli bug' oqimida ham yo`zalar kabi tozalanishi mumkin. Suvdan tashqari, quruq qizigan havo bilan ham yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilariga qiron keltirsa bo'ladi. Bu paytda, asosan mikrojonzotlarning hayotiy (vegetativ) shakllari nobud bo'ladi.

    Kir yuvish jarayonida qo'llaniladigan vositalar - kukunlarga -pemos avtoritet, ariyel, tara lemon, mif-lyuks, paria kirsa, sovunlarga esa - odatdagi kir sovuni, turkiya kir yuvish sovuni, absolut, absomotik, uforli bulut, marmin taalluqlidir. Ishqoriy eritmalar, kir yuvish kukunlari, sovunlar kabi dezinfeksiyalash samarasini oshiradi.

    Fizikaviy usullar qatoriga quyosh yoru-g'ligining ultrabinafsha qismidan ham foydalanish mumkin. Sanab o'tilgan omillardan bo'lgan ultrabinafsha nurla-ridan jarrohlik amallarini bajarishdan oldin, jarayon davomida va undan keyin, aytarli darajadagi samara bilan foydalaniladi.

    3) sporali shakllarga ham ega bo'lgan, mikrojonzotlar ta'sirida vujudga keladigan kasalliklar borasida, dezinfeksiya amallarining samarali bo'lishi uchun y-uqorida keltirilgan fizikaviy usul-larni bosim ostida qo'llash katta naf beradi. Bunday mikrojonzotlarga sil, qoqshol, botulizm, kuydirgi qo'zg'otuvchilari kiradi. Ular ta'sirida yo`z bergan sharoitlarda, kiyimlarni dezinfeksiyalash amallari harorati +120°C, havo bosimi 1,5 atmosferaga teng bo'ladi. Mazkur sharoitlar tashkil qilingan paytlarda bosim ostida bo'lgan qaynoq bug' sporalar devoridan o'tib mikrojonzot tanasidagi hayotni yo'qqa chiqaradi.

    Misol tariqasida kuydirgi mikrojonzotini keltirish mumkin. Uning sporalari 5-10 daqiqa ichida qaynatilganda ham rivojlanish qobiliyatini saqlab qoladi.



    Quruq, harorati +120-140°C da 1-3 soat mobaynida 1 %li formalin va 10 %Ii natriy ishqori ta'sirida 2 soatdan so'ng o'ladi. Ular o'lik tanasida 7 kecha-kundo`z saqlanishi mumkin. Uning hayotiy shakli +55°C suvda 40 daqiqadan keyin, +60°C da qaynatilganda esa, 15 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Kuydirgi mikrojonzotining hayotiy shaklini spora ko'rinishida o'tishi +15°C +42°C sharoitida ro'y beradi.



    Download 2.55 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   179




    Download 2.55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bemorlarni faol ravishda aniqlash

    Download 2.55 Mb.