O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati




Download 2.55 Mb.
bet41/179
Sana15.03.2017
Hajmi2.55 Mb.
#82
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179
PARRANDA GRIPPI

Mamlakatning biologik xavfsizligi murakkab muammolardan biri bo'lib, sanitariya-epidemiologik, tibbiy, ekologik (muhit) va harbiy masalalarni o'z ichiga qamraydi. Biologik xavfsizlik muammosining bir qismi harbiylar va aholini bakteriologik qurolning salbiy ta'siridan muhofaza qilishdan iborat. Ayrim davlatlar tomonidan bakteriologik qurollarni qo'llash mumkinligi xavf-xatari ehtimoli, 1972-yili qabul qilingan ushbu masala yo`zasidan asoslangan nazorat tizimining ishonchli mexanizmi ruxsat etilgan biologik himoya sohasidagi faoliyat bilan mazkur qurollarni takomillashtirish bo'yicha izlanishlar orasidagi cheklanishlarning yo'qligi bilan belgilanadi.

Undan tashqari, keyingi yillarda biologik terrorizm muammolari alohida ahamiyat kasb etdi. Amerika mutaxassislarining bakteriologik qurollarini ishlatish natijalarini tahlil qilishlariga ko'ra, aholisi 100.000 kishilik bo'lgan shahar iqtisodiyoti uchun 470.000.000 dan tortib, 22.000.000.000 gacha (dollar birligida) zarar yetkazilishi mumkin. Bu paytda aholi orasidagi qaytmas sanitar yo'qotishlar 35.000 odamni tashkil etishi ehtimoli mavjud. Umuman olganda, bakteriologik xavf-xatarning manbaalari quyidagilardan iborat bo'Iishi mumkin: 1) tabiiy yuqumli kasalliklar o'chog'ining borligi (masalan, Hindiston chin chechak va qora chechakning ona vatani deb e'tirof etiladi); 2) to'satdan boshlanuvchi va qaytalovchi yuqumli kasalliklar; 3) texnogen falokatlar jarayonida talafotlar (avariyalar); 4) tashqi muhitdagi mikroblarning irsiy o'zgarishlari; 5) terroristik tajovo`z xavfi; 6) harbiy hujum xavfi.

Yuqorida aytilgan mulohazalar mamlakatimiz ichida, ayniqsa uning tashqarisida yo`z berishi mumkin bo'lgan yoki amalda namoyon bo'ladigan har qanday biologik o'zgarishlarga nisbatan alohida ziyraklik bilan c'tibor berishni talab qiladi. Bunga misol tariqasida. hozirgi kunda dunyo ahlini ko'p qiziqtirayotgan ayrim yuqumli kasalliklar. jumladan parranda grippini ko'rsatish mumkin. Shu boisdan ham bakteriologik muhofaza nuqtayi nazaridan uning haqidagi ma'lumotlarni bilish kutilmaganda as qotishi mumkin.

Parranda grippi - yuqori darajada yuqishi mumkin bo'lgan kasallik. Uy parrandalari ichida tustovuq va tovuq mazkur dardga moyilliklari bilan ajralib turadi. Suv parrandalari ushbu kasallikning tibbiy manbayi bo'lib, ularning o'zlari mazkur xastalik bilan og'rimaydilar.

Parranda grippi qo'zg'otuvchisi A xildagi grippning viruslariga taalluqlidir. Hozirgi paytda ushbu virusning gemaglyutinin [qon tarkibidagi parchalar shaklidagi va erigan holatdagi qizil qon tanachalari - eritrotsitlar yoki inert-sustkash moddalar tomonidan shimilgan antigenlarni (yot otliqlar-tanaga kiritilganda, antitelolar (zid moddalar) ishlanibchiqishi immunitet(tanani yuqumli vayuqumsizqo'zg'otuvchilar ta'siriga berilmaslik) hosil bo'lishiga sabab bo'la oladigan moddalar) tanlab cho'ktiradigan qon tarkibidagi maxsus oqliklar turkumi] H va neyramidaza N lar o'z to`zilishlariga ko'ra, gemaglyutinin H 15 ta, neyramidaza N esa, 9 ta xilchalarga ajratiladi (13-jadval).

Uy parrandalariga nisbatan katta xavf tug'diruvchilarga antigen formulasi (moddalar tarkibini raqamlarda va ramzlardan foydalanib, tasvirlash) H5N1 va H7N7 (tovuq o'lati virusi) bo'lgan viruslar

e'tiborga sazovor bo'lib, ular parrandalarni yoppasiga nobud bo'lishiga olib keladi.

Keyingi 7 yil ichida, parranda grippining H5N1 va H7N7 mutatsiya (hayot sharoiti o'zgarishi natijasida tana belgilari va xususiyatlarining to'satdan o'zgarishi yoki yangi belgilarning hosil bo'lishi) jarayoni tufayli ularning biologik jihatlari o'zgarib, ular nafaqat xo'jayin to'sig'ini o'tib, oraliq xo'jayinlarini chetlab

16-rasm. Parranda grippi yuqqan odamlarga yuqishi, balki


xo'roz. ko'pchilik hollarda o'iimga olib

keluvchi. o'ta og'ir klinik alomatlar bilan kechadigan kasalliklarni keltirib chiqaradilar.

H5N1 xilchasi parranda grippining virusi faol ravishda naviarga ajralib, ular to'siqni kechib, suv parrandalari manbaalaridan uy parrandalariga, keyingi yiflarda esa, quruqlikda yashovchi parrandalar va odamga tomon «yo'l» olgan (16-rasm).

Hozirgi kunda mazkur virus boshqa, jumladan sutemizuvchi hayvonlarga moslasha olganliklari sababli, tabiatda keng doirada tarqalgan. Bunday holatda bemorlar va sayyohlarni, qabul qilingan alohidalash usullari va karantin tadbir-choralari orqali nazorat qilishni amalga oshirib bo'lmaydi.

1997-2004-yillarda odamlarni yuqori darajada yuqumli bo'lgan H5N1 va H7N7 gripp virusi xilchalarini tekshirish natijasida ma'Ium boiganki, gemaglyutinin molekulasini 2 ta qismga parchalagan taqdirda, ular tarkibidagi asosiy aminokislotalarning ko'pchilik ketma-ketligi aniqlandi. Bunday holat, viruslarning parrandalarda kasallikning bosh alomati bo'lib xizmat qiladi.

Ushbu viruslar ayrim jihatlarga ega:

1) tripsin kabi va ubikvitor furino singari proteazalar ta'sirida parchalanadi [har ikkala fermentlar turli to'qimalarda ekspresirlanib (ma'Ium gen) irsiyatning eng kichik zarrachasi; u dezoksiribonuklein kislotaning bir qismi bo'lib, ma'Ium oqlikning vujudga kelishini nazorat qiladi)], viruslarga turli tizimlar va a'zolarga shikast yetkazish qobiliyatini (пантотрорпизм) beradi.

A turkumdagi parranda grippi H5NI xiichasining ta'sirida kasallik kelib chiqqanida, pinhoniy muddat 1-7 kunga teng bo'lib, o'rtacha 2-3 kunni tashkil qiladi. Betoblik, to'satdan isitma, mushaklarning og'rishi (mialgiya), tomoqning og'rishi (ehtimoli), burundan suv oqishi alomatlari bilan boshlanadi.

Janubi-Sharqiy mamlakatlarda kasallikka duchor bo'lganlarning yarmidan ko'pida shilliqsiz, qonsiz, suvsimon ich ketish (suvli diareya), haroratning ko'tarilishi, dastlabki va doimiy alomatlarning biridir. Kasallikning dastlabki birinchi soatida tana harorati +38°C dan oshib, ko'pincha yuqori darajagacha ko'tariladi.

Betoblik avjiga chiqqanda (xastalikning 2-3 chi kunlari) pastki nafas yo'llarining shikastlanishi bilan kechadi (pastki respirator alomatlar majmuasi) va o'pkalarning birlamchi virusli yallig'lanishining yo'tal, xo'l xirillashlar, xansirash va ovozning barham topishi belgilarini keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur bemorlar

balg'amlariga ko'pincha qon aralashgani ko`zatiladi. O'pkalarni eshitib ko'rilganda dag'allashgan nafas va xirillashlar aniqlanadi. Dastlabki vaqtlarda ko'krak qafasining rentgen suratida (rentgenogramma) o'pkalarda tezda tarqalib ketish va qo'shilishga moyil bo'lgan nomaxsus o'zgarishlar (yoyilgan. mayda o'choqli yoki alohida shishish (infihratlar) ko'zga tashlanadi.

Ayrim hollarda bo'lakchali yoki bo'lakli o'zgarishlar namoyon bo'ladi.

Dardning zo'rayishi nafas yetishmovchiligi va o'tkir respirator distress-alomatlar majmuasi bilan kechadi.

Chetki qon tarkibida leykotsitlar (oq qon tanachalari) kamayishi -leykopeniya (< 21,0 x 107litr), limfopeniya. o'rtacha miqdori 0,7 x 109/ 1; (0,25 dan to 1,1 x 1071itr, ularning pastki miqdorining chegarasi -1,2 x 1071itr), trombotsitopeniya, o'rtacha miqdori 75,5 x 1071itr(45 dan 174 x 1071itr, pastki chegarasi - 180 x 1071itr).

Virusning pantropizmi va rivoj topayotgan zaharlanishi orqasida jigar va buyraklar shikastlanishi, bemorlarning 3 %ida esa, buyraklarning o'tkir yetishmovchiligi kelib chiqadi.

Qon bioximiyasini tekshirish jarayonida transaminazalarning (ALT va AST) faolligi oshganligi va ko'pincha kreatinemiya qon tarkibidagi kreatin miqdorining oshishi aniqlanadi. Kasallikning nihoyasi, odatda yomon. Bemorlarning o'lishi 50-80 % orasida bo'lib, kasallikning ikkinchi haftasida ko`zatiladi.

Dastlabki tashxisni qo'yish klinik alomatlar va epidemiologik tarixga asoslanadi: 1) isitmaning bo'lishi, nafas jarayonining qiyinlashuvi, yo'tal; 2) ich surishi (najasda shilliq va qon ko'zga tashlanmaydi); 3) ko'z shilliq pardasining yallig'lanishi (qonyuktivit) va toshmalarning yo'qligi; 4) ayni hududdagi qushlar orasida A (H5N1) grippining kelib chiqishi va uy parrandalari orasida nobud bo'lish haqidagi ma'lumotlarning bordigi; 5) A (H5N1) grippi bilan og'riganlarni kasallikka chalinishdan 7 kun oldin bemorlar bilan aloqada bo'lganliklari to'g'risidagi xabar; dastlabki klinik belgilardan 7 kun oldin o'tkir nafas yo'llari xastaliklari bilan yotib qolgan, jumladan o'lgan bemorlar bilan aloqada bo'lish; 7) hayvonlar. ayniqsa uy parrandalari orasida A (H5N1) grippi tarqalgan mamlakatlarga borib kelganlik haqidagi ma'lumot bo'lsa; 8) kasbiy nuqtayi nazardan bemorning kasallik qo'zg'otuvchisini o'ziga yuqtirish ehtimoli bo'lishi.

Xulosa tashxis immunologik, molekular-genetik va kultural (sun'iy o'stirish) tahlil natijalariga asoslangan holda qo'yiladi.

Parranda grippining oldini olish usullariga quyidagilar kiradi: 1) Jahon sogiiqni saqlash tashkiloti H5N1 parranda grippi tarqalgan joylarda maqsadli immunokimyoviy fasliy quvvati yo'qotilgan vaksinalar bilan emlashni tavsiya etadi; 2) interferon induktorlari (qo'zg'otuvchilar) -sikloferon va amiksin) yordamida kimyoviy himoyalanishni kasallikka shubha lug'iladigan ishchilarda amalga oshirish.

Davolash vataxmin qilingan bemorlar uchun bajariladigan amallar:

1) davolash jarayoni shifoxonalarda olib boriladi (bemorning
isitmasi tushgach, 7 kundan so'ng uylariga ruxsat beriladi);

2) maxsus davolash - grippga qarshi dorilar amalga oshiriladi;

3) Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti birinchi navbatda
neyramidazaning ingibitorlarini qo'llashni maqsadga muvofiq deb
hisoblaydi;

A (H5N1) parranda grippida tavsiya qilingan dori-darmonlar:

ozeltamivir, tamiflyu(dastlabki 5 kun davomida 75 milligrammdan 2 mahal);

zanamivir, relenza (burun orqali nafas olinadi);

amantan guruhiga oid barcha dorilar (remantadin, adapromin, deytiforin, arbidol, bonafton, oksolintebrofen, riodoksol, florenal. interferon), algiremlarni qo'shgan holda;

4) alomatlarga qarshi dorilar: isitmaga qarshi - paratsetamol,


ibuprofen yoki nayz;

yallig'lanishga zid dorilar;

antibiotiklar (faqat omixta grippda, o'pkalar shamollashida);

og'ir, o'pkalar shamollashi bilan kechadigan tizimli shikastlanishlarda - kortiqosteroid gormonlari;

intensiv (kuchli) davolash (o'tkir distress rivoj topayotgan bemorlarda);

o'pkalarni noinvaziv «shamollatish»;

ayash usullari;

ekstrokorporal oksigenlash;

surfakantlarni («Biisurf») qo'llash.

Eslatma: analgin va antigrippinni qo'llash qat'iyan man etiladi.

O'zbekiston Respublikasiga g'ayrioddiy zotiljam kirib qolishining oldini olish va tarqalishiga yo'l bermaslik maqsadida Davlat sarhadlarini himoyalash Qo'mitasi, Sog'liqni saqlash va Ichki Ishlar vazirliklari bilan birgalikda, jami 97 ta sanitar-nazorat joylari (punktlari) (75 tasi chegaralarda, 10 tasi aerodromlarda va 12 tasi temir yo'llarda) ochilib, kechayu kundo`z nazoratchilik amalga oshirilmoqda.



Download 2.55 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179




Download 2.55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati

Download 2.55 Mb.