O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati




Download 5.01 Mb.
bet42/179
Sana15.03.2017
Hajmi5.01 Mb.
#82
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   179
TOKSINLAR - ZAHARLAR

Toksinlar-oqlikli, o'simlik, hayvon, mikrob, odam yoki boshqa manbalardan vujudga kelgan kimyoviy moddalardir. Harbiy niyatlarda ishlatilganda, odam, hayvonlar tanasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ularning salbiy ta'siri VX gaziga nisbatan 2 barobar, GB ga nisbatan esa. 6 marta kamligi bilan ajralib turadi. Toksinlar jangovar sharoitlarda atmosferaning yer yo`zasiga yaqin qismida mayda dispress holidagi aerozol ko'rinishida qo'llanilib, katta maydonlarni ifloslashi va tirik kuchlar orasida ommaviy zaharlanishlarga olib kelishlari mumkin. Ayni maqsadda stafilokokklar enterotoksini (PG-harbiycha nomi) ishga solinishi mumkin, chunki u botulin toksiniga nisbatan (XR-harbiycha nomi) quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:

1) tez ta'sir etadi; 2) na ta'mi, na hidi va na rangi bor; 3) tirik kuchlarni go'yoki ovqatdan zaharlangan degan gumon ostida qatordan vaqtinchalik chiqaradi.

Toksinlarni ataylab (diversiya maqsadida) oz miqdorda ishlatish samarali natijalar berishi mumkin. Uni amalga oshirish niyatida suv, oziq-ovqatlar, yem-xashaklar zararlanadi.

Tabiiy kimyoviy moddalar tanaga ta'sir etganida immun jarayoni javobi bo'lmasa, ularni tabiiy zaharlar deb ataladi.

Dastavval bunday moddalar, masalan, qonvolyatoksin -marvaridgul (ko'p yillik zaharli o't o'simlik. Damlamasi va boshqa mahsulotlari yurak-qon tomirlarining og'ir va surunkali kasalliklarida qo'llaniladi) zahari; tetradotoksin - koptok baliq zahari; batraxotoksin - kokoi nomli baqa zahari; saksitoksin - shiliq qurt - (устрица) zahari; politoksinlar (zootidlar zahari) zaharlar nomi bilan taniqli bo'lib, keyinchalik biologik qurol tariqasida qo'llanilgan.

Ammo, bu zaharlar biologik tanaga nisbatan chidamsizligi bilan ajralib turadi. Toksinlar ta'siri tufayli, yuqumli kasalliklarda ko`zatiladigan pinhoniy davr namoyon bo'lmaydi. Zaharlanish alornatlarining ko'zga tashlanishi, ularning miqdori va tanaga qaysi yo'l orqali kirganligiga bog'liq. Ularni nafaqat mikrotanachalar -kasallik qo'zg'otuvchilar, balki hayvonlar va o'simliklar ham ishlab chiqarishi hamda ularni sun'iy kimyoviy usulda olish mumkin.

Toksinlar ustida izlanishlar olib borish, Lui Pasternakning quturish muammosi bilan shug'ullanishidan boshlangan. Olimning fikricha, quturish kasali rabitoksin deb ataluvchi zaharli modda bilan bog'liq bo'lgan. Shu asosda u, bunday, deyarli o'limga mahkum etilgan bemorlarni antirabik zardob bilan davoiagan. Natijalar ijobiyligi bilan ko'pchilik shifokorlarni hayratga solgan.

Toksinlarni guruhlarga ajratishda quyidagi omillarga asoslanish mumkin:

1) manbayi;

2) manbayini - produtsiyentning tanadagi hayotiy jarayonidagi
ahamiyati;

Toksinlar olinadigan manbaalarga ko'ra 4 guruhga ajratiladi:

fitotoksinlar (ayrim o'simliklar ishlab chiqaradi);

zootoksinlar (ba'zi hayvonlar vujudga keltirishadi);

3) mikrob toksinlari - ular tirik jonni zaharlab, kasallik chaqirishi
mumkin;

4) sun'iy toksinlar.

Mikrob toksinlari o'z navbatida 2 xil bo'ladi:

tashqi muhitga ajraluvchi ekzotoksinlar (bakteriyalar nobud bo'lgach);

bakteriyalar hayoti jarayonida tanasidagi muhitga ajraluvchi endotoksinlar.

Bular orasida ekzotoksinlar alohida ahamiyat kasb etadi, chunki ularni urush olib borish maqsadida ehtimoliy vositalar tarzida qo'llash mumkin. Ular tananing qaysi bir qismiga ta'sir etishiga ko'ra, neytrotoksinlar va sitoksinlarga bo'linadi. Neyrotoksinlar, asosan nerv tizimiga ta'sir etsa, sitotoksinlar, masalan, gemolizinlar biologik membranalar tuzilishini izdan chiqaruvchilar qatoriga kiradi. Ekzotoksinlar aytilgan xillaridan tashqari, уаnа З xilga ega bolib, ularga quyidagilar kiradi.

1) ferment xususiyatli toksinlar (proteazalar, nukleazalar.
gialuronidazalar, fosfolipazalar va boshqalar), oqliklar, nuklein
kislotalari, polikarbonsuvlari gidrolitik parchalanishga olib keladi;

ingibitor (biror modda xususiyatining ikkinchi modda tomonidan to'xtatilishi ta'sir kuchining yo'qolishi - jabrlanish, tormozlash) xususiyatiga ega bo'lganlar; ular ko'pchilik moddalar almashinuvi jarayonlarini izdan chiqaradi;

omixta ta'sirli toksinlar.

Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, birgina ekzotoksinlarning o'zi 5 xil ko'rinishda bo'Iishi va tanadagi a'zolar, tizimlarda yo`z beradigan hayotiy jarayonlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Toksinlarga harbiy-taktik nuqtayi nazardan qaraladigan bo'lsa, 2 ta katta guruhga ajratsa bo'ladi: 1) tirik jonni nobud qila oluvchi va 2) tirik kuchlarning faoliyatiga salbiy ta'sir o'tqazib, ularni qatordan chiqaruvchi va natijada ularning o'z fajliyatlarini bajarish qobiliyatini ma'lum vaqtgacha bajara olmaslikka o'ib keluvchilar.

Botulin toksinlari (harbiycha norf'XP modda) 2 xil toksinlarga: alfa - nerv tizimini zaharlovchilaf va beta - gemaglyutinlash xususiyatlilarga taqsimlanadi. Alfa toksinlar kimyoviy nuqtayi nazardan polipeptidlar, beta toksinlar«'sa> glyukoproteidlardir.

Ularning har ikkalasi ham botulizm kasalligini chaqiruvchi Clostridium botulinum degan sporani Hosil qiluvchi bakteriyalarning ekzotoksinlar! bo'lib, hozirgacha ma'lum bo'lgan bakteriyali toksinlar ichida eng kuchli ta'sir etuvchilardir. K^dalik sharoitlarda ko'pincha bo`zilgan o'simlik qonservalari bilan 0vclatlangan hollarda, ular ta'sirida zaharlanish ko'zga tashlanishi mumkin.Sotulizmtoksinlarimng hozirgi paytda 7 xili ma'lum: А, В, C, D, E, F v*Q-

Stafillokokk enterotoksinlarining (harbiycha nomi PG modda) 6 xili aniqlangan (А, В, C, D, E, F). Ular bilan zaharlanish taomdan zaharlanish tavsifiga o'xshash (pinhoniy davri ba'zan 30 daqiqagacha bo'lib, odatda 2-3 soatga teng bo'ladi. Kamdan kam hollarda esa, 6 soatgachacho'zilishi mumkin. ZaharPnish birdan boshlanib, so'lak oqishi, ko'ngil aynish, qayt qilish, q0finda qattiq og'riq, to'xtovsiz qonli ich surish, umumiy quvvatsizlik' arterial qon bosimining pasayishi, markaziy nerv tizimi faoliyrtining susayishi, haroratning me'yor darajasida bo'Iishi yoki bin12 ko'tarilishi (subfebrilitet) ko`zatiladi. 1-2 kundan so'ng, zaharl*nSanlar o'zlarini yaxshi his qiladilar. O'lish hollari kam uchrayd' (5 %)• Davolash jarayoni zaharlanish alomatlarini inobatga olga^1 holda olib boriladi.

Stafilokokk enterotoksini botulin toksiniga nisbatan qo'yidagi jihatlari bilan ajralib turadi: 1) tez vtV ichida ta'sir etadi; 2)sezgi a'zolari tomonidan aniqlash mumkin eiJ*s-ta'mi, rangi, hidi yo'q; 3) tirik kuchlarni vaqtinchalik qatordan cl1'clarad'-

Toksinlardan himoyalanish uchun havotozalagichlar, respiratorlar, changga qarshi paxta'dokali- yumshoq niqoblar, bog'lovlardan foydalanish mumkin.

Ularni dezaktivatsiyasini (tanaga tushgan zaharli modalarning ta'sirining qisman yoki butunlay bartari,f 4ilish jarayoni) formaldegid (chumoli kislota aldegidi - o'tkir hidli 8az) nin8 suvdagi eritmalari (formalin - formaldegidning suvdagi 40 Ф eritmasi) va xlorli-oksidlovchi ta'siriga ega bo'lgan moddalardan foydalanish mumkin (14-jadval). Toksinlarning tarkibiy qismlarini inobatf* olgan holda binartoksinlarini (ximertoksinlar) ishlab chiqarish mumkiji- Bunday hatti-harakatlar yangi xavfli bakteriologik kimyoviy qurollar qatorini kengaytirishi mumkin.

Degazatsiya

Dezaktivatsiva

В u у u m I a r n n i g nomi

Paxta bog'lov materiallari, sanitariya tasmalari, rezinadan tayyorlangan buyumlar (niqoblar, tasmalar, chilvirlar, grelka va boshqalar)

Shisha, chinni va plastmassa buyumlar bilan tri bikarbonat eritmasida qaynatiladi.

2% li natriy bikarbonat eritmasida 2 soat mobaynida qaynatiladi. Turg'un zaharlovchi moddalardan zararlangan rezina buyumlar jarrohlik amaliyotida ishlatiladigan bo'lsa. ular yo'qotiladi. Degazatsiya qiluvchi eritmalarda yuviladi yoki uni ho'llangan eritma

bilan artiladi, so'ngra suv bilan yoki 2% li natriy bikarbonat critmasi yoki 1% li HDTA critmasi bilan yuviladi, so'ngra qaynatidali Asbobdagi suyuq tomchi holidagi zaharlovchi moddalar tamponga shimdirib olinadn. so'ngra uchta toschaga solingan organiq eritmada yuvib

Jarrohlik buyumlari va boshqa metalldan yasalgan asboblar

Zaharlovchi modda bug'lari bilan zararlanganda 1—2 kun mobaynida shamollatiladi. Ular aerozol va suyuq tomchi holdagi zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda yo'qotiladi. Bir soat 2% li natriy bikarbonat eritmasida qaynatiladi, so*ngra toza suvda chayiladi yoki yuviladi. Shu materiallarning ko'p miqdori zararlangan bo'lsa, ular kimyoviy degazatsiya punktlariga yuboriladi.

Sanitariya zambillari. tibbiy harbin sumkalar

Cho'tkalar bilan tozalab chiqiladi, suv bilan yuviladi yoki ИВЛ-1 avtomaks yordamida dezaktivatsiya qiluvchi eritmalar yordamida ishlov o'tkaziladi.

chiqiladi. So'ngra suv bilan yuviladi va qaynatiladi. Agar buyum zarin va zoman bilan zararlangan bo'lsa, 1 soat mobaynida 2%li natriy bikarbon qaynatiladi Turg'un zaharlovchi moddalardan zararlanganda degazatsiya qiluvchi eritmalar bilan artiladi. 10—15 daqiqadan so'ng ko'p miqdordagi toza suv bilan yuviladi, zarin, zoman bug'lari bilan zararlanganda ДПС-1 vositasi yordamida ishlov o'tkaziladi.

Bakteriologik qurollanish ehtimoli samarali sanitar va epidemiyaga qarshi himoyani tayyorlashni taqozo etadi. Bularga qarshi oldini olish sanitariya-gigiyena chora-tadbirlari kiradi. Tahlilxonalarning mikroblar va toksinlarni barvaqt aniqlash amallari, suv havzalari va havoni sinchkovlik bilan puxta qo'riqlash, suvni o'z vaqtida zararsizlantirish, ovqatlanish va suv iste'mol qilishning jiddiy qoidalariga rioya qilish, qonservalarni ishlab chiqaradigan sanoatlar (oziq-ovqat), korxonalar, oshxonalar, do'qonlar, bozorlar faoliyatini jiddiy nazorat qilib turish, hammom va kir yuvish tizimining aniq ishlashi, aholining keng doirasini yuqumli kasalliklardan saqlash, emlash, niqoblar, himoya yerto'lalari, berkinchoqlar masalalari bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Botulizmning klinik manzarasi. 1818-yili Rossiyada Zengbush, keyinchalik ( 1820-yili) germaniyalik Kerner tomonidan yozib qoldirilgan. 1863-yili Myuller ushbu zaharlanishning alomatlarini to'liq ravishda ta'riflab bergan.

Zaharlanish alomatlari 12-36 soatdan so'ng boshlanadi. Ammo, kasallikning pinhoniy davri qisqa yoki o`zoqroq. (2 soatdan to 8-10 kungacha) bo'Iishi mumkin. Zaharlanishning dastlabki belgilari: umumiy holsizlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi va ayniqsa ko'rish jarayonining izdan chiqishi: ko'rish sifatining pasayishi, ko'zlar oldini tuman yoki katakchalar bilan qoplanish sezgisi, g'ilaylikning paydo bo'Iishi va ayrim hollarda ko'rishning barham topishi ko`zatiladi. Ko'z'lardagi yorug'lik ta'siriga bo'lgan refleks muntazam ravishda yo'qoladi. Ko'z qorachig'lari turli katta-kichiklikda kengayadi. qovoqlar pirillay boshlaydi va keyinchalik pastga tushib, ko'zni bcrkitib qo'yadi (bleforaspazm). Nistagm - ko'z soqqalarining ritmik harakati boshlanib. akkomadatsiya - ko'zning o`zoq va yaqindagi narsalarni ko'rishga moslashuvi, ko'z mushaklarining bo'shashib ketishi tufayli yo`zaga kelib chiqadi. Natijada ko'zning faoliyati me'yor holatidan keskin ravishda farq qila boshlaydi. Qorin og'rishi paydo bo'ladi.

Ko'rish jarayonining o'zgarishi bilan birga yoki birozdan so'ng yutish jarayoni va nutq - gapirish qiyinlashadi. Tilning harakati cheklanishi oqibatida zaharlanganlarning gapirishi qiyinlasha boradi. ammo ularning es-hushlari joyida bo'ladi. Ovoz mushaklarining bo'shashib ketishi bois ovoz avval bo'g'iqlashadi va keyinchalik esa, mutlaqo barham topishi mumkin (afoniya). Yumshoq tanglayning parezi (harakatning biroz saqlanib qolishi) yutish jarayonini og'irlashtiradi. ichiladigan suv va qayt qilinadigan narsalar burun orqali o'tadi. Og'iz, xaqlum va xoanalar- burun bo'shlig'ining orqaga - burun-xaqlumga ochiladigan teshiklari shilliq qavatlari quruqlashib. ko'pincha qizarib ketadi. Kamdan kam hollarda zo'riqqan so'lak ajralishi ko`zatiladi. Zaharlanganlar kuchli chanqovga shikoyat qiladilar. lablarini yalayverishadi. Lablar yorilib ketishi mumkin.

Botulin bilan zaharlanish paytida o'ziga xos alomatlardan yana biri, u ham bo'lsa, bo'yin va qo'1-oyoqlar mushaklarining zo'rayib boruvchi kuchsizlana borishi: bosh yonboshlab qoladi, taomlarni chaynash jarayoni qiyinlashib, harakat qilish og'irlashadi: ataksiya -harakatlar uyg'unligining yo'qolishi, uning beto'xtov, poyma-poy bo'lib qolishi namoyon bo'ladi.

Zaharlanganlarning es-hushi, to vafot etgunicha saqlanib qoladi.

Arterial qon tomirining urishi ayrim hollarda kamayadi (har bir daqiqada 50-60 ta). ko'pincha esa. tczlashadi (har bir daqiqada 100-150 arta). Tana harorati me'yor yoki undan ham past darajada bo'Iishi mumkin. Keyinchalik bronxlarning va o'pkalarning aspiratsiya tufayli (nafas yo'llariga begona narsalarning kirib qolishi) yallig'lanishlari asorat tariqasida qolishi mumkin.

Botulin zahari bilan shikastlanganda. ko'pincha ich qotishi -qabziyat, ayrim hollarda peshobning ajralishi qiyinlashadi yoki to'xtaydi.

Oshqozon-ichak shikastlanishi belgilari botulizm zahari bilan shikastlanganda oddiy bir hoi bo'lmay, pinhoniy davr qisqa bo'lgan paytlarda oshqozonda achishish, qayt qilish va juda kamdan-kam hollarda ich ketishi alomatlari bilan ko'zga tashlanishi mumkin.

Zaharlanish muddati turlicha bo'lib, maxsus davolash amallari bajarilmasa, o'lim dastlabki 2-3 kun ichida yo`z beradi; ko'pincha o'lish holatlari 4-8-kunlari ko`zatiladi. Botulin zaharlari bilan shikastlanish bakteriologik va sanitariya-epidemiologik tekshirishlar bilan tasdiqlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Ular himoyalanish maqsadida, oldindan anatoksin bilan emlanadi. Oddiy sharoitlarda botulin toksinidan 90 %gacha odam qirilsa, emlangandan so'ng esa, nobud bo'lish hollari 15-30 %gacha kamayadi. Emlanishning samarasi 5-3 martadir.



Download 5.01 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   179




Download 5.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati

Download 5.01 Mb.