O’zbekiston respublikasi




Download 73.9 Kb.
Sana29.12.2019
Hajmi73.9 Kb.
#6247

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


kasb ta’limini o’qitish metodikasi KAFEDRASI



«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor v.b. ____________ D.Dexqonov

«___» ______________2019 yil






ELEKTR XAVFSIZLIGI

fanining
ISHCHI O’QUV DASTURI
2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 2-kurslari uchun

4 semestrda o`qitiladi
Bilim sohasi: 600 000 – Xizmatlar sohasi

Ta’lim sohasi: 640 000 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi

Ta’lim yo‘nalishi: 5640100 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi

NAMANGAN – 2019

Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tuzilgan.




Tuzuvchi: p.f.n., dotsent X.M.Akramov


Fanning ishchi o’quv dasturi Kasb ta’limini o’qitish metodikasi kafedrasining 2019 yil ___- avgustdagi 1–sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakulьtet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: A.Matkarimov

Ishchi o’quv dastur Kasb ta’limi fakultetining 2019 yil__-avgustdagi 1-sonli Kengashida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.


Fakultet Kengashi raisi: X.Mavlyanov


Kelishildi:



O’quv- uslubiy boshqarma boshlig’I v.b.: Z.Muminov

I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Sanoatda elektr energiyasidan keng ko’lamda foydalanish yo’lga qo’yilganligi sababli elektr toki ta’sirida ro’y berishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo’q.

Elektr tokini insonga ta’siri XVII asrning oxirgi choragida aniqlangan. Baland voltli elektr kuchlanishlarning manbaini xatarliligini birinchi bo’lib V.V.Petrov aniqlagan. Ishlab chiqarishdagi elektr jarohatlarni ancha keyin - 1863 yilda o’zgarmas va 1883 yilda o’zgaruvchan tokni ta’siri yozilgan.

Umuman, elektr tokini ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydon ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo’linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.

Umumiy baxtsiz hodisalar ichida, elektr tokidan jarohatlanish taxminan 5% tashkil qiladi. Lekin, elektr jarohatlanish ichida og’ir turli, ayniqsa o’lim bilan tugaydigan hodisalar 70-75% tashkil qiladi. Elektr hodisalarni asosiy soni, kuchlanishi 1000V gacha bo’lgan elektr uskunalarga to’g’ri keladi. Buni sababi kuchlanishi 1000V gacha bo’lgan elektr uskunalar nafaqat ishlab chiqarishda, balki xususiy tadbirkorlikda, xonadonlardagi maishiy texnikada ham keng tarqalgan bo’lib, ularni ishlatadigan xodimlarni elektr texnikaviy tayyorgarligi doimo diqqat e’tiborda bo’lib, takomillashib borishi kerak. Kuchlanish 1000V dan ortiq bo’lgan elektr jarohatlarni soni ancha kam, va ularga xizmat qiladigan xodimlar maxsus tayyorgarlikdan so’ng, ishlashga ruxsat berilishi sababli baxtsiz hodisalar deyarli kam sodir bo’ladi.

Elektr tokining xatarligi shuki, inson o’z sezgi organlari bilan, kuchlanish bor-yo’qligini aniqlamaydi. Odam faqat elektr kuchlanish ostida qolgandan keyin himoyalovchi reaksiyasi kechikib ishga tushadi.

Shuning uchun ham elektr tokini xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to’siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o’rnatish nihoyatda muhim.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Elektr xavfsizligi kursidan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari shart:

- elektr toki bilan shikastlanishninig asosiy omillari;

- elektr tokidan jarohatlanish turlari:

- tananing bioenergetik jarayonini buzilishi sabablari;

- elektr qurilmalarining himoya vositalari:

- tondan shikastlanishda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish:

-elektr tokidan yong’in chiqishi sabablari, ulardan muhofazalanish chora-tadbirlari va boshqalar.


Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga qo’yiladigan talablar
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib «elektr xavfsizlik asoslari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- bilimlarning bir butun tizimi bilan o’zaro bog’liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari to’g’risida;

- o’z bo’lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to’g’risida;

- xavf-xatarlarni identifikatsiyalash;

- xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilish;

- faoliyatning xavfsiz sharoitlarini loyihalash;

- hayot-faoliyat xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini;

- ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish uslublarini;

- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish usullarini;

-ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigienik me’yorlarini tashkil etishni bilishi kerak.

- ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni;

-elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik xizmat ko’rsatganda va ta’mirlashda ko’riladigan asosiy texnika xavfsizligi talablari;

- zararsiz ish sharoitini ta’minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish vositalari;

-yong’in chiqish sabablari, ular oldini olish va o’chirishning tashkiliy va texnik vositalari;

- favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish vositalarini ishlatish bo’yicha ko’nikmaga ega bo’lishi kerak.
Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi

Fanga umumiy 140 soat ajratilgan bo’lib, shundan auditoriya mashg’ulotlari 72 soat bo’lib, semestr davomida haftasiga 4 soatdan o’tiladi.



Semestr(lar) bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti


Semestr

Yuklama

Auditoriya mashg’ulotlari turi bo’yicha o’quv yuklamasi taqsimoti (soat)

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

III

140

72

36

36

68

Jami

140

72

36

36

68


Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar




Mavzular

Qisqacha mazmuni

Soati




1

Kirish. Elektr xavfsizligi fanining asosiy maqsadi

Elektr xavfsizligi fanining asosiy maqsadi, talabalarga yelektr toki ta`siriga tushib qolish xolatlarini, shikastlanishning asosiy sabablarini, sanoatda elektr energiyasidan keng ko’lamda foydalanishdagi bo’lgan baxtsiz xodisalar va ulardan saqlanish, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yoqligi va elektr tokini xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to’siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o’rnatish nihoyatda muhimligi tushunchalari .

2

2

Elektr toki bilan shikastlanish. Inson tanasini elektr tokiga qarshiligi.


Insonni elektr tokidan jarohatlanishi sabablari, izolyasiya qilinmagan tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishi; izolyasiyasi lat yegan sababi metal qismlarga tokni o’tib ketishi; kuchlanish ostida qolgan metalmas buyumlardan, qadamli kuchlanishdan va elektr yoyi orqali elektr yarohatlanish, elektr toki ta’siri turlari, odamni tok urish holati darajalari, odam xushidan ketmagan holda yeqilib tushishi, mushaklarni qisqarishi.

Tok kuchlanishi oshishi bilan tanani qarshiligi kamayishi, terini yorib o’tishi, tokni kuchi yoki, o’tish muddati oshishi bilan teridagi o’zgarishlar, terini elektr tokiga qarshiligini kamayishi, elektr tokiga ko’rsatayotgan qarshiligi bir tekis va mo’tadil emasligi.



2

3

Insonni elektr tokidan shikastlanishi omillari. Elektr tokidan shikastlanish sabablari.


Elektr shok ta’sirigagi tanani og’ir nerv-reflektorli reaksiyasi, qon aylanishi, nafas olishi, asab tizimi va boshqa tizimlarni buzilishi, tanani fazasi to’lqinlanishi, tormoz fazasi, yani nerv tizimi bo’shashi, arterial bosimi kamayishi, nafas olishi susayishi va depressiya holati, shok holatini davomiyligi, elektr jarohatlariog’irligi ni insonning shaxsiy hususiyatlariga bo’g’liqligi.

Elektr qurilmalarini ishlatish xavfligini taxlili, kuchlanish ostida qolishi, turli factor va parametrlarini ulanib qolishi, elektr tarmoqlardagi tok turlari, bir fazali va ko’p fazali toklarni inson tanasiga ta’siri, transformator yoki generator neytral rejimi bo’yicha uch fazali tarmoqlarni ulash.



2

4

Izolyatsiyalangan neytralli uch fazali tarmoqlarni havfi. Mustahkam yerga ulangan neytralli uch fazali elektr tarmoqning havfi.


Izoliyatsiyalangan netralli normal holatida ishlab turgan tarmoqni fazalar biriga tegib ketishi, inson tanasidan o’tayotgan tok siljishi tokini qarshiligiga va yerga nisbatan tarmoqni hajmiga bog’liqligi, fazalardan biri yerga ulanib qo’lishi.

Mustahkam yerga ulangan neytralli uch fazali elektr tarmoqlarning neytral va yer orasidagi qarshiligi, elektr uskunalarini o’rnatish qoidalari (EUU) talablari, sxema larni qo’llanishi neytralli uch o’tkazgichli tarmoqlar va mustahkam yerga ulangan neytralli to’rt o’tkazgichli tarmoqlar.

Bir fazali tarmoqlar va o’zgarilmas tok tarmoqlarni yerdan izolyatsiyalanisi, yerga qutb orqali ulanishi, o’tkazgichga bir qutb bilan tegib qolishi, insonni siljish tokining qarshiligi orqali “ulanib” qolishi.


2

5

Elektr uskunalarining yerga ulanib qolishi havfi. Elektr qurilmalaridagi himoya choralari.


Izolyatsiyalangan yoki kuchlanish ostida bo’lgan elektr o’tkazgich uzilib yerga tushish holati, faza izolyatsiyani yorib o’tib qobiqqa ulanib qolishi elektr o’tkazgichni yerga ulangan hodisada hosil bo’ladigan potensiallar tavsifi, o’tkazgich materialini solishtirma qarshiligi

Elektr qurilmalarida qo’llanib kelayotgan himoya choralari guruhlari, elektr qurilmalarni meyori ish sharoitlariga havfsizligini ta’minlash va avariya holatidagi sharoitlarini havfsizligini taminlash, himoyalovchi o’chirish; ikki qavatli izolyatsiyani qo’llash; ish joyini izolyatsiyalash; baland kuchlanishdan past kuchlanishga o’tishida himoya choralrini qo’llash.



2

6

Kichik kuchlanishlarni qo’llash va havfsizlik blokirovkalari. Havfsizlik blokirovkalari.


Elektr tok havfsizligini ta’minlash maqsadida qo’llaniladigan kuchlanish, qarshilik orqali kam miqdordagi kuchlanishda, yuqori xavfli va ayniqsa, mahsus xavfli sharoitlarda kichik kuchlanishni qo’llash shartlari, kam miqdordagi tok o’tishiga tananing qarshiligi

Havfsizlik blokirovkalari qo’llaniladigan uskunalar, havfsizlik blokirovkalari ishlatilishni asosiga ko’ra turlari.



2

7

Himoyalovchi yerga ulash. Yerga ulash qurilmalarining konstruksiyalari.


Himoyalovchi yerga ulash – kuchlanish ostida qolishi mumkin bo’lgan metalli tok yurmaydigan qismlarini oldindan yerga ulab qo’yish.

Yerga ulash qurilmani himoya negizi, yerga ulash qurilmani kichik qarshiligi hamda uskunani atrofidagi potensiallarini ko`tarish, hisobiga.

Izolyatsiya lat olgan sababli kuchlanish ostida qolishi mumkin bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlar, elektr mashinalarni qobig’lari, transformatorlar, apparatlar, yoritkichlar, boshqa tok o’tkazuvchan tok yurmaydigan qismlarni yerga ulash.



2

8

Himoyalovchi yerga ulash qurilmani hisob-kitobi va nazorati

Erga ulash qurilmalarni hisoblash ma’lumotlari, yerni solishtirma qarshiligi, yerga ulanadigan uskunalarini joylashtirish plani, yerga ulash tabiiy qurilmalarini tavsifnomasi (eyish tok qarshiligi, miqdori va ularni o’lchamlari).

2

9

Nollashtirish. Nollashtirishni nazorat qilish.


Nollashtirish ma’nosi, kuchlanish ostida qolishi mumkin bo’lgan tok o’tmaydigan qismlarni oldindan nolli himoyalovchi o’tkazgich bilan biriktirilishi, fazali kuchlanishni qobiqqa o’tib ketish holati.

Elektr uskunalarni montaj qilganidan so’nggi ishlatish jarayonida, davriy no’llanish nazorati, nol sirtmoqini qarshiliklarini o’lchash.



2

10

Himoyalovchi o’chirish

Himoyalovchi o’chirish-tez harakat etuvchi himoya avtomatik vositasi, yetarlicha sezuvchanligi, tez harakatlanishi, ishonchli ishlash, xavfli kuchlanish hosil bo’lishi o’z-o’zini nazorat etish va hakazo.

2

11

Yuqori kuchlanish tarmoqdan past kuchlanishga o’tishni himoyasi

Eng ko’p sodir bo’layotgan kuchlanish turlari, baland va past kuchlanish tarmoqlari, fazalarni baland va past kuchlanishlar, yerga nisbatan istalgan faza bilan sodir bo’lishi mumkin kuchlanish, uskunani qobig’i bilan tutashib baland tegib ketishi.

2

12

Elektr himoya vositalari haqida umumiy tushuncha


Elektr-uskunalar bilan ishlaydigan ishchilarni elektr jarohatlanishdan, elektr yoyi va elektrmagnit maydonlaridan himoyalash elektr himoya vositalari (E.X.V.), himoyalovchi vosita turlari qo’llanilishi.




13

Kuchlanish 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalariga xizmat vaqtida qo’llaniladigan himoya vositalari

Kuchlanish 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalariga xizmat vaqtida qo’llaniladigan himoya vositalari

Kuchlanish 1000 V gacha bo’lgan E.X.V. buyumlar, eng keng qo’llanib kelayotganlari, ularni germetik holatini tekshirish.






14

Kuchlanish 1000 V dan oshiq bo’lgan elektr uskunalarda xizmat doirasidagi qo’llaniladigan himoya vositalari

Kuchlanish 1000 V dan oshiq bo’lgan elektr uskunalarinidagi himoya vositalari, kuchlanish ko’rsatkichlari, himoyalovchi qurilmalar va ta’mirlash ishlari uchun moslamalar (maydonchalar, teleskopik vishkalar, himoyalovchi bo’limlar va hakazo).




15

Ogohlantiruvchi maxsus belgilar. Elektr xafvsizligini tashkiliy chora – tadbirlari.


Elektr uskunalarida ishlatish ko’lamiga muvofiq mahsus belgilar, ogohlantiruvchi va vaqtinchalik plakatlar, doimiy to’siqlar va boshqalar.

Elektr uskunalarini ishlatishda asosiy tashkiliy chora–tadbirlar, elektr qurilmalari bilan ishlaydigan xodimlarga maxsus talablar , ishga tayyorgarlik va ish olib borish jarayonini va tugatish ishlarini nazorat qilish.



2

16

Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi yordam ko’rsatish

Elektr tok ta’siridan qutqarilgan odamga birinchi yordam ko’rsatish, uning holatini belgilash, shifokorlar yetib kelguncha, birinchi yordam ko’rsatish chora-tadbirlari.

2

17

Yong’in xavfsizligi sistemasiga qo’yilgan talablar

Yong’in xavfsizligi bo’yicha umumiy ma’lumotlar, yong’inni oldini olish sistemasi, yongin sodir bo’lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va qo’llamiladigan texnik vositalar majmualari.

Ushbu tadbirlar yonginga xavfli qurilmalar o’rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish yoki ularni mumkin qadar tashqarida o’rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, , isitish jihozlaridan to’g’ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.



2

18

Yong’in va portlashning sabablari, yong’inni o’chirish

Ishlab chiqarishda mumkin qadar ko’proq yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni to’liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug’ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash.

Yong’in vaqtida sodir bo’ladigan turli xil xavfli va zararli omillar va baxtsiz hodisalarni ro’y berishi.






Jami

36



Amaliy mashg’ulotlar taqsimoti

IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Ushbu o’quv fani bo’yicha talabalarni Amaliy mashg’ulotlarni ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar, internet materiallari bilan ishlashni, standart va malaka talablariga mos ravishda bajarishni o’z ichiga oladi.




Mavzular

Qisqacha mazmuni

Soati



Erga ulagichning tuzulishi

Yerga ulash qurilmani himoya negizi, yerga ulash qurilmani kichik qarshiligi hamda uskunani atrofidagi potensiallarini ko`tarish, hisobiga.

4



Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash principi. Elektr o’chirgich va izolyatsiya qisqichlarining tuzilishi va ishlash principi;

Himoyalovchi o’chirish-tez harakat etuvchi himoya avtomatik vositasi, yetarlicha sezuvchanligi, tez harakatlanishi, ishonchli ishlash, xavfli kuchlanish hosil bo’lishi o’z-o’zini nazorat etish va hakazo.

4



Kuchlanishi 1000 V gacha bolgan ikki qutbli ko’rsatgichlarni tuzilishi va ishlash principi;

Kuchlanish 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalariga xizmat vaqtida qo’llaniladigan himoya vositalari

Kuchlanish 1000 V gacha bo’lgan E.X.V. buyumlar, eng keng qo’llanib kelayotganlari, ularni germetik holatini tekshirish.



4



Elektr tokini erga ulab muxofaza qilish usulini hisoblash;

Erga ulash qurilmalarni hisoblash ma’lumotlari, yerni solishtirma qarshiligi, yerga ulanadigan uskunalarini joylashtirish plani, yerga ulash tabiiy qurilmalarini tavsifnomasi (eyish tok qarshiligi, miqdori va ularni o’lchamlari).

4



Yong’in bo’lganda odamlarni binodan olib chiqish vaqtini hisoblash;

Aholi va xududlarni muhofaza qilish rejalari, ularning tuzilishi, unga qo’yiladigan talablar. Yong’in va portlash sodir bo’lganda fuqarolarning hatti-harakatlari. Jarohat olgan fuqarolarga, kuygan va shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish tartibi.

4



Dozimetrik asbob-uskunalarni tuzilishi va ishlash principi;

Dozimetrlar-asosan gamma-nurlanishdan zararlangan hududda bo’lgan odamlarning olgan ja`mi nurlanish dozasini aniqlash uchun mo’ljallangan (DP-22V, ID-1, ID-11, DP-5A,B,V va boshqalar.) Tashqi muhitda foydalaniladigan ko’pgina dozimetrik asboblarning ishlash jarayoni radioaktiv nurlarning havoda zarrachalarini ionlash qobiliyatiga asoslangan. Ionlash usuli asosida ishlovchi asboblar qabul qiluvchi, kuchaytiruvchi, o’lchovchi qurilmalar va ishlashni ta`minlovchi energiya manbaidan iborat bo’ladi.

4



Havfsizlik blokirovkalarini tuzilishi va ishlash principi;

Elektr tok havfsizligini ta’minlash maqsadida qo’llaniladigan kuchlanish, qarshilik orqali kam miqdordagi kuchlanishda, yuqori xavfli va ayniqsa, mahsus xavfli sharoitlarda kichik kuchlanishni qo’llash shartlari, kam miqdordagi tok o’tishiga tananing qarshiligi

Havfsizlik blokirovkalari qo’llaniladigan uskunalar, havfsizlik blokirovkalari ishlatilishni asosiga ko’ra turlari.



4



Statik zaryadlardan muxofazalovchi vositalarni tuzilishi va ishlash printsipi.

Elektr toki yoki yashin-atmosfera elektr zaryadining ta'siridan paydo bo’ladigan shikastlanishlar elektrdan shikastlanish deyiladi. Elektr toki atmosfera elektr zaryadining organizmdan o’tishi mahalliy va umumiy o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mahalliy o’zgarishlar elektr toki kirgan va chiqqan joylarda to’qimalarning kuyishidan yuzaga chiqadi. Shikastlangan kishining ahvoli (teri qoplamlarining ho’lligi, charchash, oriqlab ketganlik va hokazo), tok kuchi va kuchlanishiga ko’ra, sezuvchanlikning yo’qolishidan to kuyishga qadar juda turli-tuman o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin.

4



Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi yordam ko’rsatish

Elektr shok ta’sirigagi tanani og’ir nerv-reflektorli reaksiyasi, qon aylanishi, nafas olishi, asab tizimi va boshqa tizimlarni buzilishi, tanani fazasi to’lqinlanishi, tormoz fazasi, yani nerv tizimi bo’shashi, arterial bosimi kamayishi, nafas olishi susayishi va depressiya holati, shok holatini davomiyligi, elektr jarohatlariog’irligi ni insonning shaxsiy hususiyatlariga bo’g’liqligi.

Elektr qurilmalarini ishlatish xavfligini taxlili, kuchlanish ostida qolishi, turli factor va parametrlarini ulanib qolishi, elektr tarmoqlardagi tok turlari, bir fazali va ko’p fazali toklarni inson tanasiga ta’siri, transformator yoki generator neytral rejimi bo’yicha uch fazali tarmoqlarni ulash.



4

Jami

36



MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI

Ushbu o’quv fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi mavzulari ma`ruzalar konspekt iva tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va internet saytlari bilan ishlashni, amaliy ishlarni o’tishda tayyorgarlik ko’rishni, referatlar yozishni, standart talablariga mos ravishda mustaqil bajarishni o’z ichiga oladi va mavzulari quyidagilardan iborat:






Mavzu nomi

TMI shakli (zamonaviy va turli shaklli bo’lishiga katta e’tibor beringlar)

Soati



Qadam kuchlanishi kamayadigan minimal masofasini aniqlash;

Mavzuga oid masala yechish

4



Yong’inni o’chirishning vositasi hisoblangan suvning muhim kamchiliklari;

Yong‘inni uchirish usullari, moddalari va vositalari. Yong‘inni o‘chirish usullari. O‘t o‘chiruvchi moddalar, ularning turlari va xossalari. O’t o’chirish vositalari, ularning turlari, ishlash printsiplari. O’t o’chirish vositalarining yong’in turi bo’yicha qo’llanilishi. O’t o’chirish vositalarining me’yoriy miqdorlari. Yong’inni o’chirish qurilmalari va texnikasi, turlari va qo’llanish sohalari.

4



Yonuvchi metall, quyma metall va metall birikmalarning changlarini o’chirishda qo’llaniladigan moddalar;

Modda va materiallarining yonuvchanlik bo‘yicha guruhlanishi. Ishlab chiqarish binolarining portlash va yong‘in xavfi bo‘yicha toifasi

4



Kuchlanish ostida bo’lgan elektr uskunalarda sodir bo’lgan yong’inni o’chirishda qo’llanadigan vositalar;

Elektr uskunalarida yong’in va portlash xavfliligini kamaytirish usullari. Birlamchi o’t o’chirish vositalarini qo’llanilishi. Avtomatik yong’indan darak beruvchilar.

4



Bino va xonalarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha kategoriyalanishi;

Bino va inshootlarni yong‘in xavfsizligini ta’minlash asoslari. Bino konstruktiv elementlari va materiallarining olovga chidamliligi.

4



Elektr uskunalardagi yong’inni bartaraf etishdagi samarali vositalar;

Elektr uskunalarida yong’in va portlash xavfliligini kamaytirish usullari. Birlamchi o’t o’chirish vositalarini qo’llanilishi. Avtomatik yong’indan darak beruvchilar.

4

7.

Elektr havfsizligini ta’minlovchi shaxsiy muxofaza aslaxalari;

Elektr havfsizligini ta’minlovchi shaxsiy muxofaza aslaxalari;

4

8.

Xavfli ionlanuvchi nurlanish manbai;

Xavfli ionlanuvchi nurlanish manbalari bilani tanishish;

4

9.

Inson organizmidan o’tayotgan tokning xavfli halqasi;

Inson organizmidan o’tayotgan tokning xavfli halqasini o’rganish;

4

10

Tabiiy elektromagnit maydon manbalari;

Tabiiy elektromagnit maydon manbalari bilan tanishish;

4

11

Organizmda elektromagnit maydonini ta’siridan yuzaga keladigan issiqlik;

Organizmda elektromagnit maydonini ta’siridan yuzaga keladigan issiqlik miqdorini o’rganish;

4

12

Xonalarni elektr toki bilan jaroxatlanish darajasi bo’yicha klassifikasiyasi;

Xonalarni elektr toki bilan jaroxatlanish darajasi bo’yicha klassifikasiyasi bilan tanishish;

4

13

Elektrdan muxofazalovchi asosiy izolyasiya vositalari;

Elektrdan muxofazalovchi asosiy izolyasiya vositalarini tazilishini va ishlatish jarayoni bilan tanishish;

4

14

Elektromagnit maydonlardan muxofazalanish vositalarini tayyorlashda ishlatiladigan asosiy materiallar;

Elektromagnit maydonlardan muxofazalanish vositalarini tayyorlashda ishlatiladigan asosiy materiallarni tazilishini o’rganish;

4

15

Kuchaygan xavfli sharoitda qo’l asboblari (drel, gaykovert va b.) uchun qo’llaniladigan kichik kuchlanish;

Kuchaygan xavfli sharoitda qo’l asboblari (drel, gaykovert va b.) uchun qo’llaniladigan kichik kuchlanish zanjiri bilar tanishish;

4

16

Havodagi elektrostatik maydon;

Havodagi elektrostatik maydon xolati bilan tanishish;

4

17

Yonuvchi materiallarni elektrostatik elektrsizlanishga sezuvchanligi.

Yonuvchi materiallarni elektrostatik elektrsizlanishga sezuvchanligini o’rganish.

4

Jami

68

Fanidan yakuniy nazorat savollari




1

Elektr xavfsizligi fanining asosiy maqsadi, elektr tokini xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar.

2

Elektr toki bilan shikastlanish.

3

Inson tanasini elektr tokiga qarshiligi.

4

Insonni elektr tokidan shikastlanishi omillari.

5

Elektr tokidan sikastlanish sabablari.

6

Izolyatsiyalangan neytralli uch fazali tarmoqlarni havfi

7

Mustahkam yerga ulangan neytralli uch fazali elektr tarmoqning havfi.

8

Elektr uskunalarining yerga ulanib qolishi havfi

9

Elektr qurilmalaridagi himoya choralari.

10

Kichik kuchlanishlarni qo’llash va havfsizlik blokirovkalari.

11

Himoyalovchi yerga ulash.

12

Himoyalovchi yerga ulash qurilmani hisob-kitobi va nazorati.

13

Nollashtirishni nazorat qilish.

14

Yuqori kuchlanish tarmoqdan past kuchlanishga o’tishni himoyasi.

15

Elektr himoya vositalari haqida umumiy tushuncha.

16

Kuchlanish 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalariga xizmat vaqtida qo’llaniladigan himoya vositalari.

17

Kuchlanish 1000 V dan oshiq bo’lgan elektr uskunalarda xizmat doirasidagi qo’llaniladigan himoya vositalari .

18

Statik zaryadlardan muxofazalovchi vositalar tuzilishi va ishlash printsipi.

19

Ogohlantiruvchi maxsus belgilar.

20

Elektr xafvsizligini tashkiliy chora – tadbirlari.

21

Dozimetrik asbob-uskunalarni tuzilishi va ishlash principi

22

Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi yordam ko’rsatish.

23

Yong’in xavfsizligi sistemasiga qo’yilgan talablar.

24

Yongin sodir bo’lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar

25

Yong’in va portlashning sabablari, yong’inni o’chirish

26

Yong’in vaqtida sodir bo’ladigan turli xil xavfli va zararli omillar va baxesiz hodisalarni ro’y berishi.

27

Yong’inni o’chirish vositalari.

28

Erga ulagichning tuzulishi

29

Izolyatsion shtangalarning tuzilishi va ishlash principi. Elektr o’lchagich va izolyatsiya qisqichlarining tuzilishi va ishlash principi;

30

Kuchlanishi 1000 V gacha bolgan ikki qutbli ko’rsatgichlarni tuzilishi va ishlash principi;

31

Elektr tokini erga ulab muxofaza qilish usulini hisoblash;

32

Yong’in bo’lganda odamlarni binodan olib chiqish vaqtini hisoblash;

33

Dozimetrik asbob-uskunalarni tuzilishi va ishlash principi;

34

Havfsizlik blokirovkalarini tuzilishi va ishlash principi;

35

Statik zaryadlardan muxofazalovchi vositalarni tuzilishi va ishlash principi.

36

Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi yordam ko' rsatish

37

Qadam kuchlanishi kamayadigan minimal masofasini aniqlash;

38

Yong’inni o’chirishning vositasi hisoblangan suvning muhim kamchiliklari;

39

Yonuvchi metall, quyma metall va metall birikmalarning changlarini o’chirishda qo’llaniladigan moddalar;

40

Kuchlanish ostida bo’lgan elektr uskunalarda sodir bo’lgan yong’inni o’chirishda qo’llanadigan vositalar;

41

Bino va xonalarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha kategoriyalanishi;

42

Elektr uskunalardagi yong’inni bartaraf etishdagi samarali vositalar;

43

Elektr havfsizligini ta`minlovchi shaxsiy muxofaza aslaxalari;

44

Xavfli ionlanuvchi nurlanish manbai;

45

Inson organizmidan o’tayotgan tokning xavfli halqasi;

46

Tabiiy elektromagnit maydon manbalari;

47

Organizmda elektromagnit maydonini ta`siridan yuzaga keladigan issiqlik;

48

Xonalarni elektr toki bilan jaroxatlanish darajasi bo’yicha klassifikasiyasi;

49

Elektrdan muxofazalovchi asosiy izolyasiya vositalari;

59

Elektromagnit maydonlardan muxofazalanish vositalarini tayyorlashda ishlatiladigan asosiy materiallar;

51

Kuchaygan xavfli sharoitda qo’l asboblari (drel`, gaykovert va b.) uchun qo’llaniladigan kichik kuchlanish;

52

Havodagi elektrostatik maydon;

53

Yonuvchi materiallarni elektrostatik elektrsizlanishga sezuvchanligi.

54

Yong’inni o’chirish usullari.

55

Yong’inni o’chirish moddalari.

56

Yong’inni o’chirish vositalari.

57

Yong’in va portlash sodir bo’lganda fuqarolarning hatti-harakatlari.

58

Jarohat olgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish tartibi.

59

Yong’in va portlashda zarar ko’rganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.

60

Yong’in paytida odamlarni binolardan evakuatsiya qilish.



VIII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari

Asosiy adabiyotlar

1. O’. Yo’ldoshev va boshqalar. Mehnatni muxofaza qilish. T. Mehnat, 2001.

2. Yormatov G. Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. O’quv qo’llanma. T. 2005

3. Белов С. В. и др. "Безопасность жизнедеятельности", "Висшая школа", Москва 1999 год.

4. С. В. Алексеев, В. Р. Усенко. Гигиена труда. М. Медицина, 1988.

5. Rasuleva M.A., Yo’ldoshev O’.R. Videoterminallardagi xavfsizlik muammolari Toshkent, 2004

6. O.R. Yuldashev va b. Elektr xavfsizligi. Toshkent, TDTU, 2010.
Qo’shimcha adabiyatlar:

7.Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президентининг лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2016. – 56 б.

8.Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. 2016 йил 7 декабрь. – Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2016. – 48 б.

9.Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. - Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б.

10.Ўзбекистон Республкасини янада ривожлантириш бўйи­ча Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. -Т.:2017 йил 7 февраль, ПФ-4947-сон фармони.

11.Ўзбекистон Республикасининг 6 май 1993 йилдаги «Мехнатни мухофаза қилиш тўғрисидаги» Қонуни

12. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Ишлаб чиқаришдаги бахциз ҳодисаларсни ва ходимлар саломатлигининг бошқа хил зарарланишини текшириш ва ҳисобга олиш тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида» ги 1997 й. 6 июндаги № 286 – сон Қарори

Internet saytlari:

13.www.gov.uz – Ўзбекистон Республикаси ҳукумат портали.

14.www.lex.uz – Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжат­лари маълумотлари миллий базаси.

15.www.ziyonet.uz.



BAHOLASH MEZONLARI
"ELEKTR XAVFSIZLIK ASOSLARI " fanidan 4-semestr uchun talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezoni.


  1. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi.

  • Oraliq nazorat (ON)

  • Yakuniy nazorat (YaN)


Oraliq nazorat – semester davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha ma’ruza va amaliy mashg’ulot mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasi baholanadi va o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda 1 yoki 2 marotaba baholanadi.

Fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda nazorat turi og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkaziladi.




Semestr

Oraliq nazorat

Maruza , amaliy va mustaqil ish soatlari

(jami)

Maruza soatlari

Amaliy mashg’ulot soatlari

Mustaqil ish soatlari

Soat

Soat

Soat

Soat

4

140

36

36

68

ELEKTR XAVFSIZLIK ASOSLARI” fanidan barcha talabalar amaliy mashg’ulotlardan xamma mavzular bo`yicha baholanishi shart.



Baholash usullari

Amaliy ishllarini bajarishi.

Baholash mezonlari

Talaba “Elektr xavfsizlik asoslari.” fani boyicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezon asosida baholanadi.

5- (a’lo) baho: vazifani mustaqil va aniq bajarishi; vazifani chizmachilik talablari asosida bajarilishi; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.

4- (yaxshi) baho: vazifani mustaqil va aniq bajarishi; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.

3 - («qoniqarlii) baho: vazifani mustaqil bajarishi mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.

2 - (qoniqarsiz) baho: dasturni o`zlashtirmaganlik; fanning mohiyatini bilmaslik; aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; mustaqil fikrlay olmaslik.




Baholash turlari

Eng yuqori baho

O`tkazish vaqti

Jоriy baholash:

5

Amaliy mashg`ulotlar davomida

yakuniy baholashgacha



Amaliy mаshg‘ulоtlаrda faolligi, vazifani mustaqil va aniq bajarishi; vazifani chizmachilik talablari asosida bajarganligi uchun.

5

Mustaqil ta`lim topshiriqlarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishi

5




Oraliq baholash:

5

10chi va ohirgi haftada



Oraliq nаzоrаt amaliy o`qituvchisi tomonidan qabul qilinadi. Oraliq nаzоrаt ikkita vazifadan iborat amaliy mаshg‘ulоtlаrida o`tilgan mavzular yuzasidan variantlar asosidagi orqali o`tkaziladi.

5



Yakuniy baholash:

5




Yakuniy nаzоrаt amаliy va оg‘zаki shaklda o`tilgan mavzularga oid amaliy mashqlar hamda yozma savol javob tarzida o‘tkaziladi. Bunda talabalar 2 ta amaliy mashq bajarib, fanga oid savollarga javob beradi.

5

Kurs oxirida




Jami

5





Oraliq nazoratga shu davrda talabaning ma`ruzalarga qatnashganligi, amaliy mashg`ulotlarni topshirganligi va shu davrda oid mustaqil ishlarni bajarganligi inobatga olinib qo`yiladi.

Agar talabaning umumiy bahosi 3(qoniqarli) dan past bo`lsa u holda oraliq nazoratiga qo`yilmaydi.

Agar talabaning oraliq nazoratlarigan umumiy bahosi 3(qoniqarli) dan past bo`lsa u holda yakuniy nazoratiga qo`yilmaydi.
Yakuniy nazorat:

- Yozma ish shaklida bo’lsa:



  • Tayanch iboralar yoki savolni to’g’ri yoritish – 3;

  • Mustaqil yondashish, amaliy misollar keltirish – 1;

  • Grafik ishlanmalardan foydalanish – 1;

Jami -5 baho

Test shaklida bo’lsa:

  • 26 tadan 30 tagacha – 5;

  • 22 tadan 25 tagacha – 4;

  • 17 tadan 21 tagacha – 3.


Og’zaki shaklda bo’lsa:

  • Savollarga to’laqonli javob berishi uchun – 3;

  • Ijodiy fikrlashi, amaliy misollar keltirishi uchun – 1;

Qo’shimcha savollarga javob berishi uchun – 1.

Jami -5 baho



Download 73.9 Kb.




Download 73.9 Kb.