II. ISTE’MOLCHILARNING ELEKTR QURILMALARINI




Download 459.76 Kb.
bet19/55
Sana15.03.2017
Hajmi459.76 Kb.
#138
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
II. ISTE’MOLCHILARNING ELEKTR QURILMALARINI

ULASH UCHUN TEXNIK SHARTLAR
18. Elektr energiyasi iste’molchilari, shu jumladan, xususiy uy-joylarda yashovchi iste’molchilar elektr qurilmalarining yangi va qo’shimcha quvvatlarini hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining ishga tushirish vaqtida, elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.

Texnik shartlarsiz elektr qurilmalarining elektr ta’minotini loyihalashtirish, uskunalarni montaj qilish va ularni hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ulanish uchun texnik shartlarning bajarilishi barcha iste’molchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
19. Kuchlanishi 1000 Volt va undan yuqori bo’lgan transformatorlar yoki dvigatellarning yangi yoki qo’shimcha quvvatlarini ulash, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tarmoq transformatorlariga ulanadigan past kuchlanishli qurilmalarning yangi quvvatini ulash yoki ularning ruxsat berilgan quvvatini oshirish uchun texnik shartlar iste’molchi-buyurtmachidan (quruvchidan) yoki uning topshirig’i bo’yicha bosh loyihalash tashkilotidan buyurtma olingandan so’ng bir oy muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, belgilangan tartibda beriladi.

Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik subyektlarining buyurtmalari bo’yicha tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo’limi) tomonidan uch ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatda beriladi.

Barcha iste’molchilar uchun texnik shartlar, shu jumladan, qo’shimcha shartlar to’lov undirmasdan beriladi.
20. Texnik shartlarni olish bo’yicha buyurtmanomada iste’molchi loyihalashtirilayotgan obyektni tavsiflovchi quyidagi ma’lumotlarni qisqacha shaklda ko’rsatadi: yuklama miqdori, iste’molchining elektr ta’minoti ishonchliligi bo’yicha toifasi, o’rnashgan joyi (aholi punkti bilan bog’liq kartografiya materiali), obyektni loyihalashtirish va qurish muddatlari, obyektga xizmat ko’rsatuvchi elektr qurilmalarining balans bo’yicha mansubliligi.

Quvvati 10 kVt.gacha bo’lgan elektr qurilmalariga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun texnik shartlar olish yuzasidan buyurtmanomalar tegishli elektr ta’minoti korxonalariga, 10 kVt va undan yuqori quvvatli bo’lganda esa - hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuboriladi.


21. Elektr qurilmalarining, iste’mol qilinadigan quvvat oshirishiga sabab bo’lmaydigan, elektr ta’minoti ishonchliligi bo’yicha toifasi o’zgargan yoki iste’molchining tashqi elektr ta’minoti sxemasi o’zgargan taqdirda, iste’molchi buning uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan qo’shimcha texnik shartlar olishga majburdir.
22. Elektr qurilmalari iste’molchilarning elektr tarmoqlaridan quvvat oladigan subiste’molchilar texnik shartlarni, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati bilan, iste’molchilardan oladilar va loyiha hujjatlarini iste’molchi bilan kelishadilar.

Agar subiste’molchining yuklamasi ortishi sababli iste’molchining tashqi elektr ta’minoti sxemasini o’zgartirish yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasida qayd etilgan transformatorlar va yuqori voltli dvigatellar quvvatini ko’paytirish talab etilsa, iste’molchi yuklamani ko’paytirishga texnik shartlarni hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan oladi.


23. Obyektni hududiy elektr tarmoqlariga ulashning texnik shartlarida quyidagilar ko’rsatiladi:

ulanish nuqtasi (podstansiya, elektr stansiyasi yoki elektr energiyasi uzatish liniyasi), obyektni ta’minlovchi havo va kabel liniyalari bajarilishi kerak bo’lgan kuchlanish, alohida holatlarda tashqi elektr energiyasi ta’minoti sxemasi variantlarini ishlab chiqish zaruriyati ko’rsatiladi;

yangi iste’molchi ulanishi tufayli mavjud tarmoqni kuchaytirish bo’yicha asoslangan talablar (simlar kesimlarini oshirish, transformatorlar quvvatini almashtirish yoki ko’paytirish, zaxira yacheykalari barpo etish va shu kabilar);

qisqa tutashish toklarining hisoblangan miqdori, releli himoya, avtomatika, aloqa, izolatsiya va o’ta kuchlanishdan himoyaga qo’yiladigan talablar;

reaktiv quvvat o’rnini to’ldirishga qo’yiladigan talablar;

elektr energiyasini hisobga olishga qo’yiladigan talablar;

davlat standartlariga muvofiq tok qabul qilgichlar yonida barqarorlashtiruvchi qurilmalar va elektr energiyasi sifatini nazorat qiluvchi priborlarning o’rnatilishiga qo’yiladigan talablar;

iste’molchi yuklamasining sutkalik jadvalini tartibga solish bo’yicha talablar;

elektr qurilmalarining namunaviy loyihalarini qo’llash bo’yicha tavsiyalar;

hududiy elektr tarmoqlarining ta’minlovchi liniyalariga ulanadigan iste’molchilar elektr qurilmalariga qo’yiladigan o’ziga xos talablar (zaxira energiya manbaining, kuchlanish beriladigan joylarni avtomatik himoya qilishning zarurligi, ta’minlovchi liniyalarning parallel ishlashiga yo’l qo’yilishi, yagona elektr energetika tizimida quvvat tanqisligi paydo bo’lganda bunday tok qabul qilgichlarning elektr ta’minotini saqlash maqsadida ayrim zaxiralanuvchi ta’minlovchi liniyalarga mas’ul yuklamalarni ajratish va shu kabilar);

korxona, bino, inshootlar loyihasida (ishchi loyihasida) elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishni tashkil etish bo’yicha loyiha yechimlarini ishlab chiqish to’g’risidagi talablar;

iste’molchi tarmog’iga ulanadigan subiste’molchilar ro’yxati (ularning yuklamalari va elektr energiyasi iste’moli to’g’risidagi asosiy istiqbol ma’lumotlarini ko’rsatgan holda);



texnik shartlarning, ishlarni loyihalash va bajarishning amaldagi me’yorlarini hisobga olgan holda belgilangan amal qilish muddati.
24. Korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarning texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan elektr ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalari) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va "O’zdavenergonazorat" DI bilan kelishilishi kerak, iste’molchilarni 10 kVt.gacha quvvatli elektr ta’minoti loyihalari bundan mustasno.
25. Iste’molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog’liq yangi elektr qurilmalarini va elektr tarmog’i xo’jaligining obyektlarini loyihalash va qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish iste’molchilarning mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
26. Iste’molchi, unda texnik imkoniyat mavjud bo’lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabi bo’yicha o’z elektr tarmoqlariga boshqa elektr energiyasi iste’molchilarining elektr qurilmalarini ulashi shart.



Download 459.76 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Download 459.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. ISTE’MOLCHILARNING ELEKTR QURILMALARINI

Download 459.76 Kb.