-§. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob




Download 459.76 Kb.
bet24/55
Sana15.03.2017
Hajmi459.76 Kb.
#138
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
1-§. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob

qilishning umumiy qoidalari
52. Bevosita hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlaridan hamda iste’molchilar yoki subiste’molchilar elektr tarmoqlari orqali uzatilayotgan elektr energiyasi uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar elektr energiyasining belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli tariflari bo’yicha elektr ta’minoti shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.

Elektr energiyasining barcha iste’molchilari (maishiy iste’molchilardan tashqari) hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan birgalikda har oyda, hisob-kitob davri tamom bo’lgandan keyin besh kun mobaynida, foydalanilgan elektr energiyasi uchun o’zaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomasini tuzishlari shart. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


53. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida iste’molchilarning tarif guruhlari bo’yicha taqsimlanishi Elektr va issiqlik energiyasi iste’molchilarining tarif guruhlari to’g’risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasi tuzilgandan keyin iste’molchining aybi bilan iste’molchini tegishli bo’lmagan tarif guruhiga kiritish holati aniqlangan taqdirda shartnoma tuzilgan paytdan boshlab elektr ta’minotining butun davri uchun, biroq da’vo muddatidan ortiq emas, foydalanilgan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilish. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


54. Elektr energiyasiga tariflar bir stavkali va ikki stavkaliga bo’linadi. Bunda:

bir stavkali tarif iste’molchiga yetkazib berilgan har bir kVt soat elektr energiyasi uchun haq to’lashdan;

ikki stavkali tarif yagona elektr energiyasi tizimining eng katta yuklamasida ishtirok etuvchi, buyurtma berilgan har bir kVt quvvat uchun (asosiy to’lov) va yetkazib berilgan elektr energiyasining har kVt soati uchun iste’molchi tomonidan haq to’lashdan (qo’shimcha to’lov) iborat bo’ladi.
55. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishda, iste’molchida ko’p tarifli hisobga olish pribori mavjud bo’lgan taqdirda, belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan tarif qo’llanishi mumkin. Tabaqalashtirilgan tarif sutkaning quyidagi davrlarida iste’mol qilingan har bir kVt.soat elektr energiyasi uchun haq to’lashdan iborat bo’ladi:

yarim tig’iz davr - asosiy tarif (sutkaning yorug’ vaqti);

tig’iz davr - eng yuqori tarif (yagona energiya tizimining eng katta yuklamali vaqti - ertalabki va kechki "eng katta miqdor");

tungi davr - imtiyozli tarif (sutkaning qorong’i vaqti).

Asosiy tarif (T)ning miqdori iste’molchilarning har bir guruhi uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tarifga muvofiq bo’ladi.
56. Bir necha tarif guruhlariga ega bo’lgan iste’molchilar bilan hisob-kitoblar, har bir tarif guruhiga o’rnatilgan hisobga olish priborlari ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi.
57. Elektr energiyasi (quvvati) uchun haq to’lash hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki iste’molchining o’zi tomonidan yoziladigan to’lov hujjatlari bo’yicha, elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
58. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan to’langan haq doirasida amalga oshiriladi.
59. Elektr ta’minoti shartnomalarida (maishiy iste’molchilardan tashqari) hisobot davrida elektr ta’minoti shartnomasida ko’rsatilgan miqdorga nisbatan 5 foizdan ko’p elektr energiyasi iste’mol qilinganda, hisob-kitob davri uchun elektr ta’minoti shartnomasida ko’rsatilgandan ortiq iste’mol qilingan jami hajm uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga jarima sanksiyalari to’lanishi ko’zda tutiladi.
60. Hisobga olishni nazorat qilish priborlari ko’rsatkichlari yozib olinmagan yoki elektr energiyasi va quvvati sarfi to’g’risidagi hisobot shartnomada belgilangan muddatda iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasini (shu jumladan aktiv va reaktiv energiyani) va quvvatini iste’mol qilishning shartnomaviy miqdori bo’yicha yoki o’tgan davr uchun elektr energiyasi va quvvati iste’mol qilishning o’rtacha amaldagi miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilinadi.

Bunda hisobga olishning nazorat qilish priborlari ko’rsatkichlari nazorat tartibida yozib olingandan keyin amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi va quvvati uchun qayta hisob-kitob qilinadi, bu iste’molchi yoki uning vakilining ishtirokida yoxud ishtirokisiz, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
61. Elektr ta’minoti shartnomasi bo’yicha iste’molchi sifatida maishiy iste’mol uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxs ish ko’rganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchi tomonidan u foydalangan elektr energiyasi uchun haq to’lanmagan taqdirda, elektr ta’minoti shartnomasining bajarilishi bekor qilinishi mo’ljallanayotgan kundan kamida bir oy oldin iste’molchini ogohlantirgan holda, elektr ta’minoti shartnomasi bajarilishini bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.
62. To’lov hujjatida xatolar yoki hisobga olish priborlari ko’rsatkichida noaniqliklar aniqlangan taqdirda, iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga darhol murojaat qilishi kerak.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, iste’molchi murojaat qilgan kundan boshlab o’n sutkadan kechiktirmay, hisob-kitobni tekshirishi, zarurat bo’lganda esa hisobga olish priborini ko’rikdan o’tkazishi kerak.

Hisobga olish priborlarini ko’rikdan o’tkazish yoki to’lov hujjatidagi xatoliklar to’g’risida murojaat qilish iste’molchini to’lov hujjatidagi to’lovni belgilangan muddatda to’lash majburiyatidan ozod qilmaydi.

Agar hisobga olish priborlari ko’rsatkichlaridagi aniqlik chegarasidan og’ishlar mazkur hisobga olish pribori uchun belgilangan aniqlik chegaralaridan ortiq bo’lmasa, bunday chetga chiqishlar yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chetga chiqishlar deb hisoblanadi.

Agar to’lov hujjatini tekshirish yoki hisobga olish priborini ko’rikdan o’tkazishdan keyin (shu jumladan, iste’molchi murojaat qilmasa ham) qayta hisob-kitob qilish zarurligi aniqlansa, bunday qayta hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uchun navbatdagi to’lov hujjatini yozishda amalga oshiriladi.
63. Iste’molchining (maishiy iste’molchidan tashqari) aybi bilan hisobga olishni nazorat qilish pribori shikastlanishiga (plombasi buzilishiga, oynasining sinishiga va shu kabilarga) yo’l qo’yilgan taqdirda hisobga olishni nazorat qilish pribori ulanishi sxemasini o’zgartirish, hisobga olishni nazorat qilish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlarni ulash yoki energiya boshqa usulda o’g’irlangan hollarda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili belgilangan shakl bo’yicha qoidani buzish dalolatnomasini tuzadi.

Ushbu dalolatnoma asosida:

hisobga olishni nazorat qilish pribori, o’lchov transformatorlari ulanishi va hisobga olishni nazorat qilish priborlaridan tashqari elektr qabul qilgichlar ko’z bilan ko’rib aniqlanmaydigan yashirin yo’l bilan (yashirin elektr simlari, pereklyuchatellar montaj qilinishi va shu kabilar) ulanishi sxemalari o’zgargan taqdirda, - hisobga olishning nazorat priborlari oxirgi almashtirilgan yoki ulanish sxemalari tekshirilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo’lmagan muddatda iste’molchi elektr tarmog’idan uzib qo’yiladi va energiya ta’minoti shartnomasida ko’rsatilgan iste’molchining ish soatlari soni hisobga olingan holda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati bo’yicha hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymati hisob-kitob qilinadi:

hisobga olishni nazorat qilish pribori iste’molchining aybi bilan shikastlangan (plombasi buzilishiga yo’l qo’yilgan, oynasi singan va shu kabilar) yoki aylanib chiqishda ko’z bilan ko’rib aniqlanadigan energiya boshqa usulda o’g’irlangan taqdirda, oxirgi marta aylanib chiqilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo’lmagan muddatda iste’molchi elektr tarmog’idan uzib qo’yiladi va energiya ta’minoti shartnomasida ko’rsatilgan iste’molchining ish soatlari soni hisobga olingan holda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati bo’yicha hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymati hisob-kitob qilinadi.

(O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
64. Elektr energiyasi sarfini qayta hisob-kitob qilish iste’molchini elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasini qayta hisob-kitob qilish hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, ushbu qoidalarda belgilangan tartibda, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yo’l qo’ygan iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud ishtiroksiz amalga oshirilishi mumkin. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

Bunda qoida buzish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch kun muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qaroriga e’tiroz bildirgan iste’molchining arizasi ko’rib chiqiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)
65. Elektr energiyasini hisobga olish iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan qilingan elektr energiyasi uchun hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori bo’yicha, hisobga olish buzilishiga qadar bo’lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o’rtacha sutkalik sarf bo’yicha amalga oshiriladi.

Elektr energiyaning o’rtacha sutkalik sarfi bo’yicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi kerak, shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi zarur.



Agar hisobga olish priborini, obyektiv sabablarga ko’ra, ko’rsatilgan muddatda (tok transformatorining, hisobga olish priborining yo’qligi, o’tib bo’lmaydigan yo’llar va shu kabilar tufayli) tiklash imkoniyati bo’lmasa, iste’molchiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga olishni tiklash muddati iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ikki tomonlama bitimi bilan belgilanishi kerak.
66. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o’rtasida hisob-kitob qilish uchun aktiv va reaktiv energiyani, shuningdek quvvatni hisobga olish hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi tarmoqlarining balans bo’yicha mansublik chegarasida amalga oshiriladi, ushbu Qoidalarning 68-bandida ko’rsatilgan holatlar bundan mustasno.
67. Hisob-kitob davrida iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori va xuddi shu davrda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi miqdori o’rtasidagi tafovut, "O’zdavenergonazorat" inspeksiyasi tasdiqlagan me’yorlar doirasida ushbu elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida ularning isrof bo’lishiga ketgan elektr energiyasi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda, hududiy elektr tarmoqlarining davr xarajatlariga o’tkaziladi va yuridik shaxslarning foyda solig’ini hisoblashda chegirilmaydi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
68. Hisobga olish pribori elektr tarmog’ining balans bo’yicha mansublik chegarasida o’rnatilmaganda, elektr tarmog’ining chegarasidan hisobga olish pribori o’rnatilgan joyigacha bo’lgan uchastkadagi elektr energiyasining texnologik sarfining hajmi iste’molchi bilan birgalikda hisoblash yo’li orqali aniqlanadi va elektr tarmog’ining balans bo’yicha mansubligiga qarab hududiy elektr tarmoqlari korxonasining va iste’molchining hisobiga o’tkaziladi.
69. Elektr energiyasi yagona elektr energetika tizimidan tranzit bo’yicha iste’molchining elektr tarmog’i orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmog’iga uzatilganda, iste’molchi tarmoqlaridagi elektr energiyasi texnologik sarfining bir qismi, iste’molchining elektr tarmog’iga kelib tushgan elektr energiyasining umumiy miqdoriga nisbatan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmog’iga iste’molchi tomonidan uzatilgan elektr energiyasi miqdoriga mutanosib ravishda yagona elektr energetikasi tizimining elektr tarmoqlaridagi texnologik sarflarga o’tkaziladi.
70. Iste’molchining aybi bilan elektr ta’minoti shartnomasida ko’rsatilgan elektr energiyasi hajmi to’liq iste’mol qilinmagan taqdirda, avans tariqasida to’langan mablag’lar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
71. Iste’molchining elektr energiyasi (quvvati) uchun, shuningdek jarima sanksiyalari, reaktiv energiya va quvvat kompensatsiyasi uchun tarifga ustamalar, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qayta hisob-kitobi va pena bo’yicha qarzi bo’lgan taqdirda uning avans to’lovi hisobiga o’tkazilgan mablag’lari qarzni qoplashga yo’naltiriladi va avans to’lovi (oldindan haq to’lash) sifatida hisobga olinmaydi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
72. Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob bo’yicha o’zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini imzolash rad etilgan taqdirda, qarzni undirish tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq shartnomaviy hajmdan kelib chiqqan holda iste’molchining bankdagi hisob raqamiga to’lov talabnomasi qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi.
73. Iste’molchi egallab turgan binosidan uni berish, sotish yoki boshqa sabablarga ko’ra ko’chib ketgan taqdirda, u bu haqda hududiy elektr tarmoqlari korxonasini yozma shaklda xabardor qilishi hamda elektr energiyasi uchun ko’chib ketish kunigacha to’liq hisob-kitob qilishi shart, shundan so’ng hududiy elektr tarmoqlari korxonasi obyektga elektr energiyasi yetkazib berishni to’xtatadi. Yangi iste’molchini rasmiylashtirish va elektr qurilmalarini elektr tarmog’iga ulash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
74. Tomonlar, ularning xohish va harakatlariga bog’liq bo’lmagan tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar sababli ushbu sharoitlarda qaytarib bo’lmaydigan va oldindan bilib bo’lmaydigan favqulodda holatlarni o’z ichiga olgan yengib bo’lmas kuch (fors-major) oqibatida o’z zimmasiga olingan majburiyatlarni bajara olmasa, tomonlardan hech biri o’z majburiyatlarini to’liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javob bermaydi.
75. Agar ko’rsatilgan fors-major holatlar majburiyatlarning shartnomada belgilangan muddatlarda bajarilishiga ta’sir qilsa, u holda ushbu muddatlar fors-major holatlarning amal qilish, ammo elektr ta’minoti shartnomasining amal qilish muddatidan ko’p bo’lmagan vaqtga uzaytiriladi.
76. Elektr qurilmalari iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan ulangan taqdirda, elektr qurilmalari elektr tarmog’idan darhol uzib qo’yiladi, iste’molchidan esa ruxsatsiz iste’mol qilingan elektr energiyasining qiymati iste’molchi rasmiy ravishda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab o’tgan vaqt mobaynida (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda) yoki da’vo muddati uchun ulangan elektr uskunalarining belgilangan quvvat bo’yicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi hisobidan undiriladi.

Noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qiymatini undirish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yo’l qo’ygan iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoki ishtirokisiz, belgilangan tartibda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin
Bunda ruxsatsiz iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining haqi to’lanishi elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi)
77. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasi uchun to’lovni yig’ish funksiyalarini belgilangan tartibda xususiy operatorga o’tkazishi mumkin.

Elektr energiyasi uchun to’lovni yig’ish funksiyalarini bajaruvchi xususiy operatorlar o’z faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradilar.





Download 459.76 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Download 459.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob

Download 459.76 Kb.