-§. Elektr energiyasi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari




Download 459.76 Kb.
bet27/55
Sana15.03.2017
Hajmi459.76 Kb.
#138
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
4-§. Elektr energiyasi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari

shirkatlari, turar joylar va aholi punktlarining

kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari hamda turar

joy va noturar joy fondi binolarining egalari

bilan hisob-kitoblar
90. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsion tashkilotlar umumiy uy-joy ehtiyojlariga foydalaniladigan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasiga asosan elektr tarmog’ining balans bo’yicha mansublik chegarasini hisobga olish nuqtasida o’rnatilgan hisobga olish priborlarining ko’rsatkichlari bo’yicha, belgilangan tarifga muvofiq hisob-kitob qiladilar.
91. Qabul qilish komissiyasining dalolatnomalariga asosan yangidan foydalanishga topshirilayotgan ko’p kvartirali uy-joylarni o’z balansiga qabul qilib olgan tashkilotlar yoxud quruvchilar ushbu uylarni elektr tarmog’iga ulashga ruxsat olish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga har bir uy-joyda o’rnatilgan Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan hisobga olish priborlari o’rnatish uchun buyurtmanoma taqdim etishi lozim. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Avvaldan foydalanib kelingan uy-joylarda yoki alohida fuqarolarga xususiy mulk huquqi bilan tegishli bo’lgan uylarda hamda bog’ uchastkalari, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlar va shu kabilarda elektr simini ulashga ruxsat olish uchun iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli ariza berishi shart.


92. Uy-joylarning elektr uskunalari va elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish uchun ijozat berish ular ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin amalga oshiriladi.
93. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi turar joy va noturar joy fondi binolarining egalari va ijarachilar (yuridik shaxslar yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar) bilan elektr ta’minoti shartnomasi tuzadi va ularga shaxsiy hisob raqamlari ochadi.

Bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bir necha shirkatlarga bo’lingan yoki va bino vaqtincha turar joy va noturar joy fondiga tegishli bo’lmagan taqdirda muayan uy-joy mulkdoriga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, uyning umumiy ehtiyojlari uchun foydalaniladigan elektr energiyasini yetkazib berishni to’xtatadi.

(O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
94. Shaxsiy hisob raqamini boshqa iste’molchiga qayta rasmiylashtirish hamda hisobga olish priborlarini ko’chirish faqat hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Ilgari elektr tarmog’iga ulangan turar joy va noturar joy fondi binosiga ko’chib kirgan yangi egasi 5 kun mobaynida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasini tuzishi va shaxsiy hisob raqamini o’z nomiga rasmiylashtirishi shart. Shaxsiy hisob raqami ko’rsatilgan muddatda rasmiylashtirilmasa to’lov to’lanmaganligi uchun butun javobgarlik turar joy va noturar joy fondi binosining yangi egasi zimmasiga yuklanadi.

Maishiy iste’molchilarga tegishli bo’lgan uy-joylar, turar joy va noturar joy fondi xonalarining oldi-sotdi shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish hamda ularning hisob raqamlarini boshqa iste’molchiga qayta rasmiylashtirish faqat elektr energiyasi uchun qarzdorlik mavjud emasligi to’g’risida belgilangan namunadagi ma’lumotnomalar bor bo’lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. (O’zR VM 31.12.2014 y. 377-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

(O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)


95. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi turar joy va noturar joy fondi binolarining egalari bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni, turar joy va noturar joy binolarini ijarachilarga (yuridik shaxs bo’lgan ijarachilar bundan mustasno) yoki yollovchilarga topshirishidan qat’i nazar, umumiy hisobga olish pribori bo’yicha amalga oshiradi.

Ijarachilar bilan yollovchilar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha nizolar belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.


96. Kommunal xonadonda bir nechta oila yashaganda hisob-kitob davrida iste’mol qilingan elektr energiyasini alohida oilalar o’rtasida taqsimlash nazorat hisobga olish priborlarining ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi.

Nazorat hisobga olish priborlarini o’rnatish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati talab qilinmaydi.

Nazorat hisobga olish priborlarining to’g’ri ishlashini nazorat qilish, ularning ko’rsatkichlarini yozib olish va elektr energiyasi uchun o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish majburiyatlari yashovchilarning zimmasiga yuklanadi.

Umumiy foydalaniladigan joylarda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori alohida oilalar o’rtasida amalda yashovchilarning soni bo’yicha taqsimlanadi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasidan umumiy hisobga olish pribori orqali foydalanuvchi fuqarolar o’rtasida hech qanday hisob-kitoblarni amalga oshirmaydi.
97. Elektr energiyasi uchun to’lov hujjatlari bo’yicha o’z vaqtida haq to’lash, turar joy va noturar joy fondi binosidagi hisobga olish priborining saqlanishi va butligini ta’minlash borasida mazkur Qoidalarga rioya qilinishi uchun javobgarlik turar joy va noturar joy fondi binosining egasi zimmasiga yuklanadi.
98. Hisobga olish priborlari zinapoya maydonchalarida o’rnatilgan taqdirda ularning saqlanishi va butligi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda uy-joy tasarrufida bo’lgan idora, tashkilot javob beradi.

Zinapoya maydonchalarida o’rnatilgan hisobga olish priborlari shikastlangan yoki o’g’irlangan taqdirda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va idora, tashkilot ularni o’z hisobidan tiklashi shart.


99. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, uy-joy mulkdorlari va turar joylardagi hamda boshqa binolardagi xonalarni ijarachilarga yuridik shaxslarga yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga ijaraga beruvchi boshqa tashkilotlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsatisiz ijarachilarga tegishli bo’lgan elektr qurilmalarini (elektr energiyasidan foydalanish maqsadlaridan qat’i nazar) uyning ichki elektr tarmoqlariga ulash huquqiga ega emas. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band)
100. Ijarachilar yuridik shaxslarga yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar turar joy va noturar joy fondi binosining egasi bilan shartnoma tuzilgandan keyin uch kun muddatda ijaraga olingan binoda elektr energiyasidan foydalanish bilan bog’liq masalalarni hal etish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilishi shart. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi)

Ijarachi binodan ko’chib ketadigan bo’lsa, turar joy va noturar joy fondi binosining egasi ijarachidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining u ko’chib ketish kunigacha elektr energiyasi uchun hisob-kitobni amalga oshirganligi haqidagi ma’lumotnomani talab qilishi shart. Ko’chib ketgan ijarachilarning elektr energiyasi uchun qarzlari bo’yicha javobgarlik ijaraga beruvchi zimmasida bo’ladi.


101. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan bo’linish chegarasidan iste’molchilargacha bo’lgan umumiy uy-joy elektr tarmoqlarining uzluksiz elektr ta’minoti bilan bog’liq bo’lgan texnik holatini ta’minlash va ularga xizmat ko’rsatish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari javob beradi.



Download 459.76 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Download 459.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Elektr energiyasi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari

Download 459.76 Kb.