issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari




Download 459.76 Kb.
bet40/55
Sana15.03.2017
Hajmi459.76 Kb.
#138
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari - issiqlik energiyasini qabul qilish, uzatish, qayta hosil qilish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan uskuna yoki pribor;
issiqlik ta’minoti korxonasi - issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasi bo’yicha issiqlik energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega bo’lgan yuridik shaxs, shu jumladan ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi;
hisobga olish nuqtasi - issiqlik ta’minoti sxemasidagi nuqta, unda o’lchash pribori (hisobga olish pribori, hisobga olish tizimi, issiqlik o’lchagich va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda issiqlik energiyasi sarfining miqdori aniqlanadi.
3. Sanoat mahsulotining turi sifatida issiqlik energiyasidan foydalanish issiqlik ta’minoti korxonasi bilan issiqlik qurilmalari issiqlik ta’minoti korxonasining tarmoqlariga bevosita ulangan iste’molchi o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida, mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Issiqlik energiyasidan foydalanishning namunaviy shartnomalari shakllari qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda keyinchalik belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o’tkazilgan holda Elektr energetikasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o’rinlarda "O’zdavenergonazorat" DI deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi.

Iste’molchi bilan issiqlik ta’minoti o’rtasidagi issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:

shartnomaning mavzusi;

iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga va issiqlik energiyasi sifati ko’rsatkichlariga rioya qilish shartlari va bu bo’yicha tomonlarning majburiyatlari;

tomonlarning issiqlik tarmoqlarini balans bo’yicha mansubligini bo’linish va ularni ekspluatatsiya qilish yuzasidan javobgarligi chegaralari;

iste’molchining issiqlik tarmoqlariga ulangan subiste’molchilar haqidagi ma’lumotlar;

u bo’yicha to’lov amalga oshiriladigan 1 Gkal issiqlik energiyasining tarifi;

bir soatlik eng katta yuklama, xonalarni isitish, shamollatish, texnologik ehtiyojlar uchun bo’lingan holda va issiq suv ta’minoti uchun o’rtacha sutkalik bir soatlik yuklama;

tarmoq suvining bir soatda olinadigan eng ko’p miqdori;

qaytarilayotgan kondensatning sifati va miqdori (iste’mol qilingan bug’ning umumiy miqdoriga nisbatan foizlarda), oylar bo’yicha bo’lingan holda;

hisobga olish priborlari bo’yicha ma’lumotlar (turi va hisobga olish pribori o’rnatilgan joy);

issiqlik energiyasini uzatish va iste’mol qilishning alohida shartlari;

tomonlarning javobgarligi;

nizolarni hal etish tartibi;

tomonlarning rekvizitlari.

Issiqlik energiyasidan foydalanish bo’yicha shartnomaning namunaviy shakliga qonun hujjatlariga zid bo’lmagan qo’shimcha bandlar kiritilishi mumkin.

Subiste’molchilar bilan iste’molchi o’rtasida issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnoma iste’molchi tomonidan issiqlik ta’minoti korxonasining roziligi olingandan keyin tuziladi.

Tabiiy monopoliyalarning subyektlari tomonidan majburiy tartibda xizmat ko’rsatilishi lozim bo’lgan iste’molchilarga (subiste’molchilarga) issiqlik energiyasini sotishda, issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida faoliyatning xususiyatidan, asosiy mahsulotni ishlab chiqarish hajmidan, foydalaniladigan uskunalarning tavsiflaridan hamda noishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan obyektlardan kelib chiqqan holda mazkur issiqlik energiyasi iste’molchilari ta’minotining eng kam darajasi ko’zda tutilgan bo’lishi kerak.


4. Issiqlik energiyasiga tarif o’zgargan taqdirda, sanasidan qat’i nazar, issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasi o’z kuchida qoladi va iste’molchi (subiste’molchi) olingan issiqlik energiyasi uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab yangi tarif bo’yicha haq to’lashga majbur.
5. Issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasini tuzish, uni o’zgartirish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladilar.
6. Iste’molchi faqat issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishgan holda o’z issiqlik tarmoqlariga boshqa subiste’molchilarni ulashi hamda ular bilan issiqlik energiyasidan foydalanish bo’yicha shartnoma tuzishi mumkin.
7. Shartnomada qayd etilgan bug’ va issiq suvdagi bir soatlik eng katta issiqlik yuklamasi texnik shartlarning loyihaviy yechimlaridagi parametrlarga asosan belgilanadi.

Eng katta issiqlik yuklamasini oshirish uchun iste’molchi qo’shimcha miqdor uchun texnik shartlar olishi shart.

Subiste’molchining issiqlik yuklamasini oshirishda ham iste’molchi issiqlik ta’minoti korxonasidan qo’shimcha texnik shartlarni olishi kerak.
8. Yangi iste’molchilar va subiste’molchilarni issiqlik tarmoqlariga ulash, ular issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun "O’zdavenergonazorat" DIda ruxsat olganlaridan keyin, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi yoki iste’molchi o’z tarmoqlariga ulangan chet iste’molchilar yoki subiste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda umumiy (jamlama) bir soatlik eng katta issiqlik yuklamasi uchun issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasini issiqlik ta’minoti korxonasi bilan tuzadi.
10. Issiqlik ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar mazkur Qoidalar va issiqlik energiyasidan foydalanish bo’yicha tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.
11. Issiqlik ta’minoti korxonasi tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni bartaraf etish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlarini o’tkazish bilan bog’liq kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlarni ko’rish zarur bo’lganda iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda issiqlik bilan ta’minlashda tanaffusga (uzib qo’yishga) yoki cheklashga yo’l qo’yiladi.
12. Issiqlik energiyasining oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi va iste’mol qilinishi hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilishda xavfsizlik ta’minlanishiga yo’naltirilgan oldini olish chora-tadbirlarining bajarilishi ustidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq "O’zdavenergonazorat" DI tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi iste’molchilarni ishlatilayotgan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari, pribor va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, issiqlik energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek issiqlik energiyasidan foydalanishda yuzaga keladigan avariyalar, yong’inlar, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar to’g’risida issiqlik ta’minoti korxonasini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.


13. Issiqlik energiyasi nooqilona, isrof qilib ishlab chiqarilganligi, uzatilganligi va iste’mol qilinganligi hamda ularning avariya xavfini tug’diradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati uchun "O’zdavenergonazorat" DI issiqlik ta’minoti korxonasining uskunalari, iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ishini to’xtatib qo’yish huquqiga ega.
14. Maxsus qoidalar bo’yicha ekspluatatsiya qilinadigan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari ustidan energetika nazorati qonun hujjatlariga muvofiq, tegishli vakolatli idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
15. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari, pribor va uskunalarning texnik holatiga hamda ularni ekspluatatsiya qilishga nisbatan qo’yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
16. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar issiqlik ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o’rtasidagi shartnomaga, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Ma’muriy kodeksiga, Jinoyat kodeksiga, "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek O’zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



Download 459.76 Kb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Download 459.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari

Download 459.76 Kb.