IV. ISSIQLIK ENERGIYASINI HISOBGA




Download 459.76 Kb.
bet43/55
Sana15.03.2017
Hajmi459.76 Kb.
#138
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
IV. ISSIQLIK ENERGIYASINI HISOBGA

OLISH PRIBORLARINI O’RNATISH VA

EKSPLUATATSIYA QILISH
32. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini o’rnatish tartibi issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar bilan belgilanadi. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini ekspluatatsiya qilish shartlari tomonlar tarafidan issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida kelishib olinadi.
33. Barcha issiqlik energiyasi iste’molchilarining issiqlik iste’moli tizimlari zarur hisobga olish priborlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.

Issiqlik energiyasini hisobga olish Yoqilg’i va energiyani ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishda hisobga olishni tashkil etish tartibiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Usullarni, o’lchash vositalarini tanlash hamda ulardan foydalanish tartibi va qoidalari Yoqilg’i va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil etish qoidalarida belgilangan.
34. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga ega bo’lmagan iste’molchilarga issiqlik energiyasini yetkazib berish va ularning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulash taqiqlanadi.
35. Issiqlik ta’minoti korxonasining obyektlarida o’rnatiladigan issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari iste’molchi tomonidan sotib olinadi va o’rnatiladi, "O’zstandart" agentligida attestatsiyadan o’tkazilgandan keyin shartnoma asosida issiqlik ta’minoti korxonasining xizmat ko’rsatishiga o’tkaziladi.

Iste’molchida o’rnatilgan hisobga olish priborlari iste’molchining o’zi tomonidan ekspluatatsiya qilinadi va ta’mirlanadi.

Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini boshqa joyga o’rnatish va ko’chirish, issiqlik ta’minoti korxonasining tegishli xodimi va iste’molchi ishtirokida, ushbu pribor balansida turgan balans egasining hisobidan amalga oshiriladi.

Hisobga olish priborlarining buzilgan yoki ularning ko’rsatkichlari to’g’riligiga shubha tug’ilgan taqdirda iste’molchi yoki issiqlik ta’minoti korxonasi bu haqda tegishli ravishda issiqlik ta’minoti korxonasiga yoki iste’molchiga darhol ma’lum qilishi shart. Ushbu holat bo’yicha ikki tomonlama tegishli dalolatnoma tuzilib, hisobga olish priborlarining ishlashidagi nosozliklarni bartaraf etish haqida qaror qabul qilinadi.

Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan xizmat ko’rsatiladigan hisobga olish priborlarini ta’mirlash davri mobaynida issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar priborlar to’xtashidan oldingi oxirgi 15 sutka uchun o’rtacha sutkalik sarf bo’yicha amalga oshiriladi. Iste’molchining balansidagi issiqlikni hisobga olish priborlari ta’mirlash uchun 15 sutkagacha bo’lgan muddatga to’xtatilganda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar priborlar to’xtashidan oldingi oxirgi 15 sutka uchun o’rtacha sutkalik sarf bo’yicha, 15 sutkadan ko’p bo’lgan muddatga to’xtatilganda esa - hisob-kitoblar shartnomadagi bir soatlik yuklama va issiqlik energiyasini uzatish soatlari soni bo’yicha amalga oshiriladi.

Iste’molchi hisobga olish priborlarini ta’mirlash tugagungacha iste’mol qilishni to’xtatib turishga haqlidir, bu holda issiqlik ta’minoti korxonasi berkitish armaturasini plombalaydi va bu haqda birgalikda dalolatnoma tuziladi.

Iste’molchi hisobga olish priborining buzilganligi to’g’risida issiqlik ta’minoti korxonasini o’z vaqtida ogohlantirmagan taqdirda, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari o’rnatilgungacha hisob-kitoblar, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan shartnomadagi yuklama va issiqlik energiyasini yetkazib berish soatlari soni bo’yicha amalga oshiriladi.

Issiqlik ta’minoti korxonasi hisobga olish priborining buzilganligi to’g’risida iste’molchini o’z vaqtida ogohlantirmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar bundan oldingi hisobot davrida belgilangan issiqlik energiyasining o’rtacha sutkalik sarfi bo’yicha amalga oshiriladi. Bundan oldingi hisobot davrida issiqlik energiyasi iste’mol qilinmagan bo’lsa, u holda hisob-kitob o’tgan yilning tegishli davridagi o’rtacha sutkalik sarf bo’yicha amalga oshiriladi.

Iste’molchilar tomonidan o’lchash diafragmalarini o’rnatish vaqtida issiqlik ta’minoti korxonasining va iste’molchining vakillari ishtirok etishi kerak.
36. Issiqlik energiyasi berilishini hisobga olish issiqlik ta’minoti korxonasi va iste’molchining issiqlik tarmoqlarining bo’linish chegarasida amalga oshirilishi kerak.

Hisobga olish priborlari bo’linish chegarasida o’rnatilmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar bo’linish chegarasidan hisobga olish priborlari o’rnatiladigan joygacha bo’lgan uchastkadagi issiqlik energiyasi yo’qotishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yo’qotishlarning hisob-kitobi yoki issiqlik energiyasi yo’qotishlarining sinovini issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchi bilan birgalikda "Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uzatish uchun issiqlik yuklamalarini, yoqilg’i, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflari me’yorlarini hamda texnologik yo’qotishlar me’yorlarini aniqlash tartibi to’g’risida Nizom"ga muvofiq amalga oshiradi.





Download 459.76 Kb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Download 459.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. ISSIQLIK ENERGIYASINI HISOBGA

Download 459.76 Kb.