O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining




Download 100.5 Kb.
Sana24.03.2017
Hajmi100.5 Kb.
#1604

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori


PAXTA CHIGITI RESURSLARIDAN FOYDALANISH USTIDAN NAZORATNI KUCHAYTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 12-13-son, 91-modda; 2007 y., 9-10-son, 84-modda; 2011 y., 50-son, 515-modda)
Urug’lik chigitni ishlab chiqarish, uning sifati, saqlanishi hamda uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlardan oqilona foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tuzilmasida Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi tashkil etilsin.

2. Quyidagilar «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

paxta chigiti ishlab chiqarishni, uning miqdorini, sifatini, undan maqsadli foydalanishni, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, paxta tozalash, yog’-moy korxonalarida paxta chigitini hamda uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni sifatli saqlashning ta’minlanishini, tashish vaqtida nobud bo’lishini qisqartirishni, shuningdek qishloq xo’jaligi korxonalarida urug’lik chigitdan foydalanishni nazorat qilish;

paxta chigitiga va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarga normativ-texnik hujjatlar talablariga, shuningdek qabul qilib olish, yuklab jo’natish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash metodlariga rioya etilishini muntazam ravishda nazorat qilish;

paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan texnik chigitning har qaysi turkumini muvofiqlik sertifikati bergan holda sinashni amalga oshirish;

paxta tozalash va yog’-moy sanoati korxonalariga paxta chigitini saqlash, tozalash, quritish, unga ishlov berish bo’yicha, shuningdek paxta tozalash korxonalarida normativ-texnik hujjatlarni va ilg’or texnologiyalarni belgilangan tartibda joriy etish, texnik chigitni topshirish-qabul qilib olish mexanizmini takomillashtirish masalalarida metodik yordam ko’rsatish.

3. Paxta tozalash korxonalari boshqaruv organlarining paxta tozalash korxonalari urug’chilik laboratoriyalarini xonalar, asbob-uskunalar va xodimlar soni bilan birga «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi balansiga tekin berish to’g’risidagi taklifi qabul qilinsin.

4. Quyidagilar:

«Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

«Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

«Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Quyidagilar:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 105 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 54 nafar etib;

paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish bo’yicha inspektorlar soni 36 nafar, shu jumladan markaziy apparatda — 5 shtat birligi va mintaqaviy inspektorlar soni 31 nafar etib;

laboratoriyalar xodimlari soni 260 nafar, shu jumladan Markaziy laboratoriya xodimlari soni 4 nafar va paxta tozalash korxonalaridan «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tasarrufiga beriladigan urug’chilik laboratoriyalari xodimlari soni 256 nafar etib belgilansin.

Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi apparatining va uning hududiy organlari joriy faoliyatini moliyalashtirish «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan, texnik chigitni sertifikatlash bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan hamda boshqa xo’jalik faoliyatidan tushadigan mablag’lar hisobiga amalga oshirilishi belgilab qo’yilsin.

6. «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi:

bir oy muddatda «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi to’g’risidagi nizomni qayta ko’rib chiqsin va tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etsin;

2005 yil 1 sentyabrgacha urug’chilik laboratoriyalarini paxta chigitining sifat parametrlarini amaldagi davlat standartlariga muvofiq aniqlash imkonini beradigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashni ta’minlasin;

ikki oy muddatda Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasini malakali va tajribali kadrlar bilan ta’minlasin, ularni paxta chigitini miqdori va sifati jihatidan hisobga olishning zamonaviy metodlariga o’qitsin.

Oldingi tahrirga qarang.

7. Yog’-moy korxonalarining texnik chigitni miqdori va sifati bo’yicha qabul qilishni O’zbekiston «Sifat» markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi vakillari ishtirokida bevosita paxta tozalash korxonalarida amalga oshirishi tartibi belgilab qo’yilsin.

(7-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 27 fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2007 y., 9-10-son, 84-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

8. «O’zpaxtasanoat» uyushmasi va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi o’z tarkibiga kiradigan korxonalar hamda «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bilan birgalikda har yili paxta xom ashyosi va chigitni qayta ishlash tugallangandan keyin barcha paxta tozalash va yog’-moy korxonalarida paxta chigitini xatlovdan o’tkazsinlar va omborlarni tozalasinlar. Xatlov natijalari bo’yicha materiallar har yili hisobot yilining 1 avgustigacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilsin.

(8-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 12 dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2011 y., 50-son, 515-modda)

9. «O’zstandart» agentligi «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, «O’zpaxtasanoat» va «Yog’moytamakisanoat» uyushmalari bilan birgalikda ikki oy muddatda:

paxta chigiti uchun barcha normativ hujjatlarni va amaldagi standartlarni xatlovdan o’tkazsin hamda zarurat bo’lganda ularga belgilangan tartibda tegishli o’zgartirishlar kiritsin;

texnik chigitni sertifikatlash tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

10. «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi byudjetga daromad (foyda) solig’i va mulk solig’i to’lashdan bir yil muddatga ozod qilinsin, bo’shaydigan mablag’lar paxta chigitini sertifikatlash va nazorat qilish tizimini rivojlantirishga maqsadli yo’naltirilsin.

11. Vazirlar Mahkamasining «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida» 2004 yil 7 maydagi 220-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, 3-bandining birinchi xatboshi va ushbu qarorga 1-ilova o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2005 yil 31 mart,

93-son

Vazirlar Mahkamasining


2005 yil 31 martdagi 93-son qaroriga
1-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasining tashkiliy tuzilmasi

Vazirlar Mahkamasining


2005 yil 31 martdagi 93-son qaroriga
2-ILOVA

«Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi to’g’risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi (keyingi o’rinlarda Inspektsiya deb yuritiladi) «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining paxta chigiti resurslarining hamda ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

2. Inspektsiya o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

3. Inspektsiya, uning hududiy inspektorlari va laboratoriyalari davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

4. Inspektsiyaning moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek Inspektsiya xodimlari mehnatiga haq to’lash texnik chigitni sertifikatlash bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan va boshqa xo’jalik faoliyatidan tushadigan mablag’lar hisobiga «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan amalga oshiriladi.

II. Inspektsiyaning vazifalari va funktsiyalari

5. Quyidagilar Inspektsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

paxta chigiti ishlab chiqarishni, uning miqdorini, sifatini, ulardan maqsadli foydalanishni, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, paxta tozalash, yog’-moy korxonalarida paxta chigitini hamda uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni sifatli saqlashning ta’minlanishini, tashish vaqtida nobud bo’lishini qisqartirishni, shuningdek qishloq xo’jaligi korxonalarida urug’lik chigitdan foydalanishni nazorat qilish;

paxta chigitiga va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarga normativ-texnik hujjatlar talablariga, shuningdek qabul qilib olish, yuklab jo’natish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida uning sifatini sinash metodlariga rioya etilishini muntazam ravishda nazorat qilish;

paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan texnik chigitning har qaysi turkumini muvofiqlik sertifikati bergan holda sinashni amalga oshirish;

paxta tozalash va yog’-moy sanoati korxonalariga paxta chigitini saqlash, tozalash, quritish, ularga ishlov berish bo’yicha, shuningdek paxta tozalash korxonalarida normativ-texnik hujjatlarni va ilg’or texnologiyalarni belgilangan tartibda joriy etish, texnik chigitni topshirish-qabul qilib olish mexanizmini takomillashtirish masalalarida metodik yordam ko’rsatish.

6. Inspektsiya o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

paxta chigitining va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

muvofiqlik sertifikati bergan holda texnik chigitning har bir turkumini sinovdan o’tkazadi. Sinovlar o’tkazish va muvofiqlik sertifikati berish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan narxlar bo’yicha to’lov asosida amalga oshiriladi;

paxta chigit va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi to’g’ri yuritilishini, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarda saqlashda tabiiy kamayish normalari qo’llanilishining asoslanganligini nazorat qiladi;

respublika hududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida paydo bo’ladigan nizoli holatlarda, shuningdek eksport-import operatsiyalarida o’z vakolatlari doirasida urug’lik chigitning sifati bo’yicha sinovlar o’tkazadi hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun xulosalar beradi;

paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning balanslarini tuzishda qatnashadi, xarid qilish mo’ljallanayotgan xom ashyoning sifati, shu jumladan import bo’yicha, shuningdek uni eksport qilishda takliflar kiritadi;

urug’lik chigitni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining paxta chigitining sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanish masalalari bo’yicha hisobotlarini eshitadi;

paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan texnologiya jarayonlari bilan tartibga solingan sifat, saqlash, oqilona foydalanish, hisobni yuritish masalalari bo’yicha, shu jumladan ishlab chiqarish, tashish va saqlash paytida mahsulot chiqishi miqdorini aniqlash, ularning tabiiy kamayishi normalari masalalari bo’yicha normativ-texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish, tasdiqlash va manfaatdor idoralar bilan kelishishda ishtirok etadi;

paxta chigitidan foydalanish ustidan nazorat bo’yicha davlat inspektorlarining ish tartibini belgilab beradigan tekshirish qoidalarini, shuningdek paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning muvofiqlik sertifikatlari shakllarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning sifatini oshirish va ulardan oqilona foydalanish davlat dasturlarini tayyorlashda qatnashadi;

paxta chigiti sifatining yomonlashishi, nobudgarchiligi holatlari va sabablarini aniqlaydi, zarurat bo’lganda, ularni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatmalar beradi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini paxta chigiti resurslari va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar saqlanishi va ulardan foydalanish bilan bog’liq ishlarning holati to’g’risida xabardor qiladi;

paxta tozalash va yog’-moy korxonalari bilan birgalikda yangi hosildan olingan paxta chigiti sifatini har yili tekshiradi, ularning texnologik tavsiflarini o’rganib chiqadi.

III. Inspektsiyaning huquqlari va javobgarligi

7. Inspektsiya o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

paxta chigiti resurslari va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni ishlab chiqaradigan, saqlaydigan, qayta ishlaydigan va sotadigan korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirish;

korxonalar va tashkilotlarni tekshirish bilan bog’liq masalalar bo’yicha ularning hujjatlari bilan tanishish;

paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar namunalarini korxonalarda belgilangan tartibda tanlab olish, o’rganib chiqish uchun ularning laboratoriyalaridan foydalanish va tekshirish bilan bog’liq ishlarni bajarish uchun zarurat bo’lganda korxonalarning mutaxassislarini jalb etish, zarurat bo’lganda paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar namunalarini qo’shimcha ravishda tekshirish uchun tegishli laboratoriyalarga jo’natish;

zarurat bo’lganda paxta tozalash va yog’-moy korxonalari bilan birgalikda avtomobilь va temir yo’l transportida keltirilgan va ularga yuklanadigan paxta chigiti va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar turkumi vaznini nazorat tartibida tortib ko’rish;

paxta chigiti va mahsulotlar qoldiqlari to’g’risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi asosli ravishda shubha tug’dirgan hollarda paxta chigiti resurslari va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar qoldiqlarini qayta tortib ko’rgan yoki standart massaga o’ralgan mahsulotni qayta hisoblab chiqqan holda navbatdan tashqari xatlov tayinlash;

paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni saqlash uchun yaroqsiz bo’lgan idishlarda saqlashni taqiqlash, texnologiya va sanitariya rejimlarini qo’pol ravishda buzish aniqlangan taqdirda ushbu buzishlar bartaraf etilgunga qadar alohida ishlab chiqarishlar, tsexlar va korxonalarning ishini, shuningdek normativ va texnik hujjatlar talablariga javob bermaydigan paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni maqsadli yo’nalish bo’yicha realizatsiya qilishni to’xtatib qo’yish;

xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, birlashmalarga va boshqa tovar ishlab chiqaruvchilarga paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning sifatini baholash, shuningdek o’z vakolatlari doirasida xizmatlarning boshqa turlarini ko’rsatish bo’yicha shartnoma asosida xizmatlar ko’rsatish.

Inspektsiya O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

8. Inspektsiya o’ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.

9. Inspektsiyaning mansabdor shaxslari o’z xizmat majburiyatlari zarur darajada bajarilmaganligi, shuningdek tekshirilayotgan korxonalar va tashkilotlarning davlat va tijorat siri oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

IV. Inspektsiya faoliyatini tashkil etish

10. Inspektsiyaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.

Inspektsiya boshlig’i ayni bir vaqtda «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktorining o’rinbosari hisoblanadi.

11. Inspektsiya boshlig’i:

Inspektsiyaning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Inspektsiyaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

12. Inspektsiyani tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining


2005 yil 31 martdagi 93-son qaroriga
3-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi





Download 100.5 Kb.




Download 100.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Download 100.5 Kb.